Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 4:0
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • 2:1
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • 1:2
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • 2:1
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • 2:0
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • -:-
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves

Navbatdagi o'yinlar.

10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Evropada porlayotgan AQSh futbolchilari

Baho:
+0; -0

AQSh futboli ham tobora ommalashib bormoqda. Har mavsumda Yevropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yulduzlar MLS chempionatiga borishmoqda. Aksincha varianti ham bor. MLSda porlagan yulduzlar Yevropa futboliga kirib kelmoqda. Bugun ana shunday futbolchilar haqida gaplashamiz.

Serjinyo Dest

Yoshi: 20

Pozisiyasi: o‘ng qanot himoyachisi

Jamoasi: “Barselona”

“Barselona”ning yangi a’zosi AQShning birorta jamoasida to‘p surmagan. Chunki Dest Gollandiyada tavallud topgan va o‘sha yerda futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Serjinyoning otasi esa amerikalik. Xalqaro musobaqalarda u otasining davomchisi sifatida AQSh terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Yosh futbolchi terma jamoada allaqachon 5 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

Dest faoliyatini “Ayaks”da boshladi. Gollandiya jamoasi sistemasida 8 yil faoliyat olib bordi. “Ayaks”ning birinchi jamoasida Dest 38 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.  2020 yil oktyabr oyida esa Dest 21 mln yevro evaziga “Barselona”ga o‘tdi. Amerikalik futbolchi kataloniyaliklar safida 10 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Ispaniyada futbolchining iqtidori yuqori baholanyapti. U yanada rivojlanib, jamoada “Ikkinchi Alvesh” bo‘la olishi kerak.

Kristian Pulishich

Yoshi: 22

Pozisiyasi: chap qanot vingeri

Jamoasi: “Chelsi”

Pulishich Yevropaga kelishidan avval Amerikada faoliyat olib borgan. Yoshlar darajasida Kristian Brackley Town, Michigan Rush va Pennsylvania Classics jamoalarida to‘p surgan. 2015 yilda esa erkin agent sifatida “Borussiya Dortmund” safiga borib qo‘shilgan. U yerda U-17 yoshlar jamoasida bir yil faoliyat olib bordi va “asalarilar”ning asosiy jamoasiga o‘tib ketdi. Nemis jamoasida Pulishich 127 ta o‘yin o‘tkazdi va 19 ta gol, 26 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

2019 yil yanvar oyida esa Kristian “Chelsi” safiga 64 mln yevro evaziga o‘tdi. Londonliklar murabbiyi Frenk Lempard futbolchini qadrlaydi. Amerikalik futbolchi jarohatlar sabab o‘z iqtidorini to‘la namoyon eta olmayapti. Ammo u bemalol jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylana oladi. Yarim himoyachi terma jamoada  allaqachon 34 ta o‘yin o‘tkazishga erishdi. AQSh safida 14 ta gol urgan futbolchi terma jamoaning kelajagi sifatida ko‘rilmoqda.

Jovanni Reyna

Yoshi: 18

Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi

Jamoasi: “Borussiya Dortmund”

Reyna – Yevropada to‘p surayotgan Amerika futbolining umidi. Futbolchi 18 yoshda va allaqachon “Dortmund”ning asosiy futbolchisiga aylangan. Bundesliga chempionligi uchun kurashadigan jamoa CHLda ham muntazam ishtirok etadi. Jovanni faoliyatini “Nyu-York Siti” jamoasida boshlagan. Jamoasining birorta rasmiy o‘yinida ishtirok etmasdan turib “Borussiya” safiga borib qo‘shildi. U yerda esa asosiy futbolchilardan biriga aylandi.

Dortmundliklar Reynani iqtidoriga tan berishadi. Yaqinda futbolchi jamoa bilan shartnomasini yana 5 yilga uzaytirdi. Dortmundliklar futbolchiga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu esa AQSh terma jamoasi eshiklarini ochadi. Reyna terma jamoada 12 noyabr kuni debyutini o‘tkazdi va hozir uning hisobida 1 ta gol ham bor. Bundesliga ham futbolchi muntazam golli vaziyatlarda qatnashib kelmoqda. Amerikalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlaydigan grandlar ham ko‘p. Ular ichida “Real” favorit hisoblanadi. Ammo Reyna hali hech qayerga ketmoqchi emas. Dortmundda faoliyat olib borib, hali ancha o‘sishi kerakligini his qilib turibdi.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 25.11.2020 11:42. O'kildi: 7525 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.