05:35 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 1 в Руке, Финляндия. Женщины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль. 06:45 Д/ф "Бегущие вместе". 07:30 "Звёзды без правил". 08:00 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Санкт-Петербурге. 09:15 "Формула-1. Гаснут огни". 09:40 Биатлон. Альфа-Банк Кубок России. Этап 1 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. 10:50 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 1 в Руке, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль. 12:15 Теннис. "Трофеи Северной Пальмиры" в Санкт-Петербурге. 15:35 "Непобедимый". 16:05 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Санкт-Петербурге. 17:25 Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. 19:05 "Страна спортивная". Специальный репортаж. 19:25 "Звёзды без правил". 19:55LIVE Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. Прямая трансляция. 22:25LIVE Волейбол. Лига чемпионов. Мужчины. "Гизен" (Германия) - "Монца" (Италия). Прямая трансляция. 00:40LIVE Волейбол. Лига чемпионов. Мужчины. "Милан" (Италия) - "Заверце" (Польша). Прямая трансляция. 02:45 Настольный теннис. BetBoom Кубок Грандов в Москве. 03:35 "Непобедимый". 04:05 "География спорта". Владивосток. 04:30 Биатлон. Альфа-Банк Кубок России. Этап 1 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
05:40 Специальный репортаж. 05:55 Новости. 06:00 Волейбол. Кубок России. Женщины. 1/2 финала. "Динамо-Ак Барс" (Казань) - "Локомотив" (Калининградская область). Ответный матч. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Наши иностранцы". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Профессиональный бокс. Ночь Чемпионов IBA. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "География спорта". Владивосток. 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:30 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии". 19:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура. 20:35 Все на Матч! Прямой эфир. 21:15LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция. 23:55 Все на Матч! Прямой эфир. 00:35LIVE Футбол. Кубок Германии. "Бавария Мюнхен" - "Байер 04 Леверкузен". Прямая трансляция. 02:45 Все на Матч! Прямой эфир. 03:40 Бадминтон. BetBoom Кубок НФБР в Казани, Россия.
05:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 06:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Киллингтоне, США. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. 06:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Киллингтоне, США. Женщины. Слалом. 2-я попытка. 07:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 09:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 2 в Апелдорне, Нидерланды. День 2. 11:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Эстафета 4x7,5 км. 11:45 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Женщины. Эстафета 4x6 км. 12:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 1. 13:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 14:30 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 16:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 2 в Апелдорне, Нидерланды. День 2. 18:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Эстафета 4x7,5 км. 19:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Женщины. Эстафета 4x6 км. 20:05LIVE Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км. Прямая трансляция. 21:50 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 1. 23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 2 в Руке, Финляндия. HS 142. День 2. 00:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. 02:00 Автоспорт. WEC. Обзор сезона. 03:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Контиолахти, Финляндия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км. 04:00 Велотрек. Лига чемпионов. Этап 1 в Сен-Кантен-ан-Ивлине, Франция.
Bobur Akmalov. Dasturxonimiz mezboni futbolimizning fahriy ishqibozi bo‘lsalar-da, yoshlarga o‘rnak bo‘larlik darajada yangilanishga, yangilikka, yangicha fikrlashga intiladilar. Bitta kamchiliklari bor. Juda og‘ir karvonlar, kamnamolar. Oldingi dasturxon yozganlaridan beri ikki oy o‘tib ketibdi.
Orifjon Tolipov. Boburjon, atayin otaxon uslubida gapirmoqdamisiz? Ular kimsani tanqid qilishdan avval o‘sha kimsaning boshini silab qo‘yishni odat qilganlar.
Yakov Lvovich Saldadze. Ali-aka redko strelyayet. No metko. Ya CHM-1980 pomnyu dvumya epizodami. Gollandes surinamskogo proisxojdeniya proigrav yedinoborstvo s Fyollerom, plyunul yemu v golovu. Ves mir uvidel eto bezobraziye. I vse osudili yego. Vi toje vspomnili. Eto bil Raykard. Skaju mimoxodom. Seychas ne stidyatsya bit po lisu, po glazam sopernika ukradkoy ot sudi. Im naplevat, chto ves mir vidit takoye bezobraziye. No i mi xoroshi soboy, dovolni soboy. Smotrim na eto bez ukora. Budto tak polojeno igrat. Takoye bezobraziye nazivayem chastyu futbola. Vtoroy epizod vspominat vsem priyatno. Yego podaril nam sorokadvuxletniy igrok sbornoy Kameruna Roje Milla. On v konse matcha vixodil na pyat, ot silu na desyat munut. Igra komandi s yego vixodom preobrajalas. On za eto korotkoye vremya obyazatelno zabival gol. Ali-aka toje vixodit na “maydan” na pyat minut v konse matcha. Nravitsya vam yego “igra” ili net, eto drugoy vopros.
B. A. Yasha-aka, kogda kak. Bir mavzuni Otaxon boshlab qo‘yadilar-da, mazmunli suhbat qizigan joyida uzilib qoladi. Go‘yo qariya odam gapirib turib uxlab qolganidek voqea yuz beradi.
O. T. Otaxon havaskor jurnalistlar. Talab ham shunga yarasha bo‘lishi kerak.
Fatxulla Hikmatov. Havasga maqola yozib bo‘larkanmi? Havasga sher yozish mumkin. Havaskor jurnalistika bo‘l-may-di. Jurnalistikada yarmiga ishlab, boshqa yarmiga oshpaz bo‘lish mumkin emas. Afsuski, tirikchilik vajidan ko‘pchilik jurnalistlarimiz yarim-chala ishlab yurishibdi. Otaxon havaskor emas, tuppa-tuzuk publisistlar.
O.T. Bir kishini shunchalar chaynadikmi? “Uxlab qolgan qariya” ikki oy ichida o‘z kasbi bo‘yicha bitta imoratni qurib qaytgan bo‘lmasinlar, tag‘in.
Hasanali Qodirov. Orifjon, nomim bir mavzuga sababchi bo‘lsa, payrov bo‘lsa, bo‘bdi-da. Mirjalolni, yo Umidjonni rosa chaynash mumkinu, Hasanali-otani mumkin emas ekan-da. Mavzuga qaytsak deymanu, kechinmalarim ichidan chiqolmayapman. Murakkab bir davrda yashamoqdamiz. Tushunish qiyin bo‘lmoqda. Yomg‘irli kunlarda ivib yo‘talib yurgan edim. Doxtirga borsam, o‘pkani falon joyda rengenga tushiring, falon joyda MRT qildirib keling, deydi-da. Maqsadi aniq. Qanday qilib bo‘lsa-da ko‘proq pul “topish”. Pul ishlash emas, ne xil yo‘l bilan pul topish. “Fonendoskopingni ol, o‘pkani, bronxlarni eshit, keyin tashhis qo‘y” -degim keldi. Demadim. Boshqasini qidirib ketdim. Uni topsam, u yarim millionga yaqin pullik dori yozib bersa bo‘ladimi? Uning ham dardi pul. Bir kimsaning yo‘talishi yo tuzalishi yurt oldida ahamiyatsiz narsa deylik. Ahamiyatlisi bor.
Asrga tatigulik voqealardan kasbimga doir ishlarni ko‘rib chiqaylik. Bilasiz, 20-asrga kelib shaharsozlikda bir chiziq bo‘ylab imoratlarni tizib qurish usuli eskirib ketdi. Uylarni bo‘yiga, hajmiga, hizmatiga, obraziga qarab ansambal qilib qurish har tomonlama ma’qul bo‘ldi. Toshkent markazidagi O‘qchi, Egarchi, Olmazor mahallalarining atrofini o‘rab, ularni ko‘zdan berkitib bir qator qilib, ko‘cha bo‘ylab uylar qurgan edik. Zamonaviy uy-joy majmuasini, ya’ni Toshkent Sitini quraylik deb pishiq qilib ko‘cha bo‘ylab qurilgan o‘sha yaxshi imoratlarni buzib tashlashga to‘g‘ri keldi. EzeDiyor to‘yxonasi, kinochilar uyi, respublika yosh ijodkorlar uyi kabi arxitektura asarlarini buzishga to‘g‘ri keldi. Ular yaxshi ijod mahsuli edilar.
Tarixan kuni-kecha bo‘lgan voqeani hisobga olmabman. Bir chiziq bo‘ylab askarday saf torttirib qurilgan, Navoiy ko‘chasini kazarmaga aylantirib bir xilda “smirno” qilib qurilgan yetti qavatli uylarni aytyapman. Ularni buzmadik. O‘sha paytda “Toshgenplan” loyixa institutida rahbar bo‘lib ishlagan Akopjanyandan poytaxtimizga esdalik sovg‘a bo‘lib qoldi ushbu uylar. Ular arxitektura emas, uyg‘unlikni, butunlikni buzgan bir chiziq bo‘ylab bashara bergan raxitektura asarlari bo‘lib tarixga kirishdi.
Shu voqealar ham dars bo‘lmadi bizga. Qaysidir Ko‘kmi Oq Byulding, Murodmi, Marat Byulding, Goldinmi yo Oldin “Xauzlar”, bilmadim qaysi biri, yo hammasi doim tekinroq yo arzonroq joyga ko‘z tikkan. Kesak-paxsaga pul to‘laydi-yu, yerga pul to‘lamaydi. Bizda yer tekin-da. Shunday yerga erishib olsa bormi, ko‘cha bo‘ylab yakkam-dukkam qilib, u yerda-bu yerda besh yo o‘n qavatli uylarni qurib qo‘ymoqda. Qaysidir boyvachcha Qo‘yliq bozori chorrahasini butunlay to‘ldirib, harakat yechimini o‘ldirib Makrosini qo‘nqaytirib qo‘ydi. “Makro” bu yerga sig‘mayapti-ku. 30m. ichkariga qursa bo‘lmasmidi? Tag‘in bir misol. Malika yonida, Kichik halqa ko‘chasi bo‘yida kimdir ko‘cha haqiga to‘rt metr kirib ketib yakkam imoratni turg‘izib qo‘ydi. Shaharsozlikka, ona shahrimga qo‘yib qo‘ydi. Bu “quruvchi byuldinglar” nima uchun shunday qilishmoqda? Shunday qurishmoqda? Hususiy mulk biznesi bizda shunday basharaga ega bo‘lmoqda. Ularning maqsadi aniq. Ko‘proq pul topish. Boshqa narsa emas. Boshqa bilan ishi yo‘q. Shaharning bosh loyihasi yo‘q, unga amal qilish yo‘q, rayonlashtirish, zonalashtirish yo‘q, kvartal loyihasi yo‘q, ko‘cha tizim loyihasi yo‘q, kommunikasion loyihalash yo‘q. O‘ttiz yildan keyin shahar talablariga mos tushmay qolgach, mazkur uylar ham buzib tashlanishi aniq gap-ku. Bu bilan ushbu “byulding” egalarining ishi bo‘lmayapti. Ular pulni deydi. Shuni siz azizlarim, bildingizmi yo‘q, ular nimani deydi, nimani ko‘zlaydi? Uylari o‘rtaga chiqib nimani so‘zlaydi? Ruhsat beruvchi tashkilotlar ham, nazorat qiluvchi tashkilotlar ham ko‘proq pul “topsam” deydi. Hammaning dardi pul. Shaharsozlik talablari oddiy bir talablar, ularni buzish jinoyat bo‘bdimi, deyishadi. Bilgan b.ni yeyishadi, bizga yedirishadi.
Bugungi hayotni tushuna olmay boshim qotgan. Hamma yoqdan yasama hayot, yasama sohta bilim, yasama gaplar, yasama ishlar, yasama diyonat bizni o‘rab olmoqda. Haqiqat qafasda asir. Ko‘pincha ko‘krak qafasida asir. O‘zimiz uni hibsga olganmiz. O‘zimiz. Bozor iqtisodiyotida hamma ko‘proq foyda ko‘rsam deydi. Bu rivojlanish qonuni emish. Nahotki, kapitalizasiya kriminalizasiya bilan egiz tushuncha bo‘lsa? Yo faqat bizda shunday bo‘lyaptimi?
B.A. Otaxon, oshirvordingiz-ku. Futbolga qayting.
H.Q. Uzr so‘rayman. Boburjon, ojizligimdan vijdonim qiynalyapti. Arxitektor moxiyatim yig‘layapti. 1966-yildagi yer qimirlashidan keyin shahrimizni qayta tiklashda shaharsozlikda namuna bo‘lgan edik. Xozirgi tasqara ishlarimiz hammaga mashara bo‘lmayaptimi? Fatxulla, man yarim asrdan beri futbolimiz ishqiboziman. Publisistga o‘xshatsangiz, futbol tufayli shunday yozyapman. Boshqacha yozolmayman. Futbolchi ham, ishqiboz ham shu hayotda yashaydi. Oymomoda emas. Men esa, shu Hayotni tushuna olmay ezilaman. Kim muttaham, kim halol, kim to‘g‘ri, kim o‘g‘riligini bilolmay qiynalaman. Shunda qadrdonim, futbolim menga tasalli beradi. Bunda hamma narsa manga ayon. Balotelli futbolda o‘z o‘yinini halollab olayotganini ko‘rib, quvonaman. Sohta o‘yin qilgan Mo‘minjonovning Surxoni qayda-yu, Davron Fayziyevning Dinamosi yashayapgan haqqoniy, sportaviy hayoti qayda? Farqi hammaga ayon. Futbolda hech kim yuzini yashira olmaydi. Ishini yashira olmaydi. Futbolda hech kim eshshakni sekingina pichirlab “tog‘a” demaydi. Bor ovozi bilan baqirib eshakni “eshshshaksan” deyish mumkin futbolda.
Xosep Gvardiolani aytmaysizmi, o‘sha chorak finalda Tottenxemdan olgan mag‘lubiyatidan keyin (4:3, 0:1) bilasizmi nima degan ekan? “Haqqoniy qaror. O‘yin so‘ngida urgan golimizni hisobga olishganida futbol o‘z mohiyatini yo‘qotib qo‘yardi”, deb aytibdi. Haqiqat tantana qilgan futbol maydonini sevmay bo‘ladimi? Hayot ham futbolday ochiq maydonda o‘tsa, oshkora bo‘lsa, qani edi. Qorani hech kim oq demasa, qani edi.
YA.L.S. Xosep etim viskazivaniyem takticheski pravilno postupil. Togda uje bilo pozdno, nevozmojno bilo chto nibud izmenit. Siti ustupil polufinal. V etom sluchaye Mourinyo posle matcha krepkimi slovami gorko osparival bi resheniye sudi. I bil bi prav. Ya toje takogo mneniya. Kogda sudbu matcha reshayut santimetri, nelzya doveryat zamedlennomu kadru s odnogo rakursa. V nashix glazax zreniye bikulyarnoye. U kameri operatora monokulyarnoye. Posmotrite na svoy pales zajmurivaya to leviy, to prviy glaz. Zadniy plan budete videt to sprava, to sleva. VAR imeet svoi izyani. Krome togo, po logike borbi matcha gorojane bili bolee dostoyni polufinala.
O.T. Yasha-aka, e’tirozim bor. Sitida yarqirab chiqqan Muhammad Salohga o‘xshagan yetakchi futbolchi yo‘q edi. Jamoa ansamblida doim birinchi ovoz bo‘lishi kerak. Sitida hammasi teng kuchli o‘yinchilar yig‘ilishgan. Yarim finalda Lukas Mouraning “ovozi” aniq birinchi bo‘ldi. Shuning uchun Tottemxemning finalga chiqishi adolatdan bo‘ldi.
B.A. Barsaga qarshi kechgan yarim finalning birinchi o‘yinini Liverpul 0:3 hisobida boy berganiga nima deysiz?
H.Q. Birinchi yarim final o‘yinini Liverpul Barsaga 0:3 hisobi bilan yutqazgani yo‘q. APL Premyer Ligaga o‘yinni boy berdi. APLda mayga kelib o‘yinchilar go‘yo sharbati siqib olingan anorga o‘xshab qolishmoqda. Salohning yaqin masofadan gol urolmaganini shundan ko‘raman. APLda autsayder ham yetakchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. O‘yinlar soni juda ko‘p. Bizda ham bu yil musobaqa taqvimi juda zich qilib tuzib chiqilgan. O‘yin borasida uzoq muddatli rejalarni amalga oshirib bo‘lmayapti. Navbatdagi o‘yinga tayyorlanish uchun arang vaqt yetadi, xolos.
B.A. Unday bo‘lsa, ikkinchi yarim final o‘yinida Barsani Liverpul emas, La Ligani APL 4:0 hisobi bilan yutib ketdi, deyman. APLda har bir turning har bir o‘yinida jangovar jang, janglar jangi bo‘lmoqda. Barsa necha yildan beri o‘ynab-kulib yarim kuch bilan chempion bo‘lmoqda. Angliya klublari kerakli paytda katta matonat ko‘rsatishni yaxshi bilishadi. Kechagi yarim finaldan ko‘ra qattiqroq o‘yinlar APLda ko‘p bo‘lgan. Boshqa tarafdan qaralganda Yurgen Kloop Ernesto Valverdedan ustunligini isbot qilib qo‘ydi. Endi oxirgi turda Kloop Angliya chempioni bo‘lib Gvardioladan ham ustunligini hammaga ko‘rsatib qo‘yishni orzu qilmoqda. Bu narsa o‘ziga bog‘liq emas.
H.Q. Gvardiolaga kelsak, boshqa jihatni uzoqdan ko‘ra bilish kerak. Bilasiz, Messini Gvardiola emas, Raykard ochgan edi. Raykard Barsani ketma-ket ikki marta g‘alabaga boshlab kelgan edi. Bu davrni Ronaldinyo, Eto O kabi nomlar bilan eslayman. Birdan Raykardning ishdan bo‘shatilishi hammani hayron qoldirdi. Chempion murabbiyni ishdan bo‘shatishgan edi-da. Uning o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangan, yoshlar jamoasidan chiqib kelgan Gvardiola esa butunlay boshqacha o‘yinni yaratib u ham ketma-ket g‘alabalarga erishib hammani hayratga soldi. Hayratga solmaydimi? Ketma-ket ikki marta YECHLning g‘olibi, uch marta ketma-ket Barsani Ispaniya g‘olibi qilsa. Gvardiola ilgari biron bir jamoada bosh murabbiy bo‘lib ishlamagan bo‘lsa, bunday murabbiylik mahoratini qaydan olgan? Keyin birdan dovrug‘i baland joyga yetganida Gvardiolaning ham ketishi hammani ajablantirib qo‘ydi. Nega ajablanmasin kishi? Barsa chempionlikni qoyil qilgani yetmaganday shunday yangi o‘yin yaratgan edi-ki, Ispaniya termasi shu o‘yin bilan qurollanib, Barsa o‘yinchilariga tayanib JCH-2010da g‘olib bo‘lgan edi. Butun futbolda davr yaratgan edi Barsa o‘yini. Gvardiola davri-davron surmaydimi. Nega ketadi? Haqqatda, nega ketadi? Uning yaratgan o‘yiniga ergashmagan jamoa qolmagan edi o‘shanda. Charchab qolgan emish.
Tahminimcha, gap bunday bo‘lgan edi. Barsada yangi o‘yinni ikki kishi duet bo‘lib yaratishgan edi. Xosep Gvardiola va Tito Vilanova. Eslasangiz, Dinamo Kiyevda Lobanovskiy bilan Bazilevich yangi o‘yin yaratishgan edi. Barsa duetida birinchi ovoz Vilanovaniki bo‘lgan. Gvardiola ham yuqori darajali mutaxassis bo‘lgani uchun duetda ikkinchi ovoz, yoki jamoada brend bo‘lib yurishni istamadi. Bir qozonda ikkita kalla qaynamaydida. (Bilishimcha, bizda ikkita brend bor edi.) Jamoani Titoga qoldirib, Xosep o‘ziga boshqa jamoani qidirib ketdi. Kiyevdan Bazilevich ketgan edi. Afsus, Vilanovaning umri qisqa ekan. Saratonga chalinib, bevaqt o‘lib ketdi. Pep Bavariyani tanladi. U yerda Xaykens yaratgan o‘yiniga, tarkibiga tayanib ikki marta chempion bo‘ldi. Germaniya chempionatida har tomonlama doimo gegemon bo‘lib yurgan Bavariyada gegemon jamoaning “gegemon” treneri bo‘lib yurishni istamagan edi va shuning uchun hech qanday buyuk o‘yin yarata olmay u yerdan ham ketdi. Sitiga keldi. Bilishimcha bizda ikki kishi brend bo‘lib yurdi. Biri haqiqiy brend bo‘lgan bo‘lsa, boshqasi qo‘g‘irchoq brend hisoblanadi. Biri Qosimov, boshqasi Fyodorovdir. Brend bo‘lib yurishga Gvardiolaga nomusi yo‘l qo‘ymadi. Yakka o‘zi birinchi bo‘lish uchun, olamshumul yangi o‘yin yaratish uchun Sitiga keldi.
Lokomotiv duetida tahminimcha, birinchi ovoz Yelichichga tegishli bo‘lsa kerak. Bundan Andrey Fyodorov noqulay ahvolga tushmayapti. U Neftchida ishning pachavasini chiqarib ishsiz yurgan edi-da. Birdan Lokomotivda nomigagina bo‘lsa-da, Miklyayev o‘rniga nominal bosh murabbiy etib uni tayinlashdi. Rozi bo‘lmaydimi? Bu ikki kishi haqida, Fyodorov va Qosimov mahorati haqida keyin yana gaplashamiz.
B.A. Keyin deb, mas’uliyatdan qochmang. Og‘ir so‘lar bilan ularni “qadrlab” tashladingiz. So‘zlaringizni asoslab bersangiz adolatdan bo‘ladi.
H.Q. Lokomotiv rahbarlari bugungi Paxtakor raxbarlari singari pul kuchi bilan chempion bo‘lishni maqsad qilishgan edi. Abramov klubga kelib murabbiylar shtabini yangiladi. Keyin o‘z g‘oyasi bo‘yicha o‘yin yarata boshladi. U kubokni oldi-yu, jamoani chempion qila olmadi. Qo‘qondagi durangdan so‘ng uning xizmatidan voz kechishdi. Keladurg‘on yangi bosh murabbiy Abramovning barcha ishlaridan voz kechadi, ishni 0.dan boshlaydi deb, xavotirda edim. Klub xo‘jayinlari murabbiylik mahoratini oyoq uchida ko‘rib birinchi o‘ringa mablag‘ kuchini qo‘yishmaydimi, shuning uchun Abramov o‘rniga boshqa bosh murabbiyni qidirishmadi ham. Bosh murabbiy o‘rniga Andrey ismli qo‘g‘irchoqni qo‘yib qo‘yishdi. O‘yinni qo‘lidan kelganicha Yelichich boshqarib, o‘yin tartib intizomini kuchaytirib, Abramov yaratgan o‘yin bilan, mablag‘ kuchi bilan chempion bo‘lishdi. Mablag‘ borasida Paxtakor ham, Bunyodkor ham temiryo‘lchilar oldida ip esholmas edi o‘sha davrda. Bosh murabbiysiz chempion bo‘la olishib temir yo‘lchilar xo‘jalari haq bo‘lib chiqishdi go‘yo. Pachava chempionatning pachoq chempioni bo‘lib mamnun yurishdi. Abramov yaratgan o‘yindagi nuqsonlar xalqaro maydonlarda pand berdi. Yelichich Abramov o‘yiniga o‘yin qo‘sholmadi. Tub nuqsonlarni ko‘ra olmadi. Kuni-kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) Fyodorovning Amirlikda aytgan gaplari kurakda turmaydi. Gol o‘tkazib yuborgunga qadar yaxshi o‘ynagan emishmiz. Shu gaplarni shunchaki aytgan bo‘lsa mayliga. Fyodorov o‘yindan keyin chindan ham shunday xulosaga kelgan bo‘lsa, o‘yindagi tub nuqsonlarni ko‘ra olmas ekan deyman. Futbolni tushunmas ekan deyman.
B.A. Aytganlaringiz isbot bo‘la olmaydi.
H.Q. Bilaman. Xosepga qaytaylik. U bir yil ichida Sitiga saviyasi baland futbolchilarni yig‘ib yangi o‘yin yarata oldi. O‘sha mavsum chempionlikni Kontega berib turdi. Keyingi yili Angliyada hammani qaqshatib, yirtib tashladi. Lekin tezkor uzatmali raqibni qamalga olgan hujumkor o‘yini futbolda davr bo‘la olmadi. Mazkur o‘yin bir yildayoq eskirib ketdi. Sarri Gvardiolani eskirgan o‘yini uchun jazolab ketganidan keyin (2:0) Xosep es-hushini yig‘ib olishi kerak edi. Xosep bu mavsumda ham eski o‘yini bilan chempion bo‘lmoqchi. Lekin YECHLni chorak finalda Tottenxemga har taraflama boy berdi. Endi to‘g‘ri xulosa chiqarib hammasini 0.dan boshlashi kerak. Yangi jilo beruvchi dizaynerlik emas, arxitektorlik qilishi kerak.
B.A. Otaxon, bizda o‘yin yaratuvchilar deb kimlarni ko‘rsata olasiz?
H.Q. Ro‘ziqul Berdiyev, Vadim Abramov, Kanchelskix, xatto Fayziyevlarni sanab chiqishim mumkin. Ular O‘zbekiston masshtabidagi haqiqiy murabbiylardir. Arveladze esa, juda kuchli aplikatordir. Uning qo‘l ostida jamoa o‘yinini ijrochilar yaratadi. U emas. Bezerra ketganidan keyin u o‘z zimmasiga olgan o‘yinni o‘zi bilany ketdi. Masalan, haqiqiy murabbiy qo‘l ostida Muhammad Saloh tushmasa ham o‘yin yo‘qolmadi. Yarim final javob o‘yinini eslang. Shedevr o‘yin bo‘ldi. Shota esa, tayyor “rangli qog‘ozlardan” i
”aplikasion kartina” yarata oladi.
O.T. Juda kuchli deb oshirib gapirdingiz. Aplikasiyada har bir rang o‘z joyida yarqirab ketadi. Bikmayevning o‘yini Paxtakorda borgan sari o‘lib bormoqda. Kuper qo‘l ostida u qanday yarqiragan edi-ya. Shotaning qo‘l ostida Yaxshiboyev ham, Sergeev ham porlab keta olishmayyapti. Ularni Berdiyev yo Abramovga yuborsa, bir yildan keyin mazkur yigitlar o‘yini porlab ketadi. Sho‘ta o‘yin yaratuvchi emas, u jamoa yaratuvchidir. Bu borada uning xizmatlari katta. Navbahorga qarshi o‘yinda o‘yin yaratuvchi bosh murabbiy kimu, aplikator kimligini hamma ko‘rdi. Navbahor yigitlariga yurak yetishmadi. Paxtakorga qarshi yutadigan o‘yin ko‘rsata turib hisob ushlashga tushib ketishdi. Shota jamoa strukturasini yarata olmoqda, xolos.
F.H. Bunday sharoit hech qaysi murabbiyda yo‘q. Shota shuni ham qilmasinmi.
H.Q. Bu alohida muhum suhbatga mavzu bo‘la oladi. Sportda, masalan yengil atletikada, barcha ishtirokchilar bir xil sharoitda start olishi kerak. Bizning chempionatda bir ikki klubga eng yaxshi sharoit yaratib beriladi. Bu ham yetmaganidek “dorojkada” tellamasin deb “podxalim” ko‘tarib yurishgayam tayyor bo‘lishadi.
Bunday ahvolda qayoqdagi Andreylar chempion bo‘lishdi. Miklyayev ikki marta, Fyodorov ikki marta. Ularga murabbiylik mahorati shart emas. Bultur taqvimni isloh qilib, sun’iyroq bo‘lsa-da, “yuguruvchilar” sharoitini ozgina tenglashtirgan edik. Bu yil undan voz kechdik. Poygada birini qorabayir otiga mindirganmiz, boshqasini eshakka.
F.H. Ahmadjonov muhim narsalarni boshlaydi-da, keyin boshlagan o‘z islohotidan o‘zi voz kechadi. Futbolimizning o‘zagini, ildizini isloh qilishni istamayapti, yo nima qilarini bilmayapti.
B.A. Bu ham alohida katta mavzu. Qoralash ham, oqlash ham eng oson ish. O‘z joyida eskilikka qarshi turish, yangilanishga ozgina hissa qo‘shish qiyin ish. Qoralash yengil va besamar ish. “Efir vaqti” ham tugap qoldi. Bir kunlik uzilish qilib ertagayoq “Dasturxon”ni qayta yozaylik.
Kiritilgan sana: 09.06.2019 11:50. O'kildi: 3702 marta.