Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qirolicha Yelizaveta va futbol — bir butunlik

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

8 sentyabr kuni Bukingem saroyidan noxush xabar tarqaldi - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Yelizaveta II 97 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

 14ta mustaqil mamlakat qirolichasi futbolni chinakamiga yaxshi ko‘rardi. Bunga dalillar yetarli. Cham-pionat.com sayti Buyuk Britaniya motamiga loqayd qaramay, 1952 yilning 6 fevralidan buyon taxtda o‘tirgan Yelizaveta II va futbol o‘rtasidagi bog‘liqliklarga alohida to‘xtaldi.

Qirolicha futbolga birinchi marta 70 yil oldin tushgan, yana darhol top-o‘yin­ga! Aytishlaricha, Yelizaveta yoshligida odamovi bo‘lgan. Hattoki, Angliyada yosh malika odamlardan ko‘ra, otlarni ko‘proq yaxshi ko‘rishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Argument mantiqan to‘g‘ri, har holda, ot sporti zodagonlarning eng sevimli mashg‘ulotlari hisoblanadi. Xullas, mamlakat ayonlari malikani xalqqa yaqinlashtirish uchun qiziqarli yurishni o‘ylab topishgan: uni futbolga taklif qilish, yana darhol top-darajadagi o‘yinga! Xo‘sh, ular qirolichani qaysi o‘yinga chaqirishgandi? Albatta, Angliya kubogi finaliga. 1953 yil, «Uembli» stadioni. O‘shanda «Blekpul» va «Bolton» klublari 100 ming muxlis hayqiriqi ostida mamlakat kubogi uchun maydonga tushgandi. Yakunda «Bolton» g‘alaba qozonadi va g‘oliblarga medallar hamda kubokni aynan Yelizaveta topshiradi. Qirolichaning futbolda ko‘rinish bergani Britaniya auditoriyasiga yoqib tushadi. Yelizaveta ham tribunaga tez-tez ko‘tarilib turishi kerakligini tushunadi.

Angliyada o‘tkazilgan JCH-66da g‘alaba qozongan inglizlarni Yelizavetaning shaxsan o‘zi taqdirlagandi va keyinchalik Garet Sautgeytga maktub yo‘lladi. Uch karra yurish: JCH final raundi Angliyada, «uch sherlar» chempion, jahon kubogini qirolichadan olish. 1966 yilning 30 iyul kuni Britaniya jamoasi ilk marta (hozirgacha oxirgi marta) sayyoramizda tengsiz bo‘ldi. Inglizlar turnir finalida Germaniya termasini 4:2 hisobida yengishgandi. O‘shanda Jeff Xerst «xet-trik» qayd etdi. Tabiiyki, butun qirollik o‘sha kunni alohida entikish bilan eslaydi. Jumladan, bu yutuq Yelizaveta uchun ham katta ahamiyat kasb etardi. U Yevro-2020 finali oldidan Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytga yozgan maktubida shuni ta’kidlagandi: «55 yil muqaddam Bobbi Murga jahon kubogini topshirish va mundial finali futbolchilar, murabbiylar, jamoa xodimlari uchun nimani anglatishini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgandim. O‘zim va butun qirollik oilasi nomidan Angliya milliy jamoa­sini Yevropa chempionati finaliga chiqqani bilan tabriklayman va sizlarga eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman. Umid qilamanki, oxir-oqibat tarixga nafaqat muvaffaqiyatlaringiz, balki mashaqqatli yo‘lda ko‘rsatgan ruhiyatingiz, sadoqatingiz va g‘ururingiz ham muhrlanadi». Yelizaveta II, Buyuk Britaniya qirolichasi. 

Yelizaveta yashirincha «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlardi va Sesk Fabregasni alohida qadrlardi. Qirolichaning qaysi klubga xayriroh ekanligini aniqlash Britaniya tabloidlarining orzusi edi. Buni bilish uchun hattoki, Bukingem saroyi ishchilariga pora berishgacha borilgan. Qirolicha «Milluoll» va «Vest Xem»­ga muxlisa ekani haqida yozilgan, ammo bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Yelizaveta II 2006 yili «Arsenal» uchun qurilgan yangi stadion - «Emireyts»ning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etishni xohlagan, ammo salomatligi monelik qilgan. Qirolicha uzr sifatida jamoani o‘z qabuliga taklif etdi. Ispaniyalik Sesk Fabregas qirolicha bilan uchrashuvdan keyin bir ma’lumotni oshkor qilgandi: «Elizaveta uzoq vaqtdan buyon «Arsenal»ga mahliyo ekanini tan oldi». Qirolicha esa bunga munosabat bildirgani yo‘q. Xullas, ma’lumot rostmi yoki yolg‘on - buni faqat Ispaniya termasi sobiq yarim himoyachisi biladi.

«Arsenal» himoyachisi qirolicha uchun faoliyatini yakunlashga ham tayyor edi. Bukingem saroyidagi o‘sha uchrashuvda «Arsenal»ning yana bir futbolchisi ajralib turdi. Himoyachi Emmanuel Ebue The Guardian nashriga bergan intervyusida voqea tafsilotini bayon etgandi: «Saroyga kirganimiz hamono Tyerri Anri mendan ortiqcha gapirmaslik va qirolicha bilan hazillashmaslikni so‘radi. Albatta, unga bu masalada va’da berdim. Yelizaveta hamma bilan qo‘l berib ko‘rishganida esa, uning yoqimtoygina kuchukchasi e’tiborimni tortdi. U mendan hol-ahvol so‘raganida, hammasi ichimdan portlab chiqdi: «Yo‘q, futbolda ortiq qolishni xohlamayman, itlaringizga g‘amxo‘rlik qilmoqchiman!» Shunda hamma kulib yubordi!» 

Britaniya toji vorisi ham futbolni yaxshi ko‘radi, lekin boshqa klubga muxlislik qiladi. Endi taxtga Yelizavetaning o‘g‘li shahzoda Charlz o‘tiradi. Jurnalistlar Buyuk Britaniyaning bo‘lajak qiroli kimga tarafkash ekanligi haqida aniq tushunchaga ega emaslar, ammo Daily Mirror va The Sun nashrlari ma’lumoti bo‘yicha aytsak, u «Bernli»ni yaxshi ko‘radi. G‘ay­-rioddiy tanlov!

Qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan APLning 7-tur o‘yinlari qoldirildi. 10-12 sentyabr kunlariga belgilangan uchrashuvlarning yangi sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, dafn marosimi va xavfsizlikni  ta’minlash masalasi tufayli 8-tur ham surilishi mumkin. Chunonchi, polisiyaning katta kuchlari aynan dafn marosimiga jalb etiladi.

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:19, 19.09.2022. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик