07:30 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал. 10:40LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 22:40 "Кто кого?". 23:05 "Формула-1. Гаснут огни". 23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 "Тайны звёзд спорта". 03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место. 04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
05:00 "Лига героев". 07:00 "Жизнь после спорта". 07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "Большой хоккей". 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция. 19:55LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция. 21:25LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция. 23:45 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида. 01:55 Евротур. 02:45 Д/ф "Лионель Месси". 03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137. 08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142. 09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины. 11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 17:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 22:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция. 01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
“Oliy liga formati o‘zgarishi kerakmi?” deb atalgan maqolaga diqqatingizni tortmoqchi bo‘lgan edim. Unda bayon etilgan fikrlarni sharhlash o‘rniga kattadan-katta maqolani yozibman oldingi safar.
Uning sababi bitta. O‘FF prezidentining birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Hamma bu anjumanni bor vujudi bilan, katta qiziqish bilan kutib olgan edi. Men ham ilhaq edim. O‘ylashimcha, Siz uchun ham, ushbu voqea muhim edi. Siz bilan hamohang bo‘lib, birdam bo‘lib, avvalo, shu voqeaga munosabat bildirib chiqdim. Gal Xayrulla Xoliqov yozgan maqolaga keldi.
MAYDON TASHQARISIDAGI “O‘YINCHILAR” Maqola to‘rt qismdan iborat ekan. “Oliy ligadi 16ta jamoa ko‘pmi?” deb birinchi qismda mazkur masala yuzasidan ishtirokchilar soni ko‘rib chiqilgan. 2015 yil oliy liga turnirida ishtirokchilar soni 16gacha yetkazilib, ikkitaga ko‘paytirib futbolchilar sonini ham ko‘paytirdik, deb yozilgan. Natijada birinchi ligadan kelib qo‘shilgan futbolchilar saviyasi oliy liga talabiga javob bermaydi, deb yozilgan. Kimning saviyasi javob beradi? “Obod”da o‘ynayotgan Komilovning saviyasimi, yo “Nasafda” o‘ynayapgan Shahboz Erkinovnikimi, yo “Olmaliq”da o‘ynayotgan Shavkat Mullajonovnikimi? Albatta Mullajonov bilan Erkinov saviyasini baland deymiz. Futbolchining saviyasi o‘yin tajribasi bilan o‘lchanadi. 1-liga o‘yinchisida qanday tajriba bo‘lsin? Lekin boshqa tomondan masalani yoritaylik. “Olmaliq”da o‘ynayotgan Inomovning saviyasi o‘sib bormoqdami yoki “Neftchi”da o‘ynayotgan Isroilovning saviyasi o‘smoqdami? To‘g‘ri aytdingiz. Nima uchun? Chunki yosh Isroilov oldida oliy liga musobaqasida o‘ynayapganidan o‘z tajribasini oshirib borish uchun ravon ko‘cha eshigi ochilgan. Agar ishtirokchilar sonini kamaytirib, “Neftchi”ni birinchi ligaga tushurib yuborsak, qanchadir yosh futbolchilar o‘z mahoratini o‘stirib borish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi. Bu fakt.
Muallif 1-liga o‘yinchisining saviyasini past deb hukm chiqarib yozgan. Buni o‘zgarmas aksioma deb bilgan. Xayrulla, chempionatimiz saviyasini nima bilan o‘lchamoqdasiz? Birinchidan, chempionatimiz ichidagi raqobat bilan o‘lchanadi deb to‘g‘ri javob berasiz. Siz, avvalo, 1-liga o‘yinlar saviyasini juda past va shunday bo‘lib qoladi, deb qabul qilgansiz. Bunga rozi bo‘lib fikr yuritmoqdasiz. Bunga hamma qo‘shiladi. Siz buni o‘zgarmas haqiqat deb qabul qilyapsiz. Birinchi liga o‘yinlar saviyasini oshirish kerak deb, xulosa chiqarmayapsiz. Oliy liga ishtirokchilar sonini kamaytirish kerak deb xulosa chiqarmoqdasiz. O‘yindan oldin o‘yinni kelishib qo‘ygan "o‘yinchilar” raqobatni maydon tashqarisida qilib, ularning “kurashi” avj olib ketgani bilan ishingiz yo‘qmi? Kelishilgan o‘yinlar chempionat saviyasini pasaytirayotgani tugul, musobaqani fiksiyaga aylantirib qo‘ymoqda ekan, bu bilan ham ishingiz yo‘qmi?
Ishtirokchilar sonini kamaytirsak, kelishilgan o‘yinlar kamayib qolmaydi. “Paxtakor”dagi “Mash’al”ni ko‘rib Xomyakovga qoyil qolgan edim. Yutqazgan bo‘lsa-da yaxshi jamoa va yaxshi o‘yin bilan tabriklagan edim. Qozirabotdagi o‘yinda bu jamoani tanimay qoldim. “Bunyodkor”ga qarshi butunlay boshqa jamoa tushgan edi. Menga o‘yin topshirilganday bo‘lib ko‘rindi. Lekin buni hech kim isbot qila olmaydi. Men yo siz bir nimani sezib yurasizu , shubhangizni isbot qila olmaysiz. Shubhali narsa harom hisoblanadi. Qiynalasiz. Siz sodiq bo‘lib e’zozlab yurganingiz Sizga xiyonat qilganday bo‘ladi. Mash’alchilar o‘yindan oldin suratga tushishdan bosh tortishgani balkim, shuning uchundir. Ular ham qiynalayotgandir. Bu yil “Nasaf” medallarga qanchalar munosib bo‘lmasin, uni baribir pastga siqib chiqarishadi, deb o‘ylayman. “Paxtakor” haqiqiy qarshilikka uchrab, jang qilib “Mash’al” ustidan g‘alaba qozongan edi. O‘yin dramaturgiyasi haqiqiy bo‘lgan edi. “Bunyodkor” esa, mashg‘ulot o‘tkazganday o‘ynadi.
YOSHNING YO‘LI BO‘G‘ILGAN. KATTALAR YALLO-TARALLO Ishtirokchilar soni kamaygani bilan raqobat ko‘payib qolmaydi. Manimcha, musobaqani ikki bosqichli qilib raqobatni kuchaytirib, kelishuvlarning yo‘lini to‘sishimiz mumkin bo‘ladi. Chempionatimiz saviyasi, ikkinchidan, klub ichidagi raqobat bilan o‘lchanadi. Ishtirokchilar sonini mexanik tarzda kamaytirsak, jamoa ichidagi raqobat oshadi, futbolchilarning saviyasi o‘sadi deb, muallif yozgan. Bunga nima deyman. Xo‘p deymanmi? Barcha murabbiylar tayyor tajribali o‘yinchilarga ishonib ishlashadi. Yangi avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishni o‘ylashmaydi. Odmi o‘yinchilar tugul yosh paytida terma jamoa darajasida o‘ynagan futbolchilar ham o‘smay qolishmoqda. Chunki jamoa ichidagi raqobatda doim yoshi katta tajribali o‘yinchi tajribasiz, navqiron o‘yinchini yutib ketadi. “Olmaliq”ning yarmidan ko‘p o‘yinchisi o‘ttizdan oshib ketganligi gapimni tasdiqlaydi. (Masalan, Xolmuhammedov “Paxtakor” dublida necha yil yurib, futboldagi umrini bemavrid o‘tkazayozdi.) Yoshu-“qari” orasidagi shunday munosabat ob’ektiv haqiqat bo‘lib qoldi. Nima uchun? Chunki murabbiydan klub prezidenti faqat natijani talab qiladi. Tezpishar natijani. Murabbiyning hech narsaga imkoni qolmaydi. Abramov shartnomaga ko‘ra yarim yildan keyin ketishini oldindan bilgani uchun o‘zidan keyin o‘yini shakllangan yaxshi jamoani qoldirmoqchi. Unga buning imkonini bermasdan mag‘lubiyatlar uchun mavsum tugamasdanoq haydab yuborishadi, shekilli . Gazetaning har bir sonida unga qarshi maqola yozilmoqda. Buyurtmaga o‘xshaydi. Boshqalar haydalmaslik uchun undan talab qilingan natijani nima qilib bo‘lsa-da, ko‘rsataman deyishmoqda. O‘yin sifati bilan ularning ishi yo‘q. Hech kimning ishi yo‘q.
Bizda klub prezidentini ma’lum muddatga saylashmaydi. U homiylar tomonidan tayinlanadi. Chet elda homiy klub hayotiga a-ra-lash-may-di. Bizda klub prezidentini ham bir kunda ishdan bo‘shatish mumkin. O‘FF klub ishiga aralasha olmaydi. U klub hayotidan chetda turadi. Homiy tashkilot klub prezidentini almashtirib yuborish sababini hech kimga aytmaydi. Murabbiyga ham, futbolchiga ham ertangi taqdiri noma’lum. Futbolchilarimiz har yili klubma-klub izg‘ib yurishadi. Xoliqov esa, 12ta jamoagacha ishtirokchilar sonini kamaytirsak, olam guliston bo‘ladi demoqchi.
ISHQIBOZ BO‘LING. ISHTIYOQ KO‘PAYADI Muallif maqolaning ikkinchi qismini “Sport va Siyosat” deb nomlabdi. O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan munosabat to‘liq sportcha qarash maqomini olgani yo‘q deb, Xoliqov futbol mavqeini ikkiga bo‘lib yubordi. Futbolni bir-biriga zid bo‘lgan siyosiy va sportaviy maqomga ajratgan. “Agar biz futbolni sport deb oladigan bo‘lsak, hozirgi 16 jamoa ko‘plik qiladi”, deb kamaytirishni so‘ragan. Siyosiy talabga muvofiq ishtirokchilar sonini ko‘paytirsak yaxshi bo‘lar emish. Sport talabi siyosiy talabga qarama-qarshi qo‘yilgan. Ajabtovur gap bo‘ldi. Siyosiy talab sportga zid bo‘lsa. Bir-birini to‘ldiruvchi futbolning ikki xil mavqeini bir-biridan ajratib qo‘yish sababi nimada ekan? Bilasizmi? Buni maqolasida aytgan boshqa bir gapidan tushunib oldim. Xayrulla “Futbol avvalo muxlislar uchun ko‘ngilxushlikdir”, deb yozgan. Bu gapdan ma’lum bo‘ladiki, bizning jurnalist hech qachon ishqiboz bo‘lmagan ekan. O‘zbekistonning Estoniyaga qarshi o‘yinini ko‘raman deb qor bosgan “Paxtakor”ga kelib 32-burjda tikka turgan holda 6 kishi bo‘lishib, junjikib Inileev yiqqan futbolchilarga dalda berib turishni ko‘ngilxushlik deb bo‘ladimi? Yoki Olma-otaga borib “Paxtakor”ning “Qayrat”ga qarshi o‘yinini ko‘rib, o‘sha kuniyoq yo‘lda azob chekib, mag‘lubiyatdan qayg‘urib Toshkentga qaytish ko‘ngilxushlik ekanmi? Basketbol yoki Nasiba Abdullayevaning muxlisi tomoshaga kelib ko‘ngilxushlik qiladi. Futbol boshqa narsa. Ko‘ngilxushlik emas. Vatanparvarlik tuyg‘usi yoshu-qarini, boyu-kambag‘alni stadionga kelib birgalikda quchoqlashib, quvonishib, yoki birga qayg‘urib futbolga ishqibozchilik qilishga undaydi. Futbol faqatgina oddiy bir o‘yin bo‘lmay, balki ijtimoiy, siyosiy voqeadir.
Futbolimiz saviyasi ortishi uchun oliy ligada qatnashchilar soni 12gacha kamaytirish kerak bo‘lsa, avvalo siyosiy talab bo‘yicha shu ishni qilish kerak. Futbolimiz saviyasini oshirish davlatimiz uchun siyosiy ahamiyatga ega vazifadir. Aksincha, sport talabiga ko‘ra ishtirokchilarning soni 16ta bo‘lgani yaxshi. 9 jamoa bilan 4tadan o‘yin o‘tkazgandan ko‘ra, 15ta jamoa bilan 2tadan o‘yin o‘tkazgan yaxshi. Raqobatning kamayib ketganligi ishtirokchilar soniga bog‘liq emas.
70 FOIZNING 7 MANZARASI Maqolaning uchinchi qismida ikkinchi davra haqida gap ketmoqda. “Obod” va “Neftchi”ning 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragani uchun, “bu jamoalar futbol o‘ynashdan maqsadi nima o‘zi”, deb savol bermoqda. JChda Braziliya termasi Olmoniya termasiga 1:7 hisobida yutqazganida yo “Paxtakor” jamoasi “Nasaf”ga 0:4 hisobida yutqazganida muallif kinoya bilan shunday savol berganmi edi? Bunday og‘ir mag‘lubiyatlar o‘yinlar sonidan, demak ishtirokchilar sonidan kelib chiqayotgani yo‘q. Ikki mag‘lubiyatning ikki xil sababi bor. Ikkala jamoa vaziyatdan chiqib ketishning oson yo‘lini qidirishmayapti. O‘yinni o‘stiraman deyishmoqda. Muallif, ishtirokchilar sonini kamaytirsak, “o‘rtamiyona va birinchi liga saviyasidagi futbolchilarning oliy ligada to‘p tepishiga chek qo‘yiladi”, deb qattiq gapirdi. E’tibor bering, bu so‘zlarni o‘qib, uning ohangidan birinchi liga qo‘shni davlat ligasi-yu, oliy liga qadrdon o‘z ligamiz ekan, deb o‘ylaydi kishi. Oliy liga o‘yinchilari birinchi ligada yetishib chiqishmoqda. “NBU-Osiyo” o‘yini nisbatan kuchaygani uchun, ular ichidan kichik Abduxoliqov yetishib chiqmoqda. Zidan ham quyi ligadan o‘sib chiqqan. Bizning birinchi ligamizda raqobat va o‘yin past darajada. Turnirda raqobat yo‘q. Birinchi liga o‘yinlarining past saviyasi oliy ligamiz saviyasini belgilab bermoqda. Qaysi jamoamiz yozda 16 yashar iqtidorni birinchi ligadan o‘ziga olib, uni asosiy tarkibga qo‘ydi? Siz, bilasizmi? Baxtiyor Shirinovdan so‘rash kerak. U biladi. Qaysi murabbiy shunday qildi? O‘libdimi, shunday qilsa? Hech kim bunday qilmaydi, dersiz. Hamma boshqa klubdan “tajribaliroq” o‘yinchini og‘dirib olishga intiladi. O‘zbek zidanlari o‘n to‘rt yoshidayoq qurib qolmoqda. Xayrulla so‘zlarida esa, birinchi ligani kamsitish ohangini tuydim.
Birinchi liga turnirini tubdan isloh qilmasak, futbolimizni o‘stira olmaymizku. Bilasizmi, nima uchun? Birinchi liganing 40ta o‘yinchisidan 4tasi futbolimizda iz qoldiradi. Ommaviy futbol musobaqalarining saviyasini o‘stirishimiz kerak. Oliy liga futbolchilarining 70 foizi klubdan klubga ko‘chib yurgan, o‘yini boshqa o‘smaydigan, oldinga intilmaydigan ballast futbolchilar emasmi? Nega bunday demoqdaman? Joyini birovga bermaydi, o‘zi oldinga o‘smaydi. Nega? Musobaqaning 70 foiz ishtirokchisi o‘z moliyaviy ahvoliga ko‘ra oldindan o‘z o‘rnini biladi va mavsum boshida o‘sha joyi bilan cheklanishga mahkum bo‘ladi. Bu ahvolni na o‘yinchilar mahorati, na murabbiyning mahorati o‘zgartira oladi. Masalan, “Nasaf” necha yildan beri chempion bo‘lish salohiyatiga ega o‘yin ko‘rsatmoqda. Lekin bunday vazifani o‘z oldiga qo‘ya olmaydi. Xaqqi yo‘q. Sababini aytdim. Bu yil “Lokomotiv” chempion bo‘ladi. Keyingi yil “Paxtakor”. Qarshilar yo‘q. Qarshiliklar bor. Ularga yo‘l bo‘lsin.
Bizda an’anaga ko‘ra 70 foiz futbolchining har biri 24 yoshga kelib amal-taqal qilib asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanadi-yu, Xoliqov istagan o‘sha “oliy liga darajasidagi o‘yinchiga” aylanadi-yu, o‘sishdan to‘xtaydi. Hatto o‘tmishda yulduzimiz bo‘lgan Jasur Hasanovning o‘yini 7 yildan beri o‘smadi, o‘zgarmadi. O‘sha-o‘sha. Ko‘chada jipni minib yursa, maydonda eski mahoratini minib yura beradi. Har gal ular ko‘tarma pullarni yeb ketarga olib, klubdan klubga o‘tib yura beradi. O‘sishdan ularga naf yo‘q. Xayrulla esa, bir-ikkita jamoani kamaytirish payida yuribdi.
Barcha futbol musobaqalarimizni tubdan isloh qilish kun tartibida turibdi. Moliyalashtirish strukturasini tubdan isloh qilish ham kun masalasidir. Bularsiz oliy liga saviyasini o‘stira olmaymiz.
Azizlarim, sizlar ham futbolimiz saviyasidan zorlanib o‘yga tolgandirsiz. Futbolimiz haqida Siz ham yozing. Yozganlarimga befarq bo‘lmang. Inson suygan odamiga qattiq gapiradi. Undan ko‘p narsani kutgani uchun, unga katta talab qo‘yadi. Sizga yaqinligim bo‘lsa, qattiq raddiyalarigizni kutib qolaman. Sizlardan keyin men ham o‘z taklifimni yozib beraman.
Ezgu niyatlar bilan, Hasanali-otangiz yozdim.
08.10.2017 y.
Kiritilgan sana: 08.10.2017 09:18. O'kildi: 7791 marta.