06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины. 10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал. 11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 13:35LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция. 15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго. 16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины. 17:20LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция. 19:00LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция. 19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1. 21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины. 22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал. 00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта. 01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка. 03:00 Снукер. British Open. Финал. 04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.
Tarixda birinchi bor xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligiga start beriladi
Baho:
+0; -0
TOSHKENTDA YANGI “MUZ SHAHARCHASI” QAD ROSTLADI
Toshkentda ko‘p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyining qurilish ishlari jadal davom etayotgan bir paytda poytaxtimizning qoq markazida yana bir qishki sport-ko‘ngilochar maskan qad rostladi.
Kecha poytaxtimizdagi “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskaniga media-tur uyushtirildi. Umumiy maydoni qariyb 16 ming m2 bo‘lgan bu maskan nafaqat Toshkent shahri aholisi, balki poytaxtimiz mehmonlari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.
O‘zbekiston qorli o‘lkalar sirasiga kirmaydi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda iqlimning keskin o‘zgarishi sababli negadir yurtimizda qor deyarli yog‘mayapti, ayrim bolajonlar esa qor nimaligini, u qanday bo‘lishini ko‘rmay ulg‘ayishmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yangi qurib bitkazilgan “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskani hamyurtlarimiz uchun qish faslining haqiqiy zavqini his qilish imkonini tuhfa etadi. Ko‘p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyi yoki “Ays Avenyu” sport-sog‘lomlashtirish majmualaridan farqli o‘laroq ushbu muz shaharchasida siz nafaqat qishki sport turlari (xokkey va figurali uchish) bilan shug‘ullanishingiz, balki miriqib hordiq chiqarishingiz mumkin.
Yana bir e’tiborli jihat, bu yerda tabiiy qor vositasida barpo etilgan maydonlar va qorli tepaliklar kishida qishning haqiqiy ruhini his qilish imkonini beradi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus qorli maydonchalar ham qurilganki, qor bo‘ron o‘ynashi yoki qorbobo yasash, xullas qishning haqiqiy nafasini his qilishi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
O‘smirlar va balog‘atga yetgan yoshlarimiz esa maxsus Viking River suvli yo‘lakchasida o‘zlarining haqiqiy dengizchilar, vikinglardek his qilishi mumkin. Qolaversa, maxsus dor yo‘lak bo‘ylab siz ushbu maskanni yuqoridan tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.