Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Ronalduni kimlar ortda qoldirdi yoxud futbolning zamonaviy “Zidan”lari

Baho:
+0; -0

Bugungi kun futbolida chiroyli o‘yini orqali muxlislar e’tiborini qozonayotgan futbolchilar istagancha topiladi. Bunday o‘yinchilar o‘zlarining jozibador harakatlari bilan futbolning chinakam bezagiga aylanishadi. Xo‘sh, bugungi kunda Zidandek ajoyib harakat qila oladigan futbolchilar sifatida kimlarni tan olish mumkin? Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

5. Krishtianu Ronaldu. Ajablanmang, portugaliyalik yulduz o‘z driblinglari bilan allaqachon muxlislar e’tiboriga tushgan. Ilgari “Manchester Yunayted”da to‘p surgan o‘sha Ronalduni eslang. O‘shanda Krishtianu raqiblarini juda tez va chiroyli harakatlari bilan dog‘da qoldirib ketardi. Keyinchalik “Real”da ham bunday zargarona o‘yinlari bilan madridliklar mehrini ham qozondi. Ayni damda esa Ronaldu bu borada unchalik ham maqtana olmaydi, ammo bu uning aybi emas, shunchaki vaqt o‘z so‘zini aytyapti.

4. Anxel Di Mariya. Argentinalik futbolchi qayerda o‘ynamasin, tezkor harakatlari bilan ajralib turgan. O‘zining eng gullagan davri “Real”da o‘ynaganida raqiblari uni faqat qo‘pollik qilish bilan to‘xtata olishardi, xolos. Aynan uning sa’y-harakatlari evaziga Ronaldu juda ko‘plab gollar urgan, “Real” yutuqlarga erishgan. Di Mariya hozirda ham “PSJ”da chiroyli o‘yin ko‘rsatyapti, imkon berilganda, albatta.

3. Azar. Eden Azarning driblingiga havas qilsa arziydi. Antonio Kontening almashtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylanib ulgurgan belgiyalik futbolchi raqiblarini juda osonlik bilan aldab keta oladi. Biz haligacha o‘tgan mavsumlardan birida Azarning “MYu” himoyasini yorib o‘tib kiritgan golini yaxshi eslaymiz. Edenning eng sevimli uslubi oddiy — markazdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishni yaxshi ko‘radi. Agar u bu ishga jiddiy kirishsa, raqiblarning uni qanday qilib yiqitish haqida o‘ylay boshlashlari aniq.

Davomi

Kiritilgan sana: 29.05.2017 21:44. O'kildi: 8627 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик