Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 41 67 62 170
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1861 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Ertakka muhtoj bo‘lgan ertak

Baho:
+0; -0

Bir bormiz, bir yo‘qmiz. Siz ham bugun borsiz. Doim bor bo‘ling. Uzoq o‘tmish zamondan beri uzoq baxtar yurtida Ustrushonadan shimolroqda Shosh qal’asi bo‘lgan. Men ham shu yerda yashab kelmoqdaman. Siz ham. Ertagim ertak bo‘lur, oltin belanchak bo‘lur. Qal’a xalqi uxlab yotur. Ertakka ertak qo‘shib, kaminangiz to‘qib yozur. Qulingiz to‘qur ertak. On terib etak-etak, lahza qo‘shib qatiga, gilam tabiatiga. Eshitganlar darmonda. Eshitmaganlar armonda.

Shunday qilib, ushbu qal’ada Boboyun mirzo degan tirishqoq bola yashab kelmoqda. U 11 yoshidan boshlab o‘zini oshpazlik kasbiga bag‘ishlagan. Umri oshxonada, o‘choq boshida o‘tib kelmoqda. Lekin biror taom pishirishga qunt qilmay kelmoqda. Shahanshoh oshxonasida ishlashni yoqtiradi. Undan pastini o‘ziga munosib bilmaydi. U yerda, ya’ni shoh saroyida o‘choq boshida o‘ralashib yurganidan o‘zini qal’aning katta oshpazi deb sanab yuribdi. Shonazar boqqol o‘g‘li Shobehzod jarchi bozoru maydonlarda kuyunib bizning oshpazlarimiz ustoz ko‘rmay qozonga yaqinlashmay, kapkir ushlamay ma’ruza tinglab oshpaz bo‘lib yuribdilar, deb dod solmoqda. Faqat dodxoh topilmaydi. Hech kim unga e’tibor bermaydi. Jarchi goh kulsin, goh yig‘lasin mayli, unga hech kim parvo qilmaydi. Qadimgi qo‘li gul, tili shirin, eng kuchli oshpazlar yurtida yashab kelmoqdamiz, nahotki birontasi ustoz ko‘rmay yurgan bo‘lsa deb, ustozlarning ustozlari o‘zimizga tegishli deb, o‘zimizdan chiqqan deb, ajablanib, kalovlanib qoldingizmi? Hayron bo‘lmang gapimga.

Hammasi oddiy. Gap palovxon polvon yo ikki musht xashliq taomlari haqida ketayotgani yo‘q. Bu taomlar bo‘yicha jahonda eng kuchli oshpazlarimiz bor. Ikki musht, qo‘sh zarba xashliqlarimizni pishirishda dunyoda birinchi bo‘ldik. Yetti tosh palovxon polvonni pishirishda Aruslan hoji Nuriddin sallob o‘g‘li dunyoda birinchi bo‘ldi. Bizdan chiqqan. Sho‘r quduqdan. Matmusa tajangning qo‘shnisi bo‘ladi. Bu taomlar bo‘yicha ming yildan beri ustasi farang biz bo‘lamiz. Gap boshqa yoqda. Yuz yil oldin Ovrupoda yangi taom pishirish rasm bo‘ldi. Bo‘yi ellik quloch, eni o‘ttiz quloch keladigan o‘choqda pishiriladi bu taom. Unga sarto‘p deb nom berishgan. Bu taomni yuz, yuz ellik lak odam yeb bitira olmaydi. Yaqinda Farangistonlik oshpaz Zayniddin Zaydon pishirgan bunday taomni butun dunyo shinavandalari bugunga qadar rohatlanib iste’mol qilishmoqda. Chaynaganing sari mazasi chiqadi. Butun dunyo jarchilari bu taomni charchash bilmay chaynashmoqda. Muhtaram Zayniddin oliy hazrat oshpazning otasiga rahmat.

Bunday taomni pishirishda bizdan hali usta chiqmagan. Hali beri chiqmaydi ham. Bakovul boshimiz A’lam Mirabrorxoji usta Zufar qushbegi o‘g‘li oshpazlik kasbida bizdan zo‘ri yo‘q deb biladi, shekilli. Takabburlik qilib Ovrupodan ustoz olib kelmaydi. Osiyoning eng kuchli yurtlari ham oshpazni Ovrupodan olib kelishmoqda. Bakovul boshimiz oshpazlarimizni hammadan zo‘r deb bilsa kerakda. Ushbu taomni o‘z bilganimizcha o‘zimiz pishirib o‘zimiz yemoqdamiz. Qachon dimlash, qachon shivirlatib, qachon shaqillatib qaynatishni, qay tomonga qachon va qancha o‘tin qalashni bizda tuzukkina hech kim bilmaydi. Hamma o‘zinimas bizdagi masalliqni aybdor sanaydi. Yaxshisini bizlarga kim yetishtiradi? Kim tayyorlaydi? Nasriddin afandimi? O‘zini hech kim kuchsiz sanamaydi. Bizning xom-hatala, bemaza taomimizni iste’mol qilgali istadiyun nomli to‘yxonalarimizga bir lak ham odam kelmaydi. Shunday ahvolda har yili birinchi oshpazni, biror masalliqni eng kuchli deb saylab qo‘yamiz. Bunga kulasizmi, o‘lasizmi? Istadiyun nomli yemakxonalarimizga hech kim kelmasa-da, ular bo‘m-bo‘sh bo‘lsa-da, bizda pishgan taom bemaza bo‘lsa-da, qaysidir oshpazni kuchli deyishimiz kulgilik holatdir. Bizning o‘choqboshilarimiz butun saltanatda eng chiroyli va eng ko‘p sonli deb maqtanishimizga nima deysiz?

Bakovulboshimiz mulla Boboyun mirzoni eng kuchli oshpaz sanab, uni turli masalliqlar bilan ta’minlab jahon musobaqasiga yubormoqchi bo‘lmoqda. Uning yo‘lida hozir Porsiyonlar, Quriya va Chin-mochin oshpazlari g‘ov bo‘lib turishibdi. Ularni yengib o‘tamiz deb hammaga quruq va’da berib yurishibdi. Mirabrorhoji a’lam janoblari o‘z oldilariga xos xodimlari bo‘lgan tog‘oshar Said Asqar noibni chaqirib Bosh oshpazimizni barcha masalliqlari bilan birga Tehrondagi Ozodiy istadiyun to‘yxonasiga uchirib borib qo‘yishni buyurdilar. Ular kecha ucharoqqa minib uchib ketishdi. Ertaga musobaqa boshlanadi. Eronning bosh oshpazi bizning Boboyun mirzodan ancha kuchli bo‘lsa-da, o‘choq boshida bosh oshpazimizni raqib oldida yolg‘iz tashlab voqeani tomosha qilamiz. Sehrli tosh oynada kuzatib turishdan boshqasiga yaramaymiz. Boboyun mirzo kasbda komil bo‘lmagani uchun parvoz oldidan ruhlanish uchun boshqa bir sohada jahon g‘olibi bo‘lgan oshpazlarimiz bilan uchrashib, ularning duosini olibdi. Bu ham bir choradir. Folbindan duo olgandan ko‘ra yaxshiroqdir, albatta.

Albatta, albatta. Mo‘’jiza yuz berib Tehronda porsiyonlardan, keyin Chin-mochin, keyin Quriya oshpazlaridan ustun kelib, biznikilar g‘olib bo‘lishsin-da. Hammamiz o‘zimizni aldab, o‘zgalarni avrab, uyg‘oq vijdonlarni allalab, umidvorlikni amallab ertangi to‘qnashuvni kutmoqdamiz. Mo‘jiza yuz bermasa, bakovulboshimiz Boboyunmirzoni hamma narsada ayblab, oldingi bosh oshpazlarimiz bo‘lgan said Mirqosim to‘ra o‘g‘li va Avramboy mahdum o‘g‘li yonidan joy berib, haqoratlar maydoniga tashlab qo‘yadilar. Bunday ojiz holatimizga Bakovulboshimiz ham, uning noiblari ham, aslzodalarimiz ham o‘zlarini oppoq sanab bir chetda soxta jilmayib tura berishadi. O‘z qarorgohlarida bez bo‘lib yura berishadi. Barcha xaloyiq ertakka ishonib umidvor yuribdi. Kimda nozik, kimda qaltis, kimda soxta umidvorlik ustuvor.

Ertak sodir bo‘lsin. Mo‘’jiza yuz bersin. Yuzlar yorug‘ bo‘lsin. Hamma ertakdamas o‘ngida o‘zidan mamnun bo‘lib yursin. Hammaga shu kerak. Hammaga shu qulay. Tirik vijdonlar tush ko‘rib mudroq yurgani yaxshi.

Barcha qatori ertak ichida ertakka zor qolib kamina qulingiz Mir Qitmirali, Mirsarkash mirob o‘g‘li yozdim.

Kiritilgan sana: 11.06.2017 17:32. O'kildi: 9752 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик