Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2038 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Terma jamoamiz bosh murabbiyiga ochiq xat

Baho:
+0; -0

Kuni-kecha anchadan beri kutgan voqea sodir bo‘ldi. Hozirgacha milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi ko‘pam intervyu bermas edi. Umuman bermas edi. 2015 yili yozda ishga tayinlangach, avvalo barcha jurnalistlar bilan bir o‘zi ochiq suhbat o‘tkazgani esimda. Yonida faqat Sanjar Rizayev bor edi. Ishni bunday boshlashidan Matbuot bilan yaqin aloqada bo‘lib, barcha ishqibozlar bilan tez-tez uchrashib turar ekan-da, MTJ o‘yinlarining targ‘iboti kuchayar ekan-da, deb umid bog‘lagan edim. Unday bo‘lmadi. Uncha-muncha jurnalistga intervyu bermadi. Hech qanday ko‘rsatuvda qatnashmadi.

Va nihoyat, “O‘zbekiston futboli”ning 9 fevral kungi sonida Kamoliddin Alimov bilan bir sahifalik xos-suhbati bosilib chiqibdi. Qunt bilan har bir so‘zini shimib-shimib o‘qib chiqdim. O‘qir ekanman,  Samvel Vyacheslavovich Babayanni inson sifatida tushunishga harakat qildim. Mazkur kishi bilan, yurtimizning barcha ishqibozlar diqqat markazida turgan mazkur kishi bilan  xos-suhbat qura olmaganim uchun armonda edim. Intervyuni o‘qib bo‘lgach, u kishiga ochiq xat yozishga jazm qildim.

VA NIHOYAT... (1-qism).
A. Samveljan, barchamiz asosli ravishda “Paxtakor”da bajargan katta ishlaringiz tufayli Sizni azaldan hurmat qilamiz. Bu fakt. Avval men ham kamtarlikni bilmagan menejer deb, Sizni qoralaganman. Bosh murabbiy Ismoilovni kursiga o‘tkazib qo‘ygan menejer maydon chetiga chiqib olib, o‘yinni boshqarishini ko‘ring, jiblajibonga o‘xshab qanot qoqishini ko‘ring deb, Sizni tanqid qilganman. Soxtakashlikni bartaraf qilib, mas’uliyat yukini orqalab, o‘zingiz bosh murabbiy bo‘lganingizdan keyin Sizga hurmatim oshdi. Terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan kundan keyinoq, barcha qalam ahli bilan suhbat qurib, terma atrofida o‘sha paytgacha mavjud bo‘lgan tarafkashlikni bartaraf qilib, hammani terma atrofida birlashtirib, hammani bir taraf qilib, terma taraf qilib, betaraflikni, bo‘lsa bo‘larchilikni yo‘qotib, barcha jurnalistlarni bir zolga jamlaganingizdan keyin Sizga hurmatim yanada oshdi. O‘shandan keyin barcha futbol jurnalistlarini hozirgacha hech kim bir joyga yig‘madi. Terma atrofida ilgari sodir bo‘lib turgan tarafkashlik voqeasi, kimgadir, qandaydir shaxsga qarshi qo‘yilgan qandaydir “babayanchilik” umuman paydo bo‘lmadi ham.

Hammamizning e’tiborimiz terma o‘yiniga qaratildi. Babayan shaxsiga emas. Siz eng qaltis paytda termaga bosh bo‘ldingiz. Siz har bir o‘yin yo hayot, yo mamot tarzida, pley-off tarzida, har bir o‘yin final kabi ahamiyatli tarzda o‘tadigan paytda termaga bosh bo‘ldingiz. Ikkita mag‘lubiyatdan keyin yana o‘sha ahvolga tushib qoldingiz. Yo Hayot , yo Mamot. Oldiniga mehnatingiz yomon bo‘lmadi. Guruhda birinchi bo‘lib hal qiluvchi bosqichga chiqdingiz. Bitta o‘rtoqlik o‘yinini hisobga olmasak, termamiz boshqaruvingiz ostida bir yil ichida, ya’ni 2015 yil 3 sentyabridan to 2016 yil 6sentyabrigacha o‘ynab qatorasiga o‘n marta g‘alabaga erishdi.

Siz uchun ikkinchi darajali mayda narsalar yo‘q edi. Hamma jarayonni puxta qilib uyushtira boshladingiz. Ilgari terma mashg‘ulotlarida tartib boshqacha bo‘lar edi. Siz darg‘alik qilgach, besh daqiqalik tanishuvdan so‘ng barcha jurnalistlar uchun mashg‘ulotlarni kuzatish taqiqlandi. Barchamiz bitta qolmay, mashg‘ulotlarni kuzata olmay maydonni tashlab chiqib ketar edik. O‘ta jiddiylik futbolchilarda navbatdagi terma o‘yiniga e’tiborni kuchaytirdi. Men bilmagan boshqa barcha sohalarda ham Siz tufayli ishga jiddiy munosabat o‘rnatilgan bo‘lishiga  shubha qilmayman.

B. OAVda ko‘rinmasligingiz ham shuni deb, chalg‘imaslik uchun, e’tiborni bo‘lmay faqat navbatdagi o‘yinga fikrni jamlash uchun qilingan edi, deb tushundim. Siz bilan biror marta suhbat qurolmaganimni shunga yo‘ydim. Siz haqingizda yozmagan odam qolmadi. Hech biriga e’tibor qaratmadingiz. Adashdim. Bir marta “Lokomotiv” bosh murabbiyining aytgan gaplari jurnalistlar talqinida terma yig‘inini kurortga qiyoslaganday bo‘lib ko‘ringanida  Abramovga e’tiroz bildirgan edingiz. Bundan boshqa  payt  Siz bilan ishqibozlar orasida OAV ko‘prik bo‘la olishmadi. “Ko‘prik” ustida ikki yoqlama harakat o‘rnata olishmadi. Bir yoqlama bo‘ldi.

Va nihoyat... Va nihoyat  “Inter Futbol”da Siz bergan interyu bosilib chiqibdi. Siz bilan muloqotni hamma sog‘inib qolgan ekanki, ushbu xos-suhbat “O‘zbekiston futboli”ning 6-sonida ham bosildi. Keyin qator saytlarda ham uni chiqarishdi. Bu haqda xabar topganimdan keyin  tejamkorlikka borib ming so‘mga “O‘zbekiston Futbolini” ko‘shkdan sotib oldimu, uyga shoshildim. Hozir uni o‘qimoqdaman.

C. Suhbatingiz boshidanoq bir narsani ta’kidlabsiz. Bir narsaga urg‘u beribsiz. “Terma jamoa haqida ko‘p yozishyapti, tanqid qilishyapti. Lekin deyarli hech bir fikr chuqur tahlil natijasida aytilmayapti”, — deb yozg‘uvchilardan noligansiz.  Gapingizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, Siz haq gapni aytdingiz. Jurnalistikamiz saviyasi hali juda past. Saviyani oshirish kerak. Kun talabi shunday. Lekin qanday qilib? Namuna ko‘rsatib. Jurnalistlarning futbol bilimi past ekan, nima uchun matbuotda mutaxassislar namuna ko‘rsatib maqola yozishmaydi? Faqat birgina jurnalist, ya’ni Dmitriy Popov avval futbolchi bo‘lgan. Jurnalist bo‘lish u yoqda tursin, nega sobiq futbolchilarimiz maqola bilan gohida ko‘rinib turmaydilar?  O‘rinli savolmi? Ba’zida intervyu berishadi. “Inter Futbol”ning 12-sonida Azamat Abduraimov intervyu beribdilar. Nega u kishida ham chuqur tahlil yo‘q? U kishi, masalan, “Andijon”ni oliyga olib chiqqanlaru va ishdan bo‘shatilganlar. “Andijon” klubidagi ahvoldan to‘liq ma’lumotga egalar. Nega bu klub haqida muammolarni tahlil qilib bironta maqola bilan chiqmaganlar? Chunki mumkin emas. U kishi o‘shandan beri ishsiz yuribdilar. Nega murabbiylik xuquqi haqida bizga to‘liq ma’lumot beruvchi maqola yozib bermaydilar? Chunki mumkin emas. “Lokomotiv”ning ichki hayoti haqida ma’lumotni bizga kim beradi? Server ketgach uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi-ku.  Hujumni hech kim yarata olmaydi-ku. Nahotki buni rahbarlar tushunishmagan bo‘lishsa. Server katta pul deb ketmagan. Unday bo‘lsa, Xitoyga ketarmidi. OCHLning birinchi guruh o‘yinida markaz nuqsonlari oshkor bo‘ldi-ku. Nega “Lokomotiv” klubi rahbariyati jamoa o‘zagini qadrlamadi? Klubda nima gaplar bo‘lmoqda? Nega biror kimsa bunga baho berib ochiq yozib chiqmaydi? Nega? Chunki mumkin emas. Bizda u mumkin emas, bu mumkin emas. Demak, jurnalistikamiz ta’qiq ichida erkin nafas olmaganidan o‘smay qolgan deb tushunishimiz mumkin.

Nega ikki jamoamizning OCHLdagi birinchi o‘yinlariga bag‘ishlab aytilgan gaplarda yangi ma’lumotlar yo‘q. Buning uchun murabbiylar, futbolchilar, klublar hayoti haqida batafsil ma’lumot berishiga to‘g‘ri keladi-da. Bizda, futbol hayotini yoritishda  jurnalist 70 foizga ta’qiqqa uchraydi. 30 foizini parda ostida yoritadi. Yevropa futbolida hamma narsa oshkora yoritiladi. Shu tufayli yevrofutbol hayoti, ularning futbolchilari biz ishqibozlarga yaqinroq, qadrdonroq bo‘lib borishmoqda. O‘z futbolimiz, o‘z futbolchilarimiz emas. O‘zimiznikilardan uzoqlashib ketmoqdamiz. Ularning hayotidan bexabarmiz. Ularga befarqmiz. Yevrofutbol haqida jurnalist saytga kirib barcha ma’lumotni olishi mumkin. Masalan, Reshford yo Jesusning yosh hayotini tafsilotlari bilan bilamiz. O‘z futbolchilarmiz haqida-chi? Masalan, iste’dodli futbolchimiz Ivan Nagayevning futboldagi murakkab taqdirini kim batafsil yorita oladi? Hech kim. Ta’qiqqa uchrab undan silliqqini intervyu olish mumkin, xolos. Javohir Esonqulovni bizga kim tanishtiradi? Hech kim.

Samveljan, nega bizning birorta sobiq futbolchimiz Anri, Nevillarga o‘xshab TVda tahlilchi bo‘lib ishlamayapti deb o‘ylaysizmi? To‘g‘ri, ular TVdan yaxshi gonorar olishadi. Lekin gap bunda emas. Ular juda badavlat odamlar. Futbol targ‘ibotiga hissa qo‘shayin deb, ishqibozchilik havosidan nafas olay deb, ishqibozlar nazaridan chetda qolmay deb bu ishni qilishadi. Bizning ishqibozlarimiz g‘aflatda qolib futbolimiz hayotidan bexabar yashashar ekanlar, ishqibozchilik madaniyati bizda o‘smas ekan, sobiq futbolchilarimiz ishqibozlarimiz bilan ishi bo‘lmaydi. ularni “baqiruvchilar” qiziqtirmaydi. Jurnalistlarimiz ta’qiq ichida ijod qilishar ekan, ularni hech kim o‘qimas ekan, ular ham yevrofutbol targ‘ibotxonasida devonda yotib, novvot choy ichib yevrofutboldan nafas olishar ekan, sobiq futbolchilarimiz TVda o‘z futbolimizni tahlil qilayin deyishmaydi. Futbolimizda sobiqlar ko‘p bo‘lsada, unga sodiqlar topilmaydi. Tahlilchilik ishi ular uchun qiziqmas. Chunki ishqibozchilik nafasi tugul o‘zi ham bizda tobora yo‘qolib borayapgan narsa.

D. Va nihoyat, ikki yil ichida birinchi bora chop etilgan Siz bergan intervyuni o‘qish menga nasib qildi. “Paxtakor” chempion bo‘lgach, bir guruh jurnalistlarga bergan “gruppovoy” suhbatingizni hisobga olmayapman. Adashmasam, bu galgisi  Siz tomondan birinchi marta berilgan  intervyu bo‘ldi. Haqiqiy xos-suhbat bo‘ldi. Uni o‘qir ekanman, Siz ham gap boshida jurnalistikamiz saviyasidan aziyat chekkaningizni bildiribsiz. Chuqur tahliliy narsani o‘qimadim debsiz. Bu holatdan butun ishqibozlar, butun futbolimiz aziyat chekmoqda. APL haqida Zafaru Qahramonlarning tahliliy maqolalarini o‘qiydigan ishqiboz, TV orqali yevrofutboldan mukammal sharhlarni, sifatli teleko‘rsatuvlarni ko‘rib boradigan ishqiboz, “Oriyat dono” orqali, masalan, Klopp, Konte haqida ma’lumotga to‘la dono gaplarni eshitadigan ishqiboz, o‘z futbolimiz haqida aytiluvchi oldi-qochdi gaplardan ensasi qotgan ishqiboz futbolimizni ko‘rish uchun stadionlarimizga kelmay qo‘ydi. Futbolimiz bilan qiziqmay qo‘ydi. Futbolimiz saviyasidan kuyunmay qo‘ydi. Stadionlarimiz bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgan. Chunki, Samveljan, Siz aytganingizdek, futbolimiz haqida, jumladan termamiz haqida “chuqur tahlil natijasida” yozilgan gaplar yo‘q. Buning natijasida birimiz “MYu”ga, boshqamiz “Man.Siti”ga tikilib qolganmiz. O‘z futbolimizga emakdoshlik qilmaymiz. O‘z futbolimizga em bo‘lmaymiz, en bo‘lmaymiz. Buni Siz ham tushunibsiz, bundan ezilibsiz, chog‘i.

E. Va nihoyat, Siz matbuotda intervyu berib chiqdingiz. Siz bunday ahvolga barham berish uchun, hammaga namuna ko‘rsatish uchun, futbolimizni targ‘ib qilishda yangi gapni aytish uchun terma haqida to‘liq ma’lumot bilan matbuotda chiqishni boshlab yubordingiz deb intervyuni o‘qishda davom etdim. O‘qimasdan oldinoq ma’lum savollarga javob qidirdim. Sizning tanlovingiz bo‘yicha “Inter Futbol”da bosilib chiqqan maqolani Sizning ruxsatingiz bilan “O‘zbekiston Futboli”da ham qayta bosib chiqarishganmi? Bunday savol berishimga ajablanmang. Chunki o‘zim ajablanib gazetani qo‘limga olgan edim. Bilasizmi, nima uchun ajablandim? Bunday savol tug‘ilishi tabiiy. Nima uchun bu gazetada Siz bergan intervyu bosilishiga  hayrixoh bo‘ldingiz? Eng ommabop bo‘lgani uchunmi? Yo‘q. Adadi atigi 1456 nusxaga teng. O‘zbekiston Havo Yo‘llari kompaniyasida ucharoq ichida tekinga tarqatiladi. O‘qilmaydi. Styurdessalar ucharoq salonini tozalaganida ushbu gazetelarni yig‘ishtirib olib makalaturaga topshirishadi.

Bu gazeta qayeri bilandir “Paxtakor”ga o‘xshab qolgani uchun intervyuni unda ham bosib chiqishlariga ruxsat berdingizmi? “Paxtakor” klubi ham biletlar ko‘proq sotilsin, ko‘proq tomoshabin stadionga tushsin, ko‘proq daromad ko‘ray demaydi. Homiy puliga yashaydi. Ushbu gazeta xodimlari  ham ko‘proq ishqiboz o‘qisin, bosma sifatini oshiray,  sotuvdan ko‘proq daromad ko‘ray deb ishlamaydi. Homiy puliga yashaydi. Nahotki, shuni deb ushbu gazetani tanlagan bo‘lsangiz? Yo‘q, buning bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, fikrim to‘g‘ri bo‘lsa, Samveljan, eng kuchli “Sharq” kompaniya bosmaxonasida sifatli bosilib chiqadi deb, ushbu gazeta bilan hamkorlik qildingizmi? Unday bo‘lsa adashibsiz. Gazetaning birinchi sahifasiga bir qarang. Bosma sifatiga baho bering. Siz ham “Nasaf”ning yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimovni tanimay qoldingizmi? Suratni Siz ham  montajga o‘xshatdingizmi? “Nasaf” mag‘lubiyatiga, “Bunyodkor” yutug‘iga bag‘ishlangan “Inter Futbol”ning birinchi beti bilan qiyoslab boqing. 12-sonida bosilib chiqqan. Endi boyagi gazetaning uchinchi sahifasini ochib bir qarang. Portretingiz qanchalik xira bosilganiga e’tibor bering. Demak, matbuot sababchi bo‘lmagan ekan, matbuot sifatsiz ishlar ekan, Siz nima uchun ushbu gazeta bilan hamkorlik qildingiz. Nahotki, Siz ham, barcha kichik masalalarga  jiddiy munosabatda bo‘lib kelayotgan termaning bosh murabbiyi ham, matbuot ishiga kelganda, termaning targ‘ibotiga kelganda, chetga chiqib  tursangiz, befarq bo‘lib yursangiz. Bilmadim. Sizni tushunmay qoldim.

F. Samveljan, Siz bilasiz, o‘z fikringizni izhor qilmoqchi bo‘lsangiz, ishqiboz bilan muloqot qilmoqchi bo‘lsangiz, savollar berguvchi jurnalist Sizga mos kelishini istaysiz. Bilaman, Siz maydondan tashqarida sodir bo‘ladigan “o‘yin”larda qatnashmaysiz. Ko‘p jurnalistlar har xil “o‘yin”larda qatnashadi. Har bir jurnalistga bir xilda professionalizm nuqtai nazaridan baho berasiz. Bitta taniqli bosh murabbiy Qahramon Aslanovga intervyu berishdan bosh tortgan ekan. Aytishlaricha, mening nomim orqali o‘zingni reklama qilmoqchimisan, degan ekan. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Jurnalist tanlaganda Siz shaxsiyatiga ya’ni, kimning tanishi, kimning o‘g‘li, mashhurlik darajasi kabi narsalarga e’tibor bermaysiz, buni hamma biladi. Faqat jurnalistning kasbiy mahorati Siz uchun muhim hisoblanadi.

Jamoani boshqarishda hamma narsani muhim deb bilasiz. Jumladan, jurnalistlarning o‘yinni qanday yoritishi g‘alaba uchun o‘ta muhim faktor ekanligini necha bor anjumanlarda takror-takror aytgansiz. Demak, Siz OAVni shaxsan kuzatib borasiz. Barcha futbol jurnalistlarini taniysiz, degan xulosa kelib chiqadi. Hech kimga nisbatan salbiy munosabat bildirmaysiz. Hatto, faoliyatingizni tanqid qiluvchi Xayrulla Hamidovga, yo menga nisbatan qo‘yningizga tosh solib yurmaysiz.

Bilasiz, tanqid atamasini ruschalab aytadigan bo‘lsak, rus tilida gapiradigan bo‘lsak, tanqidchi so‘zi “muzikalniy kritik”, “teatralniy kritik”, “literaturniy kritik” kabi jaranglashini inobatga olsak, futbol tanqidchisini ijobiy ohangda futbolshunos deb qabul qilishimiz mumkin. Tanqidiy maqolalar avvalo, biri bunday, biri unday ishingizni, futbolni, terma jamoa faoliyatini targ‘ib qiladi. Ommaning e’tiborini termaga qaratadi. Shuning uchun Sizni tanqid qiluvchi hech bir jurnalistga nisbatan tazyiq o‘tkazmadingiz. Ularga nisbatan xusumatingiz yo‘q. It huradi, karvon o‘ta beradi deganlaridek, o‘z ishingizni qila berdingiz. Hamidovning “Xassa”si bosilib chiqqanidan keyin unga nisbatan yomon so‘z aytilmadi.

G. Siz intehvyu boshida “matbuot va muxlislar bilan kam muloqatga kirishamiz. Tan olaman, bu mening aybim”, deb gapni gapga qo‘shdingiz. Demak, bu “ayb”ni yuvish uchun intervyu bergansiz va aytgan gaplaringizni juda ko‘p muxlislaringiz o‘qishini istagansiz. Unday bo‘lsa, nega Kamoliddin Alimovni tanladingiz? Alimov O‘zbekiston jurnalistikasi darajasida intervyu oladiganlar ichida oldingi beshtaning biridir. Buni tan olaylik. “Ekspress”da Firdavsxon borlar. “Inter”da Zafar Qosimov bor. Qahramon Aslanovning Abramovdan olgan intevyusi esda qolgan. Lekin hozir “Chempion” chiqmayapti, buni bilasiz. Mavzuga qaytsak, Alimov bir tekis, hissiyotga berilmay yozadi. Mazkur jurnalistni shuning uchun tanladingizmi? To‘g‘ri, jurnalist o‘z hissiyotini yashirib yozishi kerak. Lekin uning yozganlarida ehtiros ham, dard ham yo‘q. Biron bir maqolasi futbol jurnalistikasi hayotida voqea bo‘lmagan.  So‘z mahorati ham shundayki, yozganlari hech kimning esida qolmaydi. Yozganlarida tashbeh, jonlantirish, o‘xshatma, bo‘rttirmalardan foydalanmaydi.  To‘g‘ri, Muhammad Valiga o‘xshab jimjima so‘z ishlatmaydi ham. O‘rtamiyona bir tekis yozadi.

Samveljan, demak Siz, yuqorida sanab o‘tganim, betiga yopishtirgan sifatlarimdan qat’i nazar gazetada birinchi bor chiqish qilishingiz uchun Kamoliddinni tanlagansiz. Demak, uni yaxshi tahlilchi, futbol bilimdoni deb bilganingiz uchun uni tanlagansiz? Axir chuqur tahliliy maqolalar yo‘qligidan zorlangan edingizku. Demak, Alimovni boshqalarga nisbatan kuchliroq tahlilchi deb bilasiz. Yoki futbol jurnalistikamizning umumiy saviyasi sayoz bir paytda, ocharchilik paytda chala qotgan non ham aziz deganlaridek ish tutdingizmi, yoki jurnalistlardan kimnidir tanlash Siz uchun muhim emasmidi? Fikrimni aniqlashtirish uchun Alimov bergan bir savolni tahlil qilib chiqaylik.

H. “Eng katta muammolardan biri hujum chizig‘i bo‘lib qolyapti. Asosiy hujuvchimiz Igor Sergeevning gol urmayotgani barchamizni tashvishga solyapti. Bu muammoni qanday hal qilmoqchisiz?”, deb u Sizga savol bergan. Bu savol kuchli tahlilchi bo‘lgan futbol bilimdoni bergan savolga emas, “Paxtakor” muxlisi bo‘lgan ishqibozning savoliga o‘xshab qolmadimi? Faqat Sergeevning boshqacha o‘yini bilan hujumdagi muammolarimiz bartaraf bo‘lar ekan-da.  Bu savoldan shunday xulosa kelib chiqmoqda. Futbol jamoaviy o‘yin. Hujumdagi muammolarimiz bir hujumchi harakatlariga bog‘liq emas.

Evropadan misol olaylik. “Real”ga Mourinj kelgach, Ronaldu ko‘plab gol ura olmadi. Hujumda Di Mariya, Mesut O‘zil, Karim Benzema, Iguain qatnashar edi o‘shanda. Asosiy hujumchisi kamroq gol urayotgan bo‘lsa-da, Ispaniya futbol taxtidagi shahanshoh hisoblangan “Barselona”ni katta hisobda yutishgan edi mazkur o‘yinchilar. Ronaldu kamroq gol ursa-da, jamoa hujumi kuchsizlanib qolmagan edi. Pogba “Yuventus”dagi o‘yinlariga nisbatan kam gol urmoqda. Bu bilan “MYu” hujumi muammoga botib qolgan deya olmaymizku. Mazkur misol o‘xshamadi, Pogba asosiy hujumchi emas, degan bo‘lardi Alimov. Kechirsin meni, hujumni butun jamoa uyushtiradi. Hujumda qatnashayotgan har bir o‘yinchi eng asosiy, eng muhim ishni, gol urishni haqiqiy hujumchiday bajarishi kerak bo‘ladi. Shunday emasmi? Serxio Ramos hujumda qatnashsa, o‘zini haqiqiy hujumchiday his qiladi. Samveljan, qachon Siz,  masalan, bizning Anzurga shunday talablarni qo‘ya boshlaysiz. U ba’zida hujumga o‘tib tabloga qarab to‘pni tepsa ham biz uni  hujumga qo‘shildi deb, maqtaymiz. O‘tmishda Anzur Kavazashvili to‘pni maydon markaziga qarab Murtaz Xursilavaga oshirar edi. Hammani esankiratib qo‘yib, raqib darvozasiga yaqinroq kelgan Murtaz 35 metr masofadan to‘q zarba berib gol urar edi. Ronald Kumanning gollarini hamon eslayman. Anzur Ismoilov hujumga o‘tsa bormi, maydonga tuya tushib keldimi deb qoladi kishi.

I. Mavzuga qaytaylik. Sergeev nima uchun maydonda mahsuldor harakat qila olmayapti? To‘psiz harakatlari ma’nisiz bo‘lmoqda. Siz tanlagan jurnalist nima uchun Iskandarov bilan Sergeevning o‘yinlari boshqa o‘smayapti, yurtimiz darajasida qolib ketmoqda, deb savol bermadi. Solishtiring. Ahmedov “Anji”ga o‘tib, Eto’O, Bussufa yonida ular kabi bir daraja yuqori o‘yin ko‘rsata oldi. “Anji” darajasida yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi. “Paxtakor”da yaxshi o‘ynar edim deb, “Paxtakor” darajasida qolib ketmadi. Termaga kelib qo‘shilgan Igor bilan Jamshidlar termada ham “Paxtakor” darajasida  o‘ynashmoqda. Nima uchun? Kapadze, Jeparov yonida o‘ynagan Sanjar, Sardor, Maratning harakatlari o‘tgan mavsum davomida mahsuldorroq bo‘ldiku. Jurnalist tahliliy mushohada yuritaman desa, terma hujumida mavzu yetarlicha topiladi. Intervyu juda jonli, dardchil, keng qamrovli suhbat kabi o‘tgan bo‘lardi. Hujum konsepsiyangiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lardik.

Samveljan, kechiring mendek ishqibozni, Alimov futbolni chuqur tahlil qila oladigan  jurnalistlar sirasiga kirmaydi. U ham o‘tsiz, tig‘siz yozadi. Yozganlari izsiz o‘chib ketadi.  Aslida, tahliliy yozadiganlar bizda yo‘q  hisobi. Tahlil qilish darajasida futbolni tushuna olmaymiz. Barchamizda saviya past. Kamoliddin yaxshi xabarchi xolos. Nima uchun Alimovni tanladingiz? Tushunmadim.

J. Aslida voqea boshqacha bo‘lgandir. Yangi taxminimni keltiraman. Bu yilning nomi “xalq bilan muloqat yili”, xalq manfaati yili bo‘lgani uchun Sizdan tez-tez matbuotda chiqib turishingizni rahbarlar so‘rashgan. Siz gazetada terma haqida hammaga yoqadigan ma’lumot, ham rahbarlar uchun, ham Mundialdan umidvor bo‘lib turgan ishqibozlar uchun umumiy, yoqimli so‘zlarga boy ma’lumot berishingiz kerak edi. Siz uchun bu rasmiyatchilik yuzasidan qilinadigan oddiy ish edi. Shundaymi? Jurnalistning bergan savollari gaplaringiz yonida bir neytral anturaj sifatida turishini xohlagansiz. Savollar mazmunli bo‘lsa-da, ma’noli bo‘lishi kerak emas edi. Buni xohlamagansiz. Anturaj uchun Alimovni eng qulay jurnalist deb hisoblagansiz. Ko‘plab ishqibozlar o‘qisin deb emas, aslida xo‘ja ko‘rsin deb, xo‘ja o‘qisin deb ish tutgansiz. Boshqa tomondan ushbu jurnalistni Sizga tavsiya etishgani uchun, mazkur gazetaga intervyu bergansiz. Esiz jurnalist, esiz intervyu janri. Bu taxminim hayotiyroq chiqdimi? Endi gaplaringizni tahliliga o‘taman.

Va nihoyat, bevosita intervyuda aytgan fikr mulohazalaringizga  yetib keldim. Asosiy gapga ko‘chay desam, matbuot beti tugab qolibdi. Uzurimni qabul qiling. Xatimni keyingi sonda davom ettiraman.

21.01.2017y.
Hurmat bilan Hasanali Qodirov yozdim.

Kiritilgan sana: 22.02.2017 18:04. O'kildi: 12169 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


BAXASH

Sana: 24.02.2017 16:09. BAXASHga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


DIYOROV
Sana: 23.02.2017 01:12. DIYOROVga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


DIYOROV
Sana: 23.02.2017 01:11. DIYOROVga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.