07:30 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал. 10:40LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 22:40 "Кто кого?". 23:05 "Формула-1. Гаснут огни". 23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 "Тайны звёзд спорта". 03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место. 04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
05:00 "Лига героев". 07:00 "Жизнь после спорта". 07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "Большой хоккей". 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция. 19:55LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция. 21:25LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция. 23:45 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида. 01:55 Евротур. 02:45 Д/ф "Лионель Месси". 03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137. 08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142. 09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины. 11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 17:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 22:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция. 01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
1. QIRCHILLAMA YOSHIDA QARIB QOLGAN FUTBOL Ish kunimni gazeta varoqlashdan emas, sayt titkilashdan boshlayman. Chizma, o‘lchovlar, hisob-kitoblar bilan kunim o‘tdi-yu, saytda o‘qiganim bir jumla gap kun bo‘yi xayolimdan ketmadi. “Biz ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, lekin omad yetishmadi”, deb aytibdi “Navbahor”ning serbiyalik futbolchisi. Jalilov ham o‘yindan keyingi anjumanda shu gapni aytdi. (“Bunyodkor”-- “Navbahor” 1:0, O‘zbekiston kubogi, 1/8final). Bu fikrga e’tirozim bor. Qanaqasiga ular yaxshi o‘ynashibdi? “Bunyodkor” ikkinchi bo‘limda to‘p va maydon nazoratini ataylab raqibga berib qo‘yib, o‘zi o‘yin nazoratini o‘z qo‘lida ushladi-ku. Asosiy harakatlarni o‘z maydonida o‘tkazdi. Lekin “Navbahor” hech narsa qila olmadi. Qanaqasiga yaxshi o‘ynagan bo‘lsin? Stadionda lojada o‘tirib tamosha qildim. Atrofimda uch-to‘rtta odam bor edi, xolos. Hammasini bir boshidan aytib berganim yaxshi.
Bu o‘yin qaysidir ma’noda ibratli bo‘ldi. O‘yin dramasi Yevrofutboldan qolishmadi. Lekin, boshqa gap bor. Eshiting. Qahramon Aslanov Lukakuning “Chelsi”ga o‘tishi haqida mazmunli maqolasini Siz ham o‘qigansiz, albatta. Qahramon zakovatiga havasim keldi. Tag‘in bitta Qahramon chiqib xuddi shunday ma’nodor maqolani, masalan, Mirahmadov haqida yozib bersaydi. Kechagi o‘yinni kelib ko‘rib, guvoxi bo‘lib, dramani tahlil qilsaydi. Namanganliklar kubokni judda erta, nimchorakda tark etishni sira xohlashmagan edi. Afsus, katta dramani bironta qahramonimiz ko‘rmadi, tahlil qilmadi. Afsus, bunday bo‘lmadi. Taniqli jurnalistlarimizdan hech qaysi biri bu o‘yinni ko‘rgani kelmaydi, ulardan hech biri ushbu o‘yin haqida maqola tugul qisqagina sharhchayam yozib bermaydi. Hammaning ko‘zi Yevrofutbolda. Ularda yangi mavsum endi boshlandi. Bizniki eskirdimi, mavsum qirchillama yoshida qaridimi, yo ko‘rishlari uchun loyiq emasmi, bilmadim. Bilolmadim. Lukakuda alamim bor manim.
Shunday ekan shu yoshimda, oddiy arxitektor va oddiy ishqiboz holimda men bir nima yozib bermoqchiman. Ojiz qalamim bor manim. Uzrim shu. 60 yildan beri ishqibozchilikda ezilib qarigan yuragim bor manim. Suygan futbolim bor manim. Bundan boshqa nimam bor? Hech nimam. Nomim ham, shonim ham yo‘q. Bek o‘g‘lim ham, Hoji-otam ham yo‘q. Oybodog‘im yo‘q. Oqtoshmi yo Xo‘jakentdagilar kabi dacha-yotog‘im manda na qilsin. Hech nimam yo‘q. So‘qqa boshman. Beta’sir uchun toshotarman, ziyrak uchun so‘zqotarman, dardkash uchun yukortarman, mag‘zun uchun yoshartarman. Bo‘lgan turganim shu.
2. ISTE’DODNING DIMLANISHI. Futbol ko‘rgani yandeksda stadionning sharqiy eshigigacha yetib bordim. Odamlar gavjum ekan. Xursand bo‘ldim. Ishqibozlar ruxsat olishibdi-da, degan xayol keldi. Namangan ishqibozlariga ofarin. Lekin, meni kiritishmadi. U yerda imtihon olishyapgan ekan. Trassa yoqasidagi darvozagacha barcha eshiklarni sanab, u yerlardan haydalib o‘tdim. Barcha to‘siqlarda o‘n-o‘nbeshtadan namanganlik ishqibozlar kira olmay yalinib turishgan ekan. Oxirgisidan ham, ya’ni ma’murlar darvozasidan haydalsam, Furqatga sim qoqaman deb eshikka yaqinlashgan edim. Kirgazib yuborishdi. Shu yoshimda darvozalar orasida tentirab yurishimni bilsa kimdir, ahmoqqa To‘ytepa nima yo‘l, deb aytishi mumkin. Manku kirdim. Yunusobodning “Yangi ariq” mahallasidan kelib kirdim. Dovon oshib Namangandan kelgan necha o‘nlab ishqibozlarga qoyil qoldim va lekin yalinib turganlarini ko‘rib ularga achindim. Ularga “O‘l ahmoq” deydiganlar sizu-bizni, ya’ni ishqibozchilik baxtini, taftini ishqiboz hayotini, xayolini tushunmaydi.
Etib borganimda o‘yin boshlanganiga o‘n daqiqa bo‘libdi. Markazdagi yettinchi qatorga chiqib bir yigitdan ikki metr nariga borib o‘tirdim. Masofani saqladim. Tanaffusda u bilan tanishib oldim. “Navbahor” U-21ning o‘yinchisi ekan (afsus, sottivoyimdan ismi-sharifi o‘chib ketibdi). U bilan tanaffusda o‘yin haqida gaplashdik. Birinchi marta xayoliy emas tirik futbolchi bilan suhbatlashdim. Unga aytgan fikrimni o‘yindan keyingi anjumanda Viktor Jalilovgayam aytdim. E’tirozim ko‘p edi. Jalilov gapi bo‘yicha navbahorchilarga mahorat (masterstvo) va omad yetishmagan emish. Ular 16--19 yoshlilar emas-ku. Bizning futbolda iste’dod 23 yoshigacha dimlab qo‘yiladi. Hali zamon bizda U-24 chempionati paydo bo‘lib qolsa, hayron bo‘lmayman. Siz-chi? Jalilovga aytar gapim shu: 24-30 yoshida futbolchining mahorati bo‘lmasa, qirq beshida bo‘ladimi? Futbol shahmat emas-ku, Botvinnikka o‘xshab oltmishdan o‘tib chempion bo‘lsa. “To‘p tepishni bilmas ekan, maydonga tushirgan o‘zing-ku. Gap unda emas. Jamoyaviy o‘yinni haligacha yarata olganing yo‘q. Gap shunda. Bo‘yningga ol”, deydigan mard yo‘q.
3. KUPER PORTRETIGA YANA BIR CHIZGI. Bizda o‘yinni murabbiy emas futbolchi yaratadi. Arveladze emas Tyago Bezerra o‘yinni ushlab turar edi, undan keyin Cheran shu ishni qildi (Piter Xyuistra bu ishni qilmadi. Uning ishiga kuzda baho beramiz). Jalilovga bunday qimmat o‘yinchilarni olib kelib, bir nima ko‘rsatib, Shotadan kam bo‘lmay yurishi mumkin edi. Lekin bunday qilishga klub budjeti chidamaydi-da. Yo‘qsa, undan zo‘rini olib kelarmidi. Serbiyaning qolqindilariga puli yetadi, xolos. Masalan, Naydenov zarbani to‘sib, goldan qutqarish o‘rniga orqasini o‘girib bergan edi, esingizdami? (Yangi tanishim men bilan suhbatta bu hol har qanday odamning refleksi degan edi). O‘sha “refleksi bor” Naydenov ham o‘yindan keyingi xos suhbatda, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, deb aytibdi. Ikkinchi bo‘limning nimasi yaxshi ekan? Ikkinchi bo‘limda ko‘proq yugurgilashdi, xolos. Bizning murabbiylarimiz o‘yinni tayyorlash, futbolchini tarbiyalash, uning o‘yin tafakkurini o‘stirish emas, o‘yinchini topib kelish bilan ishni bajarmoqchi bo‘lishadi. Zo‘rini ob kelsang, o‘yin zo‘r bo‘ladi, hamma ishni o‘zi qoyil qiladi deyishmoqda.
Yozganlarimni o‘qib turgan nabiram men bilan gap talashib qoldi. Butun dunyoda o‘yinchilar futbol o‘ynab berishadi, deydi. Javobim tayin. “MYu”da Lukaku ish bermay qo‘ydi. JCH-2018da Belgiya termasida Lukaku shunday porladiki, hammaning havasini keltirdi. O‘yinchi o‘sha-o‘sha, murabbiy boshqa. Lukakuning o‘yinini ko‘rgan Konte, uni “Inter”da o‘ynatib tag‘inam sermahsul qildi. O‘zimizdan misol keltiraman. Marat Bikmayev hech qaysi murabbiy qo‘l ostida porlamay futbolchilik taqdiri poyoniga yetib qoldi. Faqat Ektor Kuper uni OK musobaqasida shunday yorqin o‘ynata oldiki, Arveladze uni darrov “Paxtakor”ga olib ketdi. Lekin uni Shota ham o‘ynata olmadi. Javohir Siddiqov Kuper qo‘l ostida qanday porladi? Mavzuga qaytaman. Jalilov fikriga qo‘shilmas ekanman, “Navbahor”ning ikki bo‘limi orasida o‘yindagi farq nimada? Nega hamma ikkinchi bo‘limni maqtayapti?
4. YUGURIB BERISh “MAHORATI” Namanganliklar birinchi bo‘limda ishtiyoqsiz, tirishmasdan futbol o‘ynashdi. Yakka kurashlarda barcha vaziyatlarni yutqaza berishdi. Birinchi bo‘limda ishtiyoqsiz, dilsiz, vajohatsiz yugurib berishdi, o‘ynab berishdi (otrabativali igru) demoqchiman. Ikkinchi bo‘limda ishtiyoq paydo bo‘ldi. Ammo jang qilaylik deb foyda-befoyda yugurishdi. Jamoaviy o‘yin yo‘q. Shuning uchun Qo‘qonda porlagan Quvondiq Ro‘ziyevning o‘yini yo‘q. Hujumda uchlik tugul, ikkilik bog‘lamlar yo‘q. Bir vaziyatni esladim. Zabihillo jarima burchagida uchta raqib qurshovida o‘ng qanotga ketdi. To‘pni bermadi. O‘rni bo‘sh qoldi. “Birortang bo‘sh joyni to‘ldirib o‘zingni taklif qil!” Yo‘q. Zabihillo qiynalib uch kishi orasidan to‘pni o‘rtaga manzilsiz uzatdi. Vaziyat o‘ldi. Hujum payti har bir vaziyatda ikki yo uch yo‘nalishda sheriklari o‘zini taklif qilishi kerak. Bunday o‘yin yo‘q. Ikki-uch oshirmadan keyin to‘p yo‘qotilyapti. Buni futbol deb bo‘ladimi? Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatganimiz shumi? Nechta golvar vaziyatga chiqib “mahorat yetishmaganidan” gol ura olishmadi? Bor-yo‘g‘i ikki marta shunday bo‘ldi. Shundayin kuchli Benzemayam har o‘yinda ikki-uch marta qiyshiq tepadi (lekin albatta ikki marta assist bo‘ladi, bitta gol uradi). Karim ikki marta qiyshiq tepganidan unga “mahorat” yetishmadi demaymiz-ku. Ey, bosh murabbiy, sen kuchli jamoaviy o‘yin yaratgin-da, keyin mahorat o‘sishini ko‘rasan.
Jalilovning yana bitta gapi meni hayron qoldirdi. O‘yindan keyin, tasmadan o‘yinni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilib, kamchiliklarni o‘rganib kerakli chora ko‘rar emishlar. Bu nima degan gap?! Murabbiy o‘yin davomida kamchiliklarni bartaraf qilib, kerak bo‘lsa o‘zining xatosini tuzatib, o‘yinni o‘zgartirishi, kuchaytirishi kerak emasmi?
Muhtaram o‘quvchim, Jalilov tomon toshotarlik qilyapganday bo‘ldimmi? Birinchidan, unga qarshi hech qanday husumatim yo‘q. Ikkinchidan, hech kim menga buyurtma bermagan, berolmaydiyam. Jalilovni inson sifatida juda hurmat qilaman. Jalilov ham, Qosimov ham, Maqsudov ham o‘zimizdan. Aybu-nuqsonlari ham o‘zimizniki. Vatandoshlarim Namangandan dovon oshib, hamshaharlarini qo‘llayin deb ne mashaqqatlar chekib, ne to‘siqlarni yengib kelib, yopiq darvoza yonida hissiz, toshyurak pogonlarga yalinib turganini ko‘rsangiz edi, nima der edingiz? Keyin stadionga kirib, maydonga tushgan “yugurib beruvchi” futbolchilar o‘yinini ko‘rgach ne ahvolga tushar edingizu, nima der edingiz? Kechagi bunday majruh o‘yinni ko‘rib Siz hammaning hovlisini toshga to‘ldirib yubormasmidingiz? O‘zim ham “maladesman”. Birgina ishqibozni yo ikkitasini o‘zim bilan birga olib kirsam bo‘lmasmidi? To‘siqdan o‘tishim bilan orqamga qaramay, kech qolyapman deb, pildillab ketdim. Vatandoshim bilan birgalikda o‘yinni ko‘rsak, birgalikda dardlashsak bo‘lmasmidi? Keyin uni uyimga mehmonga taklif qilsam bo‘lmasmidi? Men ham taqiqlardan yurak oldirib qo‘ygan odamman. Kimdan, nimadan qo‘rqdim?
Alam va afsus bilan Hasanali-otangiz yozdim. 25.08.21y.
Kiritilgan sana: 01.09.2021 21:39. O'kildi: 2811 marta.