Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

O'zbekiston Milliy axborot agentligi

UzA.uz — sport xabarlari blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

​Afsonaviy Makarov o‘zbek xokkeychilari haqida qanday fikrda?

Baho:
+0; -0
8 fevral kuni poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida xokkey sporti bo‘yicha tarixiy O‘zbekiston birinchi chempionatiga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimi o‘ziga xos tarzda tashkil etildi. Ta’kidlash kerak, tashkilotchilar O‘zbekiston chempionati bahslarini yuksak saviyada o‘tkazish uchun astoydil harakat qilishgan. E’tiborimizni tortgan jihatlardan biri – musobaqaga xokkey afsonasi rossiyalik Sergey Makarovning taklif etilganidir.
Ehtimol yoshroq sport ishqibozlari bu inson haqida aytarli ma’lumotga ega emasdir, ammo o‘rta yoshli va faxriy muxlislar Makarovning muz ustida qanday karomat ko‘rsatganini yaxshi bilishadi. Sodda qilib aytganda uni millionlar o‘yinidagi Yoxan Kroyff, Mishel Platini yoki Zinedin Zidan kabi charm to‘p ustalari bilan tenglashtirish mumkin. Makarov bilan birga o‘ynagan Larionov-Krutov-Fetisov-Kasatonov beshligini esa o‘tgan asrning 80-90-yillarida to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmagan.
Xokkey bo‘yicha tarixiy O‘zbekiston birinchi chempionatini ochib berish vazifasi ham aynan Makarovga ishonib topshirildi.
“Toshkent” hamda “Binokor” jamoalari uchrashuvidan keyin afsonaviy xokkeychining fikrlari bilan qiziqdik.
 
- Yoshligimda O‘zbekistonga tez-tez kelib turganman, u vaqtlarda Toshkentda “Yubileyniy” degan arena bo‘lardi va shu yerda xokkey o‘ynaganlarimiz hamon yodimda. Shu bois yurtingizda ko‘plab do‘stlar orttirganman, xokkeychi hamkasblar. Shulardan biri Shukrullo Karimovni ham uzoq yillardan beri yaxshi bilaman. Qachon O‘zbekistonga kelsam u meni kutib olar edi. Yaxshiyamki yurtingizda xokkey sportiga qiziquvchi insonlar bor ekan, shularning sharofati bilan bu yerda yana xokkey sporti qayta jonlandi. Meni birinchi O‘zbekiston chempionatiga chorlaganida taklifni bajonidil qabul qildim. Do‘stim Shukrullo yurtingizda xokkeyni qayta tiklash uchun ancha harakat qilganini ham yaxshi bilaman va o‘z navbatida biz ham unga baholi qudrat yordam berishga harakat qildik. Bugungi sana esa O‘zbekiston xokkey sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi. Yurtingizda muz arenalari qancha ko‘p bo‘lsa, xokkey bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ham shunchalik ko‘payadi. Va albatta vaqti kelib o‘zbekistonlik xokkeychilar qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashishiga ishonaman.
Hozirgina birinchi O‘zbekiston chempionatining dastlabki o‘yiniga guvoh bo‘ldim. Men uchun yurtingiz xokkeychilarining muz ustidagi chaqqon harakatlari yoqimli syurpriz bo‘ldi. Ochig‘i ulardan bunday o‘yin va texnikani kutmagandim. Agar bu yoshlar to‘g‘ri tarbiyalansa sizlar tez orada jahonda o‘z o‘rningizni topishingiz mumkin. Bilasizmi, men bir necha yil AQShning Kaliforniya shtatida yashaganman. Kaliforniya O‘zbekistondan ham issiq bo‘lishiga qaramay ularda xokkey sporti ancha rivojlangan. Chunki hozir xokkey tom ostida o‘ynalmoqda. Shunday ekan, O‘zbekistonda ham xokkey sportining rivojlanishiga shubha qilmayman, - dedi biz bilan suhbatda xokkey afsonasi Sergey Makarov.
 
Otabek Eshmamatov suhbatlashdi, O‘zA
Kiritilgan sana: 21.02.2019 22:22. O'kildi: 8646 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик