Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Futbol olami

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Buffon, Ronaldu, Messi, Ramos va boshqa yulduzlar izdoshlari. 21 yoshga hali to‘lmagan bo‘lajak yulduzlar (1-qism)

Baho:
+0; -0

Bu mavsum ko‘pgina yoshlar yulduz bo‘lishga da’vogarlik qilishlarini ko‘rsatishdi. Ularning bir qismini siz bilan birga ko‘rib chiqamiz.

Janluiji Donnaruma (Milan)

Tug‘ilgan yili: 1999 yil

Transfer narxi: 20 mln yevro

2015 yilning 25 oktyabrida “Milan” muxlislari “Sassuolo”ga qarshi bo‘lgan uchrashuvda darvozada 16 yoshlik bolakay chiqqani ko‘rib hayratlanishdi. Donnaruma ismli o‘smir tajribali Diyego Lopesning o‘rnini bosdi. O‘sha o‘yinda milanliklar g‘alaba qozonishdi, Janluiji esa o‘zining ishonchli o‘yini bilan muxlislar yuragidan joy egalladi. Hozirda uning ortidan grand klublar quvishmoqda. Transfer narxi 20 mln yevroga baholanayotgan bo‘lsa, rossionerilar uni 70-80 mln yevro atrofida baholashmoqda.

Andreas Kristensen (Borussiya M)

Tug‘ilgan yili: 1996 yil

Transfer narxi: 16 mln yevro

Iqtidorli himoyachi “Brondbyu” akademiyasida tahsil olgan. Futbolga 8 yoshida kirib kelgan. 16 yoshida esa professional futbolga qadam qo‘gan. Uning birinchi katta klubi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgan. Uning aytishicha, Andrea Villash Boash qo‘l ostida harakat qilish unga juda xush kelgan. Aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Angliya ligasi o‘yinida “Chelsi” safida maydonga chiqqan. 2015 yil may oyida esa APLda 15 daqiqa o‘ynagan. Maqtanishga arzigulik holat emas, deyishingiz mumkin, biroq 19 yoshli himoyachi Terri va Kehildek tajribali o‘yinchilarga raqobatni boy berishi turgan gap. Shu bois ham “aristokratlar” himoyachini 2 yilga Germaniyaga tajriba to‘plash uchun yuborishadi. Hozirda u “Borussiya” safida alishtirib bo‘lmas o‘yinchi bo‘lib kelmoqda.

Kingsli Koman (Bavariya)

Tug‘ilgan yili: 1996 yil

Transfer narxi: 20 mln yevro

Fransuz iqtidori o‘z faoliyatini “PSJ”da boshlagan. Fransiya chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchini nomini ham qo‘lga kiritgan. 16 yosh 8 oy va 4 kun. “PSJ”dan so‘ng “Yuventus” safiga o‘tgan. Garchi “Keksa sinyora” safida gol urmagan bo‘lsa-da, murabbiy Allegri Komanning iqtidorini rad etmadi, aksincha, yuqori baholadi. 2015 yilda hujumkor yarim himoyachi “Bavariya”ga ijara asosida qo‘shiladi. 2013-2016 yillarda 2 marotaba Fransiya chempionligi, bir marotabadan Italiya chempionligi va Germaniya chempionligini qo‘lga kiritadi. U Fransiya terma jamoasi safida 11 o‘yinda maydonga ham tushgan.

Dele Alli (Tottenxem)

Davomi

Kiritilgan sana: 11.06.2017 09:58. O'kildi: 8328 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик