Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Jahon Chempionati va Ramazon oyi: Saloh, Pogba va boshqalar uni qanday o‘tkazishadi?

Baho:
+0; -0

Ramazon oyi oxirlab borayotgan bir paytda Jahon Chempionatiga start beriladi. Biroq futbol olamidagi musulmon o‘yinchilar ro‘za tutish bilan bunga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Musulmonlar dunyoning har bir burchagida bor. Ramazon oyi quyosh chiqishi va botishi orasida o‘zini yeyish va ichishdan saqlashi nazarda tutilgan muqaddas oy hisoblanadi. Bu oyda musulmonlar tanasini va o‘zini yomon illatlardan saqlashga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga harakat qiladi.

“Liverpul” vakili Muhammad Saloh “Enfild”da o‘zining do‘stona tabiati, gol urish qobiliyati bilan uning diniga bo‘lgan hurmatga ham sazovor bo‘ldi.

“Liverpul” muxlislari misrlik futbolchi haqida “Men ham musulmon bo‘laman” degan qo‘shiqni ham yozib bo‘lishdi. Salohning gol urganidan so‘ng, maydonga tiz cho‘kib duo qilgan holda nishonlashi muhim onga aylandi.

Shuningdek, Pol Pogba, Sadio Mane va Mesut O‘zil kabi taqvodor musulmon futbolchilar ham kunning asosiy qismini yeyish va ichishdan o‘zini tiygan holda o‘tkazmoqda.

Ramazon oyi Premyer Liga o‘yinlari bilan to‘qnash kelmadi, Jahon Chempionati boshlanishi bilan o‘z nihoyasiga yetadi, shu sababli futbolchilarning tayyorgarligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Bu muqaddas oy 2012-yilgi London Olimpiadasi, 2014-yilgi Jahon Chempionati, so‘nggi “Evro” mobaynida yozning issiq kunlariga to‘g‘ri kelgan edi. Bunda futbolchilarning sog‘lig‘i va ko‘rsatadigan o‘yinlariga ta’sir ko‘rsatishi muhokamalar mavzusiga aylangan edi.

Xo‘sh, bu safar Saloh, Pogba va boshqa musulmon futbolchilar qanday tayyorgarlik ko‘rishadi? Quyida bu haqida so‘z yuritamiz.

Salohning rivojlanishini kuzatish ajoyib fenomen hisoblanadi. Uning “Enfild”da birinchi mavsumini o‘tkazganiga qaramay, barcha musobaqalarda 44 gol urishga erishdi. Hech uning debyut mavsumidan bunday samaradorlikni kutmagani aniq.

Rekordlarni o‘rnatish va yakunda Premyer Liganing “Oltin butsa”sini yutishi nafaqat Saloh uchun, balki butun misrliklar va musulmon dunyosi uchun ham quvonarli bo‘ldi.

Ammo Chempionlar Ligasi finalida kutilmaganda jiddiy jarohat olishi nafaqat Misr termasi muxlislarini, balki terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperni ham o‘ylantirib qo‘ygan.

“Misr Futbol Assosiasiyasi Ramazon paytida menga va futbolchilarga yordam beradigan mutaxassislarni topib berdi. Biz futbolchilarning ovqatlanishi va uxlashini nazorat qilmoqdamiz va umid qilamanki, bu ularga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi.”

“Bu murabbiylarga jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki futbolchilar quyosh chiqishida to botishigacha hech narsa yemaydi. Shu sababli mashg‘ulotlar paytida oson bo‘lmaydi. Bu dinda qilinishi kerak bo‘lgan ish, shu sababli men ro‘za tutishdan tiyilishga to‘siq bo‘la olmayman.”

“Biz ro‘za charchog‘i >>> Davomi:

Kiritilgan sana: 06.06.2018 12:08. O'kildi: 6662 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик