Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 20.05.2025 00:00
      • Brayton
      • 3:2
      • Liverpul
      • 21.05.2025 00:00
      • Kristal Pelas
      • 4:2
      • Vulverhempton
      • 21.05.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:1
      • Bornmut
  • O‘zbekiston kubogi
      • 20.05.2025 18:00
      • Aral
      • 3:0
      • Sementchi
      • 20.05.2025 18:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Xorazm FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Zamin
      • -:-
      • Andijon FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 21.05.2025 17:30
      • Buxoro
      • -:-
      • Namangan FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 21.05.2025 19:00
      • Olimpik MobiUz
      • -:-
      • Jayxun
      • 21.05.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Sirdaryo FA
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. On-line.
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн".
      22:55 Чемпионат Германии. On-line.
      01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.05.2025

      05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко.
      05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      09:35 Д/ф "Александр Великий".
      10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      15:30 "Непобедимый".
      16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани.
      18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар.
      20:30 "Лучшие из лучших".
      21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки".
      23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      01:30 "Непобедимый".
      02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал.
      03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:40 Д/ф "Александр Великий".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:15 Панкратион. Чемпионат России.
      02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция.
      20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа".
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор.
      00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qurama gaplar (4-qism)

Baho:
+0; -0

FRANS FUTBOL VA INTERFUTBOL

“Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi. Bu o‘yinni Bobur Akmalov sharhlab bordi. Ko‘pincha sharhlovchilar rasman qabul qilingan fikrni, yo taniqli odam fikrini, yo ruxsat berilgan fikrni gapiradilar, yo ko‘pchilik fikrini o‘zlashtiradilar. So‘zlashtiradilar. Ular shaxsiy fikrga ega bo‘lmaganlari uchun, yo odob saqlash uchun shunday qiladilarmi, bilmadim. Bobur shaxsiy fikrini aytishdan qochmaydi. Shunisi bilan uning sharhi ajralib turadi. Kechagi sharhida yashil maydon uchta futbol rahbarini ko‘rganini-yu, haligacha maydon chimiga son kirmayotganini aytib o‘tdi. Oxirgi urinishlarni birma-bir sanab chiqdi. Sun’iy quyosh berishgani-yu, sun’iy shabada haydashganini istehzo bilan bizga ma’lum qildi. Baribir maydon chimi qo‘porilib ketyapgani haqida qo‘shib qo‘ydi. Operator uni tasdiqlaganday bo‘lib maydon ahvolini katta planda ko‘rsatib qo‘ydi. Diqqatimni tortgan narsa bu gaplar emas edi. Maydon chimi hammaning og‘zida gap-so‘z bo‘lib turibdi. Hamma bu chimni ermak qilib yuribdi. Bobur bundaylardan emas-ku, nega bu mavzuni tilga oldi, nega chimni payrov qildi?

XITOY BOYLARI VA BIZNIKILAR
Muddaosi bor ekan. Keyin tushunib qoldim. Chimni bahona qilib, bir chora-tadbirni himoya qilmoqchi bo‘lgan ekan. Bu tadbir nima ekan deng? Bobur fikricha maydonniyam, klubniyam xususiylashtirmas ekanmiz, “Bunyodkor” chimi shunday bo‘la berar ekan. Hamma klublarni xususiylashtirish kerak emish. “Bunyodkor”ni kim va nima uchun sotib oladi? Foyda ko‘rish uchun. Kim futboldan foyda ko‘ribdi? Xitoydagi boylar singari zarar ko‘rsayam o‘z klubiga mlrd.lab dollarlarni to‘kib tashlasinmi bizdagi boylar. Xitoydagilarga chivin chaqqanday bo‘lmaydi. Xitoyliklar pulning zo‘ri bilan kelgusida o‘z yurtini Osiyoda keyin butun dunyoda futbol bozorining markaziga aylantirishmoqchi. Bunga yarim asr vaqt ketar, balkim. Mayli, ketsin. Mayli, qilishsin.

Bizda zarar ko‘rsa-da, futbol uchun pul to‘kadigan beshta boy topilarmikan? Topildi deylik. Beshta boqimanda klubni boqib qo‘ydi deylik, undan keyin nima bo‘ladi? Boshqa klublar o‘sha-o‘sha ahvolda qola berishadimi? Pro-liga harobligicha qola beradimi? Ommaviy futbol-chi? “Paxtakor” jamoasi “As-Sadd” singari OCHLni bir bora o‘n yildan keyin yutdi deylik, bu bizga nima beradi? “Paxtakor”gachi? Qolgan klublarni kim sotib oladi? Chet el boylarimi? Butun dunyo boylari futbol biznesi shakllangan Yevropa klublariga foyda ko‘rish uchun pul tikishmoqda. Zarar ko‘rish uchun emas. Hech qaysi mulkdor bir so‘m zarariga yurmaydi. Bu bozor qonuni. Shodiyevlar qandaydir iqtisodiy imtiyozga ega bo‘lgani uchun “Paxtakor”ni boqyapti. Demak, bu bozor qonuniga xilof holat, yo bu yerda zo‘rma-zo‘rakilik bor. Qandaydir soxtalik bor. Shodiyevlar zo‘r bo‘lishsa, “Paxtakor”ni futbol biznesi shakllangan Turkiya chempionatiga olib chiqib ketishsin. Tikkan pullarini bozorda sinashsin. Uelsning “Kardiff” klubi Angliya chempionatida qatnashadi-ku. “Paxtakor”dagi bugungi boshqaruv, bugungi pul beruv uzoqqa bormaydi. Borsayam, yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun qandaydir o‘zgarishlar bo‘lishi shart.

OCHIQ TANLOV TILAGANIM
Asosiy vazifamiz yurtimizda futbol bozorini shakllantirishdir. Undan keyin xususiylashtirish haqida o‘ylashimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun nima qilmoq kerak? Kechagi kuni taklif qilganimdek, futbolni rivojlantirish jamg‘armasi barcha ishni bajarishi kerak. Barcha kundalik ishlar shu vazifaga qaratilishi kerak. Ravshan Ermatov jurnalistlar oldida aytgan barcha 10ta yo‘nalishdagi ishlarning bari shunga xizmat qilishi kerak. Veteranlar ishi ham, ishqibozlar harakati ham, futbol maktablari ham. O‘FA ham, barcha-barchasi shu yo‘nalishda ishlashi kerak.

Talab bor joyda taklif bo‘ladi. Mahsulot yetishtirish kerak. Futbol mahsulotini targ‘ib qila olish kerak. Uni sotish kerak. Hozirgi kunda har qanday mahsulot targ‘iboti mahsulot tannarxining 50 foizi va undan ko‘pini tashkil qiladi. Bu tabiiy xol. O‘FA bu bilan shug‘ullana olmaydi. Bu bilan kim shug‘ullanishi kerak? Hamma. Ilhomchisi jamg‘arma bo‘lishi kerak. Qanday qilib. Shu haqda do‘ppini yerga qo‘yib bir o‘ylab ko‘raylik-chi. Targ‘ibot orqali Futbolni jamiyat hayotining bir qismiga, muhim bir qismiga aylantirishimiz kerak. Bundan yurtimiz yutadi. Futbolimiz yutadi. Barchamiz yutamiz. Murabbiylar-u, futbolchilarimiz har tomonlama yurtimizning eng taniqli, eng atoqli, eng ibratli insonlari bo‘lishlari kerak. Eng yaxshi badiiy-xronikal, hujjatli filmlar futbolga bag‘ishlanishi kerak. Yil murabbiyi, yil futbolchisi, yilning futbol jonkuyari, yilning futbol jurnalisti, yil ishqibozi degan nishonlarni butun xalq tanlovi asosida faollarga taqdim etsak bo‘lmaydimi?

Har bir mahallada o‘z futbol instruktori, ishqibozlar kengashi bo‘lishi kerak. Har bir klub atrof mahallasida o‘z vakillariga ega bo‘lishi kerak. Har bir klub o‘z faxriylar kengashiga ega bo‘lishi kerak. Bu kengash sobiq futbolchilar, faxriy faol ishqibozlar, faxriy sobiq klub xodimlarini o‘z ichiga olishi kerak. Bu kengash doimo suyukli klub rahbariyati va futbolchilari bilan hamkorlikda ishlashi kerak. Klubda oyning eng yaxshi futbolchisini faxriylar kengashi tanlab berishi kerak. Faxriylar kengashi barcha shaharlarda o‘z guruhlariga ega bo‘lishi kerak. Ularning yig‘ilib turadigan o‘z qarorgohlari bo‘lishi kerak. Badavlat ishqibozlar faxriylar uchun futbol choyxonasini ochishsin, mayliga. Buning nimasi yomon. U yerlarda suyukli klub vakillari bilan jonli uchrashuvlar uyushtirib turishsin. Kengash ishqibozlarining o‘z sayti bo‘lsin. Kuni kecha yozganimdek, jamg‘armani moliyalashda tub islohotlar o‘tkazib, hammaning birlamchi oyligini bir xil qilib qo‘ysa, har bir klub o‘z futbolchilari va o‘z o‘yinlari targ‘iboti bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi. Tribunalar to‘lishi uchun barcha ishlarni qiladi. Klublar futbol faxriylari faoliyati bilan ishqibozlar harakatini qovushtirib targ‘ibotda yaxshi natijaga erishishi mumkin bo‘ladi. Fan klublar o‘z yo‘liga. U boshqa narsa. Boya yozganimdek, futbol bozorida ishqibozchilik harakati muhim o‘rin egallaydi. Yurt hayotida shunday yo‘l bilan ishqibozchilik harakati ommaviylashadi. Futbol targ‘iboti chuqurlashadi.

YANGI TO‘NNI ESKIRTISh
Lobanovskiy orzu qilgan ishni biz amalga oshirishimiz kerak. Har bir o‘rta maktabda jismoniy tarbiya darsi, futbol asosida o‘tkazilishi kerak. Har bir maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mahalla faollari bilan birgalikda 9-12 yoshlilar o‘rtasida minifutbol bo‘yicha mahalla chempionini aniqlab borishi kerak. Har bir marosimda (navro‘z bayrami, hosil bayrami, to‘y-tomosha deysizmi) mahallada minifutbol yoki sharoit ko‘tarsa, katta futbol bo‘yicha barcha yoshdagilar uchun sovrinli turnirlar o‘tkazilishi shart bo‘lsin. Shu mahallada yashovchi futbol akademistlari ham mahalla sha’ni uchun kurasha olsin. Har bir mahalla futbol bo‘yicha o‘z g‘olibini aniqlasin, ularni tanisin. Vatan mahalladan boshlanadi. Vatanparvarlik shu yerda shakllanadi.

Bo‘lg‘usi futbol dahosi mahallada birinchi g‘alabasini nishonlasin. Birinchi ustozim deb mahalladagi futbol instruktori nomini aytsin. Ravshan Ermatov futbolni har bir mahallaga olib kiraylik degan gapining yangi to‘nini eskirtib “charm to‘pga” kiydirib qo‘yishdi. Futbolni mahalladan markazga olib chiqib ketishdi. Mahallada hech narsa qilingani yo‘q. Katta yoshdagi bolalalar o‘rasida shahar, respublika chempionatining kimga keragi bor. Havaskorlar ligasi butunlay boshqa masala, boshqa gap. Mahallaga, mahalla sha’niga dahli yo‘q narsa. Gapning mohiyati bilan bizda hech kimning ishi bo‘lmaydi. Nega shunday? Gapimizda, ishimizda mazmun qidiramiz-u, ma’nosi bilan ishimiz yo‘q. Natijada hayotimizdan ma’no yo‘qolib ketmoqda. Ravshan og‘zidan chiqqan gapning mazmunini oldig-u, ma’nosi bilan ishimiz bo‘lmadi. Mohiyatini kerakmas matoh kabi uloqtirib tashladik.

GOLLAND PISHLOG‘I VA FUTBOL
Yurtimizda futbol bozorini yaratishimizda, futbol mahsulotiga bo‘lgan talabni oshirishimizda tag‘in muhim ikki jihat bor. Bu futbol jurnalistikasi va chempionatimiz shakli-shamoyili, saviyasi, buguni, ertasi. Ya’ni bu jurnalistika va futbolimiz strategiyasidir. Bular qanday bo‘lishi kerak?

Futbol mahsulotini iste’molchiga taqdim qilish katta san’atdir. Bunday muhim ishni kim bajarishi kerak? Jurnalist. Bizda jurnalistning obro‘siyam, bahosiyam, saviyasiyam, qadriyam past, o‘ziyam past. Jurnalistlar kam, xabarchilar ko‘p. Ro‘zim Ahmedov ovozi ijtimoiy tarmoqda ovoza bo‘lib ketganidan keyin bironta jurnalistimiz tekshiruv olib borib, voqeani tahlil qilib, muammoni jamiyatga oshkor qilib bermadi. Ijtimoiy tarmoqqa kirgan noma’lum kimsa, barcha jurnalistlarimizning kasbga bo‘lgan “sadoqatini” hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. Butun dunyoda jurnalist jamiyatning eng oldi vakili, haqiqat himoyachisi hisoblanadi. Faqat bizda emas. Futbol mahsuloti golland pishlog‘i emas. Futbol bu nafaqat ijtimoiy voqelik mahsuloti, balki siyosiy voqelik mahsulotidir. U xalqning vatanparvarlik tuyg‘usini o‘stiradigan g‘urur manba’idir. Uning targ‘iboti pishloq targ‘ibotidan tubdan farq qilishi kerak. Futbolimiz hayoti jurnalist mehnati tufayli xalq uchun shaffof va oshkora bo‘lishi kerak. Shunisi bilan futbolimiz o‘z atrofiga hammani hamdardlikka chorlashi mumkin bo‘ladi. Shunda xalqimiz o‘z futboli ustida dildan qayg‘uradi, quvonadi. Stadionlarimiz odam zo‘ridan to‘lib xapirib turishadi.

Davron Fayziyev boshchiligida barcha jurnalistlarimiz futbol haqida karam sho‘rvani biri mazaliroq, boshqasi bemazaroq qilib pishirib taqdim etmoqda. “Menyu” necha yildan beri o‘zgarmaydi. Fikrlashdayam, ijoddayam xilma-xillik yo‘q. Ozgina boshqacharoq fikrlaganim uchun mas’ullar yozganlarimni o‘qib oq qarg‘ani ko‘rganday bo‘lishadi. Yozganlarimni chiqarishmaydi. Ular uchun qarg‘a doim qora bo‘lishi kerak. Bugun Kuper termamiz bilan o‘z darajasini ko‘rsatadi. Hech bir jurnalist o‘yinni tahlil qilib bermaydi. Hech kim o‘yinni sharhlamaydiyam. Hamma bir xilda o‘yin haqida protokol ma’lumotlari-yu o‘yindan keyingi Ektor javoblarini keltiradi. Masalan, Davron Fayziyev o‘z mahorati bilan hammani Yevrofutbolga qaratib qo‘ymoqchi. O‘zbek futboliga atalgan alohida kanal qachon paydo bo‘ladi? Diyorlaru Orifjonlar yangi saytda o‘zbek futbolini sharhlab berishda Davronning Yevrosharhidan o‘tkazib turishsa bo‘lmaydimi? Nega shahrimdagi barcha ko‘shklar o‘z mahsulotini Messi surati bilan targ‘ib qiladi-yu, Eldor Shomurodov yo Odil Ahmedov surati hech qayerda yo‘q. Nega Fransfutbol nashridan ko‘chirma keltirishadi-yu, Interfutbol maqolasini hech kim eslamaydi. Nega ko‘chalardagi gazeta ko‘shklarida AiF gazetasi qolmaydi-yu, Interfutbol gazetasi sotilmay nashriyotga qaytib ketadi? Bu gaplarim bilan nima demoqchiman? Biz futbol biznesini yaratmoqchi ekanmiz, futbol reklamasini, ya’ni futbol jurnalistikasini baland nuqtaga ko‘tarishimiz kerak. Bu aksioma. Qanday qilib bunga erishamiz?

Pishloq tan narxining ellik foizidan ko‘pini uning reklamasi tashkil qilar ekan. Futbolning reklamasiga necha foiz pul ajratilmoqda? 0 foiz. Futbol jurnalistikasiga davlat investisiyasidan hech vaqo tegmaydi. O‘z kunini o‘zi ko‘radi. Muxlisning suyukli gazeti bo‘lgan “Chempion” aravasini tortolmay yopilib ketganiga ancha bo‘ldi. Bu bilan hech kimning ishi bo‘lmadi. Futbol targ‘ibotiga hamma qo‘l siltab qo‘ygan. Masalan, “Paxtakor” o‘z o‘yinchisini akter kabi reklama qiladimi, yo‘q. Har qadamda uning surati osilganmi? Yo‘q. Aktyorniki osilgan. Futbolchi bilan uchrashuvlar uyushtiradimi? Yo‘q. Teatrga o‘xshab o‘yindan oldin kim qayerda o‘ynashi yozilgan programma sotiladimi, yo‘q. Aktyorlar uyi bor. Futbolchilar uyi bormi, yo‘q. Futbolchining aktyordan yo qo‘shiqchidan qati kam? Kino yo estrada o‘z kunini amallab o‘zi ko‘radi. Futbol esa boqimanda. Shuning uchun futbol o‘z targ‘ibotiga, ya’ni ishqibozga tupurib qo‘yganmi? Boqimandalikni yo‘qotish uchun, ya’ni futbol bozorini joriy qilish uchun futbol targ‘ibotini kuchaytirish kerak. Futbol targ‘ibotining kuchayishi uchun avvalo boqimandalikdan voz kechish kerak. Masalani yecholmay qafasga tushgan olmaxonday bir joyda chir aylanib qoldim.

Baribir ikkinchi mavzu, eng muhim mavzu, hammamizning diqqatimizni o‘ziga tortgan mavzu bor. Futbol bozorini yaratishda eng muhim jihat bor. Bu futbolimizning buguni va ertasidir. Bu haqda keyingi safar gaplashamiz.

O‘zbek futboliga jon kuydirib, terma jamoamizga omad tilab, Sizlarga hamdardlik bilan Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 25.09.2019 00:24. O'kildi: 6148 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


BAXASH

Sana: 02.10.2019 21:49. BAXASHga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.