Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 05.07.2025 06:00
      • Palmeyras
      • 1:2
      • Chelsi
      • 05.07.2025 21:00
      • PSJ
      • 2:0
      • Bavariya
      • 06.07.2025 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Borussiya D
  • Superliga
      • 05.07.2025 20:00
      • Andijon
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 05.07.2025 20:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • OKMK
      • 06.07.2025 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 06.07.2025 20:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Nasaf
      • 07.07.2025 20:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 14 28
3 Bunyodkor 15 27
4 Neftchi 14 27
5 OKMK 15 27
6 Navbahor 14 26
7 Paxtakor 14 23
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

06/07/25 Paxtakor - Navbahor
06/07/25 Dinamo - Nasaf
07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Boriga shukr (4-qism)

Baho:
+0; -0

4. KOLLINA

H.Q. Yasha-aka, Siz aytmoqchisizki, biz Kuperdan qandaydir sehrgarlik kutmasdan vazifani boshqacharoq qo‘yishimiz kerak. Ektor Kuper ikki yil yo boshqa bir muhlat ichida Milliy terma jamoamiz o‘yin darajasini Osiyoda birinchi to‘rtlik qatoriga olib chiqsin. Buning uchun Kuperga barcha sharoitlarni yaratib beraylik, shundaymi.

F.H. Keyin o‘sha kunni kutib, Kuperga ishonib, hammasidan behabar bo‘lib, bir nimani poylab, nimaligini o‘zimiz bilmasdan, Rustamakam aytganday “sabr qilib” o‘tiraylikmi?

H.Q. Boshqa nima chorangiz bor? Keyin Lippiga yo Erekssonga, yo Keyrushga o‘xshab uning ishi o‘xshamay qolsa, bizning Kuper ham muhlati o‘tgach, Lippiga o‘xshab lipillab badar ketvoradimi? Biz eski hammom, eski tos bilan qolib keta beramizmi? Keyin yangi bosh murabbiyni izlashga tushamizmi? Keyin hammasini 0dan boshlaymizmi? Bundan boshqa nima choramiz bor? O‘FA rahbari qanday qilib bosh murabbiy ishini nazorat qila olsin? Eng bilimdon sanalgan mashhur Professorimiz ham uning darajasiga yaqin kelolmasa, choramiz nimada? Nima qilmoq kerak? Menda boshqa bir taklif bor. Ukrainada Kollina Hakamlar Qo‘mitasiga kuratorlik qilmoqda. OK-2019 paytida har bir jamoa bilan OFKni bog‘lab turuvchi koordinatorlar xizmat qilishgan ekan. O‘FA rahbariyati bilan Kuperni doimiy bog‘lab turuvchi, o‘rtada ikki yoqlama harakat ko‘prigi bo‘luvchi futbol bilimi baland bo‘lgan koordinator kerak emasmi? Hamda terma jamoalar murabbiylariga yordam beruvchi, ular tanlagan yo‘lni tushunib turuvchi darajasi undan past bo‘lmagan kurator kerak emasmi? Shunday vazifalarni bajaruvchi baland saviyadagi mutaxassisni chet eldan taklif qilsak bo‘lmaydimi? O‘sha kimsa o‘z yurtida yashab turib ham bunday vazifani bajarib yurishi mumkin bo‘ladi. 2008 yildan beri Rossiya termasiga Guss Xiddink sirtdan kuratorlik qilib kelmoqda. Buni tegishli odamlar biladi.

O.T. Kerimov uni “Anji”ga olib kelgan edi. Rossiya termasiga uni Abramovich olib kelgan.

F.H. Otamizning fikriga qaytaman. Keyin natijani kuratordan talab qilamizmi yo Kuperdanmi. Yo kuratorni hech kim tanimay bilmay tursinmi? Yo siz otahon boshqaruvda kollegiallikni joriy qilmoqchimisiz.

H.Q. Unday ham, bunday ham emas. U kishi bosh murabbiyning emas, O‘FA rahbarining termalar bo‘yicha bosh maslahatchisi bo‘ladi. Boshqaruvning bosh rejasi bor bo‘ladi. Shunda, masalan, 5 yo 10 yilga atalgan terma o‘yinini o‘stirish yo‘lida uzviylik paydo bo‘ladi.

F.H. Bu bilan bosh murabbiyning ishi, mas’uliyati yengillashib qolmaydi.

H.Q. Juda to‘g‘ri gap. Bu bilan Kuperning mas’uliyati, javobgarligi kamayib qolmaydi. Shunday ekan, ishini yengillashtirish haqida gaplashaylik. Kuper o‘ziga xos futbolimiz sharoitida birinchi bor ishlayapgan bo‘lsa kerak. Biznikiday futbol xo‘jaligi kriminallashib ketgan boshqa bir futbol yurti dunyoda bo‘lmasa kerak. Masalan, butun strukturasi yaxshi shakllangan Bunyodkorda ham homiylarning pulini yuvish avjiga chiqib ketgan edi, deb eshitganim bor. Boshqa klublarni gapirmasak ham bo‘la beradi. Bahtiyor Boboyev qamalib ketayozgan emish. Bunday hayotimizni hech kim oshkor qilmaydi.

B.A. Otaxon, tag‘in o‘tlab ketmoqdasiz. Xo‘jalikdagi ahvolning terma murabbiyi ishiga qanday dahli bo‘lishi mumkin?

H.Q. Kuperga daxli yo‘q, to‘g‘ri. Lekin ushbu holat futbolchilarimiz o‘yiniga ta’sir qilmay qolmaydi. Yashil maydondagi holatlar maydon atrofidagi voqealarda pishib yetiladi. Qirg‘iziston termasining o‘yinidagi oddiylik va oydinlik bilan, romantizm bilan Sudanga qarshi o‘yinimizni solishtiring. Nimani ko‘rdingiz? Qirg‘izlarning mahorat darajasi biznikidan ancha past. Ular jon-jaht bilan erkin o‘ynashdi. Biznikilar o‘yin ko‘rsatishdi. Intizomli o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yinga futbolchining nafaqat ruhiy, balki ruhoniy holati ham ta’sir qiladi.

B.A. Bu mavzu boshi berk ko‘chaga olib keladi. Bu ko‘chaga kirsak hech qayerdan chiqolmaymiz.

H.Q. Boburjon, topib aytdingiz. Rahbariyat futboldagi korrupsiyaga urish e’lon qilgan. E’londan nariga o‘ta olmayapti. “Oltiariq voqeasi”dan, “Ro‘zimboy Ahmedov telefoni”dan keyin taftish-tekshiruv ishlari olib borilmadi. Taniqli PFL amaldori bunday ishlarga yuridik xuquqlarimiz yo‘q deydi-yu, hamma yoqni bosti-bosti qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o‘zi ham tupikka kirib qolgan, shekilli. Ezilib qolgan, shekilli. Nima qilarini bilmay qolgan, shekilli. Suhbatimiz ham bu ko‘chaga kirsa, chiqolmay qoladi. Nima demoqchiman? Shu ahvolda Kuper ishlamoqda. Shunday tashqi muhitda Kuper jamoada sof va ijodiy iqlim yarata oldi. Kelgan zahoti muhim voqea sodir bo‘ldi. Birinchi marta terma manfaati qaysi bir foydaxo‘rning xos xonasiga etagini ochib kirib ketmadi. Yigirma yilda birinchi marta shunday bo‘ldi. Termamiz uchun biz ham bir nima yarataylik.

O.T. Otaxon, yoshingiz nechada? Haligacha qizil, kitobiy gaplar yog‘dirasiz. Kim nuqsonlar bilan kurashadi? Sizga onson, arzandalik yoshidasiz. Men, masalan, sizdaka ochiq-oydin Kattani tanqid qilib yozsam, ishdan ketaman. Siz oddiy ishqiboz holingizga, yo man oddiy jurnalist holimga terma uchun nima qila olamiz? Tinmagan qariya-ey.

H.Q. Mendan qahramon yasamang. Siz ham o‘z qarashingizga, o‘z qarichingizga egasiz. Hamma o‘z fikrini himoya qilishi kerak. Kuperga yengillik yaratish kerak deganimni bilaman. Menga qo‘shilib sizlar ham “o‘tlab” ketdingiz. Barchamiz uchun juda ham og‘riqli mavzu bo‘ldimi, deyman. Og‘riqli va juda achinarli mavzu.

E-voh! Yosh va iste’dodli bosh murabbiy Ikrom Mo‘ydinjonov harom-halolning farqiga bormasa!!! Endi futbolga kirib kelayotgan avlodni aytmayman, o‘z farzandlaring ko‘zlariga qanday qaraysan? Farzandlaringa harom non yediryapsan-ku. Pul o‘lsin, pul!!!

Etib kelgan yerimiz shu bo‘ldimi? Esimni tanibmanki orzu qilib kutgan hurriyat kunim shu bo‘ldimi? Mustaqilligimiz shu bo‘ldimi? Qani, ayting falonchilar, gumrohlar, sullohlar, futbolimizning ertasi sizlarga qoldimi? Uzr. Qarichilik. Ko‘z yoshim quyilib ketdi...

B.A. Otaxon, yuragingizga bunchalar yaqin olmang. Sovuqqonlik bilan mushohada yuriting. Ikromlar shunday tizim ichida qolib ketishgan. Tizim bir kunda o‘zgarmaydi.

H.Q. Tizimdan jabr ko‘ruvchilar, haromdan hazar qiluvchilar futboldan chetga chiqib turishibdi. Ikromga o‘xshaganlar tizim tegirmoniga suv quyishmoqda. Ularning farqiga boraylik.

F.H. Yopig‘liq qozon yopiq turmay ochilib ketdi. Endi “o‘tlashga” men ham qo‘shilaman. Otaxon, Bobur haq. pastdagilarga yopishmoqdasiz. Futbolning asl mohiyati bo‘lgan halollikka, sportaviy adolatga oyog‘ini artayotganlar eng tepada o‘tirishibdi. Ular futbol musobaqasiga tupurib qo‘yishgan. Ularning xohishiga futboldagi xamma narsa O‘FAga qo‘shilib bo‘ysinishi kerak. Bunday futbol, qo‘g‘irchoq musobaqa hech kimga yoqmasligi bilan ularning ishi yo‘q. Qaysidir korchalonning xohishiga bo‘ysinadigan musobaqa o‘yinini ko‘rgani faqat ahmoq stadionga keladi. O‘zbek futboliga ishqiboz orqa o‘girgani shundan. Uzun quloq gaplarga ko‘ra 21-asrning taniqli arbobi bo‘lgan bir davlat rahbarining qaynotasiga yoqish uchun musobaqa ustuvorligini mensimasdan Surxonni bu yil qulog‘idan tortib Super ligaga olib chiqishmoqchi ekan. Buning uchun qaysidir sho‘rlik jamoani o‘n ikkilikdan chiqarib tashlash kerak bo‘lyapti. Shunday bo‘lsa, bu ish futabolga oyoq artish emas, boshqa joyini ham artish bo‘ladi. Marat Kabayev futbolchi bo‘lgan. Uning bunday qilishi mumkin emas. Lekin kimningdir qandaydir xohishiga ko‘ra, yoki kimgadir yoqish uchun bu ishni qilishmoqchi. Bu fakt.

Boshqa misol keltiraman. 2017-yil natijasiga ko‘ra “Paxtakor” rahbarlariga yoqish uchun yangi sovrun o‘ylab topishdi va uni Arveladzega topshirishdi. Boy itining quyrug‘ini tarash bo‘ldi. 2018-yil mazkur sovrunni butunlay yo‘q qilishdi. Arveladze uchun o‘ylab to‘qilgan edi-da. Kubokni boy bergan Arveladzega sovrinni topshirishsa, kulgi bo‘lishar edi-da. Yo‘q qilish rahbar uchun onson ish. Sovrin topshirish ham masxarabozlik bo‘ldi.

Termamiz nimchorak finaldan Marat yo Islom zarbalari tufayli o‘ta olishmadi deguvchilar adashadi. Avstraliyaga yuzma-yuz to‘qnashuvda bizga matonat yetishmagani uchun yuta olmadik. Yuzma-yuz uchrashuvlarda g‘alaba qozonishni o‘rgatish uchun Formatda oltin ochkolar qoidasi joriy qilingan edi. Bunday jangda Arveladzega jamoaning moliyaviy holatiyam, rahbarining avtoriteti ham ish bermaydi. Murabbiy mahorati, futbolchilarning matonati ish beradi. Kerakli jangda o‘zingni ko‘rsata olmaysanmi, Shota, chetga chiq, orqaga o‘t, dedi musobaqa formati. “Paxtakor” rahbari bunga javoban bu yil bunday formatni yo‘q qilib tashladi. PFL rahbariyati o‘zi boshlagan o‘ta foydali tashabbusni o‘zi bo‘g‘ib tashladi. Bo‘g‘izlab tashladi.

Endi mazkur klub strukturasi, moliyasi bilan osmondan kelib, turma-tur ochko terib chempion bo‘ladi. Ismi jismiga monand “terimchi”. “ Ochko terdim etak-etak”mi? O‘zini oqlagan formatdan voz kechish futbolimiz manfaatini oyoq osti qilish bo‘lmaydimi?

B.A. Fatxulla, ikkinchi bosqichda oltin ochkolar tufayli musobaqada intriga yo‘qolib ketmadimi?

H.Q. Kechirasiz, Bobur, garaj tomidan chakka o‘tsa, garaj ichidagi moshina almashtirilmaydi. Ikkinchi bosqichni birinchi o‘rinda boshlagan “Navbahor” ham, “Buxoro” ham, “Bunyodkor” ham, “Nasaf”ni aytmayman, barchasi moliyaviy inqirozga uchrab qolishgani tufayli ikkinchi bosqichda sovrunlar uchun kurash yo‘qolib qoldi. Formatning aybi yo‘q. Islohotning eng muhim qismi eskicha qolib ketmoqda. Klublarni moliyalashda katta, tub islohotlar amalga oshirilmas ekan, boqimandalik yo‘qotilmas ekan futbolimiz ri-voj-lan-may-di. Bu kunday ravshan bo‘lib turibdi. Endi so‘ngi o‘yin haqida gaplashsak, bo‘ladi. Bilsam, bilmasam Kuper bilan Arveladzening bir biriga o‘xshash tomonlari ham bor.

Kiritilgan sana: 15.03.2019 21:57. O'kildi: 4796 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


ZBOXONOV
Sana: 16.03.2019 15:35. ZBOXONOVga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


BARSACHICHOQ
Sana: 16.03.2019 13:30. BARSACHICHOQga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.