Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

O'zbekiston Milliy axborot agentligi

UzA.uz — sport xabarlari blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Moziyda qolgan klub

Baho:
+0; -0
Esimni taniganimda viloyatimizdagi insonlar faqat bir jamoaga muxlislik qilishardi. O‘sha jamoa o‘yinlarini ko‘rish uchun odamlar atrof tumanlardan stadionga oqib kelardi. Cho‘qqida yurgan davrlari edi...
 
Bilasizmi, har bir ko‘ringan tog‘ning chuqur jarligi bo‘ladi. Cho‘qqiga chiqqach, kun kelib pastga tushishga to‘g‘ri keladi. Zohiran navbatdagi cho‘qqini zabt etish uchun. Botinan esa osmon qadar balandlikka chiqib, manzaradan boshi aylanib, o‘zini yo‘qotib qo‘ymasliging, yana olg‘a qadam tashlashing uchun senga ana o‘sha chuqurlar kerak bo‘ladi.
 
Moziyning tubsiz jarliklarida qolib ketgan, cho‘qqiga chiqish uchun o‘zida kuch, matonat topa olmayotgan bir klubning hayotiga nazar tashlamoqchiman.
 
Bugun uni ko‘rganimda achinish hislari tanimni egallaydi. Shonli o‘tmishi yer bilan bitta bo‘layotgan, an’analariga xilof ish tutib, tirgak insonini yo‘qotgan, boshqaruvni izdan chiqargan klub avvalgisining soyasi kabi ham emas.
 
Bilasizmi, u shunaqa klub edi. “Paxtakor”ga qarshi yagona kuch bo‘lib maydonga chiqadigan, kuragini yerga tekkizib qo‘yadigan, muxlislarining ajiotajidan lazzat oladigan, o‘z uyida yutqazsa, ertasi kuni muxlislarning qahr-g‘azabiga duchor bo‘lardi. Futbolchi va muxlis o‘rtasidagi munosabat kuchli edi. Har ikkisida g‘urur degan tushuncha bo‘lardi.
 
Maydon chetidagi mo‘ylovli, talabchan, qattiqqo‘l, “shirinso‘z” murabbiyi bir olam, gol kiritilsa, ishchilar qo‘l mehnati sabab o‘zgaradigan kulgili tablosi bir olam edi. Bir paytlar uning dovrug‘i baland, xalqaro maydonlarda yurt sha’nini munosib himoya qilardi. O‘z uyida istalgan raqib bilan tengma-teng o‘ynar, mag‘lubiyatga osonlik bilan ko‘navermasdi.
 
Uni boshqacha ko‘raman. Sababi o‘sha klubning futbolga ixtisoslashgan maktabida ta’lim olganman. Nachora, futbolchilik nasib etmadi. Bu ham taqdir. Ammo o‘zidan ko‘plab xotiralar, esdaliklar qoldirdi. Bu klubni bolaligimdan beri bilaman. Suyagim shu klubda qotgan. Bolaligimni eslatadi menga.
 
Maktabdan ba’zida uning o‘yinlarini ko‘rish uchun qochib ketardik. Nazorat ostida ushlanadigan, qattiq tartibdagi maktab tarbiyachilari ham bizni eplay olishmasdi. Ba’zida esa ular bilan o‘yingohga tashrif buyurardik. Klub stadionining 14 sektoridan o‘yinni tomosha qilish, yashil maydonda shug‘ullanayotgan futbolchilarga havas ila boqish –– bu umuman boshqacha tuyg‘u. Uni boshidan o‘tkazgan biladi. Biz ham eskirib qolgan bo‘lsa-da, ammo fayzli stadionida to‘p surishni orzu qilardik.
 
Kiritilgan sana: 31.07.2018 17:53. O'kildi: 10960 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


BAXASH

Sana: 26.11.2018 05:53. BAXASHga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик