Hozir ushbu baxtga erishganlar orasidan eng yaxshilari, milliy jamoalari safida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Dastkab, jahon futbolining yuragi, markazi hisoblanadigan «Ko‘hna qit’a» vakillari haqida navbati bilan so‘z yuritamiz.
 
Fransiya. «Uchranglilar» 2 martadan jahon(1998, 2018) va Yevropa chempioni(1984, 2000) hamda konfederasiyalar kubogi(2001, 2003) g‘olibligini qo‘lga kiritishgan. Terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Lilian Tyuram hisoblanadi, uning hisobida 1994/2008 yillarda o‘tkazilgan 142 o‘yin bor. Terri Anri esa «ko‘klar» tarixidagi eng yaxshi bombardir hisoblanadi, uning hisobida 1997/2010 yillarda o‘tkazilgan 123 matchda urilgan 51 ta gol bor. Undan keying o‘rinlarni Mishel Platini, Olivye Jiru, David Trezege, Zinedin Zidanlar band qilib turibdi. «France Football» nashri o‘tkazgan so‘rovnomada Mishel Platini XX asrning eng yaxshi fransiyalik futbolchisi deb topilgan. Mishel Idalgo terma jamoani eng uzoq boshqargan murabbiy hisoblanadi(1976/1984 yillar). Ammo, 2012 yilda tayinlangan Dide Desham katta ehtimol bilan bu ko‘rsatkichni yangilaydi. «Oltin to‘p» g‘olibligi fransuzlardan Raymon Kopa, Mishel Platini(3 marta), Jan-Pyer Papen, Zinedin Zidanlargagina nasib etgan.
 
Portugaliya.”Evropa Braziliyasi” 2016 yilgi qit’a chempionligi va 2019 yilgi Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Bu jamoa safidagi aksar rekordlarni bir kishi o‘rnatadi. O‘sha mashhur filmdagidek har qanday chaqiriqqa «men», deb javob beradigan Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan(159ta, keyingi pog‘onada Luish Figo 127ta) va hammadan ko‘p gol kiritgan (91ta). Undan pastki pog‘onadagi Pedru Pauleta hisobida esa 47 gol bor. «Oltin to‘p» esa portugallardan Eysebio(asli Portugaliya mustamlakasi hisoblangan Mozambikdan), Figo va Ronaldu(5 marta)larga nasib etgan.
 
Turkiya. Qardoshlarimiz bir martadan jahon kubogi(2002), Yevropa chempionati(2008) va konfederasiyalar kubogida bronza medalga sazovor bo‘lishgan. «Oy yulduzlari» safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish baxti Rushtu Rejberga nasib etgan(1994/2012 yillarda 120 bahs). Undan 8 ta kam o‘yin o‘tkazgan Hoqon Shukur esa terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi, u 1992/2007 yillar mobaynida 51 bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
 
Ta’kidlash lozimki, mundiallar tarixidagi eng tezkor gol muallifi, futbolchi sifatida millat qahramoni darajasiga chiqishga ulgurgan Hoqon Shukur keyinchalik siyosat bilan shug‘ullanishni boshladi va davlat to‘ntarishi, terrorchi guruhlarga aloqadorlikda ayblanib siyosiy ta’qibga uchradi. 2004 yilda e’lon qilingan FIFA 100lik ro‘yhatida( Pele tasnifiga ko‘ra ) turklardan Rushtu Rejber va Emre Belozoglular ham joy olishgandi. Darvoqe,  hozir jamoa ustozi rolida yana Shenol Gyunesh ko‘rinish bermoqda. Shunday ekan, 2020 yilgi qit’a birinchligida turklar yana mo‘’jizalar ko‘rsa tishini kutib qolamiz.
 
Italiya. «Skuadra Adzurra» 4 karra jahon va 1 marta qit’a chempioni hisoblanadi. Jamoa safida Janluiji Buffon eng ko‘p maydonga tushgan. «Moviy gvardiya» to‘purari esa Luidji Riva hisoblanadi(35). «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan italyanlar quyidagilardir: Omar Sivori, Janni Rivera, Paolo Rossi, Roberto Badjo, Fabio Kanavarro.
Germaniya. «Bundestim» 4 bor jahon chempionati(1954, 1974, 1990, 2014), 3 bor Yevropa chempionati(1972, 1980, 1996) va bir marta konfederasiyalar kubogi sohibi(2017) hisoblanadi.
 
«Nemis mashinasi»  Davomini o‘qish