Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

O'zbekiston Milliy axborot agentligi

UzA.uz — sport xabarlari blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

TARIXIY G‘ALABANI XOTIRLAB...

Baho:
+0; -0
Bundan roppa-rosa bir yil avval, ayni shu damlarda yurtimiz bayram og‘ushida qolgandi. Bayram sababchilari esa Xitoyda o‘tkazilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida zafar tug‘ini baland ko‘tarishgan yurtimiz o‘g‘lonlari bo‘lishgandi...
2018 yil 28 yanvar, adashmasam o‘sha qishning eng qahraton, izg‘irinli tuni edi. Shunga qaramay o‘sha tun nafaqat poytaxtimizda, balki yurtimizda hayot qaynadi. Kimdir qo‘liga katta bayroq ko‘tarib olgan, qiziqqon yoshlarimiz esa yuz-ko‘zlariga Vatan ramzlarini chizib olishgan, hamma xursand, hamma xushchaqchaq...
 
YURAK AMRI ILA...
Ehtimol Yangi yil oqshomi ana shunday sovuq tunga to‘g‘ri kelsa yurtdoshlarimiz issiq o‘rinlarini tashlab, millat quvonchiga sherik bo‘lish uchun ko‘chalarga chiqishmas, biroq kurrayi zamindagi eng katta qit’ani majoziy ma’noda zabt etgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizni kutib olish uchun 7 yoshdan (hatto undan kichik yoshdagi bolajonlarni ham ota-onalari ko‘tarib olishgandi) 70 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz Toshkent ko‘chalariga chiqishgandi. Kimdir dovon oshib, boshqasi esa uzoq yo‘l bosib Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroporti tomon oshiqishardi. Buni hamma ixtiyoriy, o‘z xohishiga ko‘ra bajarishdi. Qishning qahraton sovug‘i ham, yo‘lning olisligi ham ularni to‘xtatib qololmadi. Bu esa o‘zbek xalqi futbolni chin dildan sevishiga yorqin misol emasmi?! Yurtdoshlarimizga bunday quvonchni o‘sha kezlarda Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlarimiz ulashgandi.
Oradan bir yil o‘tdi. O‘tgan vaqt oralig‘ida ana shu yoshlardan qaysilaridir yanada o‘sdi, porladi, hatto milliy terma jamoada ham o‘z o‘rnini topishdi. Ammo...
 
O‘YIN UNUTILADI, NATIJA QOLADI
Xuddi shu yoshlardan iborat terma jamoamiz Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘z zimmalaridagi vazifani uddalay olishmadi. Vaholanki ular oldiga musobaqada g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Biroq,...
Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston futbolchilari 1994 yil Xirosimada o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida mustaqil jamoa sifatida birinchi marotaba ishtirok etishgan bo‘lishiga qaramay yakunda yurtimizga bosh sovrin bilan qaytishgandi. Chorak asr muqaddam bizni butun Osiyoga tanitgan final o‘yinida hamyurtlarimiz Xitoy termasini 4-2 hisobida mag‘lub etishgandi. O‘sha tarixiy g‘alabadan ko‘p o‘tmay birinchi prezidentimiz Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga borgani va o‘shanda Xitoy hukumati rahbari janob Szyan Szemin o‘z Vatani sportchilari Xirosimada qo‘lga kiritgan barcha medallarni O‘zbekistonning futbolda sazovor bo‘lgan yagona oltiniga almashishga roziligini bildirgani hamon yodimda. Shu misolning o‘ziyoq Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalarida qozonilajak g‘alaba nechog‘lik qadrli ekanidan darak beradi.
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 24 yillik orzu-umidimiz armonligicha qolib ketdi. To‘g‘ri, Indoneziya yashil maydonlarida vakillarimiz yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Biroq, chiroyli o‘yin uchun sovrin berilmaydi, qolaversa sportda, xususan futbolda shunday ibora bor: “har qanday chiroyli o‘yin ham unutiladi, natija qoladi”. Shunday ekan, Osiyo o‘yinlarining futbol turnirini biz qanday xotiralar bilan eslaymiz?!
 
QATARDA BESHTA, BIZDACHI?!
Xitoydagi musobaqada biz bilan bitta guruhdan joy olishgan, o‘zaro o‘yinda esa Ravshan Haydarov shogirdlarini 1-0 hisobida mag‘lub etgan Qatar yoshlar terma jamoasi yakunda bronza medalini qo‘lga kiritadi. Ular yarim finalda kutilmaganda Vyetnamga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘yishgandi. Aks holda finalda tanish raqiblar ro‘baro‘ kelisharmidi?
Shundan so‘ng qatarliklar 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni faol tarzda milliy terma jamoaga ham jalb eta boshladi. Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlariga ular u qadar jiddiy e’tibor qaratishmadi ham. Barcha sa’y-harakatlar ayni paytda BAA yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo kubogiga qaratilgan edi. Buning samarasini guvoh bo‘lib turibmiz.
O‘zbekiston allaqachon xayrlashgan musobaqada Qatar terma jamoasi hamon ishtirokini davom ettirmoqda va ehtimol ular sovrindorlar safidan ham joy olar. E’tiborlisi, bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Xitoy maydonlarida javlon urishgan futbolchilarning besh (!) nafari bugungi Qatar milliy terma jamoasida ham asosiy tarkib futbolchilariga aylangan. Bular – himoya chizig‘i vakillari Tariq Salmon, Akrom Hassan, Assim Omer, yarim himoyachi Bassam Xusham va hujumchi Ali Almoyezlardir.
Xitoydagi musobaqada oltin butsani qo‘lga kiritgan Ali Almoyez esa Osiyo kubogida ham o‘zining to‘purarlik salohiyatini namoyish etmoqda. Kimdir uning to‘purarligida KXDR terma jamoasi darvozasiga kiritilgan to‘rtta gol hal qiluvchi omil bo‘layotganini ta’kidlar. Ammo, qolgan o‘yinlarda ham u uch marotaba muvaffaqiyat qozonganini unutmaylik.
Qatardan farqli o‘laroq Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibidan Xitoydagi musobaqa qahramonlarining atigi ikki nafari joy olishdi – Javohir Siddiqov hamda Doston Hamdamov. Bu ro‘yxatga yosh jihatidan ular bilan tengqur bo‘lgan Eldor Shomurodov va Otabek Shukurovni ham qo‘shish mumkindir. Ammo, fakt shuki ular Xitoydagi musobaqada ishtirok etishmagan.
 
BU KUNLARNI YANA KO‘P BOR ESLAYMIZ...MI?
Yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, har qanday jamiyatda sohaning taraqqiyoti unda erishilgan g‘alabalar bilan o‘lchanadi. Mamlakatimizda o‘nlab stadionlar qurilmasin, yurtimizdan yuzlab iqtidorli yoshlar yetishib chiqmasin, mohir futbolchilarimizni million-million dollarlarga transfer qilmaylik, agar terma jamoalar va yetakchi klublarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozonmas ekan, og‘iz ko‘pirtirib maqtanishimiz befoyda.
Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi chiroyli o‘yin ko‘rsatdi, tartibli o‘ynadi, deya o‘zimizni ovutishdan kimga naf? To‘g‘ri, Ektor Kuper oldiga Osiyo kubogida g‘alaba qozonishdek mas’uliyatli vazifa qo‘yilmagan edi. Shunday bo‘lsa-da janob Kuper BAAga ayni paytdagi eng kuchli futbolchilarimizni olib bordi, boz ustiga ularning aksari ushbu sport turida faxriy yoshga yetib ulgurishgan edi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasining ham, Ektor Kuperning ham bosh maqsadi – 2022 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. BAAdagi musobaqa shuni ko‘rsatdiki, bu yo‘lda bizga oson bo‘lmaydi. Zero, endi mundial yo‘lida Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistonidan tashqari BAA, Iordaniya, Iroq, Xitoy, O‘mon, hatto Vyetnam singari jamoalar ham bizga jiddiy raqobat tug‘dirishadi. Yaxshiyamki, Qatar 2022 yilgi jahon chempionati saralashidan ozod etilgan, aks holda muammolarimiz yanada ko‘payishi tayin edi. Osiyo kubogida eng kuchli tarkib bilan ham nimchorak finaldan nariga o‘tolmas ekanmiz, ushbu musobaqani qurbon berish orqali yoshlarimizni JCH-2022 saralash o‘yinlariga tayyorlab borganimiz yaxshiroq bo‘lmasmidi?
Xirosimadagi g‘alabalarni uzoq vaqt eslab yurdik, qachonki Xitoyda yoshlarimiz qit’a chempionligini qo‘lga kiritib, ko‘ngillarga taskin bermaguncha. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining farahbaxsh onlarini ham uzoq vaqt eslab yurmasligimiz uchun buyog‘iga futbolchilarimizdan tez orada yangi zafarlar kutib qolamiz. Zotan, yangi g‘alabalar eski muvaffaqiyatlarni xotiramizga muhrlashga xizmat qiladi.
Kiritilgan sana: 28.01.2019 13:35. O'kildi: 8682 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.