Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2042 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Boriga shukr (4-qism)

Baho:
+0; -0

5. ERKINJON TURDIMOV            

F.H. Otaxon, Avstraliyaga qarshi o‘yinga so‘ngi ishlov yetishmay qoldimi, deyman. Yana bir bo‘yoqni berish bilan o‘yinni qutqarib bo‘lmas edi. O‘yin strukturasida Kuperni bir emas, ancha-muncha ishlov kutib turibdi. O‘yindagi shunchalar ko‘p nuqsonlar bilan Avstraliya changaliga chang solib o‘ynadikmi, bu Kuperning xizmati sanaladi. Bunday o‘yin Kuperdan avval bizda bo‘lmagan edi. Uning termamizga bergani shu ishonchli, jangovor o‘yin bo‘ldi.  

O.T. Shu aytganlaringiz quruq gap bo‘lib qolmasin. Nimchorak finalimizni yana bir marta ko‘rib chiqib, o‘yinni sharhlab chiqaylik. Darvozada Nesterov turdi. O‘ng qanotda Xoshimov bilan Doston Hamdamov bog‘lamda o‘ynadi. Chapda Zoteev bilan Masharipov birgalikda o‘zaro hamkorlikda bir-birini to‘ldirib hamohang o‘ynashdi. Markaziy himoyada Ismoilov bilan To‘xtaxojayev o‘ynashdi. Anzurni Materassiga o‘xshatsam, Islomni Kannovaroga o‘xshatishim mumkin. Shukurov orqaroqda, himoyaga yaqin joyda hujumni boshlab berib turdi, Siddiqov oldinroqda harakat qildi. Odil barcha chiziqlarni bog‘lab yurdi. Shomurodov yonida raqib himoyachisi soyama-soya yurdi. Tezlik bor, dribling bor, zarba bor, maydonni yaxshi ko‘radi, hujum boshlanishida ham, yakunida ham birday o‘ynay oladi. Eldor Shomurodovga ko‘z tegmasin. O‘yini ancha o‘sibdi. Yaponga, hamda kengurularga qarshi o‘yinning boshlanishida barcha jihatlar bo‘yicha biz raqibdan zo‘r o‘ynadik. O‘yin davomida raqib bizga moslashib olishidanmi, yo zarbdor vaziyatga kelganimizda so‘ngi uzatmaga aqlimiz yo o‘yinimiz yetmay qolganidanmi, to‘pni oldirib o‘yin nazoratini raqibga berib qo‘ya berdik.   

H.Q. Ilgari aytgan gapimni takrorlayman. Biz haqiqiy futbol o‘ynamaymiz. Biz futbol oshini emas, futbol bo‘tqasini iste’mol qilamiz. Xozirgacha termamizda biri undayroq, boshqasi bundayroq “bo‘tqa” pishirib berishar edi. Biz bu “ bo‘tqani osh” der edik. Kuper Amirlikda bizga haqiqiy futbol oshi qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi, bir oz o‘xshamadi. Beshinchi o‘yinda o‘xshab qolarmidi? Kuper o‘yin strukturasini o‘zgartirmoqda. Zoteev aytishi bo‘yicha Kuper taktikada kuchli bo‘lib, taktikani o‘zgartirayotgan ekanmish. Bunday emas. Abramov boshqa, Qosimov boshqa bir taktikani tanlashar edi. Lekin ikkalasi ham bizga bo‘tqa yedirishar edi. Taktikaning vazifasi boshqa narsa. Kuper yigitlarga haqiqiy futbolni singdirmoqda. Oleg yangicha o‘ynash usulini taktik o‘zgarish demoqda. Yangi o‘yin elementlarini tugal yasab olaylik, keyin Qahramon aytib o‘tganidek ularni avtomatik tarzda bajarishga o‘taylik. Keyin turli xil taktik vazifalarni bajara boshlaymiz.  

B.A. Arab gol ura olgan bugungi Avstraliyaga Kuper gol ura olmaganiga nima deysiz?

H.Q. Buning bir qancha sabablari bor. Shota ham, Ektor ham g‘alaba golini vaziyatdan sug‘urib olisholmas ekan.

E.M. Bizni Kuper to‘psiz o‘ynashga majbur qilmoqda. Biz to‘p bilan yaxshi o‘ynaymiz. Biznikilar to‘psiz qolishsa, tezda hamma kuchni sarf qilib qo‘yib, charchab qolishadi.

H.Q. Buni har xil tushunish mumkin. Ehtimol siz to‘pni nazorat qilayotgan paytimizni to‘p bilan o‘ynash deb, to‘p raqiblarda bo‘lgan paytni to‘psiz o‘ynash deb aytayotgandirsiz. Unday emas. O‘yin paytida har bir futbolchi to‘p bilan muomala qilishni yoqtiradi. Lekin o‘yin davomida, masalan, Shomurodov ham bor yo‘g‘i o‘n daqiqa ham to‘p bilan o‘ynamaydi. 80 daqiqa to‘psiz o‘ynaydi. Bugungi futbolda to‘pni bir odam o‘ynasa, 9ta sherigi to‘psiz harakat qilishi kerak. Himoya paytida to‘psiz harakat boshqacha, hujum paytida to‘psiz harakat boshqacha bo‘ladi. To‘psiz futbol o‘ynay olish juda muhim jihat. Masalan, mabodo, hujumchimiz to‘pdan ajralib qolsa, biror daqiqa passiv holatda turib qoladi. Bu yomon. Darrov himoyalanishga qo‘shilib ketmaydi. Bugungi futbolda hujum paytida to‘pni ushlab turib bo‘lmaydi. Tezda oshirish kerak. Buning uchun sheriklari to‘psiz to‘g‘ri harakat qilishi kerak. Bizda Eshmat Toshmatga to‘p uzatadi. Toshmat Begmatga uzatadi. Har bir kombinasiyada doim ikki o‘yinchi qatnashadi. Kamdan-kam hollarda termada uch kishilik kombinasiyalar uyushtira oldik. Chapda Zoteev bilan Masharipov bog‘lamiga Siddiqov qo‘shilib turdi. Shunda 3 kishilik bog‘lam paydo bo‘lardi.  

4 kishilik, 5 kishilik bog‘lamlar haqida gapirmayman. Ular bizda umuman yo‘q. Yaponlarning o‘yinida shunday hujum qilishlarini ko‘rib Siz Temurjon, fikrimni tasdiqlab, yaponlar bizdan ko‘ra jamoaviy yaxshi o‘ynab yutib ketishdi, deb aytdingiz boya. Gol ura olmaganimiz sabablaridan biri shu. O‘yin boshida Kuper ta’sirida shakllangan o‘yinni ko‘rsatishimiz mumkin bo‘lmoqda. Yarim soatdan keyin hammasi yo‘qolib yana eskicha o‘ynay boshlayapmiz.

F.X. Chempionatimiz shunaqa. O‘yinimiz shunaqa. Besh-o‘n kunlik yig‘inda Kuper terma jamoada bunday nuqsonlarni tuzatmoqchi bo‘ladi. O‘z klubiga qaytgach, terma o‘yinchisi tag‘in bo‘tqa o‘yin ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. O‘yinlarimiz saviyasi shunaqa. Bunday chempionatda o‘ynasa, Odil ham yomon o‘ynab podilga aylanib ketishi mumkin.

R.A. Hozir O‘zbekistonda Ahmedov darajasida boshqa bir iqtidorli futbolchini ko‘rsatishim qiyin.

H.Q. Chempionatimiz saviyasini O‘FA rahbariyati ko‘rib bilib turibdi. Islohatlarni boshlab yuborgan.

F.X. Otaxon, yosh boladay ishonuvchan odamsiz. Oldingi rahbariyat ishlamasdiyam, gapirmasdiyam. Bugun gap desa qop-qop. Ish desa, uzoq Hirotdan top. Bugun Rahbar bir ish qiladi, ertasi uning teskarisini. Rahbar futbolda korrupsiyani tugataman deydi. Amaldachi? Qalloblikda ayblangan taniqli, obro‘li Babayanni futboldan chetlatadi-yu, tegishli adliya idoralarida qilmishi ko‘rib chiqilmadi. Tekshiruvlarni o‘tkazib, ishni qo‘zg‘ab, ish bo‘yicha yo oqlanmadi, yo jazolanmadi. U pinagini buzmasdan qayerlardadur ishlab keldi. Uni “Lokomotiv”ga prezident maslahatchisi qilib ishga olishdi. Aybsiz odam oqlandimi yo aybdor odamni jazolamay rahbariyat qaroriga tupurib qo‘yishdimi? Rahbar bugun qaror qabul qiladi, ertaga undan voz kechadi. Boshqa misol. Nima uchundir Abramovni futboldan bir umrga chetlatib O‘FA rahbari qaror chiqaradi. Yarim yildan keyin Abramov xuquqini tiklaydi. Qaror xato chiqarilgan edimi, yo Abramov maktab o‘quvchisiday aybini bo‘yniga olib, rahbardan kechirim so‘radimi? Shulardan keyin ham Rahbarni islohatlar bilan futbolimizni o‘stirmoqchi deysizmi? Hammasi xo‘ja ko‘rsin.

YA.L.S. Chto iz sebya predstavlyayet futbol. Pochemu vo vsyom mire yego lyubyat? Vse lyudi xotyat chto bi sila bila na storone pravdi i spravedlivosti. V jizni chasto sila na storone obmana, podlosti, vlasti, na storone deneg i bezzakoniya. V futbolnoy igre pered glazami u vsex sovershayetsya spravedlivost. Pravilo igri dlya vsex odno. Yemu podchinyayetsya vsyo i vsya. Pered glazami u vsex v chestnom sostyazanii pobejdayet umniy, silniy, vinosliviy i splochyonniy. Vse, komu dorog chestniy boy i torjestvo spravedlivosti stremyatsya popast na stadion smotret futbol. Kajdiy vo ves golos mojet viskazat svoyo mneniye, podlogo otkrito nazivaya podlesom. Tam na stadione chto nas ojidayet, eto drugoy vopros. Jelayem, chto bi sut futbola na nashix stadionax vsegda torjestvovala.

F.X. Kechirasiz, Yasha-aka, gapingizga qo‘shimcha qilaman. Futbolda boshqa jihat ham bor. Eshitishimcha Hasanali-otamiz bilan birga Olma-otaga “Paxtakor”ga muhlislik qilish uchun borar ekansizlar ilgari. Aytmoqchimanki, vatanparvarlik tuyg‘usini qondirish uchun odam futbol ko‘raman deb, barcha bilan birgalikda muhlislik qilish uchun stadionga intiladi. Bor ovoz bilan Eski Jo‘vada O‘Z-BE-KIS-TON deb sidqidildan baqirib bo‘lmaydi. Hamma Sizni jinni deyishi turgan gap. Stadionda bunday ehtirosni yuzaga chiqarish mumkin bshladi. Shuning uchun stadion Olma-otada bo‘lsa ham kishining vatanparvarlik tuyg‘usi futbolni ko‘rish uchun uni o‘yingohga tortadi. Birdamlik tuyg‘usiga hamma tashna. Futbol stadioni Vatan oldida, o‘yin oldida boyu-gadoni, kattayu-kichikni teng qilib qo‘yadi. Odam doim tenglikni ardoqlab kelgan. Shunday ekan, bugungi hayotimizda nima uchun stadionlarimiz borgan sari huvillab qolmoqda?

Buning ikki sababi bor. Birinchidan vatanparvarlik tuyg‘usi kamayib bormoqda. Bilasiz jonidan boshqa boyligi bo‘lmagan odamda vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli bo‘ladi. Ikkinchi Jahon Urushi yillarini eslang. Fransiyadagi millionerlar, bankirlar, biznesmenlar ona vatanini emas, o‘z boyligini o‘ylab Fransiyani dushmanga tashlab qo‘yganlar. Vatanparvarlik tuyg‘usi juda baland bo‘lgan sobiq Ittifoq davlati insoniyatni fashizmdan qutqarib qolgan edi. Chunki, mazkur davlatda bankirlar, mulkdorlar, biznessmenlar, milliarderlar, oligarxlar umuman bo‘lmagan edi. Barcha ishchi-dehqonga, xizmatchiga mansub mehnatkash xalq bo‘lgani uchun, Vatan himoyasi uchun xalq jonini ayamagan, o‘limga tik borgan.

O.T. Nimaga buni eslab qoldingiz?

F.X.Futbol o‘z yoniga vatanparvarlik tuyg‘usi baland bo‘lgan ishqibozni yig‘adi. Toshkent ishchi-dehqonlar emas, balki borgan sari puldorlar, mulkdorlar, ishbilarmonlar, amaldorlar poytaxtiga aylanib bormoqda. Shaharning vatanim-onam degan mehnatkash xalqi kuni o‘tmaydigan bo‘lib, borgan sari qashshoqlashib borar ekan, Toshkent stadionlarida odam kamayib bora beradi. Boylar esa, futbolni emas ko‘ngilhushlik qilish uchun ko‘ngilochar tomoshalarni tanlashadi. Bu bir. Ikkinchi sabab bor. Ushbu kunlari stadionda osh damlab tekinga tarqatilsa ham, ishqiboz kelmay qo‘ymoqda. Nima uchun?

H.Q. Buning qator sabablari bor.

F.X. Eng muhim sababini aytmoqchiman. Futbolimiz maydoni borgan sari adolatli musobaqa tantana qilgan maydon bo‘lmay, biron bir boyvachchaning xohishiga bo‘ysinuvchi qo‘g‘irchoqbozlik maydoni bo‘lib bormoqda. Yashil maydonda 30 mln so‘m oylik olib to‘p tepib beruvchi qo‘g‘irchoqlar o‘yin ko‘rsatishadi. Tribunada kissasida hemiri yo‘q, aldansada stadionga kela beradigan telbalar so‘kinib o‘tirishadi. Stadion davrasida esa, kissasini qizdirib oladiganlar boshqacha “o‘yin” ko‘rsatishadi, davri-davron surishadi. Manzara yoqdimi? Haqiqiy kurash bilan sovrinlarni yutish, yoki quyi ligadan yuqoriga jang qilib ko‘tarilish bizda yo‘q. Bizda medallarni boydan-boy klublar bronlab qo‘yishadi. Yuqori ligada o‘ynash xuquqini janglarda yutib olmaymiz. Boybuvamni ishga solsak, yuqori ligada o‘ynash huquqini bizga Ahmadjonovning o‘zi sovg‘a qilib beradi. Shu ham futbol bo‘libdimi! Islohat deb bong urgan Rahbarni qanday tushunish kerak? Dardingizni aytib Siz otaxon, yig‘lay berasiz, foydasi bormikan: Maydonda klublarning boyu-gadosini teng qilib, Boy-otamning jamoasi bo‘lsang ham, yuzma-yuz jangda kuchli ekaningni isbot qilib, g‘olib bo‘lib sovrinni yut deb, oltin ochkolar qoidasini joriy qilgan edik. Zodagon murabbiyning misi chiqib qoldi. Darajasi baland, lekin iqtidorning urvog‘i ham bo‘lmagan murabbiyni yo‘q qilish o‘rniga Ahmadjonov oltin ochkolar qoidasini yo‘q qildi. Shumi, uning islohati? Bultur jon saqlab yuruvchi ballast klublardan voz kechgan edi. Xatto qarshi chiqqanlarni futboldan badarg‘a qilgan edi. Bu yil o‘zi o‘ziga qarshi chiqib, tupurgan tupugini qaytib olib jon saqlovchilarni ikkitaga ko‘paytirdi.

O.T. Kimnidir haydab chiqarsinmi edi? Samarqand butun dunyoga taniqli tarixiy shahar. Tarixi Barselonadan ham qadimiyroq. Termizda buddaviylarning umumjahon birinchi s’ezdi birinchi asrda bo‘lib o‘tgan. Bu payt Liverpul u yoqda tursin Angliyaning o‘zi yo‘q edi. Yaponlar kelib Termizdagi qadimgi ibodatxonani tiklab berishgan. Super ligada bunday tarixiy shaharlarning vakili bor bo‘lishi kerak emasmi. Buning ustiga ularning xokimlari futbolni rivojlantiraman deyapgan bo‘lsa. Sponsor topolmay qiynalib yurgan klublar qancha.

F.X. Orifjon, Siz ham boyga paxta qo‘ymoqchimisiz? Sizgayam O‘FAdan bitta mansab kerak bo‘b qoldimi? Sizsiz ham O‘FAning shtatini shishirib tashlashgan. Siz yetmay turibsiz u yerda. Agar viloyat xokimi Erkinjon Turdimov chin dildan futbolni yaxshi ko‘rsa, “Bizga sovg‘aning keragi yo‘q. Jang qilib bosqichma-bosqich ko‘tarilamiz. Shuncha yildan beri viloyatda futbol bee’tibor qolgan edi. Klub infrastrukturasini, ommaviy futbolni, akdemiyani kuchaytiraman, yerli yoshlarni yetishtiraman. Kelgindi gastrolyorlarni yig‘ib olib emas, musobaqani farsga aylantirmasdan o‘z kuchimiz bilan baquvvat jamoa bo‘lib shakllanib super ligaga kirib kelamiz,” demaydimi?

B.A. Bir biringiz bilan bo‘lib Kuper chetda qolib ketdi-ku.            

H.Q. Barcha gaplarimiz bevosita termaga tegishli. Kuper besh-o‘n kunlik yig‘inlarda termaning jamoaviy o‘yinini sozlashi mumkin. Lekin, masalan, Sayfiyevning o‘yin darajasini yig‘inlarda o‘stira olmaydi. “Paxtakor”da o‘ynar ekan, faqat kuchli raqiblarga qarshi kechadigan faqat jangovor bahslarda uning o‘yin mahorati o‘sishi mumkin. Bizda buning teskarisi bo‘ladi.

R.A. Agar terma jamoamizda jahon chempionatida o‘ynaydigan darajadagi ikki-uch nafar futbolchi yetishib chiqmas ekan, u holda Kuperga juda qiyin bo‘ladi. Buning uchun u o‘z e’tiborini klub miqyosidagi o‘yinlarga qaratgan holda munosib ijrochilarni kuzatishi kerak.( F.E.№13.9b.)

F.X. Kuzatsa kuzatmasa bizning Toshmat Vardiga aylanib qolmaydi. Super ligada ballast klublar sonini ikkitaga oshirdik. Sahob Jo‘rayevni qayerdandir topib keldik. Endi Farhod Tojiyevni ham “reanimasiyadan” chiqarib o‘ynataylik. Sharofiddinov yo Olim Navkarovni ham qidirsakmikan. Iste’dodli, lekin vaqti o‘tgan futbolchilarning, hamda iste’dodsiz, yorqin futbolchi bo‘la olmaydigan xira o‘yinchilarning ko‘chasida bayram boshlanadi endi. Shahboz Erkinov, Jasur Hasanovga o‘xshaganlar o‘yiniga o‘yin qo‘shmasdan yana besh-olti yil klubdan klubga o‘tib yurishi mumkin. Biz mana shunaqa kuchsiz chempionatda kuchsiz jamoalarimiz sonini yana 2taga ko‘paytirdik. Kuchliroq raqiblarining o‘yinchilarini o‘ziga tortib olib, ularni kuchsizlantirib kuchli qarshilikka uchramay g‘olib bo‘lib yuray degan “Paxtakor”dan gapiraylik. Bunday “Paxtakor”da o‘ynab beruvchi terma a’zolarimiz nima bo‘ladi, kim bo‘ladi? Rustam-aka, bizning chempionatda ularning o‘yini jahon darajasi tugul Osiyo darajasiga ham chiqa olmaydi. Buning uchun Ahmadjonovga ming rahmat. U anti reformada ustasi farang ekan.

B.A. Fatxulla, sizu-biz dasturxon atrofida o‘tirib, Odil-podil deb, Umidni antireformator deb atashimiz oson. E’tibor bering, mash’um qaror qur’a tashlashdan bir kun avval chiqarildi. Demak, Ahmadjonov ohirgi damgacha bunga qarshilik qilgan, deyishimiz mumkin. Futboldan nari arboblarning sportga dahli bo‘lmagan munosabatlari Umidni burchakka tirab qo‘ygandir. Va u taslim bo‘lgan. Axir u futbolimiz uchun foydali bo‘lgan ancha ishlarni amalga oshirmoqda. Yangi mavsum birinchi turi oldidan gaplarimiz ko‘payib ketdi. OKning nimchorak final o‘yinimiz tahlili keyinga qolyapti.  

Kiritilgan sana: 28.03.2019 19:48. O'kildi: 5653 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.