Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 29.10.2025 00:45
      • Atalanta
      • 1:1
      • Milan
      • 29.10.2025 22:30
      • Komo
      • 3:1
      • Verona
      • 29.10.2025 22:30
      • Yuventus
      • 3:1
      • Udineze
      • 29.10.2025 22:30
      • Roma
      • 2:1
      • Parma
      • 30.10.2025 00:45
      • Inter
      • 3:0
      • Fiorentina
      • 30.10.2025 00:45
      • Bolonya
      • 0:0
      • Torino
      • 30.10.2025 00:45
      • Jenoa
      • 0:2
      • Cremonese
      • 30.10.2025 22:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Sassuolo
      • 31.10.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Lasio
  • O‘zbekiston kubogi
      • 29.10.2025 18:30
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Buxoro
  • Superliga
      • 30.10.2025 18:30
      • Dinamo
      • 3:1
      • Xorazm
      • 30.10.2025 18:30
      • Navbahor
      • 0:0
      • Nasaf
      • 31.10.2025 18:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 27 58
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 26 41
7 Navbahor 27 38
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Surxon 26 28
12 Andijon 25 28
13 Buxoro 26 24
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

31/10/25 Sho‘rtan - OKMK
01/11/25 Andijon - Buxoro
02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8031 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2846 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Barselona»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi kim?

Baho:
+0; -0

 

Goal nashrining taniqli jurnalisti Ben Xeyvard «ko‘k-anorranglilar» safida mavsumning eng yaxshi futbolchisi maqomiga kim munosib ekanligi borasidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona» Chempionlar Ligasidagi omadsiz ishtirokiga qaramay ushbu mavsumda ikkita muhim sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega. Kataloniyaliklar mavsumni La Liga va Qirol Kubogi sovrini bilan yakunlashi mumkin.

Ernesto Valverde shogirdlari Primerada hamon yengilmas jamoa bo‘lib qolmoqda. So‘nggi turda «Atletiko»ning kutilmaganda «Real Sosedad»ga imkoniyatni boy berishi esa ularning chempionlikka erishish vaqtini yanada tezlashtirib yubordi.

Mavsum yakuniga besh tur qolganida «Barsa» eng yaqin ta’qibchisidan 12 ochko ilgarilab ketdi. Bu esa kelasi haftada klub «Deportivo»ni mag‘lub etadigan bo‘lsa chempionlik masalasi amalda hal qilinadi degani. O‘z uyida may oyida bo‘lib o‘tadigan «El Klassiko»da ham bu hech qanday ahamiyat kasb etmasligi mumkin.

Bundan avval, kataloniyaliklar qatorasiga 4-bor Qirol Kubogini yutib olishi mumkin. Buning uchun ular bugun «Vanda Metropolitano»da o‘tkaziladigan finaldagi raqibi – «Sevilya»ni mag‘lubiyatga uchratishi talab etiladi.

O‘z uyida «Roma»ni 4-1 hisobida mag‘lub etib, so‘ngra undan alamli 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab Chempionlar Ligasini tark etishi ham agarda ular mavsumni ikki muhim sovrin bilan yakunlay olishsa buni muvaffaqiyatli mavsum deb atashimiz mumkin.

Boisi «Barsa» Neymarning klubni tark etishi va uning o‘rnini to‘ldirish uchun Marko Verratti va qisman Filipe Koutinyoni o‘z vaqtida olib kelolmasligi inqirozni ochib berishi kerak edi. Shuningdek, ko‘pchilik futbol ishqibozlari Xitoydan Paulinyoning olib kelinishiga jiddiy e’tirozlar bildirgan edi. Bu transfer Valverdening yuqori saviyaga ega murabbiyligi borasidagi shubhalarni urchitib yubordi.

Ammo Ispaniya Superkubogida «Real Madrid»dan yirik 5-1 hisobida (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra) mag‘lubiyatga uchragach, Valverde klubda qayta qurish ishlarini boshlab yubordi va kuchli jamoani yarata oldi.

Luis Enrikening so‘nggi davrida yomon o‘ynagan Xordi Alba fantastik o‘yinlarini qayta topib oldi va eng muhimi klub yetakchisi Lionel Messi bilan ajoyib tandem hosil qildi. Xerar Pike va Samyuyel Umtiti himoya markazida mustahkam juftlik hosil qilgan bo‘lsa, Ivan Rakitich maydon markazini qayta egallab oldi.

Andres Inesta esa o‘zining ehtimoliy so‘nggi mavsumida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarni shod qildi. Paulinyo esa muhim gollar urib jamoasiga katta foyda keltirdi. Qishda olib kelingan Koutinyo esa ancha tez jamoa o‘yiniga moslashib ketdi. Qolganlar, Serxi Roberto, Nelson Semedu va Usmon Dembelelar ham qo‘llaridan kelganini bajarishdi.

Quyida, e’tiboringizga mavsumning eng yaxshi uch futbolchisini taqdim qilamiz. Siz nima deb o‘ylaysiz? O‘z fikrlaringizni maqola ostidagi izohlarda bildirishingiz mumkin!

3. Mark-Andre Ter Shtegen

«Barselona» La Ligada atigi 19 gol o‘tkazib yubordi. Bunday natija esa himoyaviy jamoa «Atletiko»dan atigi bitta ko‘p. Bularning hammasi germaniyalik posbonning sa’yi-harakatlari evaziga sodir bo‘lmoqda.

Ter Shtegen mavsum davomida o‘zining ajoyib seyvlari bilan yodda qoldi. Ayniqsa yaqinda 2-2 hisobida yakuniga yetgan «Selta»ga qarshi bahsda u uchrashuv kataloniyaliklar qahramoniga aylandi.

Endigina 25 yoshni qarshilagan «Borussiya Myunxengladbah»ning sobiq posboni termadoshi Manyuyel Noyerning uzoq muddatdan beri jarohatlar girdobida qolayotgani tufayli milliy terma jamoa sharafini yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida himoya qilishi kutilmoqda.

«U bizga xavfsizlikni va sifatni taqdim qiladi, u oyoqda qanday o‘ynash kerakligini ham biladi» – deya o‘z shogirdini maqtagan edi Valverde dekabrda bergan intervyusida.

2. Serxio Buskets

«Barselona»ning ushbu shonli davri barchadan avval Lionel Messi bilan yodda qoladi. Shuningdek u bilan birga Xavi, Inesta va bu ishni boshlab bergan murabbiy Pep Gvardiola ham bor. Ammo shunday futbolchi borki uni bu ro‘yxatga qo‘shmaslik adolatdan bo‘lmaydi. U ham bo‘lsa – Serxio Buskets.

«Barsa»ning sobiq darvozaboni Karles Busketsning o‘g‘li Serxio 2008-yildan boshlangan muvaffaqiyatlarning asosiy kaliti hisoblanadi. «Ko‘k-anorranglilar» uning maydon markazida amalga oshirayotgan keng ko‘lamdagi mehnatini umuman rad qilolmaydi.

29 yoshni qarshi olgan Buskets gol urmasligi yoki golli uzatmalarni amalga oshirmasligi mumkin, biroq u Gvardiola futbolchilik vaqtida bajarganidek, yarim himoyani hujumga bog‘lashda va muhim muvozanatni saqlab turishni ta’minlab bermoqda.

«Busketsga o‘xshagan futbolchilar bilan, barchasi osonroq» degan edi Valverde.

1 o‘rin Davomi Futbol olami blogida

Kiritilgan sana: 21.04.2018 11:03. O'kildi: 9298 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.