Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Muvaffaqiyatga yoshning aloqasi yo‘q. 35 yoshdan keyin ham “o‘tirib qolmagan” 5 futbolchi

Baho:
+1; -1
Futbol muttasil ravishda o‘zgarishlarga uchrab kelmoqda. Bugungi kunda 18 yoshli bolalar uchun ham klublar 100 millionlab mablag‘ sarflashlari mumkin.
Bu pullar yosh yulduzlar tomonidan oqlanishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ularning zimmasiga ortiqcha mas’uliyat yuklaydi. Ishonmasangiz, De Ligtdan Kyellini va Bonuchchining yonida turib, “Yuventus”da o‘zini qanday his qilayotgani haqida so‘rab ko‘ring.
Ammo bugun yoshlar emas, balki faxriy futbolchilar haqida gaplashamiz.
 
5.Xoakin Sanchez, 38 yosh. “Real Betis”
 
 
Xoakin Sanchez – ispan futbolining haqiqiy afsonasi. Zamonamizdagi aksar futbol ishqibozlari u faoliyatini boshlagan davrlarni eslasholmaydi. Hatto 38 yoshida ham Xoakinning sport formasida pasayish kuzatilganicha yo‘q. Futbolchi hamon “Betis”ning asosiy tarkibida o‘ynashdan tashqari, jamoa o‘yinining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Xoakin joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita samarali uzatmaning muallifiga aylandi. U kelasi oylarda ham shu tempda harakatlanishiga hech shubha yo‘q.
 
4.Frank Riberi, 36 yosh. “Fiorentina”
 
 
Frank Riberi “Bavariya”dan ketdi, “Fiorentina”da qoldi. Fransiyalik futbolchining Yevropada qolishini juda ozchilik kutgandi, ammo Frank hali katta futbolni tark etishga tayyor emasdi. U AQSh va Xitoyda osonlikcha topiladigan pullarni boshqalarga qoldirishga qaror qildi.
Riberi allaqachon 2 bor gol kiritib, 1 golga asistentlik qilishga ham ulgurdi. “Milan” bilan uchrashuvda juda yaxshi o‘ynagani sababli maydonda uni “rossonerilar”ning muxlislari hushtakbozliklar bilan qarshi olishdi.
 
3.Fabio Kvalyarella, 36 yosh. “Sampdoriya”
 
 
Fabio yaxshi sharobga o‘xshaydi. Yoshi o‘tgani sari yaxshiroq o‘ynab borayotgani buning yaqqol isbotidir. O‘tgan mavsum u 26 bor gol kiritdi va A seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Qizig‘i shundaki, Fabio bu natija orqali “Oltin to‘p”ning 5 karra soxibi Krishtianu Ronalduni ham ortda qoldirishni uddaladi.
Ha, bu mavsum u 6 uchrashuvda bitta gol kirita oldi, xolos. Ammo bu hech narsani o‘zgartirmaydi – Kvalyarella hamon o‘z yosh toifasida jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadi.
 
2.Jorjo Kyellini, 35 yosh. “Yuventus”
 
 
Jorjo Kyelinini ahamiyati jihatdan chetda qoldirib bo‘lmaydi: u o‘ynamasa, butun jamoa qiynaladi. Ehtimol, himoyachi 35 yoshda, lekin u “Yuve”ning ajralmas bo‘lagi bo‘lib qolmoqda. Faqat jiddiy jarohatgina uni safdan chiqarib yubora oldi.
Uning safga qaytish vaqtini oldindan aytish qiyin, ammo bu hech narsani o‘zgartira olmaydi. Yoshiga qaramay, Kyelini o‘z pozisiyasida sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Kiritilgan sana: 25.10.2019 23:45. O'kildi: 10696 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


мухаммед24
Sana: 24.02.2020 23:00. мухаммед24ga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


YUSUPOW
Sana: 29.12.2019 01:25. YUSUPOW ga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


YUSUPOW
Sana: 29.12.2019 01:24. YUSUPOW ga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик