Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2039 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Terma jamoamiz bosh murabbiyiga ochiq xat (3-qism)

Baho:
+0; -0

Aldamoqqa bachcha yaxshi, ko‘ndirmoqqa aqcha yaxshi.
M. Va nihoyat, omadni ko‘pam chaynamasdan boshqa gapga o‘taman. Karislar Germaniyada o‘ynayapgan legioner o‘yinchilarining individual mahorati evaziga bizni yutishdi degansiz. “Borussiya” D. va “Augsburg” klubi futbolchilari individual harakatlari evaziga Koreyaga muhim g‘alabani taqdim etishdi” degansiz. Kechirasiz, gapingizga qo‘-shil-may-man. Koreya terma jamoasining jamoaviy harakatlari biznikidan ancha baland bo‘lgani uchun ular bizni yengib chiqishdi. Jamoaviy o‘yin bo‘yicha karislar bizdan ikki kalla yuqori turishadi. Yakka to‘qnashuvlarda bizning yigitlar ulardan orqada qolishmadi. Teng o‘ynashdi (masalan, yakka kurashlarda “Lokomotiv” o‘yinchilari “At-Ta’vun”dan ustunroq bo‘lishsa-da, jamoaviy himoyalanishda va hujum uyushtirishda raqibdan ancha orqada qoldilar. Boshqa o‘yinda buning aksini ko‘rdik. “So‘g‘diyona” jamoaviy harakatlarda “Bunyodkor”dan ustun bo‘lsada, o‘yinchilarning mahorati bo‘yicha raqibidan juda orqada ekan). Samveljan, gapingiz to‘g‘ri bo‘lsa, Koreyaning Siz aytgan mana shu legionerlari Malayziyada ham bor kuch bilan harakat qilishgan bo‘lsalar-da, Suriyaga qarshi o‘yinda nima uchun Koreyaga “g‘alabani taqdim” eta olishmadi? 0:0 bilan kifoyalanishdi.

Aravani ot tortar, ko‘lankasin it tortar.
Samveljan, tan oling, Ayman Hakimning murabbiylik mahorati Suriya termasining o‘yin sari yanada kuchliroq o‘ynashini ta’minlamoqda. Suriya o‘yinchilarining individual mahorati biznikidan baland emas. Past bo‘lishi mumkin. Siz aytganingizdek “o‘tkinchi o‘yinning o‘zi qolmadi. Autsayder deb qaralgan jamoalar ham kuchli raqiblardan (biz yuta olmagan, biz yutkazgan Eronu, Koreya termalardan) ochko tortib olishyapti” ekan, buning sababi nimada? “Autsayder” bizga o‘xshab o‘zining Rossiyada o‘ynovchi legionerlariga ega bo‘lmasa-da, ularning bosh murabbiyi Sizga o‘xshab raqib jamoasidagi legionerlarning “mahoratini ham tan olish kerak”, demasdan yaxshi o‘ynamoqda. Buning sababi nimada?

Kuchli raqiblarga qarshi kuchli qarshilik ko‘rsata olishar ekan, buning asl sababi nimada? Bosh murabbiyning individual mahorat darajasi siznikidan balandroq ekanligi bosh sababchi bo‘lmayaptimi? Lippi Xitoy termasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, bu jamoa ham karislarning Kim Ju Xo yoki Son Xyong Min kabi o‘yinchilariga bahona ag‘darmasdan, kuchli o‘ynay olishini, hammani esankiratishini ko‘rmaymizmi endi? Tez orada ko‘ramiz. Hamma narsa bosh murabbiy darajasiga bog‘liq. Buni Siz qachon tan olasiz? O‘FF rahbariyati qachon tan oladi? Mundial yo‘lida barcha imkoniyatlar barbod bo‘lgandan keyin tan oladilarmi? Shunda ham tan olishmaydi. Aybni Sizga ag‘darishadi, qo‘yishadi. Yillar o‘tmoqda. Aravamiz hamon bir joyda qotib turibdi. Amaldorlik, mansabparastlikka qo‘shimcha tarzda yana ozgina vatanparvarlik tuyg‘usi rahbariyatda qachon paydo bo‘ladi? Qachon? Tuyaning dumi yerga tekkandami?

Har bir ishning asli boshqa, boy buvamning nasli boshqa.
N. Siz ko‘p ishlayapmiz dedingiz. Sergeev o‘zi ustida ko‘p ishlamoqda dedingiz. Ish, ishlash, ishlamoqda. Bilasizmi, bozordagi hombol yo eshak ham ko‘p ishlaydi. Lekin ularning ishida mulohaza yo‘q. Aql ishlatib, mulohaza yuritib ijodiy mehnat qilish kerak. O‘ymakor bir parcha yog‘och ustida ijodkorlik qiladi. San’at asarini yaratadi. Bosh murabbiy taxta yo toshga ishlov bermaydi. O‘yin yaratadi, o‘yinchini yaratadi. Uning san’ati juda qiyin san’atdir. Yaxshi futbolchi bo‘lish ham juda qiyin. U o‘zini o‘zi yaratishi kerak. Shtangist yo bokschiga osonroq. Hamma narsa o‘ziga bog‘liq. Ruslan Nuriddinov bo‘lish uchun shtanga toshining qarshiligini yengish kerak.

Futbolchiga ming bitta faktor qarshilik ko‘rsatadi. Futbolda ming ishla, yuz ming tirish, hammasi behudaga ketishi mumkin. Siz Sergeevning futboldagi taqdirini o‘ylab, uni orqaga qaytardingiz. U bilan birga mashaqqatli mehnat qilib iste’dodni o‘stirmoqchisiz. Siz bilan Lushchanu Berdiyevdan boshqa hech kim bunday ish qilmayapti. Chetdan tayyorini qidirishadi. Chunki boshqa murabbiylar yarim yilda haydalishi mumkin (“Qizilqum” barcha jamoalarning Vohid Shodiyev kabi nomdor “atrabotkalarini” yig‘ib olgan bo‘lsada, Aktamovga hech kim hayron bo‘lmaydi. Boy klubda ishlamoqda deb, yarim yilda haydalmaydi deb, unga havas qilishadi). Ushbular “natija” deb atalmish raqamlarga jon kuydirishadi. Futbolchilarning o‘yin mahoratini o‘stirayin deyishmaydi. Natijada qanchadan-qancha iste’dodni “sovuq” urib ketmoqda. Sovuq munosabat, chempionatimiz “karvonsaroyining” keldi-ketdi yelvizak holati ularni quritib qo‘ymoqda. Daraxt kabi iste’dod ham bir yerda ko‘karadi. Men nima uchun bu joyda bu gaplarni aytmoqdaman? Siz bir o‘yinchi haqida ijobiy fikr bildirdingiz. Gapingizga ham qo‘shilaman, ham qo‘shilmayman. U kim ekan?

Jondor joniga kuyar, begona nimani tuyar.
O.Futbolchi o‘z klubida yaxshi o‘yin namoyish etmasligi mumkin. Lekin terma jamoada aksincha, yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Bunga Marat Bikmayevni misol tariqasida keltirishim mumkin”, degansiz mazkur intervyuda. Kechirasiz, Marat klubda ham, termada ham yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayapti. Uning yaxshi o‘yini oldinda deb haliga dovur umidvor bo‘lib yuribman. Amirlikda 2003-yili bo‘lib o‘tgan yoshlarning jahon chempionati hamon esimdan chiqmaydi. Maydonga tushgan bizning barcha futbolchilarimiz ichida eng yoshi u edi. Bikmayevni uch marta Osiyo kubogi final o‘yinlariga olib ketishdi-yu, lekin to‘liq ishonch bildirishmadi. Asosiy tarkibga qo‘yishmadi. Bir umr zaxiradan o‘yinga tushadi. Oldin hali yosh deyishardi, hozir qarib qolgan deyishmoqda. Lekin hech kim uning noyob iste’dodini ko‘ra olmayapti, shekilli. Siz Sergeev iste’dodini o‘stiraman deb, orqaga qaytarib jon kuydirmoqdasiz. Maratning iste’dodini hech kim o‘stiraman demadi. Sergeev kabi uning g‘amxo‘r mehriboni yo‘q ekan. “Rubin”da ham, “Alaniya”da ham, “Aktobe№da ham, “Lokomotiv”da ham uning iqtidori murabbiy nazaridan chetda qoldi. Termalarda 16 yil ichida qancha murabbiyni ko‘rmadi deysiz. OK-2011da Avstraliyaga qarshi barbod bo‘lgan o‘yinda bir marta zaxiradan maydonga tushgan edi, xolos. Birinchi marta Siz unga ishonch bildira boshladingizu, u ham chala-yarim ishonch bo‘lib qolmoqda.

Marat ham, Siz ham, men ham o‘zimizga o‘zimiz chetdan turib baho bera olmaymiz. Mevali daraxtning o‘sib unishiga bog‘bon qanchalik kerak bo‘lsa, futbolchi iste’dodiga ham Murabbiy parvarishi shunchalar kerak. O‘zi o‘ziga shakl bera olmaydi. Bog‘bon va uning tokqaychisi kerak bo‘ladi. Sergeev iqtidorini parvarish qilmoqdasiz ekan, bu tahsinga loyiq. Nega Marat iqtidorining faqat bir qirrasidan foydalanib qolmoqdasiz? U har doim raqib darvozasiga tahdid solishga tayyor turadi. Shunisi Sizga yoqadimi? Boshqa qirralarini ochish mumkin emasmi? Endi kech bo‘lganmi? Uning ochilmagan qirralarini ko‘ra oladigan murabbiy topilarmikan? Shu bola klubda ham, termada ham asosiy o‘yinchi bo‘lib futbolimiz tarixida Abduraimov yo Shkvirin kabi hujumchilarga o‘xshab o‘chmas iz qoldirishi mumkin edi. U esa bir umr zaxiradan maydonga tushadigan hujumchiga aylanib qolgan.

Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.
P. Geynrixning ham bir mahoratini kerakli paytda ishga sola olasiz. Bunga ustasi farangsiz. Toshkentdagi Livanga qarshi o‘yinda umuman hujum uyushtirmadik. Arablarni qamal qilib olsak-da, xavfli vaziyat yarata olmay qoldik. Kombinasiyasiz hujum merovlanib mudroq bosib qola boshladi. Shu payt maydonga qitmir Geynrix tushdi. Hujum jonlanib ketdi. O‘yin tirilib ketdi. Hujumda yangi-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘la boshlandi. Hammada ishtiyoq kuchaydi. Stadion o‘kira boshladi. Jarima... Geynrix to‘p yonida... Zarba. Gol. “Paxtakor” larzaga keldi.

Koreyaga qarshi o‘yinda almashtiruvingiz bilan o‘yinga Siz xol qo‘yib qo‘ydingiz. Yo‘q, yo‘q. Maydonga Geynrixni tushurib to‘g‘ri qildingiz. Geynrix har gal bir marta o‘yinni qo‘tqarib qolishi mumkin bo‘ladi. Shundan foydalanib qolmasak, u bemaza o‘yin ko‘rsata boshlaydi. Bu gal ham uni o‘z vaqtida maydonga tushirdingiz. Bir marta unda termani qutqarib qolish, ikkinchi golni urish imkoniyati paydo bo‘ldi. Siz, ha, ha, Siz bunga xalaqit berdingiz. Siz o‘z vaqtida Geynrixni maydonga tushirgan edingiz. Lekin nima uchun Bikmayevni almashtirdingiz. Tarkibdagi yoshlarimiz Koreyaga qarshi o‘ynay olishmayotgan edi-ku. Komilov ham hujum paytida, ham himoyalanishda to‘qnashuvlardan chetda qolib ketmoqda edi-ku. Geynrix Komilov o‘rniga tushsa bo‘lmasmidi? Bir muhim o‘yin vaziyatini boy berdik. Geynrixning foydasi tegib qolib yana bitta gol urishimiz mumkin edi. Sizning almashuvda yo‘l qo‘ygan xatoingiz tufayli hisobni oshira olmadik. Hamma karislar hujum bilan band... O‘ng tomondan Geynrix yorib o‘tdi... Raqib maydonida bo‘shliq paydo bo‘lgan... Geynrix qanotdan raqibning darvoza chizig‘igacha yetib bordi. To‘p karislarning bo‘m-bo‘sh jarima maydoniga oshirildi. Kim gol uradi? Marat qani? Marat yo‘q. Marat qayerda? Marat zaxirada o‘tiribdi.

Odilga Maratning tajovuzkorligi, golni sezishi yetishmadi. Nima uchun agar-magar deb o‘tgan ishga qaytmoqdaman? Nega Sizga ochiq xat yozmoqdaman? Bilmadim. Biron narsadan umidvor bo‘lsam kerak. Yuzma-yuz uchrashuvda aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni ochiq xatda yozmoqdaman, shekilli. Biringiz inim, boshqangiz o‘g‘limdaysiz men uchun. Bu mening yurtim. Bu mening futbolim. Bu mening terma jamoam. Maratning taqdiriga kuyunib ketmoqdaman-da. Abramov Maratni oldinga surib, yolg‘izlatib qo‘riqchiga o‘xshatib qo‘yar edi. Yelichich Maratni yon chiziqqa siqib qo‘ydi. Yon tomondan markazga yorib o‘tib darvozaga tahdid solishi unga yoqsa kerak. Marat Mirzayev emas, u Jasurqul Hasanov ham emas. Unga kenglik kerak.

U yaxshi “raspasovshik”. U markaz ichkarisidan kim bilandir tandemda o‘ynab oldinga yorib o‘tib gol urishi mumkin. Karislarga shunday o‘ynab gol urgan. “Al-Ahli”ga qarshi o‘yinda hujumning markazida o‘ynadi. Yayrab o‘ynadi. O‘sish uchun unda juda ko‘p zaxira borligi ko‘rinib turibdi. Nuqsonlarni yengib o‘tsa bo‘lgani. Bunga hech kim e’tibor qaratmaydi. Siz ham uning o‘yinidagi nuqsonlari bilan kurashmaysiz. Intervyuda u yaxshi o‘ynaydi deb yolg‘on gapirdingiz. Aslida Siz ham unga past baho berib yurganingiz uchun karislarga qarshi o‘sha o‘yinda odat bo‘yicha shablon ichida fikrlab uni almashtirib yubordingiz. Bu bilan katta xatoga yo‘l qo‘ydingiz. 2:0dan keyin o‘yin boshqacha kechar edi. Nima uchun Maratni kerakli paytda o‘yindan oldingiz? Nima uchun? Tushunmadim.

Maratning o‘yindagi nuqsonlarini ko‘rib unga past baho berayotganingiz uchunmi? Faqat Sergeev o‘yiniga ishlov beraman deyishingiz uchunmi? Boshqalarni esa, almashtirib o‘ynatish Sizga osonroqmi?

O‘z ko‘ylagim o‘z etim...
Q. Va nihoyat, Maratni chaynashdan to‘ydim. Bearmon hammani urushib oldim. Endi Sizga bir nimani aytib o‘tishim kerak. Siz “Paxtakor”ni bir oila qilib birlashtirganingiz bor gap. Termani shakllantirishda “Paxtakor”chilarga boshqacha ko‘z bilan qaraysiz. Bu ham bor gap. “Falsafa”mga mos tushmaydi deb, boshqa teng kuchli o‘yinchilarga o‘gay ko‘z bilan qaraysiz. Bu ham bor gap. Masalan Qosimovga Zuhur Qobulov yoqsa, Sizga “Paxtakor”chi Lobanov maqul kelmoqda. Vaholanki, ular teng kuchli o‘yinchilardir. Natija nima bo‘ldi? Intervyuda kerakli paytda tarkibda Aziz Haydarov, Server Jeparov kabi futbolchilarni maydonga tushira olmaganingizdan zorlandingiz. Mag‘lubiyatimiz sabablaridan biri deb aytdingiz. Termaga 2015 yildan beri bosh murabbiylik qilasiz. Nima uchun ularga teng kuchli o‘yinchilarni tayorlab qo‘ymadingiz? Mirko Yelichich jamoani Jeparov tashlab ketdi demasdan, zorlanib yurmasdan unga teng keladigan boshqa o‘yinchilarni, boshqacha o‘yinni izlamoqda-ku. Boshqacharoq o‘yin qurmoqda-ku. Sizga o‘zshab “falsafam” deb bir so‘zga, bir o‘yin tasviriga yopishib qolmagan.

Siz esa, ikki yildan beri termaning o‘rtoqlik o‘yinlarida terma jamoa uchun zaxira o‘yinchisini yaratish o‘rniga, rasmiy o‘yinlarda terma uchun umuman mos kelmaydigan, masalan, “Paxtakor”chi Kamoliddin Tojiyev, Sherzod Karimov kabilarni terma yig‘iniga chaqirib, nazorat o‘yinlarida o‘ynatib ularning o‘yinini o‘stiraman deb yurdingiz. Terma yig‘inlarini “Paxtakor” uchun foydali bo‘lishini istadingizmi? Bunday qarorlaringizga boshqacha ta’rif berib bo‘lmayapti.

Yurtimiz futboli deganda, faqat uchta klub futbolchilari ko‘zingizga ko‘rinishini yashirmaysiz. “Falsafangizga” boshqalar mos tushmasa, demak, falsafangiz nuqsonlidir. Sizdan o‘zgacharoq fikrlaydigan bosh murabbiy “Neftchi”ning asosiy tarkibida ham maydonga tushmayotgan “dublyor” o‘yinchisini Yaponiyada termaning asosiy tarkibda maydonga tushirgan edi. U kim edi, bilasizmi? U Islom To‘xtaxo‘jayev edi. Xulosa shuki, yurtimizda Siz uchun faqat uchta klub bor ekan, faqat ko‘zingizga ular ko‘rinar ekan, zaxiradan asosiy tarkibda maydonga tusha oladigan teng kuchli yana oltita futbolchi hech qachon bo‘lmaydi.

Do‘st achitib gapiradi. Dushman kuldirib.
R. Bu gaplarni Sizga mutaxassislar aytmaydi. Chunki murabbiylik odobiga to‘g‘ri kelmaydi. Rahbarlar aytmaydi. Ularga natija kerak, xolos. Qanday bo‘lmasin, ularga natija kerak. Yangi o‘yin darajasini rahbarlar o‘ylashmaydi. Jurnalistlar-chi? Ular aytishi kerak. Ular esa, jim. Muhim, hal qiluvchi o‘yinlardan oldin kayfiyatingizni buzishni xohlashmayotibdi. Hamma o‘zidan qo‘rqadi, o‘zini o‘ylaydi. Menga bir nima bo‘lmasin, deydi. Men uchun Sizning kayfiyatingizdan ko‘ra terma jamoamiz o‘yini muhimroq. Boshqalar uchun boshqa narsalar muhimdir, bilmadim. Natijada hamma Sizni mas’uliyatingiz qa’rida yolg‘izlatib qo‘yishmoqda. Termani Mundialga olib chiqa olmasangiz, Sizni tanqid qilishda ularga keng yo‘l ochiladi. Biri olib biri qo‘yib jo‘r ovozda Sizni har sohada ayblashadi. Hozir ular jim. Hozir ular ham odob saqlashmoqda. Nafas yig‘ib turishibdi. Oddiy bir o‘yin vaziyati sabab ular Sizni yo maqtashadi, yo yerga urishadi. Boshqasini ulardan kutmang. Sizga ham o‘rtamiyona, neytral, passiv, tashabbuskor so‘zdan qochib yurar jurnalistlar ma’qul bo‘lmoqda. Nima uchun, bilmadim. Chunki ishqiboz ham, omma ham, o‘yinchilar ham Sizga ko‘r-ko‘rona ishonib yurishini istaysizmi. 2014 yil Oto Rekxagel ham, bultur Klaudio Ranyeri ham o‘z o‘yinchilarini yo‘q narsalarga ishontirayin demasdan, real holatni yashirmasdan ishlashdi. Oldinga intilishdi.

Dildan chiqqan oddiy, samimiy va to‘g‘ri so‘z hech kimga zarar yetkazmaydi. Hech kimni yerga urmaydi. Ishonchni buzmaydi. O‘yinchilarning ko‘r-ko‘rona, mutloq ishonchi Sizga ham, termaga ham, bizga ham kerak emas. Asosli ishonch kerak. Sizga va hozirgi holatimizga hamma to‘g‘ri baho berishi kerak. Termaning bugungi qaltis vaziyatini hamma anglab yetishi kerak. Men Sizni maqtayman desam, sabab ko‘p topiladi. Lekin bunday maddohlik o‘yinchilarga ham, Sizga ham, ishqibozlarga ham kerak emas.

Butun yurt ishqibozlari ushbu kunlar umid bilan Sizni o‘ylamoqda. Orzularini nomingiz bilan bog‘lamoqda. Men esa ozgina mushohadam bilan, ojiz qalamim bilan, achchiq gaplarim bilan yoningizga keldim. Sizga yelkadosh bo‘lmoqchi bo‘ldim. Sizga chin dildan Omad yor bo‘lishini istayman. Siz albatta, Mundialga yo‘l oling. Siz harakat qila bering. Yaratganning O‘ZI barakatini bersin. Chunki Siz samimiy odamsiz va chin dildan bir nimaga intilib mehnat qilmoqdasiz. Endi qoqilmang.

Mundialga olib chiqqan birinchi bosh murabbiy bo‘ling va birinchi bora o‘z ixtiyori bilan, hurmat ehtirom bilan bosh murabbiylikni o‘zidan katta mutaxassisga topshirgan yagona inson bo‘lib tarixda qoling.

Hasanali Qodirov

Kiritilgan sana: 15.03.2017 16:26. O'kildi: 13340 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


WRBEIRQX

Sana: 23.07.2024 18:51. WRBEIRQXga yozish
+0; -0
1

Ushbu fikrga javoban


WRBEIRQX

Sana: 23.07.2024 18:51. WRBEIRQXga yozish
+0; -0
1

Ushbu fikrga javoban


OLLOHBUYUK
Sana: 18.03.2017 16:14. OLLOHBUYUKga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


KIAKIA
Sana: 15.03.2017 21:42. KIAKIAga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


KIAKIA
Sana: 15.03.2017 21:40. KIAKIAga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


ASILA
Sana: 15.03.2017 20:22. ASILAga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.