05:55 Новости футбола. 06:00 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен". 08:00 Новости футбола. 08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Эльферсберг". 09:55 Новости футбола. 10:00 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум". 11:55 Новости футбола. 12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер". 13:10 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Бешикташ". 15:10 Чемпионат Турции. Обзор тура. 16:15 Новости футбола. 16:20 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Байер 04 Леверкузен". 18:15 Новости футбола. 18:20 Чемпионат Германии. "Майнц 05" - "Айнтрахт Франкфурт". 20:20 Новости футбола. 20:25 Чемпионат Германии. Перед туром. 20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания. 21:00 "Третий тайм". Егор Тесленко. 21:25LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Кёльн". Прямая трансляция. 23:25LIVE Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм". Прямая трансляция. 01:30 Чемпионат Германии. Перед туром. 02:00 Новости футбола. 02:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Кёльн". 04:00 Новости футбола. 04:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм".
05:25 Плавание. Чемпионат России в Казани. 07:35 "Лучшие из лучших". 08:00 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия. 09:35 "Формула-1. Гаснут огни". 10:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай. 12:10 "Век нашего спорта". "1940-1945". 12:35 Плавание. Чемпионат России в Казани. 14:30 "Непобедимый". 14:55 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве. 16:55LIVE Дзюдо. "Большой шлем" Казахстан Барысы в Астане. День 1. Прямая трансляция. 19:30 "Лучшие из лучших". 19:55 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв". 20:40 "Бессмертный футбол". Специальный репортаж. 20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания. 21:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве. 22:55 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия. 00:30 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 102. 01:30 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Гундерсен. 7,5 км. 02:00 "Непобедимый". 02:25 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай. 04:35 Плавание. Чемпионат России в Казани.
05:45 Специальный репортаж. 06:00 Новости. 06:05 Бадминтон. Чемпионат мира среди смешанных команд в Китае. 08:00 Д/ф "Король ринга. Николай Королёв". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Военный парад на Красной площади в Москве в ознаменование 80-й годовщины Победы в Великой Отечественной войне 1941-1945 гг. 13:30 Все на Матч! Прямой эфир. 14:00 Д/ф "Борзенко: Ринг за колючей проволокой". 14:55 Новости. 15:00 Д/ф "Жизнь - подарок!". 15:45 "Страна героев". 16:25 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова. 16:55 "Век нашего спорта". Нина Познанская. 17:20 "Век нашего спорта". "1940-1945". 17:45 Новости. 17:50 Все на Матч! Прямой эфир. 18:30LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Локомотив" (Ярославль) - "Салават Юлаев" (Уфа). 7-й матч. Прямая трансляция. 20:55 Светлой памяти павших в борьбе против фашизма. Минута молчания. 21:00LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Локомотив" (Ярославль) - "Салават Юлаев" (Уфа). 7-й матч. Прямая трансляция. 21:30LIVE Смешанные единоборства. "Южный рубеж 6" в Краснодаре, Россия. Прямая трансляция. 23:15 Все на Матч! Прямой эфир. 23:40LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Милан" - "Болонья". Прямая трансляция. 01:45 Все на Матч! Прямой эфир. 02:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 2 на автодроме "ATRON International Circuit". 03:25 Д/ф "Александр Великий". 04:15 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). 2-й матч.
05:30 Велоспорт. "Велошоу". 06:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1. 08:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 5. 09:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Лучшие моменты. 10:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. 11:30 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 5. 12:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1. 14:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. 15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Лучшие моменты. 16:00LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана. Прямая трансляция. 20:45 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 6. 21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 23:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана. 00:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал. 01:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 6. 02:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана. 03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1. 04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 1. Дуррес - Тирана.
Qayerga bormay, kim bilan uchrashmay menga hamma bir xil savol bermoqda. “Endi nima bo‘ladi? Jahonga chiqa olamizmi? Babayan ketadimi?” Mening ishqibozligimni bilganlar, bilmaganlar futbolni nazarga ilganlar, ilmaganlar, og‘zida shu savol. Birgina savol. Hammaning ko‘nglida vatan tuyg‘usi bor-da. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Hamma jahonga chiqishimizni xohlamoqda. Meni futbol jinnisi deb, menga past nazar bo‘lib, hayotimni alhazar, pastyozar qilib yurgan tanishlarim ham shu kunlari menga hamdardlik bildirib termamizga jonkuyarlik qilishmoqda. Qayg‘u barchamizni birlashtirib yuborgan.
TV orqali Zafar Qosimov, Norbek Niyozov “GOL” ko‘rsatuvida chiqish qilishdi. FIFA ko‘rsatuvida ham shu narsa bosh mavzu. Termamizning hozirgi holatini har tomondan yoritishmoqda. Faqat termamizga mas’ul odamlar xalq bilan muloqot qilishmaydi, hech kim bilan nechundir hamdard bo‘lishmaydi. Tolqon chaynaganday jim turishibdi. Qayerdadir yurishibdi. Yurtimizda bu yil urf bo‘lgan, majburiy bo‘lgan, odat tusini olgan xalq bilan muloqot qilish O‘FF rahbariyatiga tegishli emas ekan. Butun yurtimizning bu yilgi hayotini shu nom bilan atasakda, yil bo‘yi bir marta ham futbol rahbariyatidan hech kim xalq bilan muloqot uyushtirmadi. Hammaning ulardan hafsalasi pir bo‘lgan. Mutasaddilar Babayan yoshlar o‘yinini barbod qilganidan keyin ham jim turishgan edi. Hozir ular nega jim?
Shunday holatda O‘FF rasmiy bayonot bilan chiqdi. Nihoyat hamma kutgan voqea sodir bo‘ldi. O‘FF rahbariyati xalq bilan jonli muloqat uyushtirishini e’lon qildi.
O‘FFning rasmiy bayonotini qiziqib o‘qib chiqdim. Uning matnini Sanjar Rizayev O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev topshirig‘i bo‘yicha yozib chiqqandir, balkim. Kimdir, qaysidir jurnalist yozib bergan, albatta. Bayonotda rahbariyat termamiz holatiga hech qanday baho bermagan. Terma atrofidagi vaziyatni sharhlab chiqmagan. Termamizning bugungi og‘ir holatidan kelib chiqib, qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qandaydir qat’iy chora ko‘rishini aytmagan ham. Voqelikni xaspo‘shlash uchun, xo‘ja ko‘rsinga, xo‘ja o‘qishi uchun qo‘l uchida yozilgan bayonot bo‘ldi. Ertasi kuni jonli muloqot xuddi shunday xo‘ja ko‘rsinga xo‘jalar, aslzodalar bilan faqir kirmas dargohda o‘tkazildi.
Vaziyatni andavalash bo‘ldi. Yo‘q, rasmiy bayonot ustidan chaplama suvoq bo‘ldi. G‘adir-budirlarni silliqlab ko‘rsatish sahnasi bo‘ldi. Ahrol Inoyatov muloqotga kelishini tushunaman. Oq qorani kelishtirish rolini yaxshi bajarib yuribdi. Bu sahnada Ro‘ziqul Berdiyevga nima bor edi, bilmadim. Bayonotga qaytaman. Rahbariyat “Milliy termamiz keyingi taqdiri haqidagi bahs va munozaralarni... juda yaxshi tushunib turibdi” ekan. (gapda ma’no yo‘q). Matn muallifi meni kechirsin, ishqibozlar ushbu kunlar, masalan, jahon konfederasiyalar kubogi musobaqasi haqida “bahs va munozaralar” qilishmoqda. Milliy termamiz haqida esa, O‘zbekistonning butun futbol ommasi, yurtimizning barcha xalqi qay-g‘ur-moq-da. “Bahs” emish. Federasiyamiz qarorgohidagilar balkim, termamiz haqida salqin xonalarga kirib olib bir-biri bilan “bahs” boylashib yurishgandir. Termamizning hozirgi holati, bugungi hayoti ular uchun oddiy bir ishxona hayotidir, O‘FF, TJM ular uchun oylik olib ishlaydigan joydir. Biz uchun Milliy terma jamoamiz Vatan ramzidir. Yurt sha’nidir.
“Xavotirli fikrlarga hurmat saqlagan holda” Babayanga yana ikki oy muxlat berishibdi. Fossatti va Shtilike kabi murabbiylik mahorati bo‘yicha poygada zamonaviy rusmdagi avtomobilga qiyoslash mumkin bo‘lganlar kuchlirog‘iga almashtirildi. 2 oy yetarli muxlat-da. Bizga kelgan Xougton bir hafta ichida yangi o‘yin yaratgani esimda. 2 oylik poygada bizning Rahbariyat mahorat bobida qiyosan zaporojesga teng keladigan Babayanga o‘z ishini “oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat beradi.” Yana 2 oy tarillashi kerakmi bizning “shalog‘i chiqqan moshina”?! Rahbariyat muloqot paytida ushbu “Zaporojes” uchun zo‘r sharoitli “garaj” qurib berdik deb maqtanishdan nega uyalishmadi.
Kosa sinib bo‘lgach, 5 sentyabrda chora ko‘rilar emish. TJM ishiga chega qo‘yilar emish. O‘FFning uzluksiz faoliyat yurgazib kelayotgan ijroiya qo‘mitasi bor ekanmi, azizlarim? Ular kimlar? Ushbu qo‘mitaning Byurosi bor ekanmi? Ular kimlar? Xonam to‘riga ularning suratini osib qo‘yay. O‘sha Byuroning qarori ekan-da sentyabrda ko‘rib chiqilar qat’iy “choralar”.
Muhtaram janobi Byuro, Sizni shunday deb atashga ijozat bering, Lippi Xitoy Milliy Termasi o‘yini darajasini yangi pog‘onaga ko‘tarish uchun, davlat rejasini tuzib chiqib uni amalga oshira boshlaganiga qancha bo‘ldi? Valaqlab ichib-chekib yurishni 5 sentyabrda tashlayman, deb ahd qilgan beta’sir, betarbiya bolaning va’davozligiga o‘xshab qoldi-ku bu gaplaringiz. Axir mundial yo‘lida hal qiluvchi ikkita rasmiy jangovor o‘yin darajasi keyin qachondir o‘tkazilajak 20ta o‘rtoqlik o‘yinidan baland-ku. Jahonga chiqsak-chiqmasak, yangi bosh murabbiy uchun bo‘lajak 2ta janglar-jangi juda foydali bo‘lar edi-ku. Shunga aminmanki, sentyabrda ham Milliy termamiz o‘yinini o‘stirar chorasini, futbolimizni ravnaq yo‘liga olib chiqar chorasini ko‘rmaysiz. Buni istamaysiz ham. Jahonga chiqib uzoq davomli qarsaklar eshitishni istaysizlar. O‘yinimiz darajasini o‘stirish yo‘lidagi mashaqqatlar emas, maqtovlar sizlar uchun muhim. O‘yinimiz o‘xshamay qolsa, aybdor qidirasiz. Muayyan shaxsi, yuzi, nomi, sha’ni, nomusi bo‘lmagan qandaydir eski Byuro-akamiz aybdor topiladi. Va u yangilanadi. Og‘zi shaloq fanatlar Babayanni haqoratga ko‘mib tashlashadi.
Mo‘jiza sodir bo‘larmikan deb umid qilgan Babayan Eron o‘yinidan oldin jahon chempioni bo‘lgan sportchilarimizning duosini olgan edi. Foyda bermadi. Siz, Byuro-aka, hech narsa qilmasdan, jon kuydirmasdan, aql ishlatmasdan, hatto bayonot matnini ham qo‘l uchida yozib ikki oy ichida Babayandan nimani kutmoqdasiz? Byuro-aka, Sizning boringiz shu bo‘lsa, ikki oydan keyin Babayan borim shu demaydi. “Borimiz shu” deydi. Yoshlar bilan aytgan shunday gapi Sizga kamlik qilgan ekan. Sizga yoqib qolgan ekan. Yoki Siz ham mo‘jiza istab qoldingizmi? Olma pish, og‘zimga tushmi? Mo‘jizani chol ibn Hattob soqolidan kuting.
Ertasi kuni Babayan xalq bilan bo‘lgan jonli muloqotga kelmadi. Uning holati og‘ir. Keyrush zarbasidan og‘zi-burni qonab ketgan bo‘lsa-da, o‘ziga to‘g‘ri baho bera olmayapti, chog‘i. Qachon, qancha toshni yelkasiga olishni Ruslan Nuriddinov yaxshi biladi. Samvel Babayan-chi? Moskvadan kelib o‘zining imkoniyatlarini to‘g‘ri baholab iste’fo berarmikan? Bilmayman?
Ahvolining dramatik zirqirashi menga noma’lum. Uning hozirga bir kunlik hayoti haqida yozar bo‘lsam, yuzta badihaga sig‘maydi.
Shu payt oddiy matbuot kotibining aprelda bo‘lib o‘tgan bir necha kunlik hayotiga, voqealarning dramatizmiga men shohid bo‘lgan edim. Eng muhimi bu voqeada jurnalistning o‘z holatiga, bo‘lib o‘tgan voqelikka tahliliy baho bera olganidan xursand bo‘lgan edim. Babayan-chi? Uning ruhiy kechinmalari qanday bo‘lmoqda? O‘z ahvoliga ob’ektiv baho bera olmoqdami? Buni hech kim bilmaydi. Babayanning ichki ruhiy hayoti men uchun noayon. Bo‘lajak ikki oylik kechinmalari o‘z oldida nopayon. Bularning hammasi ishqibozlar oldida nobayon bo‘lib qolmoqda. Nobayon. O‘ZI bilguvchi.
Shunday ekan bilgan, guvohi bo‘lgan bayonimni, ilgari yozgan “bayozimni” Sizga, azizlarim, yetkazmoqdaman. Qiziqarli bo‘lsa o‘qib chiqarsiz, balkim. Balkim, termamiz og‘riqlaridan bir oz chalg‘irsiz.
Azizlarim, Jahonga chiqolmasak, kimnidir ayblashga, haqoratga ko‘mib tashlashga olg‘irsiz, olg‘ir. Chiqib qolsak, bir-biringizni maqtovga ko‘mib tashlaysiz. Hozirgi holatga Siz ham, men ham aybdormiz. Shu holatga yo‘l qo‘yib berganimiz uchun aybdormiz. Mutasaddilar, rahbariyat xodimlari sentyabrda ish joyini yoppasiga almashtirishmoqchi. Boshqa shinam xonalarga ko‘chishmoqchi. Sizu biz esa, termamiz bilan teshik tog‘ora oldida qolib keta beramiz. Hammasi eski hammom-eski tosligicha qola beradi. Eng achinarlisi shu.
Kiritilgan sana: 24.06.2017 14:18. O'kildi: 6800 marta.