Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Chempionlar Ligasi qur’asi. Kimga maza-kimga...

Baho:
+1; -0

Chempionlar Ligasining 2018-19-yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator grand jamoalar o‘zlariga mos raqib bilan tushgan bo‘lsa, ba’zilari qur’a unchalik xush yoqmagani aniq. Quyida ko‘hna qit’aning yangi mavsumi omadli va omadsizlari haqida so‘z yuritamiz.

Omadli: «Real Madrid»

Ushbu mavsum «Real» va Xulen Lopetegi uchun o‘zgacha kechishi aniq. Klubni yozda ikki muhim bo‘lak – Zidan va Ronaldu tark etganidan keyin «qirollik klubi»ning natijalarini kuzatish ancha maroqli bo‘ladi.

Tarkib kuchaytirilgani yo‘q, shu sababli «Real» to‘rtinchi sovrinini yutishi biroz qiyin bo‘ladi. Boz ustiga ular Chempionlar Ligasining yangi mavsumida «o‘lim guruhi»ga tushdi.

O‘tgan mavsumda ular nimchorak finalgacha ancha qiyinchilik ko‘rishdi. «Tottenxem» va «Borussiya Dortmund» madridliklarga jiddiy raqiblik qilgan edi. Bu safar esa «Roma»dan tashqari jiddiy raqib yo‘q. Rimliklar ham u qadar tajovuz sola olmaydi.

Rossiya yetakchi klublaridan biri «SSKA» esa Chempionlar Ligasi saviyasidagi jamoa emas. Nufuzli musobaqaning guruh bosqichida o‘ynash tajribasiga ega «Viktoriya Plzen» to‘sig‘idan ham osonlikcha o‘tsa bo‘ladi.

Evropananing bosh turniri Lopetegi uchun kuchli bosim ostida boshlanishi muqarrar, Garet Beyl va Mariano Diaslar esa Ronalduning gollarini to‘ldirishga urinib ko‘rishadi.

Omadli: Krishtianu Ronaldu

Ronaldu «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini bu safar qo‘lga kirita olmagan bo‘lsada, «Yuventus» safida Chempionlar Ligasidagi 120 gollik seriyasini davom ettirishi turgan gap.

Ronalduni individual sovrinchalik boshqa hech bir narsa uni ruxlantira olmaydi. Skudetto egalari safida ham u yangidan-yangi sovrinlarni olishni istashi aniq.

Shu sababli «Valensiya» Ronaldu uchun ajoyib «tushlik» bo‘lishi mumkin. «Yang Boys» esa o‘z tarixida birinchi bor Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Va nihoyat uchinchi raqib esa bir vaqtlar o‘zi shu klubda nom chiqargani va ushbu sovrinni birinchi marta yutgani – «Manchester Yunayted». U «Real»dagi sobiq ustozi Joze Mourinyoga qarshi saf tortadi.

Omadli: Davomi «futbol olami» blogida

Kiritilgan sana: 15.09.2018 14:42. O'kildi: 4578 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик