Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Messiga o‘xshashni istamaydigan “Barselona” a’zosi

Baho:
+0; -0

2013 yilning 8 mayi. «Barselona» yoshlar jamoasi 15 yil deganda chempionlikni tantana qildi. O‘yin yakunlanishiga 18 daqiqa qolganida Karles Alenya «Gavi» darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi va ko‘k-anorranglilarga uzoq kutilgan g‘alabani keltirdi. Jingalak soch futbolchi golini tribunada o‘tirgan muxlislar bilan nishonlashga kirishdi, ammo ishqibozlar undan ko‘ra jamoadoshi Li Sin Vuni olqishlay boshlashdi. Li Sin Vu bu voqeadan bir necha oy oldin FIFA tomonidan futboldan ma’lum muddatga chetlatilgandi. Maydonga qaytgach esa Sin Vu g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va jamoasining quvonchiga sherik bo‘ldi. Chindan ham bu Li Sin Vuning g‘alabasi edi.

2010 yilning yozida Janubiy Koreya U 12 terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan «Danone Nations Cup» turnirida ishtirok etgach, ko‘plab grand klublar Sin Vuga qiziqib qolishadi. Vuning terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqa olmaydi, ammo chap qanot yarim himoyachisi sifatida o‘ynagan Li 12 ta gol kiritib, musobaqa to‘purariga aylanadi. O‘ziga xos texnika, takrorlanmas driblinglar, aqlli qarorlar futbol seleksionerlarining e’tiboridan chetda qolmadi.

Vumuman olganda, 2010 yil yosh futbolchilar uchun omadli keldi. Li Janubiy Koreya yoshlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi va o‘z mamlakatining eng muhim sovrini — Chxa Bom Gin mukofotini qo‘lga kiritdi, Osiyoning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Chindan ham 12 yoshli yigit afsonaviy Chxaga juda o‘xshaydi. Bu mukofotni undan oldin Pak Ji Sun ham qo‘lga kiritgan. Lining oxirgi yutug‘i shu bo‘ldiki, u «Barselona» yoshlar jamoasiga qabul qilindi.

Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan turnirda Li Sin Vuni shaxsan kuzatgan «Barselona» mutasaddilaridan biri Alberto Puch musobaqadan keyin Suvon shahriga tashrif buyurdi va yosh futbolchining ota-onasi bilan uchrashdi. Vular o‘g‘li oddiy klubda emas, kuchliroq jamoada to‘p surishini istashini aytishdi. Futbolchining o‘zi esa «Barselona»ni tanladi.

«Ko‘k-anorranglilar»ning futbolkasi Lining iqtidorini yanada oshirib yubordi. Bu libosga munosib bo‘lish uchun o‘z ustida tinimsiz ishlagan koreyalik yigitcha tez orada buning samarasini ko‘rdi. Vu o‘z texnikasi va tezligi evaziga «Barsa» yoshlari (13 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar) tarkibida 29 bor maydonga tushib, raqiblar darvozalariga 39 ta to‘p kiritdi va rekord o‘rnatdi. Bungacha bu borada rekord Messiga tegishli edi. «Li oddiy futbolchi emas, — deydi «Barselona» murabbiysi, — u yangi Messi. Faqat shunday davom etishi kerak».

Lini ayni damda «koreyalik Messi» deb chaqirishadi. Futbolchining o‘zi esa bunga munosabat bildirarkan: «Meni ikkinchi Messi deb atashlari ajoyib, ammo men birinchi Li Sin Vu bo‘lishni xohlayman», deya ta’kidlaydi.

Ikki futbolchini o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, Messi «Barselona» safida debyut o‘yinini o‘tkazganida 17 yosh 3 oyu 22 kunlik edi. Li esa 18 yoshga to‘ldi va hozircha «Kamp Nou»dagi o‘yinlarini kuzatish imkoniga ega, xolos. Ammo bu Li tajriba oshirishdan to‘xtadi, degani emas. Janubiy koreyalik iqtidor o‘z vaqtini kutyapti, xolos.

Davomi

Kiritilgan sana: 31.05.2017 15:23. O'kildi: 7739 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик