Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Muhim o‘yinlarda kim kuchli? Messi yoki Ronaldu

Baho:
+-3; -0

Ronaldu va Messi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga harakat qilmoqda. Afsuski ulardan faqat biri Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Umuman olganda, muhim o‘yinlada kim o‘zini ko‘proq ko‘rsatmoqda? Statistika Ronaldu foydasiga ishlamoqda. Katta o‘yinlarda u o‘zini ko‘rsatmoqda. Messi esa bu borada biroz «oqsagandek»

Ronaldu

Ikki o‘yinchi ham «gol mashina»ga aylanib oldi. Himoyachilar va darvozabonlar futbolchi zarba berishga chog‘langanda har qancha urinmasin, kuzatishdan boshqa iloji qolmaydi. Juftlikdagi ikki futbolchining o‘zgacha uslubi, turlicha xarakteri mavjud.

Ronaldu haqiqiy sportchi. Gavda tuzilishidan futboldan boshqa sport turlarida ham o‘zini ko‘rsata oladigandek. Havodagi kurash, raqiblar bilan yelkama-elka kurashda anchagina ustun. U penaltidan, jarima to‘pidan, uzoq va yaqin masofadan gollar ura oladi.

Messi

Messi Ronaldudan bo‘y va jismoniy baquvvatlik jihatdan yutqizib qo‘yadi. Ammo tezlik va jarayonda to‘p bilan muomala qilishda zudlik bilan yo‘nalishini o‘zgartira olishi yutuqli jihati. Dribling, yaratuvchanlik, golni sezish unda juda maqtaladigan jihatlardan. U futbol «afsungar»i.

Ammo kim bu borada kuchli?

Maqolamizda mavzu qilib keltirilgan savolga qaytsak.

Futbol eksperti, «Eurosport» nashri muharriri «Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida shunday izoh qoldiradi:

«Messi muhim musobaqalardagi o‘yinlarda Ronaldudan ancha zaif»

Rostdan ham shundaymi?

Statistika buni tasdiqlaydimi?

Messi so‘ngi bor chorak finalda 2015-yilda gol urgan edi. Esingizda bo‘lsa, o‘shanda Messi «Bavariya» darvozasiga dubl qayd etgan edi. Undan keyingi Chempionlar Ligasi baxslarida Messi bu turnirning chorak final va undan keyingi bosqichlarida gol ura olgani yo‘q.

Ronaldu esa Messi «Bavariya» ga gol urgan yildan bugungi kungacha chorak finallarda 11ta, yarim finalda 3ta va finalda 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mavsumda Messi 2ta golli vaziyat yaratib o‘z sheriklarini to‘p bilan ta’minladi. 6 bor o‘zi gol urdi. Argentinalik hujumchi bu natijani 10ta o‘yinda ko‘rsatdi. Mantiqan o‘ylasak u har 97 minutda gol urgan yoki gol urgan bo‘lib chiqmoqda.

Messining bu natijasi Yevropa futboli uchun ajoib hol. Ammo Ronalduga qiyoslaganda…

Ronaldu Chempionlar Ligasida 3 bor golli pas berishga va 10ta uchrashuvda 15 bor raqib darvozabonini «ranjitish»ga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni u har 50 daqiqada golga sababchi bo‘ldi.

Bu borada Ronaldu Messidan ikki barobar foydaliroq o‘yin ko‘rsatdi.

Aynan kerakli vaqtlarda gol urgani ham Ronalduning tarozidagi pallasining ko‘proq tosh bosishiga sabab bo‘lmoqda.

Ronaldu qirol! Davomi:

Kiritilgan sana: 20.04.2018 16:43. O'kildi: 12300 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


ZIYORATOV
Sana: 06.05.2018 12:16. ZIYORATOVga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик