Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2039 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Yana o‘sha dasturxonmi? (2-qism)

Baho:
+0; -0

Olimxo‘ja Bo‘ronov. Otaxon, kompyuter davrida dasturxonimizga istagan insonni taklif qila olamiz. Bir piyola choyni kimga uzatay?

Hasanali Qodirov. Kubogimiz finalidan so‘ng va undan keyingi bo‘lib o‘tgan mojaroli voqealardan so‘ng, har birimiz o‘z pozisiyamizni aniqlab olishimiz kerak. Barcha ishtirokchilarni taklif qilsak arziydi. Shunday ekan, dasturxonimizga bugun ochiqchasiga iqtiboslar gurungi deb nom qo‘ysak bo‘laveradi.

O.B. Siz, oldingi dasturxonimizda biron bir sayt atrofida bunday voqealar bo‘lib o‘tishini oldindan bilganmidingiz, deyman. Jurnalistikamiz, uning vazifalari va holati haqida so‘z yuritib, unga ta’rif bergan, uni guruhlarga ajratgan edingiz.

H.Q. Yumshatmasdan hibsdagi holati deb ochiq ayta bering. O‘tkir so‘z cheklangan. Ochiq SO‘Z, tanqidiy bo‘lsin, yo xatoli bo‘lsin, gap bunda emas — matbuot so‘zi, jurnalist so‘zi jazolandi. Ja-zo-lan-di. Ma’muriyat va uning rahbari hammaga o‘z qudratini, atrofidagi odamlardan, ochiq so‘zdan, hur fikr so‘zdan ustunligini ko‘rsatib qo‘ydi. Qonun, ya’ni qog‘oz (qog‘ozga yozilgan bandlar, paragraflar, nizomlar ma’nosida) har narsadan ustuvorligini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. “SA” sayti eng faol sayt, faolligi uchun, achchiq so‘z bo‘lgani uchun ja-zo-lan-di. Bultur Siz, davlat tili xususida Sherzod Rajabovni, ya’ni PFLning kichginagina amaldorini maqolamda qattiq tanqid qilganim uchun, meni emas, yozganlarimni jazolab Sherzodning talabiga ko‘ra o‘sha maqolamni bir soat ichida o‘chirib tashlagan edingiz. S.A. saytidagilar esa PFLning katta rahbarini uning xatosi uchun hech kimdan hayiqmasdan qattiq tanqid qilishibdi. Ofarin.

O.B. Uzr, gapingizni bo‘ldim. Qaysi xatosi uchun, qayerda xatoga yo‘l qo‘yibdi? La Liga vakili bilan o‘tkaziladigan tadbir Kubok finali bilan bir kunga tushib qolishi PFLdan tashqari holat ediku. Ikkinchidan, eski gapni esladingiz. stadion.uz sayti bilan qancha jurnalistning tuz-nasibasi bog‘langan bo‘lsa, tepadagilarga qarshi yurib bo‘larmi edi, o‘shanda? Mayli o‘tgan gaplarni esdan chiqaraylik. Hozir barcha maqolalaringizni chiqaryapmiz. Islohotlar ketyapti. O‘zgarishlar bor. Mavzuga qaytaylik. Qanday jazo? Ilgarigi davrga o‘xshab, hech kim saytni yopib qo‘ygani yo‘q. Akkreditasiya olib qo‘yildi, xolos. PFL rahbarining obro‘sini to‘kib tursa, hech qanday chora ko‘rmasdan indamay qarab turish kerakmidi?

H.Q. Chora ko‘rishdi emish. Tanqid uchun chora qo‘llash jazolash degani emasmi. Chempionatimiz o‘yinlariga bironta jurnalist kelmayapti. O‘yindan keyin matbuot anjumanida uchta jurnalist o‘tiradi. Ular ham SA saytiga tegishli bo‘lishadi. Faqat terma o‘yinlarida jurnalistlar bemaza qovunning urug‘iday g‘ujg‘on bo‘lib zolni to‘ldirib o‘tirishadi. Va bemaza savollari bilan, nega uni tushirdingiz, buni tushirmadingiz deb, takror-takror so‘rayverib hammaning mazasini qochirishadi. Bama’ni savollarni anjumanning eng faol doimiy ishtirokchilardan, SA jurnalistlaridan eshitardik. Endi ularning matbuot anjumanida ishtirok etishi taqiqlandi.

Pfl.Uz. (Hamma) “milliy chempionatimizni ko‘tarishga urinayotgan paytda chempionat azia sayti ayrim nohaqliklarga yo‘l qo‘yib, jamoatchilikning fikrini salbiy tomonga og‘ishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zPFL va uning xodimlari xaq-xuquqlari, qarashlari va kasbiy obro‘sini behurmat qilayotani ko‘pchilikning dilini xira qilmoqda. Ushbu sayt vakillari chegaradan chiqishdi. Faktlarga asoslanmagan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmoqda”. (F.E. №87. 3b.).

H.Q. Insonning obro‘si kasbiy bo‘lishini endi eshitishim. Sizlarga qolsa, maishiy yo ijtimoiy obro‘ ham bo‘ladi. Tanqid so‘zi ham, tuhmat so‘zi ham inson obro‘sini tushira olmaydi. Jimjima so‘zlaringiz kimga kerak? Omon G‘ofurov o‘z obro‘sini o‘zi to‘kmoqda. Jumladan, sizning mazkur qaroringiz tufayli uning obro‘si “butun o‘zbek futboli jamoatchiligi” oldida ancha tushib ketdi. Kimligingizni bilmayman. Balkim, Diyordirsiz yo Sherzod, yo Yoqubjondirsiz, kim bilsin. Oldimda yuzsiz, chehrasiz oddiy bir harflarsiz. Pefeeluz-siz. Siz hech qachon biron kimsaga harif bo‘lmagansiz. Ma’muriy protokol tilingiz bilan zarif mushohada yurita olmaysiz. Harif ham emassiz, zarif ham emassiz. Hech o‘chmas, toshday ko‘chmas, umuman tepsa tebranmas tepaga ma’qul, muloyim va arzon, pastga mag‘rur, qattiq qotgan va qimmat tarifsiz. Sizga bergan ta’rifim yoqmadimi?

Albatta yoqmaydi. Demak, pefeeluzjon, tanqid asosli yo asossizligini kim aniqlaydi, sizmi? Futbol genetika singari aniq fan emas. Masalan, Eshmat quruvchilar “Lokomotiv”dan ikkinchi golni o‘tkazib yuborgani uchun tomog‘ini qirib ikki soat Mirjalol Qosimovni ayblashi mumkin. Toshmat esa ayni damda Qosimovni ikki soat maqtashi mumkin. Ikkalasi bir nimaga asoslanib gapiradi. Eshmatning fikri bo‘yicha “Bunyodkor” ikkinchi golni urgandan keyin o‘yin ritmini o‘zgartirib, maydon bo‘ylab vaziyatni o‘z nazoratiga olishi kerak edi. Bunday bo‘lmadi. Hisob 2;2 bo‘lib qoldi. Maydon nazoratini Ashurmatov finalda yaxshi epladi. Toshmatning esa fikri boshqacha. Mahorati cho‘qqiga chiqqan “Lokomotiv”ning tajribali o‘yinchilari har bir epizodda o‘z ukalaridan ko‘ra kuchliroq bo‘lgani uchun “rvaniy tempda” o‘ynashi mumkin emas edi. Toshmat gapini oqlab turgan bir paytda Chilmat qaldirg‘ochlar atayin gol o‘tkazib yuborishdi deb aytishi mumkin. Vaxokazo. Bu futbol. Butun futbol olamida fikr erkinligi bor. Siz esa “kasbiy obro‘”ni ustida qayg‘urasiz. Qaroringiz boshdan oyoq tuturiqsiz gap bo‘lib, qusurliklardan iborat bo‘lmadimi?

Xayrulla Xoliqov. Otaxon, nega bunday oshirib gapirasiz? SA ham aybdor. “(Birinchidan) tanqid qilish kerak ekan deb, shomsha-shosharlik bilan nimanidir qoralash noto‘g‘ri. (Ikkinchidan) faqat tanqid sabab (“beyjikni”) bekor qilish esa, jiddiy asosga sabab bo‘lmaydi. Har bir kishi o‘z ishiga professional tarzda yondashib oltin oraliqni, (o‘rtaliqni) topgan xolda ish olib borgani ma’qul”. (F.E. №87.5b.)

H.Q. Qiziq gap bo‘ldi-ku. O‘rtacha kuyunish mumkinmi? Yarimta yo‘talishday gap-ku. “Paxtakor” o‘rtacha shijoat, o‘rtacha istak bilan o‘ynagani uchun finalni OTMKga boy berdi. Sizdek oltin oraliqda yurgan odam “nima bo‘lganda ham (finalda tribunalar bo‘m-bo‘sh bo‘lganda ham) ikki tadbir ko‘ngildagidek kechdi” deydi. Final bo‘sh tribunalar oldida o‘tganidan kuyunmaydi. “Axir odamlarning har (bir) kuni faqat futboldan iborat emas-ku” deb bizni yupatadi. “Oltin oraliq” odamining gapimi bu aytganlaringiz? Sizda yutuq ham bo‘lmaydi, mag‘lubiyat ham. Oltin oraliqda yashaysiz. Yaxshiyamki Omon G‘ofurov Sizdek “oltin oraliqni” izlamas ekan. Keskin tanqidga keskin munosabat bildirdi. Endi ushbu mojaro sabab matbuotda, futbol ichi va tashida, ishqibozchilikda, futbolqarashimizda qorani oqdan ajratib olamiz.

O.B. Ravshanjon, Siz “oltin oraliqni” izlamay adliya xududida turib, bo‘lib o‘tgan voqeaga baho bering.

Ravshan Zokirov. Avvalo komissiya tuzib chiqish kerak edi. Ushbu komissiya a’zolari tekshiruv ishini olib borishi kerak edi. Masalan, keltirilgan fotosurat montaj bo‘lganligi, ishlatgan so‘zlarida tuhmat yo haqorat bo‘lganligi o‘z isbotini topsa, komissiya muallifni aniqlab rahbarga muallif ustidan ma’muriy jazo qo‘llashni tavsiya qilishi kerak edi. Aslo muassasa yo tashkilot ustidan jazo qo‘llash mumkin emas edi. Yoki komissiya lozim topsa, jinoiy javobgarlik yuzasidan ishni ko‘rib chiqish uchun adliya xodimlariga ham yuborishi mumkin bo‘ladi. Hozir jabrlangan taraf O‘FA rahbariga PFL chiqargan qaror ustidan shikoyat yozib chiqishi mumkin. Agar shikoyat yozib chiqmasa, prosessual xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa-da o‘zlariga nisbatan qaror to‘g‘riligini tan olgan bo‘lishadi.

O.B. Shu so‘zlardan keyin mavzuni yopiq deb aytsam ham bo‘ladimi?

H.Q. Qaror chiqishiga sabab bo‘lgan voqealarga befarq bo‘lsak, mavzuni yopaylik. Biz bunday qilmaymiz. Voqeada ishtirok etgan tomonlar o‘z bahosini hali olgani yo‘q. Bosh qahramonni eshitish kerak.

Omonjon, Sizni dasturxonimizga taklif qila olmayman. Sizga faqat murojaat qilishim mumkin. Ochiq xat yozishim mumkin. Nega? Chunki uyimda non-choyimdan boshqa hech narsam yo‘q. Dasturxonim g‘arib. Bilasiz, bugun yurtimizda tabaqalanish kuchayib ketgan. Gap bundamas. Siz kabi baland mansabdor bilan hech qachon bir dasturxon atrofida o‘tirmaganman. Siz inomarka minib yurgan chog‘da, man po‘kak minib yuribman. Bu hazilomuz gaplarimda jon bor. Sizda ommadan, odamlardan ajralib qolish havfi bor. Yurtimiz chempionatida birinchi rahbarsiz. Men oddiy insonman. Nomsiz, shonsiz, nishonsiz odamman. O‘zbek futboliga sodiq oddiy odamman Taxallusim bor faqat.

O‘zingiz tilingizdan ilinib qolganingizni sezmay qoldingiz. Siz karyerangiz yo‘lida ilgari Ahmadjonov bilan birga ishlagan ekansiz. Tanish-bilishchilikni qoralagan odam PFL rahbari lavozimiga chetdan o‘z tanishini “ob-keb” qo‘yganligi fosh bo‘ldi. Siz amal-mansab zinapoyasidan tepaga qarab ko‘tarilib kelayotgan karyeristsiz. Bundaylar intiluvchan, tirishqoq va mehnatkash bo‘lishadi. Siz shundaylardansiz. Ular mohiyatni tushinib o‘tirishmaydi.

Siz o‘qigan oliygohda Muhrim ham o‘qigan. U talabalik davridayoq telbalikni, ishqibozchilikni boshlab yuborgan edi. U o‘shandayoq futbol ichiga kirib ketgan edi. Ikkita diplom Kolossovskiydayam bor. Lekin u futbol ichida yashayapti. Siz futbol ustida turmokchisiz. Futbol bilan Sizni mansab bog‘lab turibdi. Ertaga Kabminga “ko‘tarilib” ketsangiz, stadionga eltuvchi yo‘lni indingayoq unutib yuborasiz. Shundog‘am xodimlaringizdan nechta odam, ishdan keyin o‘yin ko‘rgani stadionga kiradi? Ularni ham futbol bilan maosh bog‘lab turibdi. Ishqibozchiligi uchun oylik yozsangiz bormi, ular albatta stadionga o‘yinni ko‘rgani ishdan keyin qolishadi. Sizlar futbol amaldorlarisiz. Ishqibozchilik mazasini bilmaysiz, dardini tushunmaysiz.

Bironta o‘yinni qoldirmasdan stadionga keladigan ishqibozlar bor (Afsus, ular borgan sari kamayib borishmoqda) Siz bundaylardan emassiz. Moriyentesni oqlab, uni “Real”dan chetlatgan Lushenburgoni qoralab do‘stingiz bilan hafalashib qolmagansiz. Siz futbolda tasodifiy odamsiz. Bugun borsiz, ertaga yo‘qsiz. Oltmish yildan beri stadionga qatnayman. Bundan keyin ham shu yerdaman. Ishqiboz oldida undan xayratlanishni bilasizmi? Ozgina kamtarroq bo‘ling. Futboldagilarga tepadan turib qaramang, ularni ko‘p emas ozgina hurmat qiling, iltimos. Bilaman, ular ko‘piga loiq emaslar.

Omonjon, Ahmadjonov elementar karyera uslubiyatini mensimagan holda ushbu lavozimga Sizni olib kelib qo‘ygan. Nima demoqchiman? PFL rahbari lavozimiga futbol ichidan chiqqan bir kimsani nomigagina qo‘yib, Siz uning yonida barcha ishni olib borsangiz yaxshi bo‘lardi. Nima uchun bunday qilmadi? Chunki futbol ichidagilar bilan islohatlarni amalga oshirib bo‘lmaydimi? Chunki futboldagilarning barchasi korrupsiyaga botib ketganmi? Chunki ulardan hech biri shahs bo‘lib yetishib chiqmaganmi? Chunki ular ichidan bir varaq kitobni o‘qib chiqib, uni mutoala qila biladigan odamni topish qiyinmi? Yoki bo‘lmasam, Ahmadjonov hukmronlik yo‘li bilan o‘z bilganicha buyurib, qaror chiqarib, hammani o‘ziga bo‘ysindirib islohatlar o‘tkazmoqchimi? Bunday boshqaruvga faqat Siz munosibmisiz? “Istasang tepangda Omon bo‘ladi, istamasang holing yomon bo‘ladi, futboldan chetlataman”, shundaymi? Bilmadim, bilolmadim.

Bilganim shuki, bir jurnalist kirdikoriga qarshi oldin jurnalist bo‘lgan, bugungi kunda futbol amaldori bo‘lib olganlar “jurnalistchasiga” kurash olib bormoqda. O‘rtada qolgan Sizdek holis inson javobgar bo‘lmoqda, o‘zini oqlashga majbur bo‘lmoqda. Shundaymi? Firdavsxon F.E. gazetasida uch betni to‘ldirib Sizdan olgan o‘z intervyusini bosib chiqaribdi. Shuni birgalikda o‘qib chiqish ertaga qolsin.

Sizlar bilan ertagacha xayrlashib, sizlardan uzr so‘ragan holda Hasanali Qodirov yozdim.

Kiritilgan sana: 17.12.2018 14:52. O'kildi: 4210 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.