05:35 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 1 в Руке, Финляндия. Женщины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль. 06:45 Д/ф "Бегущие вместе". 07:30 "Звёзды без правил". 08:00 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Санкт-Петербурге. 09:15 "Формула-1. Гаснут огни". 09:40 Биатлон. Альфа-Банк Кубок России. Этап 1 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. 10:50 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 1 в Руке, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль. 12:15 Теннис. "Трофеи Северной Пальмиры" в Санкт-Петербурге. 15:35 "Непобедимый". 16:05 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Санкт-Петербурге. 17:25 Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. 19:05 "Страна спортивная". Специальный репортаж. 19:25 "Звёзды без правил". 19:55LIVE Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. Прямая трансляция. 22:25LIVE Волейбол. Лига чемпионов. Мужчины. "Гизен" (Германия) - "Монца" (Италия). Прямая трансляция. 00:40LIVE Волейбол. Лига чемпионов. Мужчины. "Милан" (Италия) - "Заверце" (Польша). Прямая трансляция. 02:45 Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. 03:35 "Непобедимый". 04:05 "География спорта". Владивосток. 04:30 Биатлон. Альфа-Банк Кубок России. Этап 1 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
05:40 Специальный репортаж. 05:55 Новости. 06:00 Волейбол. Кубок России. Женщины. 1/2 финала. "Динамо-Ак Барс" (Казань) - "Локомотив" (Калининградская область). Ответный матч. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Наши иностранцы". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Профессиональный бокс. Ночь Чемпионов IBA. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "География спорта". Владивосток. 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:30 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии". 19:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура. 20:35 Все на Матч! Прямой эфир. 21:15LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция. 23:55 Все на Матч! Прямой эфир. 00:35LIVE Футбол. Кубок Германии. "Бавария Мюнхен" - "Байер 04 Леверкузен". Прямая трансляция. 02:45 Все на Матч! Прямой эфир. 03:40 Бадминтон. BetBoom Кубок НФБР в Казани, Россия.
05:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 06:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Киллингтоне, США. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. 06:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Киллингтоне, США. Женщины. Слалом. 2-я попытка. 07:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 09:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 2 в Апелдорне, Нидерланды. День 2. 11:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Эстафета 4x7,5 км. 11:45 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Женщины. Эстафета 4x6 км. 12:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 1. 13:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 14:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 16:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 2 в Апелдорне, Нидерланды. День 2. 18:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Эстафета 4x7,5 км. 19:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Женщины. Эстафета 4x6 км. 20:05LIVE Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км. Прямая трансляция. 21:50 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 1. 23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 00:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 02:00 Автоспорт. WEC. Обзор сезона. 03:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км. 04:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 1 в Сен-Кантен-ан-Ивлине, Франция.
O‘zbek futbolini kengroq yoritgani uchun “Futbol Ekspruss” gazetini tanladim. Uni o‘qib yuribman. Tanlash uchun faqat ikkita variant bor edi. Shunga ham shukr. Shu ham tanlov. Bu gazeta ikki kishi — Firdavsxon va Abdulhafizning sharhi, fikri, e’tirofi bilan bo‘yalib chiqadi. Ular har bir sonda bir nechtalab maqola bosib chiqarishmoqda. Ular oldiga tag‘in bir kishi qo‘shildi. Ushbu kishi, ya’ni Xayrulla Xoliqov gazetaga yangi bir tus olib qirmoqda. Yangi bir rang. U kishi, chamamda qator klublarning matbuot kotibi bo‘lib ishlab ancha umrini benishon, beiz o‘tkazib yuborgan ekanmi, deyman. Asl faoliyatini endi boshlab oldimi deyman. Xayrulla “Chempionat.aziya” saytida ham mas’ul ekan. Nima sababdan “Lokomotiv”dan ketganini bilmadimu, lekin jonli, ijodiy ishni sog‘inib qolganligi bilinib turibdi. “FE” №78-sonida bosilib chiqqan uning bir maqolasi diqqatimni tortdi.
DAXLDORLIK Muallif “Oliy liga formati o‘zgarishi kerakmi?” degan savolni maqolaga sarlaha qilib qo‘yibdi. Qiziq sarlavha. Federasiyada yangi prezident yangicha ish boshlagan ekan, hammamiz barcha jabhada o‘zgarishlarni, yangilanishlarni, ishlanishlarni, izlanishlarni kutib turgan ekanmiz, sarlavhadan “mi” yuklamasiga nima bor? Yuklamani so‘roqning egri belgisi bilan birga chizib tashladim. Futbolimizda barcha sohalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi shart bo‘lgan bir paytda “mi”ga nima bor. So‘rab o‘tirish kerakmas. Formatni o‘zgartirishimiz shart. Ushbu maqoladan avval, gazetaning 3-betida prezidentimiz Umid Ahmadjonov o‘tkazgan matbuot anjumani haqida xabar berilgan ekan. Shuni o‘qib biroz ranjiganday bo‘ldim. Shunday muhim voqeaning matni to‘liq bosilmagan.
Gazetada savol javoblarni yoritish uchun bir bet ham ko‘plik qilibdi. Katta foto suratlar bilan betni to‘ldirishibdi. O‘qiganlarimga tayanib fikr bildirib bo‘lmayapti. Bir jumladan bir so‘zni sug‘urib bo‘lmaganidek, anjuman suhbatidan birgina savol-javobni ayirib bo‘lmaydiku. Javobdagi matn qisqartirishlarni aytmasa ham bo‘ladi. Mazmun o‘zgarib ketadi. Shunday muhim voqeani bir betga sig‘dirib yuborishibdi. Endi shu bir betga tayanib fikr yuritishga majbur bo‘lmoqdaman. Bu anjumanning Xoliqov maqolasiga nima daxli bor demoqchimisiz? Yangi prezidentimizning aytgan har bir gaplari, har qanday harakatlaru ishlari, nainki har bir maqolaga, butun futbolimiz hayotiga daxli bor. Bir oz sabr qiling, maqolam so‘ngida tushunib olasiz.
KOLLEGIAL USLUB Anjumandan man boshqa narsani kutgan edim. Yangi rahbariyat nega jurnalistlar bilan o‘zaro ishonchga asoslangan yaqin munosabat o‘rnatmadi? Jurnalistlar orqali butun futbol ommasi bilan bir jamoa bo‘lib nega birlashmaydi? Yangi manzillar sari hamma bilan birgalikda intilishni maqsad qilmaganmi? Jurnalistlar bir tomon, quyi tomon bo‘lib, rahbariyat boshqa tomon, yuqori tomon bo‘lib salobati odamni bosib turuvchi, hashamatli koshona imorat zolida rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Yangi “Shoh” anjumanga “vazir-vuzarolari” bilan birga qadam ranjida qilib, jurnalistlarga rasmiy, obro‘li uchrashuv qilib beribdilar ekan. Kuchli bosim bilan avtoritar uslubda ish olib bormoqchimi? Qo‘lostidagilar bilan shunday uslub balkim o‘zini oqlar. Ular bilan balkim masofani saqlab turish kerakdir. Jurnalistlar bilan bu uslub o‘zini oqlamaydi. Omma bilan prezidentni bog‘lab turuvchi jurnalist emasmi? Ular bilan yaqin, samimiy, ochiq munosabat o‘rnatmaydimi? Futbolimizni targ‘ibot qilishdagi muammolar bilan tanishmaydimi. So‘z erkinligining mas’uliyatiyu, imkoniyati qay ahvolda bajarilishi uni qiziqtirmaydimi?
Kamtarin, kamsuqum federasiyamiz binosida, o‘spirin bolalarning futbol mashg‘ulotlari zolgacha eshitilib turgan binoda matbuot kotibini yoniga olib yolg‘iz o‘zi jurnalistlar bilan bir davra bo‘lib dildan suhbat qurmaydimi? Shunday qilsa, jurnalistlar orqali butun futbol ommasi bilan yuzma-yuz kelib, ular bilan birlashib dildan samimiy suhbat qurgan bo‘larmidi? Shu yo‘sinda o‘zining qilmoqchi bo‘lgan islohotlariga, futbolimiz ravnaqiga yangi nafas olib kiradigan islohotlariga hammamizni ergashtirmaydimi?
Uning futbol ommasi bilan ishi yo‘qmi? Ishqibozchilik harakatiga orqa o‘girganmi? Bu uchrashuvda futbolga olimpiada masalalarini qo‘shib qo‘yish eng muhim masalani, butun yurtimizni qiziqtirgan masalani, futbolimizni rivojlantirish masalasini, uning dolzarbligini, ahamiyatini pasaytirmadimi? Rustam Qurbonovning hammaga ma’lum bo‘lgan sportdagi yutuqlarimiz haqidagi ma’lumotlari anjumanni chetga tortmadimi? Rustamjonning o‘zini ham hozir olimpiada sport turlari emas, futbolimizning keyingi taqdiri ko‘proq qiziqtirsa kerak. Yaxshiyam, uchrashuv salobatliroq bo‘lsin deb ichki ishlar vaziri — O‘FF vise-prezidenti Po‘lat Bobojonovni o‘zi bilan birga anjumanga olib kelmabdi.
Yaxshi, prezidentimiz rahbarlar hamrohligida anjumanga kelibdilar ekan. Demak, Ahmadjonov ishni kollegial olib bormoqchi ekanda. Bu juda yaxshi. Lekin omma oldida butun ishlari uchun ijrokom a’zolari, yo vise-prezidenti emas, yakka o‘zi mas’ul emasmi? Shaxsan o‘zi bevosita jurnalistlar bilan suhbat qurmaydimi? Futbolimizga befarq bo‘lmagan katta-yu kichik, barcha odamlar orzu-umidlarini uning nomi bilan bog‘lab qo‘yishibdi-ku. Qurbonov yoki Isroilov nomlari bilan emas.
INTIZORLIK BARHAM TOPDI “Dasturxon”da Prezidentimiz futbolimizni rivojlantirish yo‘lida olib borajak o‘zining dasturini saylovdan oldin bizga taqdim qilmadi deb, zorlanib yozgan edim. Ich-ichimdan shunday dasturni tez kunda bizga e’lon qiladi deb umidlanib yurgan edim. Hamma shu programmaga intiq edi. 15 kundan keyin matbuot anjumanida eng muhim bo‘lgan ma’lumotni eshitdik. Rahbariyat “2017-2022 yillar uchun maxsus dastur” ishlab chiqibdi. Nihoyat, prezidentimiz besh yillik ish faoliyati qanday bo‘lishini e’lon qildi. Bu qanday dastur ekan?
Birinchisi, milliy terma jamoa uchun bosh murabbiy tayinlash. Ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish uchun yangi jamoa tuzish. Uchinchisi, tanish-bilishchilik va qarindosh-urug‘chilikka qarshi kurashish. To‘rtinchisi, federasiya ishining shaffofligini ta’minlash. Beshinchi, bolalar va o‘smirlar futbolini yanada o‘stirish. 2022-yilgi jahon chempionatiga chiqish, O‘FFni Osiyoning eng yaxshi federasiyalaridan biriga aylantirish.
Kutgan narsamiz shu bo‘ldimi? Shu amallarni 5 yil ichida bajarsak, futbolimiz Osiyoda birinchilar qatoriga chiqadimi? Bular shunday vazifalarki, ularni besh yilga cho‘zmasdan zudlik bilan bajarish kerak emasmi. Mayli, xo‘p deylik. Shu vazifalarni bajarsak Koreya, Yaponiya, Avstraliya futbolchilari qatorida bizning futbolchilar ham Yevropada hammaga taniladimi? Xonda, Son Xeung Minga o‘xshab. Mazkur punktlar futbolimizning rivojlantirish dasturi bo‘lmay, balki O‘FFning bajarishi majburiy bo‘lgan navbatdagi vazifalar-ku. Bundan bir xulosa kelib chiqmoqda. Ahmadjonov uchun ham prezident bo‘lib tayinlanishi kutilmagan voqea bo‘lgan. Buni eshitishi bilanoq futbolimiz ichidan o‘ziga kuchli, sofdil, futbolimiz uchun borini berishga tayyor insonni o‘ziga maslahatchi qilib olishi kerak edi. U bilan “saylov”dan oldin o‘z programmasini ishlab chiqishi kerak edi. Bunday qilmabdi. Prezidentimiz o‘zbek futbolini rivojlantirish borasida o‘z konsepsiyasiga oldindan ega emas ekanlar. Aytib o‘tilgan ushbu programmani tuzib chiqishda ham biron bir kuchli maslahatchi ishtirok etmaganligi bilinib turibdi. Programmani birma-bir tahlil qilib chiqaylik. Prezidentimiz e’lon qilgan dastur besh qismdan iborat ekan.
TINIQLIK SARI 1-qism. Bosh murabbiyni tayinlash, birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Bu ish O‘FFning kun tartibida turgan navbatdagi muhim vazifa-ku. Bu ishni aniqki, besh yilga cho‘zib bo‘lmaydi. Ilgari ham bu vazifani amaliy dastur deb bilmay, uni doim bajarib kelishgan. Vega da Silva, Salkov, Gyode, Xougton kabi chet eldan kelgan mutaxassislar tayinlangan. O‘zimizdan tanlab bir farmon bilan bosh murabbiyni doim almashtirib turganlar. Bu ish programma bo‘la olmaydi. Qay yo‘sinda ularni tayinlashganligi ilgari ommadan sir saqlangan. Hozir ham sir saqlanmoqda. Futbolimiz hayotidagi muhim xabarlarning sakson foizi ommadan sir saqlanadi (mavzudan bir oz chalg‘isamda, gap kelganda ayamay gapiraman. Futbolimiz ichidagilar ommadan o‘z hayotini yashirib kelmoqda. Omma bunga javoban O‘zbek futbolidan yuz o‘girgan. Ishqiboz Sag‘bonda yo Zarkatta yashab Angliya, Ispaniya yo Rossiya terma jamoalari haqida barcha narsani biladi. O‘z termamiz haqida hech narsani bilmaydi. Rossiya bosh murabbiyi Cherchesov qaysi mashina minishini, shartnomasini, qanday qilib ishga tayinganligini, oyligi qanchaligini biladi. Masalan, sobiq bosh murabbiy Fabio Kapello gonorari qanchaligini, uni Alisher Usmonov to‘lab yuborganini biladi. Babayan haqida hech narsa bilmaydi).
Anjumanda O‘FF faoliyatini ochiq, tiniq, shaffof qilib yoritib boramiz deyildi. Bosh murabbiy tayinlanishi xususida muzokaralar tugamaguncha hech narsa deyilmas emish. Qani tiniqlik? Loyqalanib gapirildi-ku. Bu vazifa to‘g‘risida ochiq-oydin gapirish mumkin emasmi? Gapiraman desak, gap ko‘pku.
XO‘ROZQANDNI YOTIB YALAMASLIK SHARTI O‘tgan davrda bosh murabbiyni tayinlash qanday bo‘lgan-u, hozir qanday bo‘lmoqda? Qanday o‘zgarishlar bor? Yil boshida terma jamoamizga 1+1 maqomida kuchli murabbiyni olib kelaylik deb ko‘p yozdik. Chet ellik bo‘lsa, xo‘rozqandni ham yotib yalaydiganlardan emasmiz. Chet ellik bo‘lgani uchunmas, kuchlik bo‘lgani uchun shunday deb yozdik. Rafael Benites o‘sha davrda ishsiz edi. Qurbon Berdiyev “Rostov”da maslahatchi edi. Bu yilgi tarkibni “boqsa odam bo‘ladi”deb, umid qilib yurgan edik. Terma jamoamizning o‘yinini o‘stirib, JChda qatnashtirib, uni kuchli janglarda ulg‘aytirib Moskvadan yorug‘ yuz bilan qaytaylik deb xo‘p yozdik. Nafi bo‘lmadi. Ikki oy qolganida ikki muhim o‘yin uchun ishsiz yurgan Ranyerini “2 oy + 1 yil” maqomida olib kelaylik deb xo‘p yozdik. Yevropada mashhur bo‘lmasa-da Xougton uch kunda o‘yinni o‘zgartirgani esimda. Kuchli murabbiy ikki o‘yinda bizni JChga olib chiqa oladi, deb yozdik. Eshshakning qulog‘iga tanbur chertsak, ta’sir qilgan bo‘lardi. Yozganlarimiz Rahbariyatga ta’sir qilmadi. Chunki rahbariyat bilan jurnalistlar orasida yaqin aloqa o‘rnatilmagan edi. Milliy terma jamoamizga bosh murabbiyni tayinlash mexanizmi qandayligini bilmas edik. Anjumanda Ahmadjonov shu mexanizm haqida ochiqchasiga gapirsa bo‘lar ediku.
JCh chiqish imkoniyati 1:5 nisbatida bo‘lsa-da, Xitoy termasiga Lippini olib kelishdi. Lippi Terma o‘yinini o‘zgartirdi. Yigitlar 4ta o‘yinda toblanishdi. Bu ular uchun juda katta yutuq bo‘ldi. Navbatdagi OK musobaqasida sovrun uchun kurashishmoqchi. Bizda nima gap? Oldimizda bir yarim yil ichida termamiz uchun hatto tuzukroq o‘rtoqlik o‘yini ham bo‘lmaydi. Masalan, termaga Skolariga o‘xshagan kuchli murabbiyni olib kelishadi deylik. U arug‘-aymog‘i bilan birga gastrol uchun kelib ketadi. U nima karomat ko‘rsatadi? Yoki, masalan, termaga Xiddinkka o‘xshagan bir murabbiyni olib kelsakmikan. U inson nafaqat “Anji”ni boshqargan edi, balki butun Rossiya futbolida o‘zgarishlar qilgan edi. “Lokomotiv”ga shunday murabbiyni olib kelib, unga bir yil ichida termani ham topshirib, keyin OK oldidan butunlay terma jamoaga o‘tib ketishini ta’minlaylikmi? Faqat u o‘zi bilan butun “mahalla”sini boshlab kelmasdan, yordamchilarini shu yerdan olsin deylikmi. Nega “Lokomotiv”ni tilga oldim? “Paxtakor”ga o‘xshagan, unga raqobatchi bo‘la oladigan yana bir-ikkita klubni shakllantirishimiz kerak. Bosh murabbiy xususida muammolar juda ko‘p. Bular haqida anjumanda bir nima desalar bo‘lmasmidi (balkim, deyishgandir. Juda muhim uchrashuvga bag‘ishlab uch bet ajratib, batafsil yoritishmabdi. An’anaga muvofiq eskicha ishlab, yamlab, imlab qisqa qilib yozishibdi. “FE”ning 79-sonida anjuman to‘g‘risida oldingi sonni to‘ldiruvchi, ba’zi joyda uni inkor etuvchi ma’lumotlar bosilib chiqdi. Matbuot ham isloh talab bo‘lib yotibdi).
ASQAR TOG‘I ORTDA QOLGANI ROST BO‘LSIN O‘FFda birinchi vazifani bajarish uchun, bexato bajarish uchun kimdir topshiriq olganmi? U kim yo ular kimlar? Biz nega ularni bilmaymiz? Tanlovda qanday argumentlar ustivor bo‘lmoqda.
Bu borada, manimcha besh yillik emas, bir yillik, yo uch oylik dastur bo‘la oladigan o‘zgarishlar federasiyani kutib turibdi. Bu borada muhim taklif shundayki, federasiya tarkibiga kiruvchi bir bo‘lim ishini isloh qilishdir. Terma jamoalar markazi muhim tashkilot edi. Uni tashkil qilib to‘g‘ri ish qilingan edi. U o‘zigi munosib ishni bajarmadi. Barcha yoshdagi terma jamoalar uchun tashkiliy, xo‘jalik ishlarni olib bordi, xolos. Tolibjonov bosh “zavxoz” edi. Kimlarga rahbarlik qildi bilmaymiz. Bilganim shuki, biron bir murabbiyning qilmoqchi bo‘lgan ishini tushunmas edi. O‘yin borasida hech narsa bilan ishi bo‘lmagan.
TJM ishini isloh qilaylik. Ishni nimadan boshlaymiz? Markaz ichida tashkiliy xo‘jalik ishlarini bajaruvchi bo‘limni tuzib chiqib, uning rahbari bevosita prezidentga bo‘ysinsin. TJM direktori bunday ishlar bilan band bo‘lmasin. U terma jamoalar o‘yini bo‘yicha strategik reja tuzib chiqib, uni amalga oshirishni ta’minlasin.
Biron bir termaning bironta mashg‘ulotida Tolibjonovni ko‘rmaganman. Termalar bilan chet ellarga safarga chiqsada, o‘yin yo mashg‘ulot prosesslariga hech qanday ta’siri bo‘lmas yo shu borada yordami tegmas edi. Barcha bosh murabbiylar o‘z holicha ishlab kelishdi. TJM rahbari Osiyo o‘yinlaridan keyin, yo JCh 2014dan keyin, yo Avstraliyadan o‘tgan OKdan keyin omma oldida hisobot berdimi? Yo‘q. Barcha ish bosh murabbiylar yelkasiga tashlab qo‘yilgan edi. Doim bosh murabbiylar aybdor deb topilgan. Ularni ishdan bo‘shata berishgan. Navbatdagisini ishga ola berishgan.
TJM direktori futbol sohasida eng kuchli mutaxassis bo‘lishi kerak. Koordinator, yo‘naltiruvchi, ekspert bo‘lishi kerak. TJM aql markazi bo‘lishi kerak. Bosh murabbiylar almashgani bilan futbolni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan yo‘l saqlanib qolishi kerak. Babayan qanday qilib bosh murabbiy etib tayinlandi? Bu o‘tmish savoli. Nuraliyev, Mochinov qanday qilib tayinlanishgan? Ular qanday ish olib borishmoqda? Qaysi strategik rejani bajarishmoqda? Hamma o‘z holicha ishlamoqdami? Nuraliyev nega bir yil ichida tayorlab kelgan jamoaviy o‘yinni buzib, musobaqa oldidan tarkibni almashtirib, viloyatlardan “kuchli”larni yig‘ishtirib keldi (odatga ko‘ra ba’zilarning yoshini soxtalashtirganmikan? Bu yolg‘iz O‘ZIga ayon). Musobaqaga o‘yini shakllanmagan jamoa bilan uchib ketdi. Yevstafeev yo Musayevlar davrida jamoaviy o‘yin evaziga yutuqlarga erishgan edik.
Eskirmagan savollar ko‘p. Kim bu savollarga javob beradi? Gapirsak, 1-qism bo‘yicha gap topila beradi. Prezidentimiz esa, bitta gap aytiboq ikkinchi masalaga o‘tib ketibdi. Yoki gazetamiz qirqib, qaychilab ajmunanni shunday yoritdimi, prezidentimiz gaplarini qisqartirib keltirdimi, bilmadim.
BIZDA NIMA BORU, NIMA YO‘Q Dasturning 2-qismi qanday? Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish ekan. Bu ish rahbariyatning burchi-ku. Bu ish O‘FF uchun besh yillik amaliy dastur bo‘la olmaydi-ku. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi doimiy ravishda muttasil kurash olib borishimiz kerak. Kelishilgan o‘yinlar musobaqaning ma’nosini yo‘qotadi. Kelishilgan o‘yinda futbol o‘ladi. Ishqibozlar ahmoqqa aylanadi. Ammo lekin, futbol o‘yini paydo bo‘lganidan beri kelishilgan o‘yinlar bor. Ular bilan kurash olib bormasak, ular hamma yoqni suvarakday bosib ketishadi. Doim ularni ezib turmasak, “suvaraklar” ichida qolib ketib, hammamiz hech kimga kerak bo‘lmay qolamiz. Doimo kurashsak-da, bitta-yarimtasi biron bir tirqishda yashirinib vaqt poylab yotadi. Buni bilamiz. Kelishilgan o‘yinlarni deb besh yil o‘tgach, “Yuventus”dan chempionlik olib tashlanib, V seriyaga ravona bo‘lganini bilasiz. Konte ham jazolangan. Turkiyada esa, aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Biz hech kimga bunday jazoni qo‘llamadik. Bizda kelishilgan o‘yinlar yo‘qmi? Bizda ularga qarshi kurash yo‘q. Oshkoralik yo‘q. Bizda nima bor?
Nima uchun birgina holatda kelishilgan o‘yinni oshkor qildik-da, aybdorni ayab, kelishuvning bir tomonini jazolab, boshqa tomon haqida lom-mim demadik. Kimdir o‘zi-o‘zi bilan kelishib, o‘zi-o‘ziga pora bera oladimi? Absurd emasmi? Inoyatovni ishqibozlar kinoya bilan “kelishilmagan o‘yinlarga qarshi kurashuvchilar boshlig‘i” deb atashadi. Kelishuvlarga qarshi kurash mexanizmini ishlab chiqishimiz kerak. Bu bo‘limda jamoatchilik va jurnalistika vakillari, hamda ichki ishlar xodimlaridan vakil qatnashishi kerak. O‘z faoliyatini ommadan yashirmasdan ochiq, tuniq ishlashi kerak. Ushbu bo‘lim ishini yo‘lga solish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilishi kerak. Besh yil emas.
Futbolni kelishib o‘ynash nima uchun sodir bo‘lmoqda. Kelishuv necha xil bo‘lmoqda? Rahbarlar ham bu ishga qo‘l urishgan. Rahbarlar ko‘z o‘ngida “Olmaliq” bilan “Metallurg” bir biriga ochko ulashib kelgan. Bu hammaga ayon edi. Bunga hech kim qarshi bo‘lmagan. Yuqori qudrat egasi talabiga ko‘ra ba’zan, masalan, “Andijon”ga ko‘pgina jamoalar ochko ulashgan. Birinchi navbatda kelishuvning mana shunday ildizini uzib tashlash kerak. Bu ish prezidentimizning xohish irodasiga bog‘liq. Kelishuv aslida kriminal holat. Kriminalga qarshi kurashishning asosiy usuli bu kriminogen holatni yo‘qotish kerakligidir. Shunda “suvarak”ning ozuqasini yo‘qotgan bo‘lamiz. Men anjumanda bo‘lmaganman. Ahmadjonovni ko‘rmaganman. Lekin prezidentimiz kelishuvlarga qarshi kurashamiz deganida, samimiy edi. Ushbu so‘zlarni sidqidildan gapirdi deb ishonaman. Chunki u yangi kun avlodi. Biz yangi avlodga shunday nuqsonlarga to‘la jamiyatni qoldirganmiz. 70 yoshlilar aybdor. Futbolimizdagi nuqsonlarga yangi avlod aybdor emas. Ularga “otxona”ni tozalab chiqish qiyin bo‘lmasin.
KURTAKLARNI AVAYLASh KERAK Dasturning 3-qismini ko‘rib chiqaylik. Unda Futbolda tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikka qarshi kurashish deyilgan. Bu nima degani? Mirjamol Qosimovning otasi bosh murabbiy bo‘lgani uchun har bir o‘yinga tushib, o‘z o‘yin mahoratini o‘stirish imkoniyati boshqalardan ko‘ra balandroqdir. Shundan foydalanib u o‘z ustida ko‘proq ishlasa, otasiday afsonaviy futbolchi bo‘la olmaydi-yu, har holda o‘rtacha proffesonal futbolchi bo‘la oladi. Mehnat qilmasa, otasini sharmanda qiladi. Qarindoshchilikda inson o‘ziga to‘g‘ri baho bera olishi kerak. Va to‘g‘ri qaror qabul qila olishi kerak. Mirjamol futbolsiz yashay olmas ekan. Futbol ichida albatta, o‘z joyini topadi. Faqat halol bo‘lsin.
Yaxshi ganchkorning o‘g‘li yaxshi ganchkor bo‘lishi mumkin. Bu faqat o‘ziga bog‘liq. Yaxshi futbolchining o‘g‘li yaxshi futbolchi bo‘la bermaydi. Bu Yaratganga bog‘liq. Qarindosh urug‘chilik bor, bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Uning me’yorini bilish muhim. Tanish-bilishchilikka kelamiz. Bir kimsa tanishining o‘g‘lini Axmad Ubaydullayevga tavsiya qilgan. Yosh futbolchi Ahmadga yoqib qolgan va uni Chig‘atoyga olib kelib, u bilan ishlashni boshlagan. Keyin u bola terma jamoamiz tarkibida Misrdagi JChda o‘ynagan asosiy futbolchilardan biri bo‘lgan edi. Kencha To‘rayev haqida gapirmoqdaman. Bu misol tanish-bilishchilikmi? Hayotida tanish-bilishchilik orqali o‘z yo‘lini ochmagan inson kam bo‘lsa kerak. Faoliyatining boshida bir marta tanish orqali yo‘lini ochish mumkin. Boshqa bu ishni futbolda qilib bo‘lmaydi. Chunki futbol rassomchilik yo shoirlik kabi san’at singari narsadir. Tanish orqali rassom bo‘la olmaysiz. Rassom bo‘lib tug‘ilish kerak. Futbolchi ham shunday gap. Bizda buni tushunishmaydi. Bizda futbolni suvoqchi yo oshpaz o‘ynamoqda. Ba’zilar umr bo‘yi o‘zigamas, tanishiga yo tog‘asiga ishonib yashaydi. Babayan ham tanish-bilish orqali bosh murabbiy etib tayinlangan, deb eshitdim. Tan olaylik. Maqsadi yaxshilik edi. Terma jamoamizni mundialda ko‘rmoqchi edi. Lekin nima uchun vazniga yarasha tosh buyurmadi. Nega o‘ziga katta baho berib yubordi? O‘zini ustun qo‘ydi. Bu holat o‘z ojizligini yashirishdan kelib chiqqanmi, bilmadim. Masalan, Messi daho bo‘lsa-da, boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi. Ikki yil u “so‘z”ni Neymarga berib o‘ynadi. Endi o‘zi “gapirmoqda”. Oliy ligadagi tanishgarchilik katta ziyon keltirmaydi. Maydon chikkani pukkadan ajratib beradi. Yoshlarga katta talofat keltirmoqda. Daholarimizni ko‘pincha kurtak paytida g‘ijimlab, “oshpaz”larning boshini silamoqdamiz. Bo‘lg‘usi daholar o‘lib ketishmoqda. Suvsiz qurib qolishmoqda. Tog‘agarchilikka, tanishgarchilikka qarshi qanday kurash olib borish mumkin. So‘zsiz, O‘FF qoshida ishonch telefonini barpo qilaylik. Butun yurtimizdan iste’dodni himoya qilib sim qoqishsin, mayli. Iqtidor yo‘lini ochadigan ekspertlar bo‘limini ochaylikmi? Futbolimizning barcha jabhalarida jurnalistlarimiz soflikni, sof marjonlarni ko‘proq targ‘ib qilishsinmi, deyman.
UMMONDA SUZISh NIMA EKAN Endi dasturning 4-qismiga gal keldi. Federasiya ishida shaffoflikni ta’minlash deb, gazetada yozilibdi. Juda ezgu ish bo‘ladi. Yangicha ishlash uslubi bo‘ladi. Agar soflikni, shaffoflikni, oshkoralikni butun futbol xo‘jaligimizga tadbiq etsak, bu narsa butun futbolimizda eng muhim voqea bo‘ladi, butun futbol xo‘jaligimiz yangilanadi, yangicha nafas oladi. Jurnalistika ishini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ishqibozchilik harakatini yangi pog‘onaga ko‘taradi. Shunday qilsak, barcha yurtdoshlarimiz e’tiborini o‘z futbolimizga qaratamiz.
Buni qanday amalga oshirish mumkin ekan, bilmadim. Jurnalistlarning o‘zi bunga tayyor emaslar. Masalan, yozganlarimni ikkala gazetamiz ham hech qachon bosib chiqarmagan. Bosmaydi ham. O‘z fikrimni bayon etishim yoqmaydi. Saytlar ham o‘z efir satrlarini men uchun yopib qo‘ydilar. Bunga nima deysiz? Ko‘pchilik umuman fikrlashni xohlamaydi. Jurnalistikani informasiya tarqatish deb biladi. Fikrlovchini yomon ko‘radi. Hur fikr, erkin so‘zdan qo‘rqadi. So‘z va izhor erkinligi, ijod ozodligi to‘siqlarsiz, chegarasiz ummonda suzish degani. Suv tubiga sho‘ng‘ib so‘z durlarini izlash degani. Uy ichida sayoz basseynda suzib yurgan odam uchun dengizda suzish albatta qo‘rqinchli hisoblanadi. So‘z erkinligi jurnalistdan aql-idrok, ilm-zakovat, keng bilim talab qiladi. Bular bo‘lmagach, dengizda suzishi uchun to‘siq yo kemalardan bo‘rt yasab olgisi keladi. Ular ishidan taqiq olib tashlansa, o‘zlari gaplariga, o‘ylariga, bir necha qavat taqiq qulflarini osib olishadi. Bunga sabab doim topiladi. Unday yozma, bunday yoz! Unday o‘ylama, bunday o‘yla! Unday gapirma, bunday gapir! Yangi prezidentni qo‘llab yoz! Ishqibozlar oldida prezident ishidan kamchilik qidirma! Ishqiboz saviyasida yoz! Ishqibozning vaqtini chog‘lab, ko‘nglini xushlab yoz! Va shu kabilar. Man buni to‘g‘ri qabul qilaman. Hozirgacha xalqimiz asrlar davomida avtoritar tuzimda yashab keldi. 25 yil kichkina muddat. Davlatimiz demokratik respublika bo‘lsada, har bir demos o‘z fikridan qo‘rqadi. Shunday ekan, juda muhim bo‘lgan oshkoralikni, futbolimiz tiniqligini shu bugundan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak ekan, demoqchiman.
GEYNRIXNING BOSHIDAN ROZI BO‘LING Programmaning 5-qismini ko‘rib chiqaylik. Bolalar va o‘smirlar futbolini yanada o‘stirish. 2022- yilgi jahon chempionatiga chiqish. O‘FFni Osiyoda birinchilar qatoriga olib chiqish. Mana shunday deb gazetada programmaning beshinchi qismi bosib chiqarilgan. FEning bugungi 79-sonida bu gaplar boshqacharoq yoritilibdi.
Federasiyalar bo‘yicha Osiyoda musobaqa borligidan bexabarman. Qatar federasiyasi nechanchi o‘rinda-yu, Nepal federasiyasi nechanchi o‘rinda. Bizniki-chi? Bu haqda hech narsa deya olmayman. Keyingi vazifaga o‘taman.
Qatarda o‘tajak JChda ishtirokchi bo‘lish vazifasiga kelsak, nima deyman? JChning final bosqichida eng munosiblar ishtirok etadi. Bu yilgi tarkib eng munosibrog‘i bo‘lgan. Jamoaviy o‘yinimiz munosib bo‘lmadi. Bu yil Mundialga eng yaqinga kelib chiqolmaganimiz alami ostida yozilgan vazifadir. Bu vazifani programma darajasiga olib chiqish to‘g‘ri bo‘ldimi? Agar Geynrixning boshi bilan urgan zarbasi gol bo‘lganida, biz Koreya termasini yutib ketar edik, shundaymi. O‘shanda Prezident dasturida bu punkt bo‘lmas edi, shundaymi? Manimcha mundialga ilinish maqsad bo‘la olmaydi. Ishqibozlar oldida oqlanish bo‘lmoqda. JCH-2010da KXDR termasi qatnashgan edi. Mundial ularga nima bergan edi? Barcha o‘yinni yutqazib sharmanda bo‘lishgan edi. Hojiboy tili bilan aytsak, mundialdan maqsadimiz “morojniy” yeb qaytish bo‘ladimi?
OK-2011da Saudiya termasi sharmandali o‘yin ko‘rsatgan edi. Bu yilga kelib ularning o‘yini qanchalar o‘sganini ko‘r ham ko‘rib turibdi. Bizning o‘yinimiz shu muddat ichida bir joyda depsinib turdi. Nima sababdan shunday bo‘ldi? Oldimizda terma jamoamiz o‘yinini o‘stirib borishdek, yagona strategik rejamiz bo‘lmagan. Hozir ham yo‘q. Xitoyda bunday reja bor. Navbatdagi OKni yutib chiqishni maqsad qilishgan. Har bir davlat o‘z chempionat saviyasini baland darajaga ko‘tarmasdan terma o‘yinini o‘stira olmaydi. Xitoy shunday qilmoqda. Biz bunday yo‘sinda chempionatimiz saviyasini o‘stira olmaymiz. Bizning o‘z yo‘limiz bo‘lishi kerak. U Islandiya, yo Bolqon futboliga o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Aslo, Xitoy yo‘liga emas. Rahbariyat bu yo‘lni belgilab berishi lozim. Butun futbol xo‘jaligimizni isloh qilish kun tartibida turgan birlamchi vazifadir. Birinchi galda musobaqalarimizni isloh qilish kerak. Bu aksioma. Xayrulla Xoliqov “FE” №78 beshinchi betida bosib chiqargan maqolasida eng dolzarb mavzuni ko‘tarib chiqqan edi. Hammamiz shu haqda bosh qotirishimiz kerak. Barcha musobaqalarimizni isloh qilishni o‘ylashimiz kerak. Oliy liga o‘yinlarini muhitdan ajratib alohida ko‘rib chiqib bo‘lmaydi. Shuni hisobga olaylik. Meni ham ushbu masala ertayu kech qiynamoqda, nasib qilsa, e’tiboringizga havola qilaman.
Aziz futbol ishqibozi, juda ko‘p gapirib yuborganimdan oldingizda hijolatdaman. Mendek qariya sizdan uzr so‘ramoqda. Bir umr mening fikrim bilan hech kimning ishi bo‘lmagan. Hamma joyda partiya fikri hukmron bo‘lgan. Sizlar bu narsani tushunishingiz qiyin. Hur zamonga yetib kelib, ertaga muhlat bo‘lmaydimi deb, ko‘p va xo‘p yozmoqdaman, shekilli. Yurtimiz futbolida yangilanish nafasi esmoqda.
Hasanali Qodirov
Kiritilgan sana: 05.10.2017 18:41. O'kildi: 9039 marta.