Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 31.03.2025 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Sevilya
      • 01.04.2025 00:00
      • Selta
      • 1:1
      • Las-Palmas
  • «A» Seriya
      • 31.03.2025 21:30
      • Verona
      • 0:0
      • Parma
      • 31.03.2025 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Torino
  • APL
      • 01.04.2025 23:45
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 01.04.2025 23:45
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 02.04.2025 00:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 02.04.2025 23:45
      • Brayton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 02.04.2025 23:45
      • Sautgempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 02.04.2025 23:45
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lester
      • 02.04.2025 23:45
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brentford
      • 02.04.2025 23:45
      • Bornmut
      • -:-
      • Ipsvich
      • 03.04.2025 00:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 66
2 Real Madrid 29 63
3 Atletiko 29 57
4 Atletik Bilbao 29 53
5 Vilyarreal 28 47
6 Betis 29 47
7 Rayo Valyekano 29 40
8 Selta 29 40
9 Malyorka 29 40
10 Real Sosyedad 29 38
11 Xetafe 29 36
12 Sevilya 29 36
13 Jirona 29 34
14 Osasuna 29 34
15 Valensiya 29 31
16 Espanyol 28 29
17 Alaves 29 27
18 Leganes 29 27
19 Las-Palmas 29 26
20 Valyadolid 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29-тур Espanyol 1-1 Atletiko
29-тур Alaves 0-2 Rayo Valyekano
29-тур Real Madrid 3-2 Leganes
29-тур Xetafe 1-2 Vilyarreal
29-тур Barselona 4-1 Jirona
29-тур Valensiya 1-0 Malyorka
29-тур Atletik Bilbao 0-0 Osasuna
29-тур Betis 2-1 Sevilya
29-тур Selta 1-1 Las-Palmas

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/25 Vilyarreal - Espanyol

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 20021 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Boriga shukr (7-qism)

Baho:
+0; -0

7. ANDREY FYODOROV. (davomi)

B.A. Yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinni birgalikda stadionda ko‘rdik. (“Lokomotiv”- “Bunyodkor” 0:0) Man o‘yinni sharhlab bordim. Butunlay boshqa “Bunyodkor”, butunlay boshqa Lutfulla To‘rayev, butunlay boshqa Abramovni ko‘rdik. Chiroyli o‘yin juda chiroyli finishga ega bo‘lgan edi. Laysmenning bayroqchasi bir siltanib bu chiroyni o‘ldirdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Abramov VAR bizda yo‘qligidan afsuslandi. Bo‘lganida gol hisobga olingan bo‘lar edi, deb aytdi.

F.H. Shunday bo‘lganida, kuchsiz laysmen xato qilsa-da, “yaxshi ishlab” bergan hisoblanarmidi? Unga gap tegmasmidi? Masalan, Qo‘chqorov nega bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaydi? O‘zi bilan VARni olib yurmaydi-ku. O‘zi VARdan kuchliku. VARning yaxshi tomoni shundaki, maydonning o‘zida xato tuzatilib, adolat qaror topadi. Yomon tomoni esa, aytib o‘tganimdek malakasiz hakamlarga maydonga yo‘lni katta ochib beradi, mas’uliyatini pasaytirib qo‘yadi.

YA.L.S. Ya s vami soglasen. V nashem futbole, gde borba do posledney sekundi bila bolshoy redkostyu, gde soglasovaniye igri to na visshem urovne, to na bolee nizkom urovne ne bilo redkostyu, togda v visshem kachestve sudeystva potrebnosti ne bilo, togda mi takiye oshibki sudeystva prosto ne zamechali. Vernee zamechali, no “plakali v platochek”. A vchera mi uvideli ne tolko nastoyashuyu sportivnuyu borbu, no i boynyu za pobedu do posledney sekundi.

H.Q. Shu yerda, Yasha-aka, Siz bilan qo‘shilmayman. Quruvchi yoshlar so‘ngi soniyagacha bir jonu-bir tan bo‘lib zavq bilan o‘ynashdi. Temir yo‘lchi akalari maydonda murabbiy topshirig‘ini bajarishga harakat qilishdi. Maydonga tushib jang qilishmadi. Har bir temir yo‘lchi o‘z vazifasini bajardi, xolos. Ularning o‘yinida zavq yo‘q edi. Fyodorov futbolchilarni qattiq jangga chog‘lantira olmayapti. “Loko”chilar jang qilishganida edi, boshqacha o‘yinni ko‘rgan bo‘lardik. Quruvchi yigitlar hech kim bilan jang qilishgani yo‘q. Yo‘q, jang qilishdi. Ular o‘z nuqsonlariga qarshi jang qilishdi.

YA.L.S. Pravilno skazali. Vidimo Fyodorov ploxoy motivator. Ili tut vinovato rukovodstvo “Lokomotiva”. Priobretaya visokoklassnix igrokov, ne povishaya kachestva igri, bez trenerskoy misli, za schyot masterstva i opita dorogix igrokov rukovodstvo schitayet, chto mojno dobitsya visokix rezultatov. V takom polojenii del trudno motivirovat igrokov na borbu. Rukovodstvo schitayet, chto s krikom ili ruganyu mojno motivirovat na borbu do posledney sekundi lyubogo igroka. Ili schitayet, chto bez krika mojet reshit sudbu matcha drugim sposobom, dogovorivshis v visokoy instansii. Do six por tak i bilo.

H. Q. Anjumanda Fyodorovga yigitlari maydonda borini berib o‘ynashmagani hususida savol bergan edim. “Oni professionali, oni doljni vikladivatsya spolna”, deb keyingi savolga o‘tib ketdi. Savolimda jon bor edi. Raqiblari yosh bo‘lishgani uchun o‘z mahorat cho‘qqisiga intilishmoqda. Ularning barcha orzulari oldinda. “Loko”ning aksariyat o‘yinchilarining katta yutuqlari ortda qolgan. Shuning uchun ularni jangga chog‘lantirish qiyin, degan fikrda edim. Fikrim xato ekan. Hamma narsa murabbiyga bog‘liq ekan. Buni keyingi o‘yin, arablarga qarshi o‘yin ko‘rsatib berdi. Anjumanda murabbiy bilan bahslashib bo‘lmaydi. Lekin man e’tiroz bildirib o‘tdim. “Soglasen, oni kak podobayet profi, xorosho rabotali na futbolnom pole. Vernee otrabativali igru. Vashi soperniki s azartom vdoxnovlyonno igrali. V kajdom epizode matcha, v kajdom yedinoborstve molodie pereigrivali vas” degan gaplarim e’tiborsiz qoldi.

F.H. Boburjon, Andrey keta turib qulog‘ingizga nima deb pichirladi?

H.Q. Quloqqa aytilgan gapni boshqa bir kimsa bilishi shart emas. Buni so‘rab bo‘lmaydi. Hammaga aqlli gaplar emas, quloqli gaplar qiziqarlimi, deyman. Siz, Shahboz, har anjumanda Lushanga qachon “Bunyodkor”dan ketasiz deb savol berar edingiz. Kecha Fyodorovga shunday savol berdingiz. Bunday savoldan, masalan, Qosimovning jahli chiqishi mumkin. Fyodorov oddiygina qilib, rahbariyat hal qilishi kerak deb aytdi.

B.A. O‘zini hurmat qilgan mutaxassis o‘zi ketishi kerak. Man anjumanda savol o‘rnida shuni aytdim.

F.H. Katta “qahramonlik” qilibsiz. Masalan, Lushchan o‘z arizasiga ko‘ra “So‘g‘diyona”dan o‘zi ketdi. Ashurmatov xuddi shunday yo‘l bilan “Buxoro”dan ketdi. Manzilga yetmay turib kemani kapitan tashlab ketganday bo‘ldi. Yaxshi bo‘ldi deysizmi? Boqoyev qo‘l ostida jamoa yaxshi o‘ynab ketdi deysizmi? Bu hol kiyimini amallab Sulsherga kiydirib, voqeani tushunishimiz mumkin. M.YU.da Sulsher ruhiy iqlimni yaxshilab qator yutuqlarga erishdi-yu, endi murabbiylik mahoratiga gal kelganida undan u-bu sado chiqmadi. Ish orqaga ketdi. Unda mahorat, tajriba qaydan bo‘lsin. U ustoz ko‘rganmi, bilmaymiz. Boqoyevning ustozi kim bo‘lgan? Hamma o‘zi bilag‘on bo‘b ketdi xozir. Boqoyev Sulsherga o‘xshab 8ta o‘yinni ketma-ket yutgani yo‘g‘u, har holda yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Bu yog‘iga diqqat bilan Boqoyev ishini kuzatamiz.

B.A. Qosimov Kumikov qo‘l ostida futbolchilik karyerasini yakunladi-yu, “Bunyodkor”da bosh murabbiy bo‘lib ishlab ketdi-yu, darrov katta yutuqlarga erishdi. Bunga nima deysiz?

H.Q. Kumikovdan dars olgan edi, demoqchimisiz? Bunday emas. Bugungi “Paxtakor”, kechagi “Lokomov”, o‘tgan kungi “Bunyodkor”dagi ahvollar, yakka hukmronlik holatlari futbolimiz rivojiga olib kelmayapti. Ot mingan “chavandoz” eshak mingan, yo yayov yugurganlar bilan poygaga chiqsa, ot mingan albatta, yaxshi yugurmasdan ham yutib ketadi-da. Shunday ekan, kechagi Qosimovda, bugungi Shota Arveladzeda, yo Andrey Fyodorovda, murabbiylik mahoratini pishirib qo‘yibdimi? “Paxtakor” shundog‘am bu yil chepion bo‘ladi. Yuzma-yuz jangda Ashurmatov Arveladzeni har tomonlama taslim qilgan bo‘lsa-da, maqtov to‘rida Shota turibdi. Baxtiyor chetda e’tiborsiz yuribdi.

F.H. Battar bo‘lsin. Kubok finalidagi yutug‘idan so‘ng, Baxtiyor qimor o‘ynab rosa ko‘p o‘yin sotgan deb eshitganman.

H.Q. Kunimiz uzun quloq gaplarga qolgan. Jurnalistlarimizga “rahmat”. Kumikov mavsum o‘rtasida Shavkat Mullajonov va Islom Inomovlarni o‘yin sotganlikda gumon qilib jamoadan haydagan edi deb eshitganman. Jurnalistlar jim. Mavsum tugagach, Kumikov futbolimizdan bosh olib ketishiga futbolimiz kriminallashib ketganligini sabab qilib ko‘rsatishgan edi. Jurnalistlar jim. Ahmadjonov “KUN UZ”ga bergan intervyuda futbol xo‘jaligimiz kriminallashib ketganligi to‘g‘risida gapirib o‘tgan edi. Jurnalistlar yana jim. Shu gapdan keyin jurnalistik tekshiruvlar qilib, futbolimizdagi kriminallarni fosh qilinglar, degan ko‘rsatma tepadan tushmadimi, deyman. Jurnalistlarimizda “labbay taqsir”chilik ko‘payib ketgan. Ko‘rsatma bo‘yicha ishlaydilar. Qo‘lga o‘rgatilgan jurnalistika haqida alohida, bafurja gaplashish kerak.

O.T.Andrey bilan Shotaga qaytamiz. Ikkalasi ham futbolchi o‘yiniga o‘yin qo‘sholmaydi. Buning ularga keragi ham yo‘q. Rahbariyatda pul ko‘p. Yoqmasa ular boshqa futbochini topib kelishadi-qo‘yishadi. Iskandarov “mohir ustozdan” ketib, undanda “mohirroq ustozning” qo‘l ostiga borib qo‘shildi. “Lokomotiv”da Sardor Mirzayevday iste’dodning o‘yini qotib qolgan. 4 yildan beri uning o‘yini bir mirigayam o‘smagan. Iskandarovning o‘yini bu klubda nima bo‘lardi? Terma jamoamizning himoyasi butunasiga temir yo‘lchilardan tashkil topgan. Al Vahdadan, yo Al Rayyandan olgan gollarni eslang. Ismoil Matar jarima maydonchamizda o‘z uyida yurgandek o‘zini his qildi. Hech kim uni yopmaydi. Hamma zonani ushlaydi. Markaziy yarim himoyachilarimiz o‘yinida hech qanday mazmun yo‘q. Hamjihatlik qaydan bo‘lsin.

“Paxtakor” o‘yin so‘ngida Al Axlidan olgan golini eslang. Abdulrahmon G‘arib oldida to‘rtta futbolchimiz qarab qolishdi. Zarba berishga hech kim halaqit bermadi. Zamonaviy futbolda birdaniga ikki o‘yinchi zarbani to‘sadi. Krimes esa blokirovka o‘rniga orqasini o‘girib berdi. Gol. 1:2.

Terma jamoada boshqa Zoteevni ko‘rdik, “Lokomotiv”da boshqasini ko‘ryapmiz. Klubda u qanotda Sardor bilan bog‘lamda o‘ynar edi. Sardorni markazga Sanjar o‘rniga o‘tkazishib bu bog‘lamni yo‘qotishgan. G‘ofurov bilan Zoteev juftlik yarata olishmagan. Turkmaniston terma jamoasida o‘ynagan Omonov qani? Kuperga achinaman. Terma yig‘inida Kuper bir nimaga erishadi. Har biri boshqacharoq, mazmunliroq o‘ynay boshlaydi. Yig‘indan keyin o‘z klublariga “eski xammomlariga” qaytgach, yana “eski tosga” aylanishadi. Murabbiy faktorini aytdim. Futbolchida ham gap ko‘p.

H.Q. Albatta, Orifjon. Injener qanchalar kasbikomil bo‘lsa, shunchalar yaxshi. Futbolda boshqa gap. Futbolchi tajribasi, darajasidan qat’iy nazar, maydonda tish tirnog‘igacha tajovuskor bo‘lishi kerak. Maydonda mirzakarimboylarga qarshi yo‘lchilar jang qilsa, kim kimni do‘pposlashini tasavvur qilish qiyin emas.

B.A. Otaxon, Siz doim shu gapni takrorlaysiz. Sizningcha uch mln. olayotgan quruvchi G‘afur bo‘ldi-yu, 60mln. olayotgan temir yo‘lchi o‘zini Solihboydek tutmoqda ekan-da. Yevropada bonuslari bilan 30mln u.e. topayotgan futbolchi 3ming u.e. topayotgan futbolchidan kuchliroq va tirishibroq o‘ynashi mumkin.

H.Q. E’tiroz qabul emas. Yevropada futbol biznesi shakllanib bo‘lgan. Ular o‘z oyliklarini ishlab topishadi. Bizning futbol boqimanda. Hech qaysi jamoa o‘z oyligini ishlab topmaydi. Tub islohatlarni moliya borasida o‘tkazish kerak. Bu haqda hech kim o‘ylayapgani yo‘q. Ro‘ziqul Berdiyev, yo Bahtiyor Ashurmatovlar Arveladzedan kuchliroq murabbiy bo‘lsalar-da, unga nisbatan ish sharoiti, olayotgan oyligi juda past. Ro‘ziqul qanchadan-qancha o‘yinchilar mahoratini o‘stirgan. Uning qo‘l ostida, masalan, Gevorkyan juda yaxshi o‘ynar edi. “Nasaf”dan so‘ng u hech qayerda shunday yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Arveladze qo‘l ostida kimning o‘yini o‘sdi, kim yarqirab ochildi? Marat Bikmayev “Paxtakor”da nima karomat ko‘rsatmoqda? Yevrofutboldayam Maratday tajovuzkor hujumchi kam topiladi. Doim gol urishga shay. Shota uni yangicha o‘ynatishi kerak. Yangi qirralarini ochishi kerak. Yoshi o‘tgan deysizmi? Shota Yaxshiboyevning ham o‘yinini o‘stira olmayapti. Uni endi hali yosh deysizmi? Ruud van Nistelroyni Fergyuson qarib qoldi deb “Real”ga sotib yuborgan edi. Fabio Kapello Ruud o‘yiniga yangicha tus berib, uning atrofida o‘yin yaratib ikki yil “Real”ni chempion qilgan edi. Nistelroyni qarib qolgan demadi. Marat Bikmayev uzoq masofadan oshirma berib, Jasur Hasanovni zarbdor vaziyatga chiqarib, “Lokomotiv”ga qo‘shimcha taymda gol urishib birinchi kubokni olib bergan edi. Qay bir o‘yinda qisqa masofaga yumshoq uzatma berib Salim Mustafoyevni golvar vaziyatga chiqargan edi. Gol! Marat juda yaxshi “raspasovshik”. Shota nima uchun Maratni bir o‘zini kombinasiyadan ajratib oldinga surib qo‘ymoqda? Nima uchun Al Ahliga qarshi o‘yinda Maratni qanotga surib, uni yon chiziq bilan siqib qo‘ydi. Maratga kenglik kerak. Nima uchun Marat Cheran bilan tandemda o‘ynab ichkaridan zarbdor vaziyatga yorib chiqishmaydi?

O.T. Otaxon, futbolchilar mahorati jamoaviy o‘yinda o‘sadi. Al Axliga qarshi kechgan o‘yinda biznikilar arablardan kuchsiz emasdilar. Shunda murabbiylik mahorati ish berishi kerak edi. Al Rayyanga qarshi o‘yinda 0:2ga yutqazayotgan edik. Yelichich ikkinchi bo‘limda jamoaviy o‘yinni butunlay o‘zgartira oldi. Alveradze-chi? Shota nima berdi? 1:2 hisobida yutqazganimizda Shotaning qo‘shgan “hissasi” katta bo‘ldi. Rumminige, Nedvedlar kuchli bo‘lishgan. Ular kuchli murabbiy bo‘la olmasligini bilishgan va bunga da’vo ham qilishmagan. Shota o‘z kuchiga to‘g‘ri baho bera olmayapti. Bir narsani e’tirof etishim kerak. “Paxtakor” tarixida Keller, Yakushin, Bazilevich, Sekech kuchli jamoa tuzishgan edi. Keller 6-o‘rinni olib bergan, Bazilevich tuzgan jamoasi avia halokatiga uchramaganida edi... Shota ham esda qolarli jamoa qurmoqda. Nedvedga o‘xshab jamoaga direktorlik qilsin.

H.Q.“Lokomotiv” tarixi ancha qisqa, va bemaza. Oddiy mazharabozlik bo‘lmoqda. Sohtagarchilik seriali davom etmoqda. Birinchi seriya Miklyayev deb atalgan edi. Ikkinchi seriya Fyodorov deb ataldi. Arablarga qarshi kechgan o‘yindan keyin bu davr tugadi.

Seriyaning oxiri shunday bo‘ldi: Arablarga qarshi to‘qnashuvda o‘yin oldingisidan (Lokomotiv-Bunyodkor 0:0) jangovorligi bilan tubdan ajralib turdi. Yigitlarni kimdir almashtirib qo‘yganday tuyuldi menga. Hushtak chalinishi bilan raqibga tashlanishdi. Lekin birinchi bo‘limda xatolar ko‘p edi. 0:2. O‘yinni butunlay Yelichich tayyorlagan edi. Tanaffusda hayotimda ko‘rmagan narsani ko‘rdim. Ikkinchi bo‘lim boshlanmasdan avval Yelichich yigitlar bilan yashil maydonga tushib, yengil mashg‘ulot o‘tkazib har biriga barcha tomoshabinlar ko‘z oldida ko‘rsatmalar berdi. Ikkinchi bo‘limda butunlay boshqa o‘yinni ko‘rdik. Hisob 3:2.

O‘yindan keyingi anjumanda tag‘in qalloblik yuz berdi. Birovning yozgan she’rini men yozdim deb aytilsa, plagiat bo‘ladimi? Futbolda plagiat nima deyilishini bilmayman. Ushbu o‘yingacha Fyodorov Yelichich bilan tandemda ishlashgan bo‘lsa, kechagi o‘yinni to‘laligicha Yelichich boshqargani bilinib qoldi. Fyodorov anjumanda o‘yin muallifi nomidan qanday qilib savollarga “man-man” deb javob beradi, bilmadim. Andrey Fyodorovning g‘ururi bormi o‘zi? Kechagi o‘yindan keyin jamoa boshqaruvini to‘laligicha Yelichichga topshirishdi. Fyodorovni butunlay bo‘shatib yuborishdi. Qo‘g‘irchoqlik lavozimiga Babayanni tayinlab qo‘yishdi. “Lokomotiv”da Babayan seriyasi boshlandi. Babayanda bet bormi? Transfer borasida muttaxamlik qilib qo‘lga tushgan edi. Futbolimizdan butunlay badarg‘a qilingan edi. Avvalroq Ro‘zimboy Ahmedov transferi voqeasida “Xorazm” xaqini yeb ketib, hammaning “mehrini” qozongan edi. “Lokomotiv”da serial davom etadi. Babayan seriyasi xam. Bu degani islohatlar to‘xtatilib, turg‘unlik seriali davom etadi, deganimi, yo islohatlarning o‘zi o‘zagidan sohtakashlik edimi? Bilmadim, bilolmadim.

B.A. Otaxon, ortiqcha kuyunmang. Babayan haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi. Yelichich Babayan bilan chiqisha olmaydiku, axir.

H.Q. Bu bilan holat va jarayon mohiyati o‘zgarmaydi.

Kiritilgan sana: 09.06.2019 14:38. O'kildi: 5217 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.