Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
      • 14.10.2026 15:00
      • Kashiva Reysol
      • -:-
      • Port
      • 14.10.2026 15:00
      • Vissel Kobe
      • -:-
      • Chonbuk Motors
  • OChL-2
      • 13.10.2026 18:45
      • As-Siyb
      • 0:3
      • Al-Hussayn
      • 13.10.2026 21:00
      • Ist Bengal
      • 2:3
      • Ash-Shorta
      • 14.10.2026 12:45
      • Melburn Viktori
      • -:-
      • Seul
      • 14.10.2026 17:15
      • Persib
      • -:-
      • Kong-Vittel
      • 14.10.2026 18:45
      • Nasaf
      • -:-
      • Al-Vahda
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Jaziyra
      • -:-
      • Arkadag'
      • 14.10.2026 21:00
      • Kuvayt SK
      • -:-
      • Xolidiya
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Muharraq
      • -:-
      • Gol Gohar
      • 14.10.2026 21:00
      • At-Ta'vun
      • -:-
      • Ar-Rayyan
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Faysaliy
      • -:-
      • An-Nahda
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

Navbatdagi o'yinlar.

14/10/26 Kashiva Reysol - Port
14/10/26 Vissel Kobe - Chonbuk Motors

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

O'zbekiston Milliy axborot agentligi

UzA.uz — sport xabarlari blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Bunyodkor” futbol klubi atrofidagi mashmashalar

Baho:
+0; -0
Bugungi o‘zbek futboli taraqqiyotida “Bunyodkor” klubining alohida hissasi bor, desak, o‘ylaymizki, hech kim inkor qilmaydi. Biroq, so‘nggi yillar “qaldirg‘ochlar” uchun silliq kechmayapti. Ayniqsa, jamoaning ukrainalik sobiq futbolchisi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorligi bilan bog‘liq mojarolar klub nufuziga jiddiy putur yetkazdi.

2018 yilgi mavsumda ana shu muammo tufayli “Bunyodkor” klubi 6 ochkodan mahrum etildi. Agar yangi yilda ham ushbu qarzdorlik so‘ndirilmasa, jamoa Superligadan Pro-ligaga badarg‘a qilinardi, chunki bu haqda FIFAdan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga ogohlantirish xati kelgandi. Yaxshiyamki, klubning yangi rahbariyati ushbu muammoni belgilangan muddatda bartaraf etdi. 
Klub rahbariyatining ma’lum qilishicha, shu yil 15 yanvarda Sergey Simonenkoga 386 million so‘mlik (bu maosh va mukofot pullari) qarz to‘lab berilgan va 17 yanvar kuni ukrainalik futbolchi “qaldirg‘ochlar”ga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqida FIFAga yozma ravishda ma’lum qilgan. Shu tariqa “Bunyodkor” klubi ustida “qora bulutlar” biroz bo‘lsa-da, tarqalgandek edi. Ammo... 
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “Bunyodkor” futbol akademiyasi tez fursatda o‘z o‘rnini O‘FA huzuridagi Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga bo‘shatib berishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shu va boshqa ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA muxbiri surishtiruv o‘tkazdi. 
 
“BUNYODKOR” STADIONI ASLIDA KIMGA TEGISHLI?
 
212e89e0-dc89-4635-acba-f0d36b4547b7.jpg
 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda futbolni rivojlantirish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi va hamon shu yo‘lda sobit kelmoqda. Bu masalaga doimo eng yuksak darajada e’tibor qaratilayotgani esa kishini quvontiradi, albatta. Shu kungacha futbolni rivojlantirishga oid 10 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilingani ham fikrimiz tasdig‘idir. Chunonchi, Prezidentimizning 2018 yil 16 martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ayni shu maqsadga xizmat qilishi bilan millionlar o‘yini ixlosmandlarini behad quvontirdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, “Bunyodkor” stadionining O‘zbekiston futbol assosiasiyasi balansiga o‘tkazilishini ta’minlash ham belgilab qo‘yilgan. Biroq, muammo shundaki, stadion hali-hamon klub balansiga to‘liq o‘tkazilmagan. Nega?

Ma’lumki, “Bunyodkor” stadionini qurish ishlari 2008 yilda boshlangan. Majmuada 2008-2010 yillar davomida klubning o‘sha vaqtdagi bosh homiysi Zeromax kompaniyasi hamda “O‘zneftgazmontaj” tashkiloti tomonidan 73 milliard so‘mlik ish bajarilgan. Zeromax kompaniyasi bankrot, deb e’lon qilingach, “Bunyodkor” futbol klubi ta’sischiligida “Bunyodkor kapital qurilish” boshqarmasi tashkil etiladi. Barcha mablag‘lar o‘sha boshqarmaga jalb etilib, 2012 yilda “Bunyodkor” stadioni (alohida e’tibor qiling) qurib bitkaziladi. “Bunyodkor” futbol akademiyasi esa Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi tomonidan 2010-2012 yillarda barpo etiladi va 2013 yilda to‘liq klub balansiga o‘tkaziladi. Demak, akademiya “Bunyodkor” klubiga tegishli.

Endi stadion masalasiga kelsak. Hozirda “Bunyodkor” stadionining egasi bor yoki yo‘q, deyish qanchalik o‘rinli? Majmua shu kunga qadar “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat tasarrufida bo‘lgan. Direksiyaning ta’sischisi esa “Bunyodkor” futbol klubi hisoblanadi.“Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan direksiya O‘zbekiston futbol assosiasiyasi balansiga o‘tkazildi. Ammo, “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MCHJ xizmat ko‘rsatish tashkiloti bo‘lib, uning balansida hech narsa yo‘q.

Prezident qarori qabul qilingan paytda stadion qurilishi jarayonida ishlatilgan boshlang‘ich 73 milliard so‘mlik mablag‘ masalasi ochiq edi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 35-sonli farmoyishi “Bunyodkor” stadionining taqdiriga oydinlik kiritib berdi. Mazkur hujjatga ko‘ra, majmuaning umumiy qiymati 429 milliard so‘mdan ziyodroqqa baholandi. Endigi vazifa – ushbu hujjatga asosan “Bunyodkor” stadionini klub balansiga o‘tkazish bo‘lib, faqat shundan keyin stadion mamlakatimizning bosh futbol tashkiloti balansiga o‘tkazib beriladi. 
 
“MILLIY” STADION QACHON O‘ZLIGINI TOPADI?
 
2f58f41a-f598-4505-b270-75a6a9328d43.jpg
 
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 16 martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingach, oradan ko‘p o‘tmay “Bunyodkor” stadioni nomi o‘zgartirilib, endilikda “Milliy” deb yuritilmoqda.

Haqli savol tug‘iladi: futbol assosiasiyasi hali majmuani to‘liq o‘z tasarrufiga o‘tkazmay turib qaysi hujjatga asosan stadion nomini o‘zgartirdi? Mayli, O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bu masalani xaspo‘slash uchun qandaydir hujjatlar ham bordir deylik, lekin nega rasmiy hujjatlarda haligacha stadion “Bunyodkor” nomi bilan yuritilyapti? Xullas, savol ketidan savol chiqib kelaveradi, ammo javob berishga kelganda esa...

Xulosa o‘zingizdan. 
 
01.JPG
 
Yana bir gap. So‘nggi paytlarda futbol jamoatchiligi orasida bir mish-mish oraladi, emishki joriy mavsumda Termizning “Surxon” jamoasi Superligada ishtirok etarkan.

O‘zbekiston professional futbol ligasi joriy mavsumda ham Superligada 12 ta jamoa ishtirok etishi haqida ancha avval e’lon qilgandi. Shunday ekan, “Surxon” qaysi jamoaning o‘rnini egallaydi?

PFL Superliga ishtirokchilari bo‘lmish “Navbahor”, “Andijon”, “Qo‘qon-1912”, “Nasaf”, “Buxoro”, “Qizilqum” va “So‘g‘diyona” klublariga teginolmasa kerak, chunki bu jamoalar o‘z hududlarining Superligadagi yagona vakili. Qolaversa, ularning Superligadan chetlatilishi o‘sha hududlarda futbol taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir qiladi. U holda janubliklar qaysi jamoaning o‘rnini egallaydi?

Bu yerda tanlov imkoniyati keng emas. Toshkent shahri yoki viloyati jamoalaridan biri o‘z o‘rnini “Surxon”ga bo‘shatib berishi mumkin. Toshkent viloyatining "AGMK" jamoasiga ham tegib bo‘lmaydi, negaki, ular Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Demak, birgina “Metallurg” varianti qolmoqda. 

Poytaxtning “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublari ham qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnirda ishtirok etishadi. Qolaversa, har ikki jamoa ortida iqtisodiy jihatdan baquvvat homiylar bor. Demak, bu yerda faqat “Bunyodkor” varianti qoldi. Dard ustiga chipqon bo‘lib PFL Bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi xabarni qoldirdi:

“AGMK klubi Oliy ligada qanday paydo bo‘lib qolganini eslaysiz-a? Adashmasam, o‘shanda 1-ligani 8-o‘rinda tugatgandi. Keyin birdan yuqorining qarori bilan boy klubga aylanib qoldi va Oliy ligaga qo‘shilib oldi.

Bu kabi misollar bizda hamma davrda bo‘lgan va hali bo‘ladi ham. Chunki, futbolga pulni kim berayotgan bo‘lsa, uning aytgani bo‘ladi. Sport prinsiplari esa qachonki klublar o‘zi pul topishni boshlaganidan keyin ishga tushsa kerak.

Xulosa: kto platit tot i zakazivayet muziku”.

“Surxon” jamoasining bu mavsum Superligada ishtirok etishi haqidagi gap-so‘zlar kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q, futbol ichida yurgan insonlar anchadan beri bilishadi bu haqda. Kamiga Ilhom Mo‘minjonov boshqaruvidagi jamoa o‘z tarkibini Superliga saviyasiga mos futbolchilar bilan to‘ldirmoqda. Bunga Asilbek Omonov, Sherzod Karimov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Ayubxon No‘’monov, Azamat Allaniyazov kabilarni misol keltirish mumkin. Hatto terma jamoamiz a’zosi Davron Hoshimov ham bir muddat termizliklar safida mashg‘ulot olib bordi, ammo so‘nggi pallada temiryo‘lchilar bu futbolchini ilib ketishdi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan “Bunyodkor” futbol klubi o‘rtasidagi munosabatlar u qadar samimiy ko‘rinmayapti. Shundan xulosa qiladigan bo‘lsak, “Surxon” jamoasining Superligaga qo‘shilishi “Bunyodkor”ning futbolimiz elitasidan chetlatilishi evaziga sodir bo‘lmasmikan, degan xavotir uyg‘otadi kishida. Ko‘pchilikni tashvishga solayotgan yana bir jihat, PFL shu kungacha bu mish-mishlar haqiqatga zid ekani borasida rasmiy bayonot bermadi. 
Ha, ota-bobolarimiz “shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi”, deb bejiz aytishmagan. 
 
Davomi bu yerdahttp://uza.uz/oz/sport/bunyedkor-futbol-klubi-atrofidagi-mashmashalar--01-02-2019)))
Kiritilgan sana: 21.02.2019 22:05. O'kildi: 9898 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик