Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Понтеведра" - "Вильярреал".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Касымпаша".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Гранада" - "Хетафе".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Эюпспор".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Торино" - "Эмполи".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Касымпаша".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.07.2025

      05:35 "Магия большого спорта". "Прыжки в воду".
      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:50 Д/ф "Век Зенита".
      10:45 "География спорта". Зеленоград.
      11:15 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      12:55 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Финалы в отдельных видах.
      16:20 Д/с "Век нашего спорта".
      16:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Вышка.
      17:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Смешанные команды. Трамплин 3 м.
      19:10 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      20:05 "Небесная грация".
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 5 в Самаре, Россия. Прямая трансляция.
      23:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Синхронные прыжки. Мужчины. Вышка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      07:45 Специальный репортаж.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC 70 в Холливуде, США. Луис Паломино против Ховарда Дэвиса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Магия большого спорта". "Хоккей".
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Трактор" (Челябинск) - "Салават Юлаев" (Уфа). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Россия) - "Динамо" (Беларусь). Прямая трансляция.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 5 в Самаре, Россия. Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Смешанные единоборства. ACA 182 в Москве. Фаридун Одилов против Адлана Ибрагимова.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Якушин. Первый среди первых".
      04:55 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC 70 в Холливуде, США. Луис Паломино против Ховарда Дэвиса.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 1. "1812 километров Катара" на трассе Лосал. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 5. Кан. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Аахене, Германия. Конкур.
      14:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 5. Кан. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:15 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 6. Байё - Вир-Норманди. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 5. Обзор.
      22:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ла-Тюиле, Италия. Мужчины. Даунхилл.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      00:00 Автоспорт. Формула E. Этап 7 в Шанхае, Китай. Обзор.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 6. Байё - Вир-Норманди.
      03:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 6. Байё - Вир-Норманди.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Karantin dasturxoni (5-qism)

Baho:
+0; -0

H.Q. Orifjon, Kuperga eshik ko‘rsatilgach, O‘FA rahbari favqulodda holatga tushib qoldi. O‘shanda terma taqdirini vaqtincha o‘rindoshlik asosida Abramov yelkasiga yuklab to‘g‘ri ish qildi. To‘g‘ri qaror bo‘ldi. Keyin-chi? Ertasigayoq rahbar terma jamoaga doimiy ravishda ishlash uchun bosh murabbiyni izlashi kerak edimi? Allaqachon uni topgan bo‘lishi kerakmi edi? Bunday bo‘lmadi. Termani Abramov yelkasiga tashlab qo‘yib o‘zlari tamoshaxonlik qilishmoqda. Abramov o‘rtada tamoshaqovoq bo‘lib qolmasin deyman. Terma jamoamiz futbolimiz rivojida strategik ahamiyatga ega ekanligini tan olishmaydimi? Yoki bosh murabbiy kasbini qadrlashmaydimi? Yoki terma jamoanimi? Qaysidir bir klub emas, terma jamoa o‘yin borasida bayroqdor bo‘lishi lozimligini, eng katta e’tibor terma jamoaga qaratilishi lozimligini tan olishmaydi. Nega shunday bo‘lmoqda? Eng oldi virusologlarimizga boshqa yurtlardan kuchli hamkasblari konsultasiyaga kelishmoqda. Terma jamoamizga chet eldan konsultativ yordam nega kelmaydi? Xiddink Rossiya terma jamoasiga necha yildan beri konsultativ yordam berib kelmoqda. Terma jamoamiz yashil maydonda yurt sha’nini himoya qiladi-ku. Buni bilishadi-ku. Bosh murabbiy kasbiga, demakki terma jamoamizga nima uchun bunday past nazar bo‘lmoqda?

YA.L.S. Ali-aka, ya ob’yasnyu Vam prichinu. U nas v klubax futbolom rukovodyat dalyokiye ot futbola lyudi. Chtobi rukovodit klubom nikto ne doljen bit znatokom futbola. On doljen bit xishnikom, inache yego s’edyat s potroxami. Yesli yest bolshiye dengi, klub stanovitsya chempionom. Yesli net deneg, trener nichego ne smojet sdelat s komandoy. Daje yesli on budet bolshim spesialistom svoyego dela. Vozmojno, starshiy trener budet poluchat sto mln. v mesyas, kak Kasimov, no on ne budet imet dostoynogo uvajeniya kak spesialist pered bossom. Agronom mojet perechit rukovoditelyu, zashishaya trebovaniya svoyey professii. No starshiy trener ne mojet. Imeya 20mln zarplatu, kardioxirurg imeet ogromnoye uvajeniye k svoyey professii, chem futbolniy trener. Starshego trenera kajdiy mojet ponosit skolko xochet. Kardioxirurga bogotvoryat. Nesravnimaya raznisa. Ali-aka, eta istina. Vam neznakomaya i gorkaya istina. Vi ne znayete vnutrennyuyu jizn komandi. Ne ponimaya, ne vnikaya v sut professii v luchshem sluchaye boss dayot “ukazaniya” treneru, v xudshem sluchaye obvinyaya yego vo vsex grexax, oskorblyayet yego dostoinstvo.

Otsyuda nedostoynoye otnosheniye ne tolko k starshemu treneru sbornoy strani, no i k pervomu lisu nashego futbola. Ya ne znayu v kakoy stepeni loyalen Ermatov, no ya znayu, chto yego stepen samostoyatelnosti samaya nizkaya, po sravneniyu s prejnimi pervimi lisami nashego futbola. On dostig mirovix visot v svoyey professii, za schyot lichnix kachestv, za schyot ogromnogo trudolyubiya i talanta. Teper yemu eti kachestva ne pomogut. Yemu 43 goda. On doljen teper perestroitsya. Dlya sravneniya skaju. On nikogda ne komandoval vzvodom, rotoy, batalyonom, polkom. Yemu, uspeshnomu arbitru srazu dali komandovat diviziyey. No delo ne v etom. On, buduchi arbitrom, uspeshno rukovodil igroy na pole, gde torjestvovala zakonnost, vernee pravila igri. Teper, kogda vokrug futbola «igrayut» ne po napisannim pravilam, ili po sobstvennim pravilam ili po ukazaniyam sverxu, kak on doljen rukovodit takoy «igroy»? Etimi slovami ya xochu skazat, vernee xochu ukazat, na plyovoye otnosheniye ko vsemu nashemu bolnomu futbolu so storoni rukovotstva respubliki. Dlya nix futbol vsego lish igra, utesheniye dlya krichashix vo ves golos,bolelshikov. Annet. Futbol eto sosialnoye, politicheskoye sobitiye sovremyonnoy jizni. No etogo im ne ponyat.

O.T. Yasha-aka, siz futbolimizga to‘g‘ri tashxis qo‘ymoqdasiz. Lekin Sizning gapingiz bo‘yicha futbolimizning achinarli holatiga futbol strukturasini tashkil qilgan bo‘g‘imlar emas, hammasiga respublika miqyosidagi katta rahbarlar aybdor bo‘lib chiqmoqda. Bunday emas. Hamma aybdor. Chunki futbolimizdagi hozirgi kriminogen holatga hamma rozi. Uning o‘zgarishini hech kim istamayotibdi. Boqimandalik hammaga ma’qul kelgan.

O.B. Orifjon, dalil keltirmasdan bunday gapirib bo‘lmaydi. Isbot talab qilinsa, nima deysiz?

O.T. Olim aka, yerning dumaloq sayyora ekanligiga ham dalil keltira olmayman. Lekin mushohada yuritib buni tushuntirib berishim mumkin. Masalan, ilgari dollarni kamida uchta kurs bo‘yicha almashtirar edik. Bu kriminogen holatni yuzaga keltirgan edi. Pul chayqovi avj olgan edi. Hozir bitta kurs bo‘yicha pul almashtiriladi. Chayqovchilar bir zumda kasod bo‘lishdi. Futbol klublarimiz byudjetini yeb ketarga homiy tashkilotlar ta’minlasa, klub bir so‘m daromad keltirmasa, ko‘rilyapgan zararni davlat qoplab tursa, klubning moliyaviy ishlariga O‘FA aralasha olmay chetga chiqib qolgan bo‘lsa, shuning uchun O‘FA hech narsaga aybdor ham, sababchi ham bo‘lmasa, klub hayotini hech kim nazorat qilmasa, bunday holat kriminogen bo‘ladi-da. Hammada bir xil shior: Eplaguningcha ol. Pul top. Ko‘zingni yum. Jim bo‘l. Bunday holatdan hamma manfaatdor bo‘ladi-da. Har yarim yilda klubni almashtirib yurgan Shahboz Erkinov ham, har yarim yilda murabbiylarni almashtirayotgan klub direktori ham bu holdan manfaatdor. Hamma o‘z ulushini topmoqda. Bu holatda ming poylang, korrupsiyani fosh qila olmaysiz. Sizu-biz dalilimiz yo‘q deb, indamay qarsak chalib, yo bosh changallab o‘tirishimiz kerakmi?

H.Q. Balkim, futboldagi jurnalistlar hovuchlab yo kosalab, “o‘q ariqdan” suv ichishayotgandir. Mendek oddiy ishqibozlar bundan bexabarmiz. Futboldagilar ichki gaplarni chetga chiqarishmaydi. Masalan, istisno tariqasida Lushchanning 600 mln. ko‘tarma pullari haqidagi ma’lumot matbuotga chiqib ketgan edi. Shuning uchun, sirni fosh qildi deb, uni hech qaysi klub ishga olmayapti. Gap unda emas. Bug‘doyda. Gap bunday yoppasiga zararkunanda tizimning hammaga ma’qul ekanligida. Gap Erkinovlar hech qachon Shomurodov yoki G‘iyosov bo‘la olishmasa-da, futbolchilarimizning 95 foizini tashkil qilishsa-da, bunga hamma rozi bo‘lib yurganida. Gap bugungi yosh Erkinovlar qanchalar orzu qilishmasin, hech qachon Shomurodov bo‘lolmay 35 yoshgacha klublarni almashtirib umrni o‘tkazib, tag‘in bir necha yilga qandaydir “Buxoro”da panoh topishida. Futbolimizning harobligi shundan. Harobgarchilikdan, haromgarchilikdan hech kim kuyunmasligi achinarli hol. Fojiamiz klubning kichkina xodimidan to prezidentimiz maslahatchisigacha hamma ushbu holatga rozi ekanligida. Nega hech kim islohotlarni istamayapti. Evoh!...

Futbolimizda bironta o‘zini hurmat qiladigan kasbikomil, vatanparvar mutaxassis qolmaganmi? Hamma mayda niyatli, mayda-chuyda, yarmi baliq yarmiga hayvon xunasa nokaslarmi? Haqiqatga tik boqadigan, boshini egmaydigan, mag‘rur erkaklar yo‘qmi futbolimizda? Yo‘q, yo‘q unday emas. Bor bo‘lishsa, nima qilmoq kerak?

Abdulhafiz Abdulazizo‘g‘li. Klublarni xususiylashtirish kerak. Shunda futbolda korrupsiya yo‘qoladi. Chunki hech kim o‘z pulini o‘zi o‘g‘irlamaydi. Boshqalarga ham yo‘l qo‘ymaydi.

H.Q. Eng to‘g‘ri yo‘l. Har bir tandirning o‘z egasi bor. Har bir somsapaz o‘z nonini o‘zi topib yemoqda. Xech kimga mute emas. Futbol klublarimiz egasiz havoda muallaq qolib ketishgan. Shu bilan birga hech qayerda homiy degan zot futbol klubining ichki ishlariga aralashmaydi. Bizda homiy katta xolasidan qolgan merosday klubning peshayvoni to‘riga chiqib o‘tirib olgan. Egasi emas, lekin xo‘jayin, xo‘jayindan badtar xo‘jayin. Bunday riyokor ahvoldan qutulish uchun barcha klublarni kimoshdi savdosiga qo‘yib, sotib yuboraylikmi? Kim oladi? Olgan odam bir yilda xonavayron bo‘ladi-ku. Futbol daromad keltirmasa, klub yopilib ketadi-ku. Yoki “doveska”siga biriga tekinga yuz gektar teplisa, boshqasiga shokolad zavodini qo‘shib yuboraylikmi? Shunda klublarni sotib olishar, balkim. Endi Alixo‘ja kim bo‘ladi? Xo‘jaali bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i shu. Tag‘in futbolchi qolqindi nonni yeydi. Klub egasi futbolni emas, daromad keltiruvchi shokolad zavodini kuchaytirayin deydi. Futbol musobaqasida “kuchli yettilikka” chiqib oladi. Chempionatimiz qanchalar kuchsiz bo‘lsa, u shunchalar “kuchlilar” safida yaxshilab joylashib oladi-yu, shokoladini sotib davri-davron suradi.

YA.L.S. Ali-aka, vi utriruyete vopros. U nas krome kapitalizasii, krome razdachi klubov v sobstvennost v ruki bogatix lyudey drugogo vixoda net.

H.Q. Yasha-aka, ayni muddao gapni aytdingiz. E’tibor bering, klublarni emas, balki butun futbolni, tilim kelishmayapti, ka-pi-ta-li-za-si-ya-lash-dan, ya’ni futbol bozorini yaratishdan boshqa choramiz yo‘q. Buni klublarni sotib olib, katta pullar sarf qilsalarda Karimboy yo Salimboylar bajara olishmaydi. Buni davlat bajara oladi. Nega bunday demoqdaman? Bugungi dunyodagi barcha xalqlarni larzaga solgan pandemiyaga qarshi kurash qanday davlatda natija berdi? Shifoxonalari xususiy bo‘lib, har biri ko‘rpani o‘ziga tortadigan AQShdami yo barcha tibbiyot maskanlari davlatga bo‘ysinuvchi O‘zbekiston yo Xitoydami? Javobingiz azizlarim, aniq. Yurtimiz futbolida bozor munosabatlarini faqat davlat rahbarlari yaratishi mumkin. Qanday qilib? Avval vazifani tushunib olaylik. Bozor sharoitida, ya’ni futbol biznesida mahsulot yetishtirish va uni iste’molchiga sotib daromad ko‘rish asosiy maqsad hisoblanadi. Bozorda ikki tomon bor. Ikkalasi muhim hisoblanadi. (A) Mahsulot yetishtiruvchilar va (V) uni iste’mol qiluvchilar. Futbolda ham xuddi shunday. (A) va (V)larni aniqlab olaylik.

(A) Mahsulotimiz nimaligini bilib olaylik. Bu futbol o‘yini va futbolchilardir. Hamma narsani futbolimizning ravnaqiga va futbolchilarimizning o‘sishiga bag‘ishlashimiz kerak. Avvalo, futbolimizda korrupsiyani yo‘qotib musobaqada haqiqiy raqobatni joriy qilishimiz kerak. Bunyodkorchilar bilan paxtakorchilar uchun bir xil kurash sharoitini yaratib qo‘yishimiz kerak. Bunga bir kunda, birgina qaror bilan erisha olamiz. Xohish va iroda bor bo‘lsa bo‘lgani. Avvalo, futbolchilar va murabbiylar o‘z oyligini ishlab topishsin. Homiydan tilanib emas. Hozir kimdir yil boshidan beri oylik ololmayapti. Kimdir pulga “cho‘milyapti”. Umuman oylikni homiydan olishmasin. Masalan, O‘FAdan olishsin. Qatarda shunday. Minimum miqdorda hamma bab-barobar oylik olsin. Mavsum so‘ngida erishgan natijasiga ko‘ra har bir klub turli miqdorda qo‘shimcha pul bilan taqdirlanishsin. Oltin, kumush va bronza uchun katta sovrinlar belgilansin. Homiylar-chi, ular klubning boshqa barcha xarajatlarini qoplashsin. Mayli, bir klub futbolchilari tilla suvi yuritilgan kafel ustida, boshqasi beton pol ustida turib dush qabul qilishsin. Ikkinchisida, kambag‘alida kuzda sovrinli o‘rinni egallab katta pulga ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi. Kuchli murabbiyi qo‘l ostida kuchli o‘yin ko‘rsatib bunga erishadi. Katta oylikni deb boy klubga ketayin demaydi hech kim. Hamma iste’dodli yoshlarni, iqtidorli murabbiyni izlab qoladi. Hamma maydonga tushib oxirgi soniyagacha qattiq jang qiladigan bo‘ladi. O‘zbek futboli o‘sadi. Ravnaq uchun bundan boshqa choramiz yo‘q.

O.B. Otaxon, sovet odamisiz-da. Bilinib qoldi. Besh qo‘l barobar emas-ku. Bu ketishda “Real” bilan “Xetafe”ni barobar qilmoqchisiz, go‘yo.

H.Q. Aslo bunday emas. Bu futbolimiz uchun bugungi chora. Bozor munosabatini yaratib olganimizdan keyin, klublarimiz o‘z nonini o‘z topa boshlaganidan keyin, futbol mahsuloti yaxshi sotilib, bozori yurishib ketganidan keyin, barcha klublarni xususiylashtirib yuborganimizdan keyin hammaning moliyasi o‘ziga havola qilinadi. Aravasini o‘zi tortadi. Shunda mayli, biri “Real” bo‘lsin, boshqasi “Xetafe”. Kelgan joyimdan gapni davom ettiraman. Futbol mahsulotining ikkinchi qismi haqida nima deymiz?

Futbolchilarning transfer huquqini sotish katta daromad manbai bo‘lib qolishi kerak. Uchta Erkinov Olmoniyada, to‘rtta yosh Erkinov Niderlandiyada, son-sanoqsiz Erkinovlarimiz Osiyo klublarida o‘ynashi kerak. Masalan, Xorvatiya chempionatida 23yoshdan katta futbolchilar umuman o‘ynashmaydi. Modrichlari Yevropa klublarida, kuchsizroqlari masalan, O‘zbekistonda o‘ynashadi. Biz ham asosan, futbolchi yetishtirish maqsadiga moslashsak to‘g‘ri bo‘ladi. 25dan katta futbolchilarga biz ham cheklov qo‘yaylik va bu cheklovni yil sayin kuchaytirib boraylik. Yil so‘ngida eng kuchli uchta murabbiyga, eng kuchli uchta futbolchiga katta sovrinlar belgilaylik. Yil bo‘yi ko‘rsatgan darajasiga qarab katta pul bilan mukofotlanishsin. Shunday o‘zgarishlar, yangiliklar bilan o‘zbek futbolida pul davlatning yordami, davlatning qo‘llovi bo‘lsa-da, uni ishlab topish yo‘lga qo‘yiladi.

O.T. Otaxon, kechirasiz. O‘FAda buncha pul yo‘q. Bo‘lgandayam O‘FA bunday ishni bajara olmaydi. Shunday qilsak, korrupsiya klublardan O‘FAga ko‘chadi. O‘FA shtati shishib ketadi.

YA.L.S. S drugoy storoni, kto vam dast vozmojnost delat takiye krutie reformi. Vi odnim maxom ubirayete vsyu rastochitelnuyu klanovuyu sistemu v bogatix klubax.

H.Q. Yasha-aka, pandemiyadan keyin yurtimizda ko‘p narsa o‘zgaradi. Shu kunlari yurtboshimiz qabul qilgan tezkor qarorlar tufayli falokatdan qutula boshladik. Yurtboshimizni hamma qo‘llayapti. O‘z vaqtida qarorlar, qonunlar chiqmoqda va hayotda qo‘llanilmoqda. Pandemiyadan keyin hayot o‘zgaradi. Hamma o‘zgaradi. Endi oldingidek yashay olmaymiz. Masalan, korrupsiya iqtisodiyotimizga juda katta zarar yetkazmoqda. Keyingi og‘ir sharoitda poraxo‘rlarga qarshi qattiq qonunlar qabul qilinsa kerak. Futbolimizning natija bermas xarajatlari ham hishib po‘rsillab ketgan. Bunday holat davom etishi mumkin emas. Orifjon, gapingizga qo‘shilaman. Moliya masalasi rivojlanishning asosiy omili hisoblanar ekan, uni O‘FA yelkasiga yuklab bo‘lmaydi. Tushuntirish qilaman. Ravshan Ermatovni Sport vazirligi kollegiyasiga a’zo qilib saylashdi. Buni bilasiz. Barcha manbalardan kelayotgan pullarni qo‘shib hisoblaganda futbolga sarflanayotgan mablag‘ miqdori boshqa barcha sport turlariga sarflanayotgan mablag‘dan bir necha o‘n barobar ko‘pdir. Shunday ekan, futbolga bag‘ishlangan alohida qo‘mita tashkil qilsak arziydi. Shu qo‘mita futbolni isloh qilish va moliyalashtirish bilan shug‘ullanishi kerak. Sport vaziri ham, Ravshan Ermatov ham, ichki ishlar vaziri ham shu qo‘mitaning a’zolari bo‘lishlari kerak. Qo‘mitani futbolni yaxshi biladigan va yaxshi ko‘radigan Nuriddin Zayniyevga o‘xshagan tajribali davlat arbobi boshqarishi kerak.

O.B. Jamoliddin bergan taklif chetda qolib ketdi-ku, otaxon. Chempionatimiz formati haqida kutilmagan, xayolga kelmagan takliflar kiritsangiz kerak. Aytib o‘tgan (V) tarafingiz ham bugun soyada qolib ketdi. Mayli, bugun kech bo‘ldi. Tong otib qoldi. Keyingi “darturxonimizda” uchrashguncha omon bo‘laylik.

Azizlarim, futbolimiz taqdiriga, kuyunib yozganlarimga befarq bo‘lmay boshqalarga ham o‘qish uchun uzatib yuborasiz degan umid bilan Hasanali-otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 14.05.2020 19:30. O'kildi: 15511 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.