Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Arsen Venger qo‘l ostida debyut o‘yinini o‘tkazgan futbolchilar

Baho:
+0; -0

Arsen Venger “Arsenal”dagi uzoq yillik faoliyatida juda ko‘plab yulduzlarni futbol olamiga taqdim etgan. Bugun mana shu futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Gedion Zelalem – 16 yosh 11 oy 29 kunlik

Zelalem Germaniyada tavallud topib , o‘sha yerda ulg‘aygan. 9 yoshida AQShga yo‘l olgan. Shu sababdan unda Germaniya va AQSh fuqaroligi mavjud. Futbol mashg‘ulotlariga qatnab yurgan Gedion “Arsenal” skautlari nazariga tushadi. “Arsenal” akademiyasida esa futbolchi o‘zini ko‘rsata oladi va Vengerning nazariga tushadi.

Fransuz murabbiyi 2013 yilda yosh futbolchini Osiyo musobaqasiga olib ketadi. 2014 yil yanvar oyida esa “Koventri“ safida Angliya Kubogi doirasida o‘z debyut o‘yinini o‘tkazgan. 71 daqiqada Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘rniga maydonga tushgan futbolchi birinchi londonlik muxlislar qarshisida maydonga tushdi. O‘shanda “kanonirlar” 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Zelalem “Arsenal” safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Arsen Venger ketishi bilan Gedion ham jamoani tark etdi. 2019 yil mart oyida erkin agent sifatida Amerikaning “Kanzas Siti”safiga borib qo‘shildi. Ushbu yil boshidan buyon “Nyu York Siti” safida to‘p suryapti. Hozirda Zelalem 23 yoshda. Kelajakda Yevropa jamoalaridan birida to‘p surib, o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Rayan Smit – 16 yosh 11 oy 18 kunlik

Bu futbolchini ko‘p yillik tajribaga ega muxlislar va Angliya futbolini jiddiy kuzatadigan tomoshabinlar tanishi mumkin. Rayan “Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Smitning debyuti 2003 yil 28 oktyabrda Angliya Kubogida “Roterem Yunayted”ga qarshi bo‘lgan edi. O‘sha o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan. 73 daqiqada Jerom Tomasning o‘rniga maydonga tushgan Smit penaltilar seriyasida gol uradi. Arsen Venger yosh futbolchiga yana 5 ta o‘yinda imkoniyat beradi. 2005 yilda futbolchi “Lester”ga ijara asosida o‘tib ketadi.

2006 yilda futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi va erkin agent sifatida “Milluoll” safiga borib qo‘shiladi. Undan so‘ng “Sautgempton”, “Kristal Pelas” kabi jamoalarda to‘p surgan futbolchi 2010 yilda “Kanzas Siti”ga o‘tadi. Hozirda Rayan 34 yoshda va hali beri faoliyatini yakunlash niyati yo‘q.

Jermeyn Pennant – 16 yosh 10 oy 15 kunlik

Pennantning iqtidori haqida u “Notts Kaunti”da to‘p surib yurgan vaqtlaridayoq gapirilgan. 1999 yilda “Arsenal” 2,5 mln funtga xarid qilgan.

Jermeynning debyuti Angliya Liga Kubogida “Midlsbro”ga qarshi o‘yinda amalga oshgan. O‘yin “Kanonirlar” uchun juda qiyin kechgan. Anri va Shukerlarning goli g‘alaba uchun yetmagan. Asosiy vaqtlarda 2:2 hisobida yakunlangan o‘yin penaltilar seriyasida davom etgan. “Arsenal” o‘sha o‘yinda yutqazib qo‘ygan.

Pennant “Arsenal” safida 26 ta o‘yin o‘tkazgan. 3 ta gol va xuddi shuncha assistentlikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2005 yilda futbolchi 600 ming funt evaziga “Birmingem” safiga o‘tib ketgan. Oradan bir yil o‘tib Pennant “Liverpul” safiga 8,5 mln funt evaziga o‘tgan. Ikkinchi grand jamoasida ham futbolchining ishlari yurishmagan.

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 13.11.2020 12:03. O'kildi: 7157 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик