Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

18 yoshidayoq dunyoni zabt eta boshlagan superhujumchilar

Baho:
+0; -0

18 yoshli Kilian Mbappe ismi hozir butun yevropaliklar og‘zidadir. “Monako” jamoasi yosh hujumchining sa’y-harakatlari evaziga yarim finalga chiqishga yaqin turibdi. Siz bilan birga super hujumchilar o‘zlarining 18 yoshlarida qay darajada o‘ynaganlarini ko‘rib chiqamiz.

Krishtianu Ronaldu

O‘zining 18 yoshida ham Ronaldu Portugaliyada fintlar va aldamchi harakatlar bilan o‘ynardi. “Sporting”da to‘p surgan paytida bo‘lajak jamoasi “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘ynaydi va Ser Aleks Fergyusonda iliq taassurot qoldiradi. Fergyuson o‘ylab o‘tirmay, KRni 12 mln funt evaziga xarid qiladi.

Hech kim bu transferdan xafa bo‘lgani yo‘q. Axir Ronaldu 6 mavsum davomida “qizil iblislar” safida o‘ynab, 118 ta gol urdi. Jamoaga Chempionlar ligasi va bir nechta APL sovrinini olib keldi. Mbappe singari 18 yoshida ko‘plab gol urmagan bo‘lsa-da, keyingi 14 yil ichida haqiqiy mashinaga aylandi.

Lionel Messi

“Men hali umrimda o‘zining 17 yoshida bu darajada yaxshi o‘ynaydigan futbolchini ko‘rganim yo‘q”, – degandi Fabio Kapello 2005-yilda Leo Messi haqida. O‘sha mavsum Messi Kapelloning “Yuventus”ini, aniqrog‘I, Patrik Viyeyrani yodidan chiqmas darajada aldaydi. Shundan so‘ng “Barsa” bilan shartnoma tuzilib, 17 yoshli bolakayni kim sotib olmoqchi bo‘lsa, 150 mln yevro to‘lashi haqida band keltiriladi.

Leo birinchi mavsumida hujumda Eto‘o va Ronaldinyo bilan trio tashkil qiladi va mavsumda 8 ta gol uradi. Keyinchalik Messi nimalarga erishganini hammamiz juda yaxshi bilamiz.

Neymar

Mbappe yoshida Neymar braziliya chempionatining yulduzi edi. U yerda 5 mavsum ichida 136 ta gol urishga ulgurgan. 2010-yilda, aynan 18 yoshida mavsum davomida 42 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘sha yilning o‘zida “Santos” jamoasi “Chelsi” va “Vest Xem”ning taklifini rad qiladi.

O‘zining 21 yoshida Neymar “Barselona”ga yo‘l oladi. Garchi bir maromda to‘p sura olmayotgan bo‘lsa-da, ora-orada o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish qilmoqda. Uning foydasi ko‘proq Braziliya terma jamoasida tegmoqda. 25 yoshiga qaramasdan 52 ta gol.

Zlatan Ibragimovich

U hozir o‘zining 35 yoshida ishonib bo‘lmas darajadagi gollar kiritmoqda. 18 yoshida shvetsiyalik hujumchi “Malme” jamoasida harakat qilardi. Bir-ikki mavsumdan so‘ng “Ayaks” uni xarid qilib oladi. Undan oldin esa Zlatanni Arsen Venger ham jamoasida ko‘rishni xohlagandi.

Davomi

Kiritilgan sana: 24.05.2017 09:40. O'kildi: 10001 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик