Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

O'zbekiston Milliy axborot agentligi

UzA.uz — sport xabarlari blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

G‘alabaga qanday erishiladi?

Baho:
+0; -0
Kecha Osiyo kubogi 2019 ga yakun yasaldi. Qatar termasi taxminlarga qarshi borib Yaponiyani mag‘lub etdi.
 
Rossiya maydonlaridagi mundial o‘yinlarini ko‘rdik. Kutilmagan natijalar salmog‘i anchagina. Doimo e’tibor markazida bo‘ladigan kuchli beshlik chempionatlarini kuzatdik. Kuzatyapmiz. 2016 yilgi mavsumdan boshlab Premyer liga haqidagi maqolalarda sensasiya so‘zidan foydalanish anchayin kamayib ketdi. Ushbu mavsumdan boshlab “Bavariya”ning yakka hukmronligiga chek qo‘yildi, Madridda ishlar pachava.
 
Kecha tongda internetdan futbol xabarlarini o‘qib, uyg‘onganimga shubha qilib qoldim. Tunda boshlanibdi hammasi. Italiyada “Fiorentina” “Roma”ga yettita gol urgan, “Yuventus” nihoyat to‘xtatilgan. Ispaniyada esa “Barselona” “Sevilya”ga oltita gol urib kubok finaliga chiqqan bo‘lsa, Angliyada “Chelsi” to‘rtta to‘p farqi bilan yutqazgan. Bundan g‘azablangan Sarri o‘z futbolchilarini 50 daqiqa kiyim almashtirish xonasiga qamab qo‘ygan va hokazo... Shundan so‘ng, o‘ylanib qoldim: bugungi final qanday bo‘larkin?
 
Mast qilib qo‘yding...
 
Kuchlilar o‘rtasidagi o‘yinlar hamisha qiziqarli o‘tgan. Agar u musobaqa finalida bo‘lsachi… Ha, finallar har doim murosasiz bahslarga boy bo‘ladi, lekin bugungidek o‘yinlar kam o‘tkaziladi. Juda kam.
 
Mazkur Osiyo kubogi anchayin gollarga boy o‘tdi. Yakun ham shunga yarasha bo‘ldi. Sizu menga nima yaxshi? Gollarning ko‘p bo‘lgani, albatta! Ba’zi o‘yinlarda esa gol bo‘lmasa ham muxlislar shiddatli qarama qarshiliklar guvohi bo‘laverishdi.
 
pjuwzqgvyz1fytmpmfhy.jpg
 
Yapon samuraylari va arablar o‘rtasidagi finalda esa yuqoridagi har ikkala vaziyat ham kuzatildi. Maydonning ikki tomonida ham uyushtirilgan hujumlar bir-biridan mazmunli bo‘lib tuyulaverdi. Ustiga ustak 4 ta gol urildi. Osiyo kuboklari tarixida bittagina finalda 4 ta gol urilgan, o‘sha bahsda ham yaponlar ishtirok etgandi. 2004 yilda Xitoydagi Osiyo kubogida mezbonlar “kunchiqar yurt vakillari”ga kechagi hisobda mag‘lub bo‘lishgan edi.
 
G‘arbdan esgan shamollar Osiyoga faqatgina sensasiyalar emas, chiroyli o‘yinlar atmosferasini ham olib kelgan ekan, aslida. Buning ustiga musobaqadagi eng tartibli ikki jamoa kuch sinashib, faqatgina futbol o‘ynashdi. Bu o‘yindan chempionlikni to‘rt marta qo‘lga kiritgan jamoa muxlislaridan tashqari futbolni sevuvchi barchaning ko‘ngli to‘ldi. Buning uchun futbolchilarga rahmat!
 
“Iroda” va “yapon” so‘zlari sinonim(mi?)
 
Tarixdan ma’lumki, yaponlar bugungacha og‘ir va mashaqqatli kunlarni boshida kechirgan. Tarix tegirmonidan egilsa-da, bukilsa-da, yanchilasa-da sinmagan. Hech qachon. Hamisha tirik chiqa olgan u yerdan. Ular qaddini tezda rostlay olgan. Qo‘shni davlatlar bosqini, mustaqillik uchun kurashlar, jahon urushidagi mag‘lubiyatlar-u “Atom” deb atalgan baloi azim ham bukolmadi yaponlarni. Yangiliklarda beriladigan suv toshqinlari haqidagi lavhaning aksariyati kun chiqar tarafda sodir bo‘ladi. Bundan tashqari yer qimirlashlarining eng ko‘p va eng qo‘rqinchlilari ham o‘sha yoqlarda. Shunday ersada, ular hech qachon bundan tushkunlikka tushmaydi. Falokatlardan so‘ng tezlikda o‘ziga keladi va mehnatda davom etadi. Balki, mana shu qiyinchiliklar ularning irodasini toblagandir. Toblayotgandir. Yer yuzida hech qaysi xalq yaponlarchalik mustahkam irodaga ega bo‘lmasa kerak. Bu musobaqada iroda, taslim bo‘lmaslik, mehnatdan charchamaslik, harakatdan to‘xtamaslik kabi xislatlar samuraylarni finalgacha olib chiqdi. Balki, kechagi finalda yaponlar emas boshqa jamoa bo‘lganda 2:0 dayoq tushkunlikka tushib qolgan bo‘lardi.
 
crmhf9udkpsygwp09lor.jpg
 
Afifning golidan so‘ng hamma Qatarning g‘alabasini tan oldi, samuraylar esa bo‘yin egmaydi tik bordi tik! Aniqki, tongni hammadan oldin kutib oladigan bu xalq mag‘lubiyatdan so‘ng ham to‘xtab qolmaydi. Agar yaponlar BAAga chempionlikka erishish uchun tashrif buyurishganda, albatta, maqsadlariga yetardi.
 
GettyImages-1126789608.jpg
 
Ammo ular uzoq kelajakni o‘ylab, bir qancha yetakchilarini uyda qoldirib, yosh yigitlardan iborat jamoani Osiyo kubogiga boshlab kelishgan edi. Bu – kelajak uchun tashlangan qadam. Garchi FIFA reytingida forslar birinchi o‘rinda bo‘lsalarda, chempionlik qatarliklarga nasib qilsada, yaponlar qit’amizdagi eng kuchli jamoa bo‘lib qolaveradi, nazarimda.
 
Ular bor e’tiborini Mundialga qaratib, bu yo‘ldagi qit’a birinchiligini ham qurbonlik qilib yuborishaveradi. Biz esa kutamiz va kuzatamiz, Belgiyadan irodali bo‘lishni o‘zlashtirgan Yaponiya Qatar maydonlarida nimalar qila olar ekan?...
 
475226_680.jpg
 
Ha, aytgancha, kechagi finaldan so‘ng, yapon futbolchilari o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda kiyim almashtirish xonasini tozalab, tashakkur aytib ketishni ham unutgani yo‘q. Balki shundadir ularning 100 yil yashash siri!
 
Irodaga qarshi ishtiyoq
 
Qoyil! Bu qatarliklar charchamas ekan. Kimdir ularni dopingga qarshi tekshirish da’vosi bilan chiqsa ajablanmang?!
 
Ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida qatarlik futbolchilar namoyish etgan ishonchli hamda vajohatli o‘yinni ko‘rib shoirning bir she’ri esimga keldi-yu, uni ozgina finalga moslashtirgandek bo‘ldim:
 
“Kubogimga qarama,
Naq enangni ko‘rasan!
Menga nasib qiladi,
So‘ra, kimdan so‘rasang...”
 
gettyimages-1126701034-594x594-1.jpg
 
Ha, Qatar o‘yinlari bilan hammani sehrlab qo‘ya oldi. Xo‘sh, ularni chempionlikka qaysi omillar yetakladi?
 
Bu har bir detalning ideallashuvidir. Masalan, hujumlardagi aniqlikni olaylik – finalda 9ta zarba, 4 ta aniq zarba va 3 ta gol. Bundan ortig‘ini esa terma jamoalar borasida Sautgeyt boshchiligidagi inglizlar uddalashgandi. Millatlar ligasi so‘nggi bahsidagi Ispaniya bilan o‘yinda inglizlar 4 bor hujum uyushtirib 3 ta gol urgandi. Ispaniyalik murabbiy Sanches Bas shogirdlarini ana shunday inglizcha aniqlikka moslashtira oldi.
 
Tartib. Yaponlar shu vaqtgacha Osiyoda tartibli o‘yin bo‘yicha yetakchi edi. Endi raqobatchisi mavjud. Feliks qo‘l ostida har bir futbolchi o‘zining ishini keragidan ortig‘i bilan bajarmoqda. Tahsinga loyiq jihat.
 
Hamjihatlik. Himoyada bir necha marta Almuoz yoki Akromning raqib hujumlarini to‘xtatganligiga guvoh bo‘ldik. Bundan ortig‘i hamjixatlikdan boshqa nima deb atalishini hozircha bilmayman.
 
Tezkor qarshi hujum. Raqib hujumini bartaraf qilgach, hujumchilar Formula-1 pilotlariday oldinga otilishmoqda. Bu ham Sanches jamoasining yutug‘i.
 
4e05988c-263f-11e9-9177-bd3ae24bba4f_image_hires_054310.jpg
 
Yuqori jismoniy tayyorgarlik. Sanches Bas shogirdlari butun o‘yin mobaynida bir xil tempda harakat qila oldi: xoh to‘p bilan, xoh to‘psiz. Yana yuqori darajadagi pressing ham ularning foydasiga xizmat qilmoqdaki, futbolchilarning bunday vaziyatlarda kuchi tugab qolmadi. Bu jihat hujumchilarning himoyachilarga yordamga kelishi yoki aksincha vaziyatlarda ham yaqqol namoyon bo‘ldi.
 
Va so‘nggi omil futbolchilarning ishtiyoqi. Ularda g‘alabaga bo‘lgan tashnalik, g‘oliblik ishtiyoqi har narsadan ustunlik qildi, hattoki irodadan ham!
 
Alidan Aligacha...
 
Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi va to‘purari Almuoz Ali eronlik boshqa bir Ali tomonidan o‘rnatilgan rekordni o‘zgartirdi. Balki “buzib tashladi” fe’li mos tushar... Ali Dayi 1996 yilgi Osiyo kubogida 8 t gol urgandi. Oradan 23 yil o‘tib, Almuoz bu ko‘rsatkichni to‘qqiztaga oshirdi. Ammo Dayi hanuz umumiy gollar bo‘yicha oldinda uning hisobida 14 ta gol mavjud.
 
yokepnyisggkerhg7ufp.jpg
 
Musobaqalar davomida feyr pley sovrinini ikkinchi bor (2004, 2019) Yaponiya qabul qilib oldi. Eng yaxshi darvozabon esa Saad al-Shib bo‘ldi. Saadning Osiyo kubogi mobaynida bir dona gol o‘tkazgani alohida e’tirofga molik. Buni yolg‘iz darvozabonning mahorati yo‘ymasdan qatarlik himoyachilar mehnatini ham unutmaslik kerak. Yaponlar so‘nggi 8 ta Osiyo kubogining 5 tasida finalda o‘ynadi va ilk marotaba finalda mag‘lub bo‘ldi. Bu ularni osiyolik “pentakampeon” bo‘lishlariga to‘siq bo‘ldi. Qatarliklar shu vaqtgacha 2 marotaba (2000, 2011) chorak finalga chiqa olganini inobatga olsak, finalda g‘olib bo‘lish ular uchun ertakdan bir parcha xolos. Uning davomini esa 2022 yilgi mundialda ko‘rsak ajab emas. Har holda natijalar o‘zi mezbonlik qiladigan jahon kubogida ham ancha-muncha terma jamoalar uchun bosh og‘riq bo‘lishidan darak bermoqda.
 
Munosiblik mezoni
 
2016 yilda Fransiya o‘z uyida Yevropa chempionatini qabul qildi. Butun turnir davomida fransuzlar eng yuqori darajada o‘yin namoyish qildi. Ammo finalni nomunosiblar ilib ketdi. Mag‘lub bo‘lgan jamoaning xuddi shu tarkibi asosiga qurilgan jamoa 2018 yilga kelib, o‘z mevasini berdi – Fransiya jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Gap ularning Rossiyadagi ko‘rsatgan o‘yinlari haqida emas, balki 2016 yilgi mag‘lubiyati borasida. Tan oling, Portugaliya Yevropa chempionligini nomunosib tarzda qo‘lga kiritgan edi. Umuman futbolda bunday hodisalar kam uchrab tursada, biz ko‘rdik. Ko‘r emasmizku, ko‘rdik!
 
xflpyyxztwjxyi70agcp.jpg
 
Kechagi bahsda esa yaponlar mag‘lublarga xos o‘yin ko‘rsatdi va bu yakundagi natijaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Qatar g‘oliblarcha harakat qildi. Chempionlikni Xavining qandaydir bashorati evaziga sodir bo‘lgan voqea sifatida emas, 2006 yildan beri qatarliklarga futboldan saboq berib kelayotgan Feliks Sanches Basning mevasi, deb biling!
 
Ko‘ryapsizmi, g‘alabaga qanday erishiladi?...
Kiritilgan sana: 21.02.2019 22:02. O'kildi: 8483 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.