Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2039 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Futbol ichra ruhiyatmi yo ... ruhoniyat?

Baho:
+1; -0

Sarlavhaga olib chiqqanim ushbu so‘zlarda ma’no bormi yo bu so‘z o‘yinimi? Bir o‘ylab ko‘ring. Rus tiliga qiyosan aytganda, ruhiyat tushunchasi psixologiya so‘ziga tegishlidir. Ruhoniyat so‘zi nimasi? Diniy so‘z-ku, deyishingiz mumkin. Kishining insoniy, ma’naviy-ma’rifiy, shuuriy yo xurofiy, ahloqiy yo qudsiy qiyofasini belgilaydigan bir tushuncha yo bir so‘z ifodasi tilimizda bormi? Bor. Ruslar buni ifodalash uchun DUXOVNOST degan so‘zni ishlatadilar. Men bu tushunchani birgina RUHONIYAT degan so‘z bilan ifodalab qo‘ya qoldim. Uni Ruhiyat, ya’ni ruschasiga aytilar Psixologiya degan so‘z bilan chalkashtirmang. Boshqa tarafdan bu so‘z diniy tushunchani bildiradi deb ham aytmang. Masalan taraqqiyot dunyoviy so‘z bo‘lib, taraqqiyotga eltuvchi tariqat diniy so‘z bo‘lib qolmaydiku. Til dindan ancha ilgari paydo bo‘lgan emasmi? Tilga dunyoviy yo diniy degan tamg‘ani bosmaylik. Ilmga bu tamg‘ani qo‘yganimiz yetib ortadi. Lingvistika faniga tegishli bunday tortishuvlarning futbolimizga nima daxli bor demoqchimisiz? Daxli bor.

IKKI XILLIK SIFATLARI
Chempionatimizning uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Paxtakor” uchinchi turda o‘z maydonida “Dinamo”ga 0:1 hisobi bilan yutqazib qo‘ydi. OCHLning guruh bosqichidagi uchinchi tur o‘yinlarini deb 3-turimizning qolgan o‘yinlarini 18-martda o‘tkazdik. OCHLning shu turida qatnashgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor”larimiz bir xil, 0:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Lekin o‘yin ruhiyati ikki xil bo‘ldi. Ha, ha o‘yin ruhiyati degan so‘zni ishlatib chalkashmadim.

Futbolchi ruhiyati bor. Masalan, Komilovning ruhiyati boshqacha, Shomurodov ruhiyati undan-da boshqacha. Komilovni jangchi desak, Shomurodovni ijodkor deyishimiz mumkin bo‘ladi. Komilov himoyalanishda faol qatnashadi. To‘qnashuvdan qo‘rqmaydi. Kurashdan qochmaydi. Ilhom himoyalangan paytimizda to‘g‘ri pozisiya izlasa, Komilov to‘qnashuvda raqibni yengib, yanchib o‘tishni istaydi. U bor vujudi bilan o‘ynaydi. Ko‘ngli ochiq bola. Berilib hursand bo‘lsa, chuqur qayg‘uga botishini ham yashirmaydi. Qayg‘u uni yeb yuboradi. Ilhom ichki tuyg‘ularini yuzaga chiqara bermaydi. Man bu bolalarga tashqaridan turib, o‘yini bo‘yicha fe’l-atvoriga baho bermoqdaman. Bahodir Mirzayevga o‘xshab jamoada ishlamayman. Ularni hatto yaqin masofadan ko‘rmaganman. Ularni ko‘chada ko‘rsam, tanimay qolishim mumkin. Futbol maydoni insonning ichki dunyosini ochib qo‘ya qoladi. Inson ruhiyati bir olam gap. Gapirsak, tun yetmaydi. Kun yetmaydi.

Jamoa ruhiyati ham bor narsa. Kechagi o‘yinda ko‘rdik. “Dinamo”ning jamoaviy ruhiyati sog‘lom, o‘zaro ishonchga, hamjihat kurashga asoslangan edi. “Paxtakor”ning esa... bu jamoa ruhiyatiga keyin qaytib alohida ganiramiz. Shunga o‘xshab o‘yin ruhiyati ham bor gan. OCHL guruhi 3-tur o‘yinlariga qaytamiz. “Lokomotiv” kuchli raqibning bosimiga bardosh berib, qattiq qarshilik qilib, ilojsiz qolib o‘yin bo‘yicha yutqazdi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. “Lokomotiv”da bulturgi hamjihatlik, birfikrlik yo‘q. “Bunyodkor” nisbatan o‘zidan kuchsizroq bo‘lgan “Zob-Ohan” jamoa qarshiligini yengishiga mahorat darajasi yetarli bo‘lsa-da, o‘yinchilarni jamul-jam qila olmay, g‘alabaga ruhlantira olmay o‘ynadi. “Zob-Ohan” esa, bizning betayin, bemaza, bexatar hujumlarimizni xotirjam qarshi olib, to‘pni olib qo‘ya berdi. Biz biron marta zarbdor vaziyatga chiqa olmabmiz. “Zob-Ohan” jonini koyitmay, qattiq zo‘riqmay yutib ketdi. Ushbu jamoalarimiz ijrosida bir kunda ikki xil o‘yin ruhiyatini ko‘rdik. “Barsa” bilan “PSJ” orasida bo‘lib o‘tgan YECHL nimchorak finalining ikki o‘yinini eslang. 0:4 va 6:1 raqamlari bir nima demoqdami? Ikki o‘yin ikki xil ruhiyatga ega bo‘lmadimi?

OTA-ONA BIR
Bosh murabbiyning ruhiyati va ruhoniyati haqida fikr yuritaylik. Yelichich “Lokomotiv”da bosh murabbiy bo‘lib ishlayapgan bo‘lsa-da, anjumanlarda va boshqa har xil rasmiy uchrashuvlarda Andrey Miklyayev bosh murabbiy maqomida qatnashadi. Futbolchi maydonga tushar ekan bosh murabbiyga to‘liq ishonishi, har bir ko‘rsatmalarini to‘liq ishonch bilan, inonib bajarishi, uning fikriga mutloq qo‘shilishi, uni jamoada eng muhim shaxs deb qabul qilishi kerak. Ota ikkita bo‘lmaganidek, “ota” o‘rnini, ya’ni Yelichich o‘rnini hech kim: klub prezidenti ham, bosh direktori ham, vallomati ham bosolmasligini hamma tushinishi kerak. Uning obro‘-hurmati, qadr-qimmati hech kim oldida past ketishi mumkin emas. Ish bundan boshqacharoq tashkil etilgan bo‘lsa, jamoa o‘z o‘yini bilan hech narsaga erisha olmaydi. Shuni tushungan kimsa, tanaffus paytida Yelichich Andrey obro‘sini pastroq tutib, uni kiyinish xonasiga kiritmaganini ko‘rgan kimsa, Andrey kamsitilmoqda demaydi. Ota bitta bo‘ladi, ikkinchisi ortiqcha.

Kolossovskiyning “Paxtakor”dagi ahvoli qanday? Ixcham Babayan maydonga yugurib chiqib, futbolchilar bilan qo‘l ushlagan holda bir saf bo‘lishvolib, ishqibozlar oldiga borib olqishlar olishini eslang. Bu payt bosh murabbiy Kolosovskiy bir kurakka aylanib qolmaydimi? Vaqtinchalik ota, ota vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi enaga yo xizmatkor ham undan obro‘liroq emasmi? Arosatda qolgan jamoa kimni ota sanasin? Kim haqiqiy “ota”, kim soxta? Jamoa Grigoriy ko‘rsatmalarini ishonch bilan bajara oladimi? Grigoriy oldida bir oila bo‘lib birlasha oladimi? Bu ahvolda bosh murabbiy bo‘lishga rozi bo‘lgan Grigoriyning ruhoniyatiga qanday baho beramiz? Jamoa ruhiyatiga- chi? Bundan ko‘ra Kolosovskiy birinchi liga jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgani yaxshi emasmidi? Poytaxtni Qo‘qonga almashtirgan No‘mon Hasanovning holati unikidan ancha yaxshiroq emasmi? Yoki hech qayoqqa ketmay, “Paxtakor”ga sodiq qolib, klubda oddiy administrator bo‘lib yurgani yaxshiroq emasmidi? Ikkinchi “ota” bo‘lib yurgan Grigoriyning oriyati-yu, hamiyati qayda qoldi? Javobi o‘ziga havola.

MURABBIYNING OTASIGA RAHMAT
“Siti” “Monako”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandan keyin Gvardiola maydonga tushib hamma o‘yinchilariga birma-bir dalda berib chiqishiga e’tibor qaratdim. Pep ushbu jamoa bilan “Barsa”da erishgan jamoaviy himoyalanishni, ko‘pchilik bo‘lib to‘pni olib qo‘yishni yo‘lga qo‘yolmayapti. O‘tkazib yuborgan birinchi golni eslang. Mag‘lubiyatdan keyin ham murabbiy maydonga tushib hamjihatlik uchun kurashmoqda. Ko‘ngilni tushirmay keyingi janglarga chog‘lamoqda. Bu murabbiy ruhoniyatiga, jamoa ruhiyatiga tegishli gaplar.

Ikkinchi turimizda “Lokomotiv” “So‘g‘diyona”ni qabul qilgan edi. Jizzaxliklar chempion bilan tengma-teng jang qilish uchun maydonga tushishgani bilinib turdi. Avtoritetlarga qarshi jiddiy himoyalanib o‘tkir hujum qilib o‘ynashdi. Mirko Jeparovdan bo‘shab qolgan o‘rinni kimga topshirishni bilmayapti (“Barsa”ning afsonasini Gvardiola emas, Messi bilan Inyesta daholari to‘qib birishgan ekan). “Lokomotiv” jamoasida bulturgi o‘yin yo‘qolgan. Bultur “Loko”ni chempion qilgan Mirko emas, Server ekan, sezdingizmi. Bulturgi o‘yinning otasi Temuru, onasi Server edi. Bugun “ota” boru, “ona” tashlab ketgan. Birinchi bo‘lim mehmonlarniki bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda hujumda zavq olib o‘ynayotgan jizzaxliklar e’tiborni susaytirib himoyalanishdi. Mahorat darajasidagi farq bilindi. Gol o‘tkazib yuborishdi. Va... va shundan so‘ng o‘yinda yakdillik yo‘qoldi. O‘yin strukturasi buzilib ketdi. Ya’ni chiziqlar orasida uzilish paydo bo‘ldi. Natija aniq. Yirik hisobda yutqazishdi. Anjumanda Davron Fayziyev “o‘yin bo‘yicha bunday hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik”, deb aytdi. To‘g‘ri gap. Nima sababdan jamoa gol o‘tkazib yuborgach sinib qoldi? Jamoada yetakchi yo‘q. Xozir yetakchi tanlamasdan jamoa tuzish moda bo‘lib qolgan. Har yili jamoa tarqab keta bergach, yetakchi qaydan bo‘lsin (“Bunyodkor” o‘yinida ham yetakchining yo‘qligi sezilib qolmoqda). O‘yin qarsillab sinib ketishining yana bir sababi bor.

Nima uchun yuqorida “Monako”ga g‘alabani boy bergan Gvardiolani esladim. Xo‘ja ko‘rsingami, yo xo‘ja o‘qisingami? Yevrofutboldan gapirsam, maqola obro‘liroq bo‘lishi uchunmi? O‘rnak uchun bo‘lsa kerak. Maydon chetida turgan bosh murabbiy o‘yin borishiga katta ruhiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Kontening ta’sirchanligi, Jozening jizzakiligi, lo‘lilik qilishi, Pepning mehribonchiligi, o‘yinchilarni o‘ziga yaqin olishi, yelka qoqishlari nima uchun? Ruhiy ta’sir o‘tkazish uchun. TTZga qaytamiz. Stadion tribunalari maydonga yaqin bo‘lganidan, o‘yinni jonli ko‘rish bilan birga eshitimli ko‘rasiz. Davron Fayziyev futbolchilariga tinmay baqirib, o‘shqirib turdi. Oldiga chaqirib ko‘rsatmalar berib o‘yin borishiga aralashib turdi. Otasi dehqon o‘tganmi deyman, Davronning ovozi bir chaqirimgayam eshitilsa kerak. Ba’zida o‘yinchilar to‘pni va vaziyatni nazorat qilmay qo‘yib murabbiy ko‘rsatmalarini bajarishlari kerak bo‘lib turdi. Uning dashnomlari oldida titrab o‘ynashdi. Murabbiydan yuqqan dashnom berish maydondagi yigitlarga ham o‘tib ketdi. Goho ular ham bir-biriga baqirib qolishar edi. Gol o‘tkazib yuborgandan keyin mehmonlarning chiroyli o‘yini sinib qolishiga murabbiy dashnomlari ham sabab bo‘lmadimi? Davron, tanaffus paytida yechinish xonasiga kirib olib baqir, Fergyussonga o‘xshab devorga butsalar ot. Buni birov ko‘rmaydi. Aytganlarim, bosh murabbiyning ruhiyatiga tegishli gaplarmi yo ruhoniyatigami? Bilmadim.

BIR SAVOLGA UCh XIL JAVOB
“Bunyodkor”ga qaytaman. “Al-Ayn”ga qarshi kechgan o‘yindan oldin anjumanda Lushchanga bir savol berdim. O‘sha savolni o‘yindan keyin ham, “Zob-Ohan”ga qarshi kechgan o‘yindan oldin ham bergan edim. Bu qanday savol edi deysizmi? “Bunyodkor” safida jamoaga yetakchilik qila oladigan Jeparov, Kapadzelarga o‘xshagan yoshi katta o‘yinchilar yo‘q. Nima uchun degan savolimga uch xil javob oldim. “Al-Ayn”dan oldingi anjumanda: “Biz barcha yoshdagi termalarga yosh futbolchilarni yetkazib bermoqdamiz, jamoamizning barcha o‘yinchilari yosh”, — deb javob bergan edi. Umar Abdulrahmonning birgina o‘zi Lushchanni yer bilan yakson qilganidan keyin esa o‘sha savolimga “Biz yoshi katta, o‘yin mahorati baland futbolchini olib kelishimiz uchun mablag‘ topolmayapmiz”, — deb aytdi. To‘g‘ri, “qaldirg‘ochlar” moliyaviy tomondan “Lokomotiv” bo‘la olishmaydi. Alamimni ichimga yutdim.

“Zob-Ohan”dan oldin o‘sha savolimni boshqacharoq berdim. Aql yoshda emas, boshda deb, masalan Ilhom yoshi ulug‘ bo‘lganda ham yetakchi bo‘la olmaydi deb aytdim. Chetdan yoshi katta tayyor yetakchini olib kelolmas ekansizlar, nega yoshlardan shunday futbolchini, yigitlar ichida obro‘-e’tiborli, so‘zi o‘tadigan, sheriklarini o‘z atrofida yig‘a oladigan futbolchini tanlab olmaysizlar? O‘yinni ham sherigini ham qutqara oladigan, yigitlarni ham, o‘yinni ham yaxshi tushunadigan futbolchini yoshligidanoq nega tarbiyalab kelmaysizlar, degan edim. Javobdan qochdi. O‘ylamay-netmay shunday o‘yinchi bor deb aytdi. Qiyin holatdan chiqib, “oldimdagi To‘xtasinovni shunday rolga tayyorlamoqdamiz”, deb topqirlik qilib ketdi. Ertasi kuni maydonda To‘xtasinovni alohida e’tibor bilan kuzatdim. Uning o‘yini, ruhoniyati yetakchining karikaturasi edi. Lushchan uni ikkinchi bo‘limda almashtirib ham yubordi.

MAG‘LUBIYAT SABABI BODRINGDAMI
Nega Lushchan meni aldab ketdi. U yetakchi haqida, bo‘lg‘usi Jerardlarni tarbiyalash haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Avvalo, katta xato boshqa yoqda. Lushchan jamoani talantlar “inkubatoriga” aylantirib yuboraman demoqda. Butun jamoani bir xil yoshdagi “talantlardan” shakllantirish borib turgan nodonlik bo‘lmaydimi? Faqat teplisalarda bodring ko‘chatlariga bir xil parvarish qilinadi. Ular bir xilda o‘sadi, bir kunda yetiladi. Futbol teplisa emas. Turli yoshdagi bolalardan jamoa tuzish kerak. 32 yoshli o‘yin va hayot tajribasi katta bo‘lgan futbolchi yonida 16 yoshga endi to‘lgan o‘smir yigit o‘ynashi kerak. Biz esa, 21ga to‘lgan futbolchini hali yosh deymiz. 30ga yaqinlashgan o‘yinchini qarib qoldi deymiz.

Doston Hamdamov “Bunyodkor” forslarga nima uchun yutqazganini bilmay qolganini jurnalistga aytibdi. O‘yindan keyingi anjumanda Lushchan hamma aybni o‘z bo‘yniga olsa-da, u ham forslardan olgan mag‘lubiyat sababini, tub sababini aniq bilmasa kerak. O‘yindan keyingi anjumanda bugun “Bunyodkor”ni tanimay qoldim, dedim. “Bunyodkor” jiddiy himoyalanib, uzun oshirmalar bilan o‘tkir, tezkor hujum qilib o‘ynar edi. Bugun to‘pni olib qo‘ygach, ko‘ndalang oshirmalar bilan shiddatni yo‘qotib, raqib o‘z himoya devorini qurib olishini poylaganday qilib, hujum qiluvchilar sonini ko‘paytirib, mayda oshirmalar bilan hujumni sekinlatib, o‘z maydonini bo‘shatib qo‘yib o‘ynadi. Sababi nimada, deb so‘ragan edim. Lushchan buning sababini uchta asosiy o‘yinchisi maydonda yo‘qligidan ko‘rmoqda ekan. Bu javob ham savoldan qochish bo‘ldimi deyman.

Yoki ojizligini tan olmayaptimi? Lushchan ham, Babayan ham bir qoziqqa o‘zlarini bog‘lab qo‘yishgan-ku, aslida. Bir ijro uslubi o‘xshamay qolsa, jamoa o‘yini yo‘qolib qolmoqda. Buning sababi nimada? Lushchan falsafam unaqa-bunaqa demasa-da, “Atletiko”ga o‘xshab jiddiy himoyalanib o‘ynaydigan jamoaga qarshi hujumi o‘tmaslashib, raqib markazida markazdan kombinasion hujum bilan golvar vaziyatga chiqishni inkor qilmoqda.

Buning sababi nimada? Murabbiylarimiz o‘sishdan qolganidami? Bugungi o‘z imkoniyatlariga yuqori baho berib yuborishlaridami? Ustoz ko‘rmaganidami? Sababi nimada? Sergey Lushchanning ruhoniyatiga qanday baho berishni bilmay qoldim?

FUTBOL ZODAGONLARI
“Paxtakor” va “Bunyodkor”da boshqa bir muammo mavsum boshidanoq bo‘y ko‘rsatdi. Buni men futbolda zodaganchilik deb atagan bo‘lar edim. Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, degan maqol bor. Futbolchi qo‘li ozgina pul ko‘rib zodagonlashib qolmoqda. Puldorchilikka berilib ketmoqda. Atoqli klublardan birida o‘ynayotgan futbolchi o‘zini masalan, “Obod” o‘yinchisidan baland qo‘yadi. Bu bor gap. Ulardan o‘zini afzal bilmoqda. Mashhurlar safida o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda. Ular safiga qo‘shilib olgach, o‘zini mashhur sanab, o‘yinida jangovarlik yo‘qolib qolmoqda. “Paxtakor” o‘yinchilari “Dinamo”dan bitta golning issig‘ini yegandan keyin hamjihatlik bilan jang qila boshlashdi. Afsus, vaqt kech bo‘lgan edi. “Zodagonlar” jon koyitmasdan klass evaziga “faqirlar”ni yutib yurishga ko‘nikib qolganlar.

Abramov “Lokomotiv”ning zodagonlari bilan ko‘rsatgan birorta o‘yini esimda qolmadi. Temiryo‘ldan kelgan faqirlar Skolarining zodagoncha chirangan darvozasiga gol urib ularni esankiratib qo‘ygan o‘yini, Saidovning yo‘q joydan qo‘yib bergan penaltisidan foydalanib mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qolgan o‘yini esimda qolgan. “Lokomotiv”chilar vaqti kelib o‘zlari zadogon bo‘lib olganlaridan keyin esa, Abramovni “Qo‘qon-1912”ning faqirlari jazolab ketganiga nima deysiz. Abramov o‘shandan beri ishsiz qolgan. Zodagonchilik ruhoniyatini chetlab o‘tish qiyin narsa. “Paxtakor”ning o‘yinida ham shu narsa sezilib qolmoqda. Yevropada katta pullar ta’sirida moddiy holatda tabaqalanish bo‘lsada, insoniy munosabatda tabaqalanish bo‘lmayapti.

QOZONDA BORI CHO‘MICHGA CHIQADI
Aziz o‘quvchim, futbolchilarimizni doim tanqid qilishim me’dangizga tegmoqda, to‘g‘ri. Aslida futbol ko‘zgu singari hayotimizdagi barcha kamchiliklarini ko‘rsatib bermoqda. Hammaning diqqat markazida, ko‘z o‘ngida turgan futbol maydoni hayotning bor shudini ro‘y-rost ko‘rsatib beradi. Puldorchilik sassiq alaf o‘tidek hamma yoqda g‘ovlab ketgan. Faqat futbolda emas. Bir olg‘ir ustamon g‘addor odam necha yuz million u.e. pulni o‘marib chet elga qochib ketgan. Bir bosh muhandis oyiga uch ming u.e. pulni deb yog‘-moy kombinatidagi ishini, maoshini tashlab ketib, Nyu-Yo‘rk metrosini tozalab yuribdi. “So‘g‘diyona” o‘yinchisi uch yuz u.e. pulni deb yozda jamoasini o‘zgartirishga tayyor turibdi. Tushunaman, hayot kim uchundir juda og‘irlashib ketgan. Eshmat yaqinlariga yordam berishi uchun unga 200 u.e. oylik yetmayotgandir. Bizning nazdimizda juda boy sanalgan, hamma narsaga ega bo‘lgan Platini o‘zini nochor sanab, FIFAdan o‘z “xizmatlari” uchun qo‘shimcha uch mln. u.e. olishga erishgan. Bechora och qolgan UYEFA prezidenti, qorning to‘ydimi? Suyukli fransiyalik futbolchimni qanday tushunishni bilmay qoldim. Ittifoq davrida puldor emas, g‘addor emas, eldor-u kasbdor hurmatli bo‘lar edi. Bugun puldor g‘ani izzatda, egar mingan. Kasbikomil g‘ozi xizmatda. Tog‘day g‘ururi bilan yerdan past.

Bugun yurtimiz jahon hayotiga singib borar ekan, nechundir chet el hayotining salbiy tomonlari tezroq yuqib qolmoqda. Men bunday salbiy ruhoniyatni chet el qadriyatlari deyishga tilim bormaydi. Jahonda futbol tag-tugi bilan pul topish manbaiga, katta biznes markaziga aylanib bo‘lgan. Globallashuv shu darajadaki, bizning hayotimiz ham, futbolimiz ham jahon bilan bog‘lanib chirmashib ketgan. Maydondagi o‘yinimiz jahon darajasiga chiqa olmay turib ham maydon tashqarisidagi “o‘yin” bo‘yicha, pul o‘yini bo‘yicha jahonga yetib olishni o‘ylamoqda. Futboldagi majruh ruhoniyatimiz shundan suv ichadi.

Masalan, “Barsa”yu Messi nomlari bilan dunyo biznesining juda katta pulluri aylanadi. Agar “Barsa” nimchorakdan o‘tolmasa, katta pullar, katta puldorlar kasod bo‘lishi tayin edi. Hakamning hushtagi ham, hakamning o‘zi ham o‘ziga tegishli emas edi o‘sha o‘yinda. Natijada 6:1 hisobini ko‘rdik. Shunday bo‘lsa-da, oqni oq, qorani qora deyishni ruhoniyatimiz talab qiladi. Ular Platiniga ham, “Bavariya” prezidentiga ham, 2006 yilgi “Yuventus”ga ham o‘z bahosini berishdi. Bizda baho berish qanday?...

OQ TO‘NLIK DO‘STIM PORTRETI
Aziz o‘quvchim, bilasiz, jurnalist emasman. Oddiy me’morman. Chiroqchilik quruvchim uyiga borgan edim. Oq To‘nli qishlog‘ida gaz yo‘q. Ko‘mir yo‘q. O‘tin yo‘q. Lalmi yerlarda paxta ekilmaydi. G‘o‘zapoya yo‘q. Ichimlik suvi yo‘q. Yantoqni qo‘yga berib, tezagini yoqishadi. Toshkentga yo Yangiyo‘lga ko‘chib kel desam, ko‘nmaydi. Qishlog‘i, qo‘shnilari unga aziz ekan. Bizning futbolchilarimiz uchun nima aziz? Toshkentday azim shahar, uning ko‘chalari, qo‘ni-qo‘shnilari, sog‘inuvchi ishqibozlari, o‘z klubi to‘qdan-to‘q Jeparovga aziz emas. Tottining, Lempardning, Raulning o‘z klubi bo‘lgan. Bizda qaysi futbolchining o‘z klubi bor? Bundaylarni bilmayman. Futbolchilarda pul ko‘payib borgan sari vatanparvarlik tuyg‘usi kamayib bormoqda. Hamma narsa pul qudratiga taslim bo‘lmoqda. Ruhoniyat ham. Butun dunyoda shunday deysizmi? Lekin yuqorida aytganimdek, ularda oqni oq, qorani qora deb atashadi.

Bizning Ahrol Inoyatov kelishuvlarga qarshi kurashmasdan o‘z vijdoni bilan kelishib yuribdi. Oq va qorani kelishtirib yuribdi. Bizning futbolda qora narsa oq niqobga o‘ralib viqor bilan yurar ekan, Pul oldida hamma tabaqalanib ketmoqda. Shahar-u ko‘chalar tabaqalangan. Kasb-u unvonlar tabaqalangan.

FUTBOLDA FIRMACHLIK
Shuning uchun nafaqat klublar orasida, balki, “buyuk” klublarimiz ichidagi futbolchilar orasida ham tabaqalanish avj olgan. TTZ stadioni oldida futbolchilarning mashg‘uloti paytida temirtan moshinalar egalarini kutib tabaqalanib turishadi. Futbolchilarning oladigan pullari, hurmatlari tabaqalangan. Shunday ekan, shunday munosabat yaratgan tabaqalanish futbolimiz ravnaqini bo‘g‘ib kelmoqda. Iste’dodlarimiz yo‘qolib ketmoqda. “Lokomotiv” mashg‘ulotiga tabaqalangan zodagon futbolchi kech qolib kelishi mumkin ekan, yoki umuman kelmasligi mumkinmish. Nima emishki, o‘z firmasining ishlari bilan yurgan emush. Inson, Xitoydan kepay narxida pastlikni sidirib- sipirib kelishga sendan boshqa “firmach” topilmabdimi? Yo Kramarov tili bilan aytadigan bo‘lsak, ey inson, benzinga eshak peshobini aralashtirib sotadigan sendan boshqa olg‘ir “ishbilarmon” topilmabdimi? Firmach bo‘lib nima karomat ko‘rsatasan? Pulni deb Xudo bergan noyob iqtidoringni oyoq osti qilasanmi? Nega? Ruhoniyating shumi? O‘sha talant egasi “Qizilqum”ga o‘tib ketib pul ma’nosida hech narsa yo‘qotmadim degan emish. Do‘stlariga, klubiga sadoqat ma’nosi yo‘q narsalarmi? Klublarda emas, keldi-ketdi “karvonsaroy”larda, pulni quvib yurgan futbolchilar orasida do‘stlik bo‘larmidi? Pul imlab turganda klubga, futbolga sadoqat bo‘larmidi? Klub berayotgan o‘n yo yigirma, yo o‘ttiz mln so‘m oylik futbochilarimizga kamlik qilmoqda. O‘zini nochor sanab klubdan klubga ko‘chib yurishibdi. Kuniga o‘n ikki soatlab qurilishda ishlab yurgan qishloqi do‘stim o‘z tomorqasiga artizan qudug‘ini qazib, generator o‘rnatganidan o‘zini baxtiyor sanab yuribdi. Bir qultum toza suv ichganidan baxtiyor bo‘lish tuyg‘usi futbolchilarimizga begona.

O‘yinchilar ruhoniyati shunday ekan, bosh murabbiy nima qila oladi. Mening kuyunishlarimni kimam eshitadi? Jamiyatimizda shunday puldorchilik ustuvor ekan, O‘FF xodimlaridan biror islohotni, o‘zgarishni, yangilanishni kutib bo‘larmidi? Tabiatda Yangi Kun, (Navro‘z), yangi yil, yangi hayot boshlanmoqda. Futbolimizda esa, hamma narsa o‘sha-o‘sha eskicha qolmoqda.

Sizga chizib berganim ushbu manzaraning eng oldingi planiga ertaga bo‘lib o‘tadigan terma jamoamiz o‘yini chiqib olmoqda. Menga ayting, muhtaram o‘quvchim, mana shunday manzara fonida Babayan holati Sizga nimani eslatadi? Bo‘lsa-bo‘larchilik dengizida yolg‘iz suzib ketayotgan kemani eslatmaydimi? Bugun futbolimizga befarq bo‘lmagan har bir kimsa ushbu Kemaning darg‘asiga chin dildan omad tilamoqda. Muhtaram Samvel Vyacheslav o‘g‘li, men ham Sizga ertangi jangda g‘alaba tilayman. Olloh Sizni qo‘llasin.

22.03.2016y.
Sizlar bilan bir safga turib
Hasanali otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 22.03.2017 12:51. O'kildi: 7889 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


SHAMSHER
Sana: 22.03.2017 15:04. SHAMSHERga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.