Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Terma jamoani tanlab bo‘lmaydimi?

Baho:
+0; -0

Ba’zi terma jamoalarda yaxshi futbolchilar shu qadar ko‘pki, ba’zan ko‘pchilik futbolchilar terma jamoaga chaqirilmay qolib ketadi. Shunday futbolchilar borki, ularda terma jamoani tanlash imkoniyati bor. Shunday futbolchilar beshligi bilan tanishamiz.

Aaron Van-Bissaka – Kongo Demokratik Respublikasi

Van-Bissaka “MYu”ning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Futbolchi Angliya va Kongo yoshlar terma jamoasida to‘p surishga ulgurgan.

Baxtga qarshi Angliya terma jamoasida unga bir nechta jarangdor ismlar raqiblik qiladi, masalan Kiran Tripper va Trent Aleksander-Arnold. Sautgeyt ulardan tashqari Tarik Lempti va Ris Jeyms kabi yoshlarni ham topgan. “Qizil iblislar” futbolchisi ular bilan raqobatlashishi qiyin. Unda esa boshqa variant bor: Kongo terma jamoasi. Agar Kongoni tanlasa, unga raqobatchi deyarli bo‘lmaydi.

Matteo Genduzi  - Marokash

Hozirda “Gerta” safida ijara asosida to‘p surayotgan Matteo Genduzining asosiy maqsadi “Arsenal” murabbiyi Mikel Artetaning ishonchini qozonish. Klubda ham, Fransiya terma jamoasida ham u asosiy rolda emas. To‘g‘ri, “Arsenal” safida o‘z o‘rnini topib ketishi mumkin, ammo terma jamoada unga raqobatchilar ko‘p. Hattoki, 17 yoshli Kamavinga undan o‘tib ketdi. Matteoda boshqa terma jamoani tanlash imkoniyati mavjud. Bu – Marokash.

Marokashning sobiq murabbiyi erve Renar allaqachon futbolchini terma jamoada o‘ynashga ko‘ndirishga uringan. Ammo futbolchi rozi bo‘lmagandi. Endi esa Marokashning hozirgi natijalarini ko‘rib, rozi bo‘lish ehtimoli katta. Undan tashqari terma jamoada Hakim Ziyesh, Romen Saissa, Sofyan Amrabata kabi nomdor futbolchilar to‘p suryapti.

Dan-Aksel Zagadu – Kot-d’Ivuar

Zagadu Fransiya yoki Kot-d’Ivuar terma jamoasida to‘p surish imkoniyatiga ega. U Fransiya yoshlar terma jamoalarining barcha yosh kategoriyalarida maydonga tushgan. Ammo asosiy jamoadan haligacha chaqiruv olgani yo‘q.

U hozirda “Borussiya”ning umidli futbolchilaridan biri. Deshamda boshqa variantlar bor, emerik Lyaport, Ibraima Konate va Jyul Kunde singari.

Kot-d’Ivuar esa erik Bayiga yordam bera oladigan himoyachiga muhtoj

Batafsil o‘qish uchun ssilkaga bosing

Kiritilgan sana: 13.11.2020 16:05. O'kildi: 8412 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик