Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ko‘chirmachi Reshford – eski va yangicha gol nishonlash

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyada Markusning g‘ashiga tegishni xush ko‘rishadi. Goh onasiga o‘ta qimmatbaho uyni sovg‘a qilganini ko‘ra olmaganlar, goh pandemiya davrida nochorlarga yordam berishni lozim topmagan davlat arboblarini tanqid qilgani uchun Reshfordni ta’qib qila boshlagan ayrim fanatlar...

Hatto uning o‘yini ham yaqingacha ko‘pchilikning tilini qichitib kelayotgandi. Endi Markus gollardan kolleksiya yarata boshlagach, futbolga oid noxushliklar kamaydi. Endi g‘animlar Reshfordni ko‘chirmachi, gol nishonlash ishoralari «o‘g‘risi» sifatida ayblaydiganlar paydo bo‘ldi. Erik Ten Xag shogirdining goldan keyin barmog‘ida chakkasini ko‘rsatishini quyidagicha izohlagandi: «Nima qilayotganimni nazorat qilyapman».

«Vulverxempton» o‘yinchisi Nevesh bu ishoradan foydalanishga izn so‘radi, Joshua Kimmix esa anchadan beri o‘z gollarini shu tarzda nishonlab kelmoqda. Germaniyalik muxlislar nemis bu usulni Markusdan olgan, degan fikrda edilar. Reshfordning o‘zi Tchuameni JCHda Angliya terma jamoasi darvozasiga urgan golini shu usulda bayram qilganiga guvoh bo‘lgandi. Orelyen o‘z navbatida bolalikdagi «kumiri», «Lion»ning sobiq hujumchisi Lisandro Lopesni yodga oldi, «Arsenal» ishqibozlari bir paytlar buyuk Lord Bendtner shu usuldan foydalanganligini e’tirof etishdi. Shuningdek, bu usulni britaniyalik aktyor ham namoyish etgan bo‘lsada, aynan Markus unga ikkinchi hayotni tuhfa etdi.

Ronaldu pichingga javob qaytardi

Saudiya Arabistonida Krishtianuni doimo Messiga qiyoslaydilar. Lekin bolakaylarning aksariyati gollarini sakrash va «Si-i-i-i-u» deya qichqirgan holda nishonlashadi. Aynan Ronaldu ishorasidek. Avvallari portugaliyalik to‘purar «Ha» iborasini ispan tilida aytardi. Endi yangi ishora paydo bo‘ldi. «MYU»dagi jamoadoshlari tavsiyasi bilan qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yishga odatlandi. Olimlar Ronalduning tiklanib olishiga yordam berishmoqda. U bilan ishlayotgan mutaxassis har sutkada ikki mahal - kunduzi 1,5 soat, tunda 6 soat uxlashni maslahat berdi. Krishtianu esa «MYU»dagi jamoadoshlariga ko‘pincha chalqancha yotgan va qo‘llarini chalishtirgan holda uyg‘onishi haqida gapirgandi. Shundan keyin «MYU»da «murda» xususida hazil-mutoyibalar paydo bo‘lgandi.

Pedri yorqin kelajakni ko‘zlamoqda

Ko‘pchilik futbolchilar vaqtlarini pristavkalar qarshisida o‘tkazadilar. Antuan Grizmann o‘z gollarini sevimli o‘yinidagi uslubda nishonlaganiga guvoh bo‘lganmiz. Lekin «Tik-Tok» avlodining yoshlari orasida yerga yaqinroq yuradiganlari ham yo‘q emas. Pedri o‘z gollaridan birini sochsiz boshini ko‘rsatish bilan nishonladi. Futbolchi shu tariqa sochlari barvaqt to‘kila boshlagan amakivachchasi Abraxamni eslatib o‘tgandi. Shuningdek, hozirda juda mashhur bo‘lib ketgan uslubi «binokl» ham bor. «Barselona» o‘yinchisining mazkur usulini azaliy raqib, ya’ni, «Real» muxlislari o‘ziga xos tarzda baholashdi: go‘yoki, Pedrining nazdida, «Real» turnir jadvalida «Barsa»dan shu qadar ort­da qolib ketganki, uni binoklsiz ilg‘ab olishning iloji yo‘q. Biroq bu - ashaddiy raqib fanatlarining taxminlari. Aslida, ishoraning mazmuni o‘ta jo‘n: Pedri gollarni otasi Fernandoga bag‘ishlamoqda. Senyor Gonsales - ko‘zoynak bilan yuradigan oqsoch otaxon. Futbolchi aynan ko‘zoynakka ishora qilgan bo‘lsada, boshqa kasbdoshlariga bu usul yoqib qoldi.



O‘zgalarga ilhom ulashgan Xoland

O‘ta qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishgan sermahsul snayper tez orada yanada yuksakroq cho‘qqini zabt etsa, ajablanmaymiz. Ayniqsa, «Manchester Siti» bilan YECHLda g‘olib chiqsa. Uchrashuvlardan birida xet-trikka erishgan Xolandni zaxiraga olgan Gvardiola hazillashib shunday degandi: «Shu ketishda Erling Messining rekordini yiqitishidan xavotirdaman». Mavjud salohiyati bilan norvegiyalik mergan argentinalik faxriy kasbdoshining oyog‘i yetmagan cho‘qqiga ko‘tarila oladi. Hozircha, u o‘z oyoqlaridan faqat urgan gollarini nishonlashda foydalanmoqda. Xoland stress holatlardan nafratlanadi, asabiylashmaslikka intiladi. Lekin ba’zan noxush vaziyatlarga duch keladi. Bir paytlar «PSJ» «Borussiya Dortmund»ni YECHLdan chiqarib yuborgan o‘yindan keyin parijlik futbolchilar norvegiyalik yosh iqtidorni kalaka qilganliklarini unutganimiz yo‘q. Qani ozgina sabr qilaylikchi, g‘oliblikka kim avvalroq erisharkin. Xolandning goldan keyingi oyoq chalishtirishi boshqa futbolchilarda hozircha, ko‘rinmadi. Lekin amerikacha futbol o‘yinchisi Lazarda aynan shu usulni qo‘llaydi.



Mbappe va Saka afsonani sharaflashdi

Kilian o‘z gollarini Anri usulida bayram qiladi, Saka ham afsonani sharaflashni xush ko‘radi - burchak bayroqchasi tomon chopadi. Vaholanki, Tyerrining qiziqarliroq o‘zgacha ishoralari ko‘p. O‘zining mashhur qo‘l qovushtirish usulini esa, Kilian ukasi Itandan qarzga olgan. U ham «PSJ» a’zosi, bolalik paytida futbol simulyatoridagi o‘yinda g‘alabalarini shu tarzda nishonlardi.

Gollarga o‘ziga xos tarzda reaksiya bildirish o‘z tarixiga va ko‘pincha qandaydir ma’noga ega. Masalan, Lui van Gal o‘z vaqtida Vegxorstni JCHda argentinaliklarga qarshi «qayragandi». Niderlandiya darvozasini ishg‘ol etgan Messi bunga javoban qachonlardir Rikelme Lui bilan kelisha olmay qolganini esladi va golni quloqlarini kafti bilan berkitib nishonlagandi. Ya’ni, o‘zini dahshatli shovqindan himoya qilgandi. Uchrashuv tugagach, Messining dahshatli shovqini butun dunyoni zabt etdi. Argentina terma jamoasi futbolchilari aynan sardor yuzidagi qat’iyatdan keyin g‘alabaga amin bo‘lganliklarini aytishgandi. Bebetoning allasi, Zyubaning salyuti kabi ishoralar tobora ommalashib bormoqda. Xursandchilikni o‘ziga xos tarzda namoyish etish - futbol shousining bir qismi. Har bir futbolchi uni o‘zicha ijro etadi.



Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:41, 06.04.2023. O'qildi: 3061 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик