Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Messi yo‘qmi, rekordlar yo‘q yoxud «Barsa» ortiq yengilmas jamoa emas

Baho:
+0; -0

Argentinalik yulduz chorshanba kungi «Mamelodi Sandouns»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun «Levante»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jamoadoshlari esa turnir yakunlanishiga 2 tur qolganida baribir «qoqilishdi». Goal nashri kechagi uchrashuv haqida mulohaza yuritdi.

«Barselona»ning barcha maqsadlari puchga chiqdi. La Ligadagi so‘nggi 6 uchrashuvning beshtasida g‘alaba qozongan «Levante»ga qarshi Ernesto Valverde rotasiya qilishni ma’qul topdi. Shuningdek, u jamoa yetakchisi Lionel Messini hatto o‘yin qaydnomasiga ham kiritmadi.

Bir necha hafta oldin «Sanches Pisxuan»da «Sevilya»dan 2-0 hisobida mag‘lub bo‘layotganida Lionel Messi zaxiradan maydonga tushib, muvozanatni tenglashtirib bergan edi. Eng muhimi «engilmas jamoa» maqomini saqlab bergan edi.

«Real Madrid» va «Selta»ga qarshi duranglardan keyin ko‘pchilik kataloniyaliklar qiyin raqibdan qutulishdi va La Ligani tarixiy rekord bilan yakunlaydi, deb o‘ylashgan edi.

Hafta o‘rtasida «Vilyarreal» ustidan 5-1 hisobidan g‘alaba qozonganidan keyin ikki o‘yin qolgan edi. Yakshanba kungi «Levante»ga va kelasi shanba kuni «Real Sosedad»ga qarshi bellashuv.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Valverde «Syutat de Valensiya» stadionida ehtimoliy o‘zgarishlar yuz berishini qo‘shib qo‘ygan edi : «Mavsum tugashi bilan milliy terma jamoasiga yordamga oshiqadigan futbolchilar borligini ko‘rib turibman» - deydi Valverde.

O‘yin qaydnomasi e’lon qilingach, Messining qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi. Argentinalik hujumchi mavsum tugashi bilan Mundialga tayyorgarlik ko‘rish uchun milliy termasiga jo‘naydigan futbolchilardan biri. Ammo bungacha hali erta.

Sababi chorshanba kuni kataloniyaliklar Janubiy Afrikaning «Mamelodi Sandouns»iga qarshi o‘ynaydi. Shartnomaga ko‘ra, besh karra «Oltin to‘p» sohibi ushbu uchrashuvda qatnashishi majburiy.

Valverde shanba kuni bu uchrashuvdagi rejalari bilan o‘rtoqlashgandi. «Biz huddi mashg‘ulotlardagidek o‘ynaymiz. Ikki jamoa o‘ynashadi, biz qo‘limizdan kelgan narsalarni qilishga urinib ko‘ramiz» - degan edi kataloniyaliklar bosh murabbiyi.

Nima bo‘lganda ham Messisiz o‘ynash qaroridan ...

Davomi Barcafans blogida

Kiritilgan sana: 14.05.2018 16:39. O'kildi: 6278 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик