Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 20.05.2025 00:00
      • Brayton
      • 3:2
      • Liverpul
      • 21.05.2025 00:00
      • Kristal Pelas
      • 4:2
      • Vulverhempton
      • 21.05.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:1
      • Bornmut
  • O‘zbekiston kubogi
      • 20.05.2025 18:00
      • Aral
      • 3:0
      • Sementchi
      • 20.05.2025 18:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Xorazm FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Zamin
      • -:-
      • Andijon FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 21.05.2025 17:30
      • Buxoro
      • -:-
      • Namangan FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 21.05.2025 19:00
      • Olimpik MobiUz
      • -:-
      • Jayxun
      • 21.05.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Sirdaryo FA
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. On-line.
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн".
      22:55 Чемпионат Германии. On-line.
      01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.05.2025

      05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко.
      05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      09:35 Д/ф "Александр Великий".
      10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      15:30 "Непобедимый".
      16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани.
      18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар.
      20:30 "Лучшие из лучших".
      21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки".
      23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      01:30 "Непобедимый".
      02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал.
      03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:40 Д/ф "Александр Великий".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:15 Панкратион. Чемпионат России.
      02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция.
      20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа".
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор.
      00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Bir maqola zangidagi gaplar

Baho:
+0; -0

Qarichilik. Stadionga borib futbol ko‘ra olmayotibman. TV orqali kuni-kecha KXDRga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinni ko‘rdim. Xayrulla Hamidovning terma jamoa o‘yini paytida stadion to‘lmaganidan qayta-qayta zorlanib gapirgan dashnomlari, ishqibozlarni stadionga chorlovlari menga ham tegishli bo‘ldi. Aybdormiz. Futbolimiz targ‘iboti qandayligini, jurnalistikamiz, futbol tushunchamiz qandayligini, hayotimizdagi futbolning o‘rni qandayligini bo‘sh qolgan o‘rindiqlar ko‘rsatib turibdi. Ko‘rgazma bo‘lib turibdi. Bo‘zlanma bo‘lib turibdi. Shuning uchun futbolimiz haqida, terma jamoamiz o‘yini haqida va futbolni targ‘ib qiluvchi jurnalistikamiz haqida, hamda Kuper haqida ikki og‘iz gaplashaylik. Siz unda zor, man bunda zor yurmaylik. Keling, tillashaylik, dillashaylik. Bu yerda bir gap bor. Ko‘p gap bor.

KALOVLANIB QOLISh
“Futbol Ekspress” gazetasining 81-sonida “KXDRga va Qatarga qarshi o‘yin ko‘ramizmi?”, deb nomlangan maqola diqqatimni tortdi. Sarlavhani o‘qidim. O‘qidim-u futbolni ko‘rmasdan katta xolang uyida beshik to‘yni ko‘rdingmi, degim keldi? Bunday sarlavha muxlisni qiziqtirib qo‘yish uslubi, shekilli. Yo boshqa narsami? Maqola muallifini anchadan beri bilaman. U ko‘p yil adashmasam, “Mash’al”da keyin “Lokomotiv”da matbuot kotibi bo‘lib ishladi. “Ekspress” sahifalarini Firdavsxon bilan Abdulaziz o‘g‘li shaxsiy tomorqa qilib olishgandek edi, go‘yo. Bir xillikdan zerikib qolayotgan edik. Uning yoniga X.Xoliqov qo‘shilib sahifalarga boshqacha bir rang kirib keldi. Klublarda X.X. yaxshigina iqtidorini dastyorchilikka ko‘mib yurgan ekan-da, degim keladi. Qani, maqolani o‘qiylik-chi?

Siz ham eslasangiz kerak. Babayan davrida termaning bosh murabbiyi ishini tanqid qilib bo‘lmas edi. Har bir turda “Paxtakor”ning murabbiylar shtabida doim Babayanni ko‘rib, bundan ajablanib, norozilanib yozilgan maqolani saytda o‘qigan edik. O‘yinni “sotgan” Mirsodiqovni jazolab, o‘yinni “sotib olgan” tomon “Paxtakor” bosh murabbiyi jazolanmay qolganidan norozi bo‘lib yozilgan ojizgina jur’atlangan maqolani, ozgina tanqid ko‘chasiga kirgan maqolani O‘FF.UZ sayti samoga tarqatgan edi. O‘shanda so‘z erkinligi, mushohada erkinligi siquvda edi. Erkbonu xibsda asir edi. Zindon hashamatli qasr edi.

Bugunga kelib jurnalistlarimiz ijtimoiy tarmoq ortidan hurfikrga, ochiq so‘zga, beandava gapga ergashib qolishibdimi, deyman. Beandava bo‘lsin mayli, beandisha bo‘lmasin. X.X. bosh murabbiy Ektor Kuperni yakson qilguday maqola yozibdi-ya. Jasoratlanib, ruhlanib yozishsin, mayli, faqat sarig‘lanib yozishmasin. Yoki tanqid tilini o‘rab olgan ta’qiq arqoni oz-moz bo‘shatildimi? Yoki muallif yuqoridan kelgan kimningdir “zakaz”ini bajardimi? Yuqorida chet ellik murabbiyning qoqilishini kutyapgan kuchlar bormi? Nima uchun kalovlanib qoldim? Balkim, jurnalist o‘zining shaxsiy fikrini bildira olmay, uni chetga surib, ommaning fikrini, ommaviy fikrni bayon etmoqdami? Axir jurnalist omma fikrini shakllantiruvchi kuchga ega odam-ku. U omma ortidan ergashishi emas, aksincha ommani o‘z ortidan ergashtirishi kerak-ku. Maqola futbol eksperti tilidan emas, o‘rta statistik ishqiboz tilidan yozilganmi? Unday bo‘lsa, bu noto‘g‘ri ish bo‘lgan. X.X. “o‘rtacha ishqiboz” yaxshi o‘qisin, qiziqib o‘qisin deb, kimsan, termaning bosh murabbiyi bo‘lgan Ektor Kuperni do‘pposlab maqola yozibdimi? Yoki o‘zining futbol tushunchasi o‘rta statistik ishqiboz saviyasidan baland emasmi? Yoki fikr rang-barangligi bo‘lsin deb, uni inkor etuvchi mushohadalar ko‘p bo‘lsin deb shunday yozdimi? Bilmadim, Bilolmadim. O‘zingiz o‘qib chiqing. O‘zingiz baho bering. Man o‘sha o‘rta statistik ishqiboz uchun yozilgan maqola bilan gap talashmoqchiman.

YAMOQCHILARMIZ
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda shimoliy karislarni 2:0 hisobida yutganimizdan keyin ommaviy fikr o‘zgarib qolgan, X.X. maqolasi eskirib qolgan, ushbu maqola haqidagi fikrimni hech kim o‘qimaydi, u eskirib ketdi deyishingiz mumkin. Men ommaviy fikrni emas, shaxsiy fikrimni bildirmoqdaman. Ommaning fikri o‘zgargani bilan uning futbol tushunchasi, saviyasi o‘zgarmagan. O‘sha-o‘sha. Turli xil o‘yin ko‘rsatgani bilan Kuper o‘sha-o‘sha. Uning maqsadi, uslubi o‘sha-o‘sha. Ommaning nazdida kechagi qora bugun oq bo‘lib qolishi mumkin. Lekin oq oqligicha, qora qoraligicha qola beradi. Jurnalistikaning vazifasi oqni qoradan, guruchni kurmakdan ajratib qo‘rsatish emasmi? Ikkita to‘qnashuvda X.X. o‘yinni ko‘rmagan emish. Tomosha qovoqni ko‘rdimi? Bizning futbol haqidagi tushunchalarimiz har xil ekan. Shu farqni bilib olaylik.

...“Har bir murabbiy biror jamoani qabul qilib olganidan so‘ng, o‘sha jamoa ishtirokidagi o‘yinlarni va statistikasini o‘rganib chiqadi”, shunga tayanib o‘yin yaratadi, deb gap boshlaydi muallif. “Aftidan argentinalik mutaxassis O‘zbekistonga kelganidan beri terma jamoa o‘yinlarini ko‘rib chiqmagan ko‘rinadi”, deb dashnom bera boshlaydi X.X. “Hozirda barcha murabbiylar jamoa shu paytgacha namoyish etib kelgan o‘yin uslubidan foydalanib nimadir yangilik kiritishga harakat qilishmoqda. Ular yangi Amerika ochishga urinishayotgani yo‘q”, degan so‘zlar bilan Kuperni to‘g‘ri yo‘lga boshlmaqchi bo‘ladi. X.X. o‘zi bilmagan holda futbolimizning ayni og‘riqli joyini topdi. Termaga kelgan barcha bosh murabbiy o‘zidan oldingi o‘yinni o‘z bilganicha sozlash bilan, yirtiq joyini yamash bilan ovora bo‘lishdi. Bu to‘g‘ri gap. Ayni gap. Bu sohada Abramov bilan Inileevlar o‘yinga solgan yamoqlari bilan boshqalardan ajralib turishibdi. Lekin ular ham yamoqchilardir. Ular o‘yinga solgan yamoqlari nari borsa to‘rtta o‘yinga chidab berdi-yu, keyin sitilib ketdi. O‘zbek futbolini oldinga boshlay olishmadi, “plov uzbekskiy”ning bir variantini ko‘rsatishdi. Bu ibora mag‘zini keyinroq chaqib olasiz. Klublarda ham shu ahvol. “Loko”da Abramov yaratgan o‘yinni Yelichich sozlab ham o‘tirmadi. Tarkibni kuchaytirib chempion bo‘la oldi. O‘shanda Jeparovning hissasi sezilarli bo‘lgan edi. Hozir Fyodorov yangilik qo‘shmadim deb ochiq aytmoqda. Gyode yoshlar bilan bir nima yaratgan edi. Xougton epizod ham bo‘la olmadi. Nepomnyashiy O‘zbekistonga kelib, mahalliy Roje Millani topolmay bizni tashlab ketgan edi.

G‘OFUR QODIROV VA FUTBOL
O‘xshatish qilaman. Rostovda bir zamon yashaganman. Hamma restoranlarda “plov uzbekskiy” deb bir nima tayyorlashadi. Masalliq o‘sha-o‘sha. Lekin birontasi ham osh emas. Bir biridan u-busi bilan farq qilsa-da osh emas. Bizda masalliq o‘sha-o‘sha bo‘lsa-da bizning futbol — futbol emas. Nimasi bilandir futbol emas. “Plov uzbekskiy” degan gapdek. Nima qilmoq kerak. Kuper uyoq-buyog‘ini sozlab, o‘yinni yamab-yasqab natija ko‘rsatsinmi? Yoki 0 dan boshlab o‘zi bilgan haqiqiy o‘yinni yaratsinmi? Chamamda, Kuper ikkinchisini tanlagan. Suriya bilan Eronga qarshi o‘yinda man shuni, ikkinchi yo‘lni ko‘rgan edim. Ilohim, kontrakti bo‘yicha to‘liq ishlab bersin. Undan keyin ham Keyrush kabi boshlagan ishini o‘zi davom ettirsin. Doim sog‘-salomat bo‘lsin. U mohir mexanik kabi mexanizmni oxirgi muruvvatigacha sochib tashlagandek, o‘yinimizning strukturasini sochib tashladi. X.Xoliqovning futbol ko‘rmadim degani shundandir. Osh payroviga qaytaman. Tayyor oshni yeyishdan ko‘ra osh pishirishni ko‘rib, kuzatib turish maroqli emasmi. G‘ofur Qodirov asarlarini muzeyga borib ko‘rgandan ko‘ra, ustaxonasiga borib kartinani yaralish paytini kuzatish zo‘r tomosha emasmi. Buni bilgan biladi, bilmagan yo‘q. Hozirgi o‘yinlarda Kuper ijrosida jarayonni ko‘rmoqdamiz. Ja-ra-yon-ni. Amerika qit’asi haqida gapiradigan bo‘lsam, X.X. bekorginaning beshtasiyani yebdi. Futbol volleybol emas. Futbolda o‘z kasbini hurmat qilgan har bir bosh murabbiy har gal o‘zi uchun yangi qit’ani kashf etishi shart. Gapning lo‘ndasi va po‘st kallasi mana shu.

RAQIBGA YEM BO‘LGAN UCHINCHI UZATMA
EVM miyasi kuchli emasmi, X.X. statistikani yig‘ishga usta. U Kuperga bu sohada yordam bermoqchi bo‘ladi. Oldin urgan va o‘tkazib yuborgan gollarimizni sanab chiqadi. Xulosa chiqarib Kuperga dashnom beradi. Emishki, bizda himoya yetarli darajada kuchligu, hujum kuchsiz ekan. Himoyani emas, hujumni kuchaytirish kerak ekan. “Eng katta muammo gol ura olmaganimiz” ekan. “To gol o‘tkazgunga qadar ko‘plab imkoniyatga ega bo‘lamizu, lekin foydalanishga kelganda oqsaymiz”, deydi. “Nazarimizda, argentinalik mutaxassis uchun futbolda 11 kishi o‘ynasa 8 kishi faqat himoyalanishi 3 kishi hujumga o‘tishi kerakdek. Ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tmayapti”, deb norozilik bildiradi muallif. Kuper “KXDR va Qatarga ham shunday (himoyaviy) o‘yin namoish etadigan bo‘lsa, demak murabbiy o‘tgan vaqt davomida o‘z ishini tahlil qilmagan hamda kamchiliklar ustida ishlamagan bo‘lib chiqadi”, deb xulosa chiqaradi. Kuperga X.X.ning tanqidlari, ommaning noroziligi kor qilib, hujumga zo‘r berib shimoliy karislarga javobsiz ikkita gol urdik, deyishi mumkin kimdir, shundaymi. Kuper X.X. yozgan dashnomlardan besh battarini ko‘rgan. U yoqlarda OAV tomonidan berilgan tuhmatu, haqoratlarni juda ko‘p eshitgan. Ularda so‘z erkinligini ahloq erkinligi deb tushunuvchilar yetarlicha topiladi. Kuper tashqi bosim tufayli boshlab qo‘ygan ishidan qaytadigan odam emas, manimcha.

O‘yin strukturasidan biror narsani olib tashlash mumkin emas. Futbol mantiqan to‘pni raqibdan olib qo‘yib, raqib darvozasiga hamla qilishdir. Muallif yanglishibdi. Sakkizta emas, o‘n bitta odam maydonda himoya vazifasini bajarishi kerak. Bizda futbolni qanday tushunishadi? X.X. fikriga ko‘ra, hujumchi Sardor Rashidov singari hujum uyushtirishi kerak. Himoyachi himoyalanishi kerak. Bunday emas. O‘yinning poydevori himoyalanishdir. Ruslarda bir ibora bor. “Dobro doljno umet sebya zashishat», deyishadi. Braziliya termasi maydon bo‘ylab himoyalanishni qoyil qila olmagani uchun Belgiyaga yutqazib qo‘ygan edi. To‘pni oldirib qo‘yishgach, Brazil hujumchilari himoyalanishda qatnashmagan. Mundial finalida xorvatlarning uchinchi uzatmasi raqiblarga yem bo‘la berdi. Ular yutqazishdi. To‘pni oldirib qo‘ygach, faranglarda hamma himoyachiga aylanar edi o‘sha o‘yinda. Muallif gapi bo‘yicha biz uchtalab gol o‘tkazib yubormaganimiz himoyamiz yetarli darajada kuchli ekanligini bildirar emish. 1:0ga yuta turib Seulda karislardan atigi ikkita gol qabul qilib olib o‘yinni boy berganimiz, uchinchi keyin to‘rtinchi golni o‘tkazib yubormaganimiz himoyamiz kuchi zo‘rligini ko‘rsatar emish. Biz gol ura olmaganimiz uchun mundialga chiqa olmagan ekanmiz. Ana xolos, pishdi gilos. Yeb qoling. Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda.

Aksincha, himoyamiz kuchsiz, maydon bo‘ylab himoyalanishimiz ojiz bo‘lgani uchun gol ura olmaganmiz. O‘zbek futbolida haqiqiy himoyani hech kim, hech bir jamoa bilmaydi. “Metallurg” himoyasini eslang. O‘qchilardan (“sherlar”dan) uchchala golni dovdirab o‘tkazib yuborishdi. Puxta pishiq himoyaga duch kelmasdan o‘zimizda uchtalab gol uryapgan Arveladze “Paxtakor”i Osiyoga chiqib gol ura olmasligi haqiqatga yaqin. Jiddiy himoyani yengish tajribasi bizda qattan paydo bo‘lsin? Kuper o‘yin strukturasini yangitdan yaratar ekan, avvalo himoyaga e’tibor qaratishi tushinarli hol. Poydevor ustiga o‘yin imorati quriladi. JChda janubiy karislardan yegan gollarimiz esimdan chiqmaydi. Bizda poydevormas (himoya ma’nosida), moldevor bor. “Temiryo‘lchilar” ukalariga (“Bunyodkor”ga) qarshi sakkiz kishilik “moldevorni” tizib o‘ynashgan edi. Ular elementar xatolarga yo‘l qo‘yganlari bilan “quruvchilar” bu nuqsonlardan foydalana olishmagan. Shimoliy karislarga qarshi kechagi o‘yinga kelsak, ular atayin bizga o‘yinni berib qo‘yishganday taassurot paydo bo‘ldi menda. Kuper men bugun hujum variantlarini sinab qo‘rishim kerak deb, raqibi bilan kelishib olganday go‘yo. Karis futbolchilari alohida olib qaraganda har biri kuchligu, jamoaviy o‘yin yo‘q. “Poddavki” o‘ynashdi go‘yo. Bugun Qatar termasiga qarshi o‘yin boshqacha bo‘ladi.

Ertalab “Ekspress”ni olaman. Xayrulla Xoliqov qanday maqola yozgan ekan. O‘qishga mushtoqman.

Sizlar bilan bugun stadionda uchrashguncha xayrlashib Hasanali-otangiz yozdim. 16.10.2018y.

Kiritilgan sana: 16.10.2018 15:08. O'kildi: 5023 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.