Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

15 kg sosiskaga sotilgan futbolchi kim ekanligini bilasizmi?

Baho:
+0; -0

Transfer futbolning qoni hisoblanadi. Agar mazkur jarayon bo‘lmaganida, jamoalar o‘yinida hech bir o‘zgarish ko‘zga tashlanmas, millionlar o‘yini yana jozibali tus olmas, kutilmagan va hayajonli lahzalar sodir bo‘lmasdi. Shuning uchun ham har safar transfer bozoriga katta e’tibor qaratiladi. Sizu biz shu paytgacha «Falon futbolchi mana shuncha pul evaziga sotilibdi», qabilidagi gaplarni eshitib kelamiz. Ya’ni transfer faqat pul evaziga amalga oshirilishiga ko‘nikib qolganmiz. Buni qarangki, tarixda ayrim transferlar noodatiy narsalar bilan amalga oshirilgan ekan. Quyida ana shu haqda so‘z yuritamiz.

«ICHIMLIK BERING, FUTBOLCHI SIZNIKI»

Futbolchi: Erni Blenkinsopa

Yo‘nalish: «Kadvort metodistlar birlashmasi» — «Xall Siti»

To‘lov turi: 200 funt va 80 pint elya

1921 yilda Angliyada sodir bo‘lgan g‘alati transfer. Yosh Erni Blenkinsopa metodistlarning oddiy klubidan «Xall»ga 200 funt va yana 80 pint (Angliya o‘lchov birligi, 570 millilitrga teng) elya (ingliz ichimligi) evaziga o‘tgan. «Metodistlar» prezidenti Angliya terma jamoasi sobiq prezidentining ketishini nishonlaydi: klubni ingliz ichimligi bilan siylaydi.

SARTAROSh UCHUN TRENAJYOR JIHOZLARI

Futbolchining ismi: Toni Kaskarino

Yo‘nalish: «Krokenxill» — «Gillingem»

To‘lov turi: mashg‘ulotlar uchun jihozlar

Toni Kaskarino oddiy sartarosh bo‘lgan, ammo bir marta unda futbolchi bo‘lish g‘oyasi tug‘ilgan va u «Krokenxill» jamoasi maktabiga yozilgan. Bu yerda muvaffaqiyatlarga erishgan Toniga «Gillingem» jamoasi rahbarlari qiziqib qolishgan va Kaskarino shu jamoaga o‘tgan. Eng qizig‘i, futbolchining transferi uchun «Krokenxill»ga mashg‘ulotlarni kuchaytirishga xizmat qiladigan jihozlar berilgan.

TO‘Q QIZIL FORMALAR

Futbolchi: Sergey Bodak

Yo‘nalish: «Krilya Sovetov» — «Spartak»

To‘lov: futbol liboslari to‘plami

Sergey Bodak — o‘z davrining sport ustasi. Himoya chizig‘ida to‘p surgan Sergey qo‘pol harakatlari bilan ajralib turardi. Xususan, u o‘yinlardan birida yana bir mashhur futbolchi Yuriy Tishkovning oyog‘iga zarba beradi. Oqibatda boldir suyagi singan Tishkov faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ladi. Natijada «Krilya Sovetov» uni «Spartak»ka berib yuboradi, aniqrog‘i, futbolchini to‘q qizil formalar to‘plamiga almashadi.

ATIGI GANTELLAR TO‘PLAMI!

Futbolchi: Yan Rayt

Yo‘nalish: «Grinvich Boro» — «Kristal Pelas»

To‘lov: gantellar to‘plami

Yan Rayt — Shon Rayt-Fillipsning o‘gay otasi professional futbolchi bo‘lishga intiladi va «Brayton» va «Sautend Yunayted» jamoalarida harakat qiladi, ammo o‘z salohiyatini ko‘rsata bilmaydi. Keyinchalik mashhur «Grinvich Boro» jamoasiga o‘tadi. Ayni shu paytda yosh yigit «Kristal Pelas» seleksionerlari nazariga tushadi va ular Yanning mashg‘ulotlarini uch kun mobaynida kuzatishadi. Yakunda Yan Rayt professional shartnoma imzolaydi! Buni qarangki, sobiq klubi Raytning narxini juda past baholagan, «Kristal Pelas» futbolchi uchun gantellar to‘plamidan voz kechgan, xolos.

FUTBOLCHI EVAZIGA SOSISKALAR

Davomi

Kiritilgan sana: 29.05.2017 17:28. O'kildi: 7628 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик