Angliya Primyer-ligasini joziba jihatdan futbol olamidagi istalgan turnir, hatto, YECHL yoki mundialdan ham ustun qo‘yadiganlar har doim topilgan, topiladi ham. Bu liga dunyoning har bir nuqtasidagi futbolchilarni o‘ziga ohangrabodek chorlayveradi. Aksincha, "Tumanli Albion"da tug‘ilgan o‘yinchilar esa boshqa mamlakatlarda o‘ynashni xushlamaydilar. Mustasno holatlar ham yo‘q emas: Bekxem, Lineker, Makmanaman, Ouen...
Keling, ayni paytda xorijda to‘p tepayotgan britaniyalik futbolchilar to‘g‘risida suhbatlashamiz.
 
5. Aaron Remzi ("Yuventus")

2019 yilning yozida uelslik Aaron Remzi Turinning "Yuventus" klubi safiga qo‘shildi (erkin agent sifatida). 13 yil davomida Britaniyala to‘p tepgan ("Kardiff Siti", "Arsenal", "Nottingem Forest") yarim himoyachi 29 yoshida A Seriyaga ko‘chib o‘tish uchun jazm qila oldi. "Rembo" "Emireyst"da juda ardoqlanar, "to‘pchilar" muxlislari uchun o‘zgacha qadrli edi. Ammo u Turinda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti – jarohatlar tufayli.
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan rejalashtirilmagan pauza Remzi uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Agar u tez orada o‘z o‘yinini topa olmasa, ehtimol, kelasi yil yana APLda javlon ura boshlar.
 
4. Kiran Trippyer ("Atletiko")
O‘tgan mavsum Kiran Trippyerning o‘yinidan hafsalasi pir bo‘lgan "Tottenxem" rahbariyati  himoyachi bilan xayrlashishga qaror qildi. Natijada Trippyer Diyego Simeone boshchiligidagi "Atletiko"ning o‘ng qanotini kuchaytirdi. Uning transferi uchun "matraschilar" 20 mln funt sarfladi. Shu tariqa Kiran so‘nggi 95 yilda "Atletiko" lagerida paydo bo‘lgan ilk angliyalikka aylandi.
Trippyerning Madriddagi debyuti omadli chiqdi va davom etayotgandi. Ammo 

DAVOMI...