Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 24.10.2025 19:00
      • Qizilqum
      • 2:0
      • Dinamo
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • -:-
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 24.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:2
      • Piza
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • -:-
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Sho‘rtan - Neftchi
25/10/25 Qo‘qon-1912 - Navbahor
26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7285 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2729 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      08:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      17:55 LIVE Чемпионат Италии. "Парма" - "Комо 1907". Прямая трансляция.
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор". Прямая трансляция.
      23:55 "Непобедимый".
      00:20 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      01:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Фламенго". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.10.2025

      05:15 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Комбинированная пирамида. Финал.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Муайтай. Кубок Дружбы в Москве.
      10:20 "Страна спортивная".
      10:40 "Команда мечты".
      11:10 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада.
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве.
      02:30 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада. Прямая трансляция.
      04:30 "Небесная грация".
      04:50 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.10.2025

      05:35 "Лица страны". Иван Ревенко.
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. ЦСКА (Россия) - "Мега" (Сербия).
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 Д/ф "Наскар. Ведущее наследие".
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - ЛКС (Липецк). Прямая трансляция.
      19:50 Новости.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:45 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Наполи" - "Интер". Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 321 в Абу-Даби, ОАЭ. Том Аспинэлл против Сирила Гана, Умар Нурмагомедов против Марио Баутисты. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.10.2025

      05:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      06:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Женщины. Групповая гонка.
      07:00 Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 3.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      10:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      11:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      11:45 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      12:30 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      14:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Супергигант.
      15:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      17:10 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 4. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Qurama gaplar (3-qism)

Baho:
+0; -0

3.STALIN VA CHERCHIL

Ajablanmang. Ha, shunday, deb atayin nomladim. Ikki shaxs nomini, avtoritar va demokratik boshqaruv namoyandalarini sarlavhada yonma-yon keltirdim. Bunda ramziy ma’no bor. Boshqaruvning ikki uslubiga baho berib ko‘raylik-chi. Demokratiya qachonu, avtokratiya qachon ish berishini bilamizmi? Zorlanganim o‘rinli edimi yoki noo‘rin?

2-JAHON URUSHI VA 1-UEFA G‘OLIBI BERGAN DARS
Stalin davlatni-da, partiyani yakka o‘zi boshqargan. Necha o‘n yillab partiya s’ezdini chaqirmasdan, ko‘pchilikning tasdig‘ini kutmasdan Sovetlarni yuqori industrial davlatga aylantirgan. Bunga qizil terror, qattiqqo‘llik va xalqning ishonchi orqali erishgan. Shuning uchun u Urush davrida boshqa bir diktatorni yengib, bashariyatni fashizm balosidan qutqargan. Masalan, Angliya premyer ministri Cherchil parlament tasdig‘isiz hech qanday qaror qabul qila olmas edi. Parlamentda ko‘pchilikning ovozini og‘dirib urush e’lon qilguncha qo‘ng‘iz mo‘ylov mal’un Yevropaning yarmisini bosib olgan edi.

Olmoniya davlati Urushdan keyin vayronada qolib ketdi. Undan chiqish uchun Konrad Adenauer loyihasiga ko‘ra barcha iqtisodiyot tarmoqlarini Davlat vaqtincha o‘z nazoratiga olgan edi. Yo‘qsa, har bir iqtisodiyot ishtirokchisi daromad topish ilinjida ko‘rpani o‘ziga tortib, vayronadan chiqishni necha o‘n yillarga cho‘zib yuborgan bo‘lardi. Sportda ham, xususan futbolda davlat boshqaruvi, agar u to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaxshi natijalarga olib kelgan. Hamma narsa davlat nazoratida bo‘lgan sosialistik davlatlarda futbol rivoji Yevropa elita darajasiga chiqib olgan edi. Hech qaysi klub ko‘rpani o‘ziga torta olmas edi. Yevropaning birinchi chempioni kim bo‘lgan, bilasizmi? Lev Yashin, Valentin Ivanov, Igor Chislenkolar o‘ynagan paytda Sovetlarning terma jamoasi birinchi chempion bo‘lgan edi. Vengriyada Pushkash, Polshada Sharmaxlar davrida ushbu davlatlar termasi ko‘hna qitada grandlar hisobida edilar. Hozir-chi? Nima uchun Vengriya, Polsha davlatlarining futboli oldingi mavqeini yo‘qotgan? Chunki, ularning iqtisodiyoti inqirozga uchrab, davlat nazoratidan butunlay voz kechishgan. Chunki, futbol o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Chunki ularda futbol biznesi yaxshi shakllanmagan.

XIDDINK MAHSULOTI
Butun dunyoda avtoritar iqtisodiyot tizimi o‘z o‘rnini liberal iqtisodiyotga bo‘shatib berayotgan davrda yashamoqdamiz. Nima uchun shunday bo‘ldi? Tinchlik davri uchun iqtisodiyotning yakka xokimga bo‘ysinishi, iqtisodiyot sub’ektlari mustaqil bo‘la olmay kimningdir nazorati ostida bo‘lishi davlatni inqirozga olib kelar ekan. Inqiroz bozor munosabatiga o‘tishni kun tartibiga olib keldi. Bu jarayon dunyoda iqtisodiy munosabatlarni globallashuviga to‘g‘ri keldi. Globallashuv dunyo bo‘ylab masalan, futbolda hamma narsani biznesga bo‘ysindirib qo‘ydi. Futbol biznesi shakllanmagan davlatlarda futbol o‘smay qoldi. Davlat investisiyasi faqat qisqa muddat ichida natija berishi mumkin. Uzoq muddat barqaror yuqori natija bera olmaydi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni bizda davlat rahbarligi ostida bo‘lmoqda. Futbolda avtoritar boshqaruv tizimi o‘z o‘rnini futbol biznesiga, ya’ni liberal boshqaruv tizimiga bo‘shatib berish davriga yetib keldi. Bu o‘zgaruv kimning qo‘l ostida sodir bo‘ladi, kim biznes strukturasini yaratadi? Bizda futbol bozorini kim va qachon yaratadi? Kim “mahsulot” yaratadi-yu, kim uni iste’molchiga yetkazib beradi?

Bu narsa, ya’ni futbol biznesini yaratish o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi. Urushdan keyingi Olmoniya holatini eslang. Davlat nazorati katta bo‘lgan. Bozorni futbolga olib kiraman deb klublarni ushbu kunlari hususiylashtirish teskari natija beradi. Egasi tufayli “Anji” kasod bo‘lganini eslang. Xiddinkning ikki yillik mehnati havoga uchib ketgan edi. Bugun har kim “ko‘rpani o‘ziga tortqilashiga” yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kerimovlar yoki Shodiyevlar futbolda bozor munosabatlarini yaratib bera olishmaydi. Bu ish faqat davlatning qo‘lidan keladi. Lekin bu jarayon bizda hali boshlanmadi ham. Futbol iqtisodiyotimiz uchun yuklama bo‘lib qolmoqda. Futbol Rossiya, Qatar yo Xitoyda ham kon sanoatiga yuklama holatida. Ularning futboli sanoat kapitali yelkasida bozorga kirib bormoqchi. Biz ularga teng kela olmaymiz. Biz futbol biznesini, futbol mahsuloti bozorini hoziroq yaratishimiz kerak. Bizda futbol biznesini yaratish haligacha hech kimning xayoliga kelayotgani yo‘q.

MATMUSA VA NAVOIY TEATRI
Har bir viloyat xokimini viloyat futboliga birinchi shaxs etib tayinlanishi bilan bir nima paydo bo‘lib qolar ekanmi? Xokim qo‘l ostidagi o‘z hududida futbolga mablag‘ yetkazib berishi yaxshi narsa, lekin bu nimani o‘zgartirib qo‘yarkan? Hech nimani. Yillar davomida futbolimizga pullar oqa beradi, klublarimiz ularni “o‘zlashtira” beradi. Bunga ustamiz. Lekin futbolimiz mana shu joyida qola beradi. Bu tayinlovlar davlat muhim jarayonni o‘z qo‘liga oldi degani emas. Boqimandalikni tugatib futbolni biznesga bo‘ysindirish jarayonini kim qiladi? Matmusami yoki Babayanmi? Ravshan Ermatov haq gapni aytdi. O‘FA davlat tashkiloti emas, futbol tashkilotidir. U klublarga xizmat ko‘rsatuvchi koordinator tashkilot bo‘lishi kerak. Davlat arbobi O‘FA ishiga aralashmasdan, uning egariga minmasdan muhim jarayonni atoqli arbob o‘z zimmasiga olishi mumkin. Davlat katta kuch. Davlat qilmasa, Shodiyevlar qila olishmaydi. Hamma o‘zi uchun o‘lib tiriladi. Shodiyevlar ham shunday qiladi. Bozor qonuni shunday. Konrad Adenauer buni isbotlab bergan. Davlat istasa, futbol biznes strukturasini yarata oladi. O‘FA emas.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi bor. Futbolniki yo‘q. Vaholanki, barcha sport turlariga barcha manbalardan kelayotgan moliyani qo‘shib hisoblaganda sarflanayotgan mablag‘ni 5 foiz desak, qolgan 95 foiz mablag‘ faqat birgina futbolga sarflanayotgani haqida eshitganim bor. Aniq ma’lumotni Siz bilsangiz, Siz ayting. Birgina klubning yillik byudjeti o‘rtacha 25 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Bu miqdor pulni tushunib olish kerak (masalan, davlatimiz Navoiy nomli Katta Davlat Teatrini ta’mirlash uchun 27mlrd so‘mni besh yilda topib bergan edi. “Paxtakor” bunday pulning uchtasini bir yilda yeb ketadi. Tom ma’noda yeb ketadi. Tomog‘iga tiqilib ham qolmaydi. Taqqoslab ko‘rdingizmi?)

Endi ayting, shu adolatdanmi? Yevropaga taqqoslamang. U yerda ham “Real”u, “Barsa”lar juda boy bo‘lib, “Eybar”lar juda harob deysizmi? Kechirasiz, unday emas. Ochiq va teng kurashda, grandlar halol bozor sharoitida yengib chiqib, daromadlarini oshirib boyiganlar. “Paxtakor” bir so‘m pulini ishlab topolmaydi. Turmushdan misol. O‘xshatish qilaman. Farzandlari voyaga yetmaguncha ota bolalarini boqadi. Klublar bozor sharoitiga kirib, o‘z kunini o‘zi ko‘rmaguncha davlat ularni ta’minlaydi. Ota farzandlarini teng ko‘rganidek, davlat klublarni teng ko‘rishi kerak. Birini past, boshqasini yuqori ko‘rmaydi, yuqori qo‘ymaydi. Voyaga yetib xo‘jaligi bo‘lak bo‘lib, xo‘jaligini o‘zi yurita olganda o‘g‘il aravasini o‘zi tortadi. Bitta klub alohida bir o‘zi hususiy bo‘la olmaydi. Hammani “voyaga yetkazish” kerak. Futbol bozorini qurib berish kerak. Shundayam, masalan, akasining rizqini Xudoim boyib ketgan ukasi orqali yetkazib turishi mumkin. “Paxtakor”ni davlat emas, Shodiyevlar ta’minlab turishibdi deysizmi? Kechirasiz, kon va metallurgiya xalq boyligi emasmi? Adolat bo‘lmagan joyda futbol kuchayadimi? Yo‘q, kuchaymaydi, o‘smaydi. Kuch adolatda.

FURJAM NIMA DEGANI?
Shunday ekan, bunday katta mablag‘ni o‘zlashtirar ekanmiz, bizdan nega Manelar yetishib chiqmayapti? Demak, adolat yo‘q. Pulni noo‘rin, noto‘g‘ri sarflayapmiz. Senegalda davlat futbol rivoji yo‘lida buncha pul sarflamaydi. Lekin jahon darajasidagi futbolchilar yetishib chiqmoqda. To‘g‘ri yo‘nalishda sarflash uchun ham, Vazirlar mahkamasi qoshida futbolni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil qilsak, bo‘lmasmi? Bunday qo‘mitaga vazirlik mavqeini bersak bo‘lmasmi? Davlat arboblari, ekspertlar, mutahassislar u yerda faoliyat yuritsa, bo‘lmasmi? Bu qo‘mitani Futbolni Rivojlantirish Jamg‘armasi deb ataylik, mayliga. Futbol biznesini yaratish strategiyasini ishlab chiqishsin.

Birinchi navbatda barcha manbalardan kelayotgan mablag‘lar bir joyga yig‘ilsin. Futbolimiz biznes oyog‘iga turib olguncha men ham o‘z nogironlik nafaqamdan bu jamg‘armaga pul ajratib turishga tayyorman. Birgina qaror bilan boqimandalikni, ya’ni kriminogen holatni yo‘qotaylik. Futbolchilarga oylikni bir xil qilib, AQSh va Kanada futbol holatiga o‘xshatib, kissamizga qarab, o‘rtacha qilib belgilaylik. Masalan, Qatarda futbolchilarga klub emas, futbol federasiyasi oylikni beradi. Ularda ham futbol o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlay olmaydi. Jamg‘arma oylikni o‘rtacha qilib taqsimlasin. G‘olib va sovrindorlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar, katta pul mukofotini olsin-u, o‘z byudjetini baland darajaga ko‘tarib qo‘yishsin, mayliga. Maydonda jangu-jadalni o‘shanda ko‘rasiz. Chempion bo‘lish niyatida, katta oylik niyatida hech kim “Paxtakor”ga o‘tayin demaydi. O‘zimiz g‘olib bo‘lib shunday pullarni ishlab topamiz deyishadi.

O‘shanda Abramov yo Berdiyev yigitlari ham g‘olib bo‘lishib katta oylik, ishlab topa olishadi. Shunda klublar oylikni ishlab topishadi. Yalinib emas. Maydon tashqarisida “o‘yin”lar qilib emas. Shunda klublar Berdiyevlarni, Kumikovu, Demyanenkolarni, Kanchelskis va yo Radulovichlarni qidirib qolishadi. Babayanu, Jurjevichlarni emas. Shunda hech bir klub “ko‘chmanchilarga” ko‘z tikmaydi. Shunda klublar yosh iste’dodlarni yetishtirayin deydi, ular bilan chempion bo‘layin deydi. Shunda ko‘tarma-qaytarmachilarning burni oldida imkoniyatu-sharoit eshigi qars etib yopiladi. Klub prezidentini homiy tayinlamaydi. U homiyning “odami” bo‘lmaydi. U bir necha nomzodlar ichidan saylab qo‘yiladi. Jamg‘arma oldida hisobotdor bo‘ladi. Homiy oldida emas.

Birinchi galdagi vazifalarni sanab chiqdim. Jamg‘armaning asosiy vazifasi futbol biznesini yaratish bo‘lib qolsin. Biz futbol biznesiga Xitoy yo Rossiya yo‘lidan emas, o‘z yo‘limizdan kirib bora olamiz. Bu fakt. O‘z yo‘limizni aniqlab olaylik. U qanday bo‘lishi kerak? Mana shu asosiy savol. Mana shunga javob topaylik. Sizu-biz shu haqda o‘ylab ko‘raylik. Qadrli yurtdoshim, aziz ishqiboz hamdardim, befarq bo‘lmaylik. Ojiz fikrlarimni jamlab, maqola yozib Sizga yubormoqdaman. Siz ham fikrlang. Bir nima qilaylik, axir. Sizu-bizning o‘g‘illarimiz umrini futbolga bag‘ishlayapti. Ularning Sanedan yo Manedan qayeri kam? Futbol uyimizni tuzataylik. Qachongacha uning sirti yaltiroq, ichi qaltiroq bo‘lib qola beradi?

Oddiy ishqiboz holimga yozgan oddiy taklifim qiziqish uyg‘otsin deb furjam so‘zlarini topganim bor gap. Gap qanday nomlashdamas. Gaplarim Sizga yoqmasligi mumkin. Lekin jiddiy taklif bu. Futboldagilar faqat o‘z oyligini ishlab bermoqda-ku. Bundan ortig‘ini funksionerdan kutmayman. O‘FA xodimlari ishdan keyin futbol ko‘rgani besh qadam tashlab stadionga kirishmaydi. Ishqiboz o‘yin ko‘rgani Miroboddan, Xonoboddan, Nazarbekdan kelib ko‘rib ketadi. Futbol xalqniki. Xalq katta kuch. Shu yurt bizniki. Maydondagi o‘g‘lonlarimiz Sizu-bizniki. Sizu-biz chetda jim turmaylik. Azizlarim, albatta, yozganlarimga munosabat bildiring, Sizdan o‘tinib iltimos qilaman. Stadionda ko‘rishguncha omon bo‘laylik. Mustaqil davlatning mustaqil fikr yurita oladigan mustaqil insonlari bo‘ling. Sizlarni hurriyat kuni bilan chin dildan tabriklayman. Erk qadriga yetaylik.

Hurmat bilan Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 12.09.2019 12:03. O'kildi: 8783 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.