Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qurama gaplar (1-qism)

Baho:
+0; -0

1. XOLIQOV VA NURALIYEV

Aziz o‘quvchim, navbatdagi maqolamni yozar ekanman, Sizga bir ma’lumotni aytmoqchiman. Man 55 yildan beri futbolimiz ishqiboziman. 55 yildan beri stadionga o‘yin ko‘rgani qatnayman. Qanotda Belyakov aldab o‘tishlarini stadionda olqishlab yurganimda hozirgi katta rahbarlar tug‘ilishmagan edi ham. Shuning uchun, nima o‘ylasam shuni gapirishga haqligimni biling. Dilimdagi tilimga chiqmoqda. Ushbu fikrlarimni futbolimizga berilgan yana bir baho deb biling.

“Futbol Ekspress”ning 53-sonida Xayrulla Xoliqov o‘z maqolasini bosib chiqaribdi. Xayrulla juda hozirjavob jurnalist. Ravshan Ermatovning matbuot xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi bilan ushbu “Ochiq muloqotdagi ochiq gaplar” degan maqolasini bosib chiqaribdi. Bilasiz, Ravshan o‘z nutqida yangi lavozimida 10ta yo‘nalishda ish olib borishini aytgan edi. 5-yo‘nalishni bolalar futboliga bag‘ishlabdi. ”Bolalar futboli butun dunyoda futbolning poydevori va ustuni hisoblanadi. Yaqinda ikkita futbol akademiyasiga borib ko‘rdik. Ochig‘ini aytsak, vaziyat juda og‘ir. Bolalar futbol musobaqalari juda kam. Mutaxassislarni yig‘ib gaplashamiz“, (“FE”, №52 3-b.) degan so‘zlar bilan Ravshan Ermatov o‘z fikrini qisqacha bayon etgan edi. OAV bilan Ermatovning uchrashuvi o‘tiboq ikki kundan keyin Xoliqov o‘z munosabatini bildirib maqola yozib chiqish qildi. Ko‘tarilgan barcha masalalar haqida o‘z fikrini bildirdi. Barakalla. Bolalar futboliga bag‘ishlangan qismini taxlil qilaylik.

X.Xoliqov “Bolalar futbolidagi eng katta muammolardan biri murabbiylarning kam maosh olayotgani” (“FE”, №52 3-b.) deb, qayg‘urib gap boshlaydi. Bolalar futboli mavzusini “batafsil tahlil” qilgani uchun Xayrulla bu sababni nuqsonlarning birinchi darajasiga chiqarib qo‘ymoqda, shekilli. Gazetaning bergan xabariga ko‘ra, Ravshan Ermatov o‘z nutqida muammolarni tahlil qilmagan, ularni keltirib chiqargan sabablarni ochib ko‘rsatmagan, ularning yuzaki yechimini taklif qilsa-da, ularni muhokamaga tashlamagan. Shunchaki sanab o‘tgan. Aytib o‘tgan. Xayrulla esa, bu vazifani, ya’ni muammo “tahlilini” o‘z zimmasiga olibdi. Bu mavzuni o‘z bilganicha yoritibdi. Xayrulla murabbiylar o‘z ro‘zg‘orini tebrata olmayotganini ko‘rsatib, “Bir yarim-ikki million so‘m atrofidagi oylik ko‘zga ko‘rinmaydi”, — deb aytmoqda.

Yurtimizda boylar bilan kambag‘allar orasidagi farq juda kuchayib ketmoqda. Juda ko‘p odamlar ro‘zg‘orini tebrata olmay qiynalib qolgan. Uzoqqa bormasdan murabbiyni sport jurnalisti hayoti bilan taqqoslaylik. Universitetni bitirgach, jurnalist to‘g‘ri yo boshqa yo‘llardan yurib, amallab konkurentlarini yengadi. Televideniyega ishga kiradi. U ham gonorarini qo‘shib hisoblaganda 100-200 u.e. miqdorida oylik oladi. Buning uchun u har kuni ishda 9dan 5gacha bo‘ladi. Ko‘rsatuv tayyorlaydi. Buning uchun u jamoasi bilan “syomka”ga chiqadi. Matn tayyorlaydi. Montaj qiladi. Efirga beradi. Oyligini oshiraman deb ko‘proq ko‘rsatuv qilay desa, efir talash. Atoqli jurnalistlar esa, bir ko‘rsatuvni bir necha bor efirga beradi. Gonararini oshiradi. Aksariyat jurnalistlar ozgina maoshga qanoat qilib yashaydi. Boyagi odam, oldinga intilib, yonidan pul to‘lab kasbi bo‘yicha ilmiy maqolalar e’lon qiladi. Kasbini mukammal qilay deb, jurnalistikadan ilmiy darajani yoqlaydi. Shundayam unga kun yo‘q, pul yo‘q. Masalan, shunday hayot yo‘lini bosib o‘tgan To‘xtamirzayev nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan ekan.

Xayrulla Xoliqov yoqlab chiqqan yoshlar futbol murabbiyi-chi, qay ahvolda? Aksariyat hollarda uning oliy ma’lumoti bo‘lmaydi. Masalan, Lushchanning ham oliy ma’lumoti yo‘q ekan. Aksariyat murabbiylarning erudisiyasi past, dunyo qarashi tor bo‘ladi. Ko‘pincha ular madaniyatsiz, maishatparast bo‘lishadi. So‘z boyligi kamligidan ikki so‘zining birida so‘kinishadi. Aksariyat murabbiylarning bunday “fazilatga” ega bo‘lish sababini, Xayrullaning o‘zi ochib berganini o‘zi sezmay qolgan. “Murabbiylarning aksari sobiq futbolchilar emasmi”, deydi. So‘ngra ularning yonini olib, oqibatini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi. “Ular katta pul topib (30-40 mln) o‘rganishgan” deb, endi ularning oyligi past bo‘lgani uchun ularda “o‘z ishiga loqaydlik yuzaga keladi” deb, ularni oqlaydi. “Keyin (tamagarlik bilan) ota-onalardan pul yig‘ish, bolalarga e’tiborsizlik boshlanadi” deb, natijada bolalar futboli boylar bolasining futboliga aylanib qolganini ham kam oylikka yo‘yadi. Ular Nuraliyevga o‘xshab bolalar futboliga sodiq bo‘la olishmaydi, chunki ularning ma’naviy qiyofasining tubanligi bunga yo‘l bermaydi. “(o‘z kasbiga) bolalarga e’tiborsizlik” qilish tubanlik emasmi? Shunday ekan, muallif nima deydi? Xayrulla “murabbiylarni (loqaydligi uchun) ayblash kerak emas”, deydi. Ana, xolos.

Mavzu so‘ngida muallif murabbiylarning “maoshini ko‘tarish haqida o‘ylash lozim”, deb rahbarlarga ko‘rsatma bergandek bo‘ladi. Mana shu bir jumla gapda ushbu maqolani yozishimning asl maqsadi yotibdi. Keyinroq aytaman. Maoshning kamligi bor gap. Singapurni aytmayman, Malayziyani aytmayman, Vyetnamda eng kam oylik 300 u.e. miqdorida ekan. Biz Vyetnamdan ham qashshoqroq ekanmiz-da. Murabbiyning oyligini 6 mln. qilib qo‘yaylikmi? Agar, O‘ZI ko‘rsatmasin, murabbiyning oila a’zolaridan biri kasal bo‘lib qolsa, dori-darmonga 1-2 mln. puli ketib qoladi. Nima qilmoq kerak? Murabbiyning boshini silab, ko‘z yoshini artib, oyligiga 4 yuz ming qo‘shib, ularni ovutib qo‘yaylikmi? Yoki boshqa yo‘l tutib, ularning oyligini 9 mln qilib qo‘yaylikmi? Yo‘qsa, o‘z ishiga “loqayd” bo‘lishadi-ya. Lekin, bunday pullarni qayerdan olamiz? Budjetdan ajratib berishsinmi? Yoki ularga ham “sog‘in sigir” bo‘lishga homiy topib beraylikmi? Shunda ta’magirlik qilishmaydimi? Ko‘rdingizmi, bolalar futbolida muammolar juda murakkab. Xayrullaning ushbu taklifidan kelib chiqib nima demoqchiman? Bu haqda Ermatov o‘z nutqida hech narsa demadi. Aslida, muammolarning ildizi shu muhim sababga yetib borib oziqlanmoqda. Sabab nimada? Aytar gapim shuki, bizning futbol — bo-qi-man-da. Futbolimiz, bozor iqtisodiyotidan chetda qolgan. Talab-taklif prinsiplariga bo‘ysunmaydi. Futbolimiz chiqimining 10 foizini ham o‘zi qoplamaydi. Ishlab topmaydi. Shunday ekan, Sizu-biz bu haqda o‘ylab ko‘raylik. Maqsadim ham shu edi. Ushbu mavzu bo‘yicha keyingi safar gaplashamiz.

Sizlarga hurmat bilan Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 28.07.2019 19:24. O'kildi: 12166 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик