3 gol uchun yiliga 20 million funt..?

Aleksis Sanches Premyer Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Biroq u «Arsenal»da bajaradigan hujumchilik vazifasini Manchesterda bajarayotgani yo‘q.

Joze Mourinyo va «Manchester Yunayted» nihoyat anchadan beri kuzatilmayotgan qatorasiga uch marta g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Chempionlar Ligasi doirasida «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdan oldin «qizil iblislar» «Vulverxempton», «Derbi Kaunti» va «Vest Xem» ga qarshi baxslarda jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirib bordi.