Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 09.11.2025 00:45
      • Parma
      • 2:2
      • Milan
      • 09.11.2025 16:30
      • Atalanta
      • 0:3
      • Sassuolo
      • 09.11.2025 19:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Napoli
      • 09.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 09.11.2025 22:00
      • Roma
      • 2:0
      • Udineze
      • 10.11.2025 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Lasio
  • APL
      • 09.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.11.2025 19:00
      • Aston Villa
      • 4:0
      • Bornmut
      • 09.11.2025 19:00
      • Brentford
      • 3:1
      • Nyukasl
      • 09.11.2025 19:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Lids
      • 09.11.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Brayton
      • 09.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Liverpul
  • La-liga
      • 09.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 09.11.2025 18:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:0
      • Real Ovyedo
      • 09.11.2025 20:15
      • Rayo Valyekano
      • 0:0
      • Real Madrid
      • 09.11.2025 22:30
      • Malyorka
      • 1:0
      • Xetafe
      • 09.11.2025 22:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Betis
      • 10.11.2025 01:00
      • Selta
      • 2:4
      • Barselona
  • Superliga
      • 09.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Andijon
      • 09.11.2025 17:15
      • Xorazm
      • 0:2
      • So‘g‘diyona
      • 10.11.2025 18:00
      • Surxon
      • 1:0
      • Sho‘rtan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9734 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3041 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.11.2025

      06:30 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      07:35 "Непобедимый".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      10:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      22:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.11.2025

      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 76 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане.
      09:40 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      11:55 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      13:20 "10 лет в спорте". "2022/2023".
      13:50 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      14:45 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
      15:40 "Эволюция спорта".
      16:10 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 81 кг.
      17:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 87 кг.
      18:30 "География спорта". Астрахань.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:25 "Непобедимый".
      21:50 Бильярд. Кубок Кремля в Москве. Пул. Финал.
      23:10 "10 лет в спорте". "2022/2023".
      23:40 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 1.
      01:15 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      02:05 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
      03:00 "Эволюция спорта".
      03:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 81 кг.
      04:30 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.11.2025

      05:00 Д/ф "Игорь Численко. Удар форварда".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Автодор" (Саратов) - ЦСКА (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Гульназ Губайдуллина.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1930 - 1935 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:30 Новости.
      17:35 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Факел" (Воронеж) - "Спартак" (Кострома). Прямая трансляция.
      23:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      00:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Армейский рукопашный бой. Кубок Победы в Москве.
      03:30 "География спорта". Астрахань.
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Локомотив-Кубань" (Краснодар) - "Зенит" (Санкт-Петербург).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.11.2025

      05:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2004 в Афинах.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Скоростной спуск.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2008 в Пекине.
      16:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Велокросс. Чемпионат Европы в Мидделкерке, Бельгия. Женщины.
      18:30 Велоспорт. Велокросс. Чемпионат Европы в Мидделкерке, Бельгия. Мужчины.
      19:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2008 в Пекине.
      22:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Скоростной спуск.
      00:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Hamdard odam javoblari

Baho:
+0; -0

Saytdan foydalanuvchilar menga savollar yo‘llashibdi. Ularni man shaxsan tanimayman. Sirtdan ular menga tanish insonlardir. Ular futbolimizga jonkuyar odamlardir. Bu jonkuyarlik mahrajida vatanparvarlik yotibdi. Suratida futbolga ishqibozlik. Man jonu-dilim bilan vatandoshlarimni qiziqtirgan har bir savolga javob yozmoqdaman.

1. Anvar, 35 yosh. Aytingchi Hasanali ota, O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2020 musobaqasiga borishiga siz ishonasizmi?
Anvarjon, o‘ylab ko‘ring, 4 yarimta o‘rinning bittasi band. Bu musobaqa mezboni Qatar termasi. Shuni aytingchi, biz Osiyoning eng kuchli 4ta jamoasidan biri hisoblanamizmi? Yo‘q. Biz bu gal keyingi bosqichga chiqishimiz ham juda mushkul ish. Saudiyaliklar tarkib bo‘yicha ham, o‘yin bo‘yicha ham, murabbiy mahorati bo‘yicha ham bizdan bir kalla yuqori jamoa. U qolgan barcha o‘yinlarni yutadi. Bizni ham. Savolning tomirini ochib ko‘raylik. Har gal JCh saralashi kelganida termani o‘ylaymiz. Boshqa payt terma ahvoli bilan ishimiz bo‘lmaydi. OK o‘yinlarini ko‘rmaymiz ham. Shunday bo‘lsa-da, termaga katta talablar qo‘yamiz. Katta to‘yga borishni istaymiz. To‘y dunyoga dovrug‘i ketgan eng katta zodagonlarniki. To‘yga to‘yona bilan borish kerak. Hamyoningda bir miring yo‘qku. Yag‘ir guppi chopon kiyib korchalonlar safida masxara bo‘lmaysanmi, deydigan odam yo‘q. Futbolimiz saviyasini ko‘rib turibsizmi? Bu yilgi chempionatimiz masxara bo‘ldiku. 10 pud keladigon polvonimiz 4 pud keladiganlar bilan yashil gilamda bir mavsum “kurashib” berdi. Mavsum so‘ngida oshkora “savdogarchilikni” hamma ko‘rdi. Hamma jim. Bu “yag‘ir chopon” emasmi? To‘yga borsak bo‘lganimi? Bo‘yimizga qarab to‘n bichsak, bo‘lmaydimi? To‘n bichishni, kamtarin bo‘lsa-da, yangi odmi to‘n kiyishni istamaymiz. O‘zbekchilik, to‘yga borishni, aslzodalar to‘yiga borishni xohlaymiz. Bahrayn yaqinda Fors ko‘rfazi g‘olibi bo‘ldi. Markaziy Osiyo chempionatini haligacha o‘tkazmaymiz. Buyuk Turon turnirini tashkil qilsak bo‘lmaydimi? Arab millatlar kubogi musobaqasi borku? JChdan pasini nazarga ilmaymiz. Futbolimizni Osiyo grandlari darajasiga chiqarishni o‘ylamaymiz. Lekin Mundialni bizga bering ekan-da.

Mening ishonchimga kelsak. Men JChga chiqishimizga ishonmayman. Lekin bu bosqichdan o‘tsak, bu gal JChga borishimiz mumkin bo‘ladi. Yevropada 2004-yil Otto-ota boshchiligida Gresiya mo‘jizasini ko‘rgan edik. Vadim-akamiz ham mo‘’jiza ko‘rsata oladi. Buning uchun rahbariyatimiz o‘z munosabatini o‘zgartirishi kerak. Hozir u oldin kelib-ketganlar ishini qilmoqda. Yukni Abramov yelkasiga tashlab, o‘zlari chetga chiqib turishibdi. Oldingi rahbariyat Kuperga nisbatan shu ishni qilgan edi.

2. Ma’mur, 29 yosh. Samvel Babayanning o‘zbek futboliga qaytishini qanday izohlaysiz? Uning Xitoydagi faoliyatidan nima kutasiz?
Ro‘zman voqeasidan keyin Babayan nomi tovonga kirgan chaqir tikanakday qiynagan ichimdagi g‘ashlik sababchisi edi. O‘shanda uning kimligi hammaga ayon bo‘ldi-yu, oldinga qarab yoqimsiz yurishi davom eta berdi. Sergeev transferi voqeasidan keyin Samvel nokautga uchradi. Futbolimizdan badarg‘a qilindi. Tovondagi tikanakdan qutuldim, shekilli, dedim o‘zimga o‘zim. Yo‘q, Samvel Boltiq bo‘yidan kuchga to‘lib qaytdi. Chamamda, o‘zi Umidga nokaut zarbasini berib, uni egardan ag‘dartirib tashladi. “Lokomotiv”ga bosh bo‘lib oldi. Babayan “saroy qilmishlari” bo‘yicha kuchli bastakor hisoblanadi, chamamda. Ixtisosi shunday, mutaxassisligini bilmayman. Aniq gap shuki, u murabbiy emas. U hayotida bironta futbol asarini (o‘yinni) yarata olmagan. Uning boshchiligida “Lokomotiv” umuman rangsiz o‘yin ko‘rsatdi. U yashil maydonda o‘yin yarata olmasa-da, maydon atrofida “o‘yin” yaratishning ustasi farang hisoblanadi. Va doim bu “o‘yinlarda” g‘olib keladi. Hatto Alisher Azizxo‘jayev mulkiga yashirinib hamla qilgan edi. Eshitganim bor. “Paxtakor”ning moliyaviy tang ahvolida ham klubni stabil ushlab turgani esingizdami? Terma o‘yiniga hech narsa berolmasa-da, yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan edi. “Paxtakor”dagi hukmronligi hech tugamas edi, go‘yo. Undan nimani kutaman? U Tajmurod emas. Agamurodov butun murabbiylar shtabi bilan Rossiyaga yurish qilib nimaga erishganini bilasiz. Samvel Xitoydayam bo‘sh kelmaydi. U yerda ham “saroy” topiladi. U yerda ham, "o‘yin" ko‘rsatadi.

Kuni kecha uning hayotida bir yangi ko‘rinish paydo bo‘ldi. Yangi sahna. U Xitoyga ketishi oldidan “Futbol ekspress”da uch betlik xos suhbat bostirib chiqaribdi. “Paxtakor”u termada hukmronlik qilgan paytida jurnalistni yoniga yo‘latmas Babayan shumi? Unga jurnalist kerak bo‘lib qolibdi. Nega? Ijtimoiy tarmoqda yaqinda bo‘lib o‘tgan “Jahongir” voqeasi so‘ngida o‘zining “yaxshi” bahosini olgan edi jurnalistikamiz. U bizning “o‘yinchimizga” qanday xizmat qilar ekan? Xitoyda yopinadigan “libosini” o‘ylayapgan odamga buning nima keragi bor ekan? Xitoydagi “o‘yinini” boshlab yubordimi? Yoki uning “o‘yinchiligi” bugungi rahbariyatga kerak bo‘lmay qoldimi? Shundan alamzadami? Undan nimani kutishim mumkin? Shtabiga kimlarni olganini ko‘rib ensam qotdi. Qosimov doim murabbiylardan yaxshi tarkib tuzadi. O‘zi unga yaxshi kapitan bo‘ladi doim. Babayan-chi? Babayan kimlar bilan ishlaydi? Baribir u tashkiliy ishlarni yaxshilab bajarib, ko‘zga ko‘rinmas, pichoqqa ilinmas o‘yin ko‘rsatsa-da, o‘ziga gap tekkizmaydi.

Demak, Babayandan nimani kutishim mumkin? Babayan hech qachon qulamagan, qulamaydi ham. Xitoydan shon bilan qaytgach, “saroyda” navbatdagi to‘ntarishni qilmoqchi bo‘lar, balkim. Undan bundan battarini ham kutishim mumkin.

3. Nigora. Bo‘stonliq. Ayollar futboliga munosabatingiz? Bizdan ham JChga boradigan ayollar termasi chiqishi mumkinmi?
Ayollar futboliga salbiy munosabatdaman. Ko‘mir konida shaxtaga tushib ayollar ishlamaydi-ku? Futbol eng og‘ir sport turi hisoblanadi. Jangovor sportda, masalan, ringda odam o‘lmagan. Yashil maydonda futbolchining yuragi to‘xtab qolib necha marta o‘lim hodisasi ro‘y bergan. Nazarimda, ayollar professional futbolchi bo‘lmay, ular uchun havaskorlar futbolini tashkil qilishimiz kerak. Chempionatlar emas, futbol festivallari tashkil qilinishi kerak.

4. Mirobid. 48 yosh. Vadim Abramovning bosh murabbiy bo‘lib qaytganiga munosabatingiz va, sizningcha, u qayerda xato qilyapti?
Munosabatim juda murakkab. Falastinda olgan mag‘lubiyatimizdan keyin saytlarda tuni bilan, kuni bilan hali ishlab turgan Kuper ustidan “kimni loyiq ko‘rasiz?” deb, so‘rovnomalar o‘tkazishdi. Boshqa voqeani eslaylik. Abramov xato qilishini kutib o‘tirishgan edi shekilli. Forslarga qarshi bahsda butun o‘yin davomida bostirma hujum qilib (naval uyushtirib), oxirida gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin, ertasiga ertalab Abramovni ishdan bo‘shatish haqida buyruq chiqqan edi. Qosimov hali jamoani qabul qilmay turib, yigitlarga tanitish o‘tkazilmay turib, ertasiga kechqurun “Futbol sharhi” ko‘rsatuvida uni yangi bosh murabbiy sifatida yurtga tanishtirishdi. Ektor Kuperga nisbatan ham shunga o‘xshash voqea yuz berdi. Shoshilinch va noilojdan Abramov bosh murabbiy etib tayinlangani bor gap. Abramov sodda va ko‘ngli ochiq odam. Erta-indin futboldan juda uzoq amaldor odam bir-nimasini yoqtirmay qolsa, Abramovni hamma narsada aybdor topib ishdan bo‘shatib yuborishi tayin gap-ku. Murabbiy ishini hech kim qadrlamaydi. Vadim qancha vaqt ishsiz yurdi. Vatanparvarlik qilib vaqtincha termaga bosh murabbiylik qilmoqda hozir. U shuhratparast odam emas-ku. Doimiy ishlash uchun bosh murabbiyni hech kim qidirmayapti. Abramov bor, nima tashvishimiz bor deyishadi. Natijada klubdagi ishi yo termadagi ishi chillaki bo‘lib qoladi. Balkim ikkalasi ham o‘lda-jo‘lda bo‘lib qoladi. Rahbariyat uchun terma jamoa qadr-qimmati shunchalar past ekanki, terma jamoani asosiy ishdan tashqari holatda boshqarish mumkin bo‘lsa. Abramovning boshida bir marta kaltak singani kamlik qilibdimi? Bitta tasodifiy xato yo qaltis bir vaziyat tufayli termadan haydalishi mumkin. Keyin klubdan ham haydashadi. Xudo ko‘rsatmasin.

5. Sherali, 24 yosh. Meni doim bir savol o‘ylantirib keladi. Messi va Ronaldulardan birini tanlash huquqi sizga berilsa, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
Shomurodovni tanlagan bo‘lardim. Javobimdagi ma’noni tushungandirsiz. Yevropa futbolini koshona qasrlarga o‘xshatsam, o‘z futbolimizni paxsa devor bilan o‘ralgan hovlimga o‘xshataman. Futboldagi kulbam ham shunga yarasha. O‘z hovlimni parvarishlab bir nima qilganimdan keyin koshona qasrlar hayoti bilan qiziqsam, yarashadi. Muayyan savolingizga javob beradigan bo‘lsam, Messini tanlagan bo‘lardim. Messi jamoa o‘yiniga o‘z o‘yinini bo‘ysindiradi. E’tiborini vaziyatga qaratadi, o‘z o‘yiniga emas. Ronaldu aksincha.

6. Qosimjon, 29 yosh. Bu yilgi “Manchester Siti”ning omadsiz o‘yinini qanday izohlagan bo‘lardingiz? Gvardiola va Kloppning farqlarini tushuntirib bera olasizmi?
Futbol juda katta bilimdonlikni talab qiladi. Masalan, xokkeyda bir g‘oya asosida o‘yin yaratasiz, o‘n yil davomida uning samarasini ko‘rasiz. Futbolda o‘yin bir yilda eskiradi. “Man Siti” o‘yini bultur eskirgan edi. Gvardiolaning zo‘ri bilan oldingi mavsumdayam, eskirgan o‘yin bilan chempion bo‘lishdi. Bu yil zo‘rlik o‘tmayapti. Klopp bu yilgi o‘yinni uch yilda yaratgan. Boshqa payt Gvardiola yaratgan o‘yinni atay tahlil qilib chiqarmiz. U bunga arziydi. Chunki Abramov shu o‘yindan andoza olmoqda. Shuning uchun grandlarning o‘yini biz uchun juda muhim. Pep bilan Yurgen farqlarini gapirish uchun ma’lumotim juda kam. Ularni ko‘rmaganman, ularni tanimayman. Busiz kimsa haqida gapirish mushkul ish. Gaplarim safsata bo‘lib qoladi. Bunday gaplar yoqsa, “Ofsayd”ni tomosha qiling. Meni Ulug‘bek bilan Vadimning farqi ko‘proq qiziqtiradi. Ularni ko‘rganman. Ular bilan gaplashganman.

7. Aziz, 43 yosh. Bir paytlar Londonning “Arsenal” jamoasining inqirozi Arsen Vengerga bog‘liq emas deb aytgan javobingizni o‘qigandim. Aftidan siz haq bo‘lib chiqqan ko‘rinasiz. Ayni paytda bu jamoani qanday qilib kuchaytirish mumkin?
Azizxon, demak Siz mening eski, kamida uch yillik qadrdonim ekansiz-da. Xursandman. Siz bilan bir kun stadionda uchrashish nasib qilsin. Hozir klublarimizni xususiylashtirish haqida ko‘p gapirishmoqda. Bunday qilsak, faqat klub emas, futbol ham kimningdir xususiy mulki bo‘lib qoladi-ku, demayapti hech kim. O‘sha mulkdor istasa, klubni sotib puliga qaysidir okeandagi qaysidir orolni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Yangi egasi daromad topish uchun xaridor topsa, qimmatroqqa yana sotib yuborishi mumkin bo‘ladi. Futbolchilar-u murabbiylari bilan birga klubni sotib yuboradi. Savolingizga kelsak, “Arsenal”ning ahvoliga uning egasi sababchidir. Venger, eslasangiz, Fabregas o‘yinini yetiltirib berdi. Uning o‘yini porlab ketdi. Keyin uni nima sababdandir “Barsa”ga sotib yuborishgan edi.

8. Murod, 33 yosh. Hasanali-otaga savolim o‘zbek futboli haqida. Poytaxt klublarida faoliyat yuritayotgan murabbiylardan tashqari qaysi viloyatda ishlayotgan o‘zimizning murabbiylarni kuchliroq deb hisoblaysiz va nima uchun?
Murodjon, savollarni sanab chiqsam, faqat uch-to‘rt kishi o‘z futbolimiz bilan qiziqar ekan. Davron Fayziyevga ming rahmat. Yevrofutbolni juda yaxshi tahlil qiladi. Zidan, yo Klopp haqida juda ko‘p ma’lumot topishimiz mumkin. Sara jurnalistlarimiz yevrofutbol targ‘iboti bilan band. Xayrulla Hamidov ham o‘z futbolimizni tashlab yevrofutbol targ‘ibotiga o‘tib ketdi. Yetmaganiga butun rus saytlari-yu, TVsi ham bu targ‘ibotga qo‘shilib turishibdi. O‘z futbolimiz murabbiylari haqida ma’lumotni kim manga yetkazadi? Qo‘limdan kelganida Ro‘ziqul Berdiyev haqida bir ocherk yozib bergan bo‘lardim. Baxtiyor Ashurmatovning ijodiy portretini yaratgan bo‘lardim. Aliqulovning ham potensiali baland. Men esa siz kabi oddiy bir futbol ishqiboziman. Bu ish qo‘limdan kelsa-da, vaqtim yetmaydi. Shu yoshimda ham tirikchilik tashvishidan ortmayman. Zamonamiz shunaqa. Kim kuchli degan savolga kelsak. Bulturgi Kubok finalini eslang. “Paxtakor”dagi sharoitni Ashurmatovga yaratib beraylik-da, keyin Shota kuchlimi yo Baxtiyor kuchlimi degan savolga javob qidiraylik.

9. Jahongir 31yosh. “Liverpul” jamoasining muvaffaqiyatini faqat murabbiy omili bilan bog‘laysizmi yoki futbolchilarning ham xizmati bormi?
Jahongir, kartadan Liverpulni topa olmadim ham. Kartamda kichkina nuqta bo‘lsa kerak. Bekobod haqida so‘rang. U yerda ikki marta bo‘lganman. Bir marta Sir bo‘yida ehson oshini yeb keldik. Ikkinchi gal stadionda futbol ko‘rganman. Shuning uchun Andreev haqida bir nima deyishim o‘rinli bo‘ladi. Uzreportdagi gaplarga qo‘shilsam, manimcha men ham lo‘ttibozlik qilgan bo‘laman. Stadionga borib futbolni jonli ko‘rmay turib bir fikr bildirishim mumkinmi? Qoziravotga borib Vadim Shotani har tomonlama yutgan o‘yinini ko‘rdim (3:2). Bu o‘yin bir jang bo‘ldiki, uning takrori bo‘lmaydi. Uyga kelib o‘yinni TV orqali ko‘rsam, boshqa narsani ko‘rdim. Bu futbol emas edi. Avvalo operatorlarimizga “rahmat”. Keyin aytsam, sakkizta katakni ko‘rib shahmat haqida fikr bildirib bo‘ladimi? Yo‘q. Futbolda esa mumkin ekan. Bir umr stadionga kelmay TVda futbol ko‘rib gap so‘qiydiganlarni tushunmayman. Bundaylar borgan sari ko‘payib ketmoqda. Bu biyronlarni biron marta stadionda ko‘rmaysiz.

Savolingizga javob berish uchun men ham “biyronlarga” qo‘shilaman. Maydondagi o‘yinning muallifi Bosh murabbiy bo‘ladi. O‘yin vaziyatlardan tashkil topadi. Maydonda bo‘lib o‘tgan barcha vaziyatlarning muallifi butun jamoa bo‘ladi. Futbolchi murabbiy yaratgan ssenariyga “assistentlik” qiladi. Zaxirada o‘tirganlar ham, stadionda hayqirib o‘tirganlar ham maydondagi voqealarga ta’sir o‘tkaza olishadi. “Barsa” o‘yinlarining 50 foizga muallifi Messi bo‘ladi. “Liverpul” o‘yinida yuz foiz mualliflik Kloppga tegishli. U futbolchilardan bir butun ansambl yarata oldi. “Man Siti”ning bugungi orqaga qaytishiga ham, o‘yinning qoliplanib qolishiga ham Gvardiola sababchi. Futbolchi shaxmat donasi emas. Jahon yulduzining o‘yinga ta’siri katta bo‘ladi. “MYu”dan ketgan Ronalduning “Real”dagi o‘yini charaqlay olmayotgan edi. Uning ochilishi uchun jamoani Iguain, Di Mariya kabi yulduzlardan “yagonalab”, Ronalduga mos ansambl yaratish kerak bo‘ldi. Karlo-ota shu ishni qildi. Bugungi kunda Ronaldusiz kuchli ansambl yaratish mashaqqati davom etmoqda. O‘yinchilar bilan bosh murabbiy bir butun, bir fikr, yakdil bo‘lishi kerak. Yevropada ushbu sharoitni birinchi galda yaratishadi. Gvardiola “Bavariya” o‘yinchilariga tushunarliroq bo‘lishi uchun olmon tilini o‘rgangan ekan.

Bizda-chi? Aksar murabbiylarimiz ikkita chala tilda, qashshoq o‘zbek va maymoq o‘ris tilisida bir nima tushuntirmoqchi bo‘lishadi. Qashshoq tilini “svyazka slov”lar bilan boyitishadi. Futbolchi maydon chetida turib j...b deb so‘kinib baqirib turgan murabbiy bilan yakdil bo‘la oladimi?.. Bizning futbol kulbamiz shu ahvolda. Esiz va afsus.             

Azizlarim, savollaringiz uchun rahmat. Siz bilan sirtdan diydorlashib, tillashib, dillashib oldim. Sizlar bilan yuz ko‘rishish nasib etsin. Men uchun juda muhim sanalgan mavzu haqida, o‘z futbolimiz ravnaqi haqida uch-to‘rtta savol berilibdi. Ularga ertaga alohida batafsil javob berishga harakat qilaman.

11.12.2019. Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 13.12.2019 22:13. O'kildi: 10189 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.