07:30 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал. 10:40LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 22:40 "Кто кого?". 23:05 "Формула-1. Гаснут огни". 23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 "Тайны звёзд спорта". 03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место. 04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
05:00 "Лига героев". 07:00 "Жизнь после спорта". 07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "Большой хоккей". 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция. 19:55LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция. 21:25LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция. 23:45 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида. 01:55 Евротур. 02:45 Д/ф "Лионель Месси". 03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137. 08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142. 09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины. 11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 17:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 22:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция. 01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
Olimxo‘ja Bo‘ronov. Yana o‘sha sarlavha, yana o‘sha gap. Bunda nima ma’no bor. Jurnalistikada bunday takrorlanish o‘quvchini o‘zidan qochiradi. Uni zeriktiradi. Bundan shinavandalaringiz borgan sari kamayib ketadi. Natijada bunday kuyunib yozishlaringiz behudaga ketadi. Ularni hech kim o‘qimaydi.
Hasanali Qodirov. Futbol ajoyib narsa. Azaldan, mohiyatan futbol fikr erkinligi bilan yashaydi, yashnaydi. Hamma o‘z fikriga, o‘zgacha fikrga ega. So‘z va fikr erkinligi hurriyatning asosiy belgisidir. Lekin, kosaning tagida nim kosa bor. Mazkur erkinlik yonida boshqa bir narsa bo‘lmasa, juda xunuk narsaga, tasqara narsaga aylanib qoladi. Akkreditasiya voqeasi bu nim kosa yo‘qligini hammaga yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Mavridi kelsa, u haqda yana gapirarman. Hozir mavzudan chetga chiqmaylik. Nim kosa deganim tanlov erkinligidir. U bo‘lmasa so‘z erkinligi hurriyatning tasqarasi, masxarasidir. Fikrimni inkor etuvchilar bor bo‘lgani, ko‘p bo‘lgani men uchun ayni muddaodir. Yozganlarimni o‘qishni istamaganlar uchun, marhamat, boshqa narsani, istagan narsani o‘qishlari mumkin. Tanlov bor. Bu juda yaxshi.
Meni inkor etuvchilar juda ko‘p. O‘shalar tili bilan yozganlarimga shunday sarlavha qo‘ygan edim. O‘shalar sizu-bizdan emaslar. Futbolimiz muammolari, kamchiliklari, ertasi bilan kuyunuvchi odamlardan emas ular. Qulay sharoit yaratib olib, novvot choy ichib, rohatlanib TV orqali yevrofutbolni ko‘ruvchilar juda ko‘p. Kechagi “Manchester Siti”ning 0:2 hisobida “Chelsi”ga yutqazib qo‘ygan o‘yinini uyda ko‘rishadi. Keyin xonadan chiqmay turib Sarriga ro‘para kelib qoqilgan Gvardiolani noutbuk tugmakachini bosib rosa chaynashadi. O‘z yurtida stadionga kelib jonli futbolni ko‘rib tomoq bo‘g‘ilguncha baqirib jonu-dildan ishqibozchilik qilishni, birdamlikda vatanparvarlikdan rohatlanishni istashmaydi. Ular sizu-bizdan emaslar. Ularning soni ko‘paygandan ko‘payib bormoqda. O‘yin paytida “Paxtakor”ning 35-burjiyam huvillab o‘tdi bu yil.
Yakov Lvovich Saldadze. Ali-aka, vi rassujdayete kategorichno. Ved za yevrofutbolom nablyudayet vsya planeta. Tam mirovoy uroven futbola. Kak mojno ne naslajdatsya etim futbolom. Kak posle matcha yevrotura mojno nablyudat, izvinite za sravneniye, za deystviyami nashego futbolnogo ponosa.
H.Q. Bu so‘zlarni ishqiboz aytsa, mayliga. Jurnalist ham shu fikrda bo‘lsa, arzi-dodingizni kimga aytasiz. Davron Fayziyev degan telekommentator “Man.Siti”ning “Chelsi”dan olgan mag‘lubiyatini sharhlab bordi. Himoyaga yotib olgan “Chelsi” gol urib qo‘yishini oldindan aytib berdi. Bu inson ushbu jamoalarning tarixini, tarkibini, ularning hayot yo‘lini va ular haqida juda ko‘p boshqa narsalarni biladi. APLga qarashli barcha jamoalarning muammolarini, tashvishlarini biladi. Ofarin. Lekin nega u o‘zbek futboliga shunday mehr qo‘ymagan?
O.B. Bu yilgi mavsum juda qiziqarli o‘tdi. Qancha muhim voqealar bo‘lib o‘tdi. Terma jamoamiz Kuper boshchiligida Osiyo kubogi sinovlari oldida turibdi. Siz esa, otaxon, buzilgan eski patefonga o‘xshab bir narsani qayta-qayta gapira berasiz.
H.Q. Ishqibozchilik eskilik emas. O‘yin paytida stadionlarning bo‘m-bo‘shligi fojeaviy hol emasmi? Hatto bu yil media-tribunalarni futbol jurnalistlarimiz to‘ldirib o‘tirishmadi. S.A. saytining ikki nafar jurnalisti noutbukini taqillatib o‘tirishdi bu yil. Boshqalar stadionga kelmay, o‘yinni jonli ko‘rmay ko‘chirmachilik qilib xabar yig‘ishdi bu yil. Birorta gazeta biron marta birgina o‘yinni sharhlab bermadi bu yil. Sahifani to‘ldirish uchun faqat protokol ma’lumotlarini bosib chiqarishdi bu yil. Uyatsizlar. Man esa ishqibozdan o‘pkalanib yuribman. Futbolimiz targ‘iboti shumi? Omon G‘ofurov esa, ishqibozni stadionlarga yig‘ish uchun hamma ishlarni qildik deb aytib o‘tdi xos suhbatda. Natija bermaydigan “hamma ishni” qilgandir, balkim. Yoki bunday “ishlar” hali bormi?
O.B. Siz otaxon, ko‘p yildan beri ishqibozsiz. Ilgarilari PFL bu yildagidek faol ishlaganmi? Ko‘p yildan beri kubok musobaqasida to‘rtta klub gegemonlik qilib kelayotgan edi. Bu yil PFL harakatlari bilan kubok o‘yinlari kubok janglariga aylanib ketdi.
H.Q. To‘g‘ri, ko‘p yillardan beri gegemon klublar xotirjamlikda bosh murabbiyining mahorati bilan, futbolchilarining yuqori shijoati bilan, ularning jangovarligi bilan boshqalardan ustun bo‘lishni o‘ylamasdi. Ular o‘yinchilarining mahorati, dovrug‘i bo‘yicha, ya’ni klassi bo‘yicha, klubning qappaygan byudjeti bo‘yicha, homiylarining savlati bo‘yicha boshqalardan ustun kelib yil boshidanoq kubokni bronlab qo‘yishar edi. Bu yil ajoyib bo‘ldi. Taqvimni o‘zgartirib, qur’a tashlashni joriy qilish evaziga finalda bosh murabbiylar mahorati sinovdan o‘tkazildi. Shota Arveladzeni Baxtiyor Ashurmatov yutib qo‘ydi. Yevropa klublarida ishlab kelgan murabbiyni “Guliston”larda mahoratini o‘stirgan murabbiy yutib ketdi. PFLga ofarin.
Olimxo‘ja, boshqa narsaga e’tiboringizni qarataman. Islohotlar futbolimizning barcha jabhalarini qamrab olishi kerak. Unda barcha ishtirok etishi kerak, ular islohotga quyilib ketishi kerak. Buning o‘rniga islohotlar ma’muriy buyruqbozlik evaziga amalga oshmoqda va shuning uchun islohotlar yarim yo‘lda qarshilikka uchramoqda. “Hozircha xayolga kelmagan masalalarni birin-ketin aytib beraveraman. Ligalar soni endi uchta bo‘ladi: Superliga, proliga va 2-liga. Superligada klublar soni 12tadan oshmaydi, 10 ta ham qolishi mumkin” (“FE”, №93, 3-bet) deydi PFL bosh maslahatchisi. Taklif kiritaman demayapti. Takliflarni muhokama qilamiz demayapti. Yakka o‘zi hal qilmoqchimi? Islohotlar taqdiri bosh maslahatchi qo‘lida qolib ketgan ekan-da?
Boshqa bir jihat g‘aroyib bo‘lmoqda. Bosh maslahatchi kim ekanligini bilasizmi? Bu janob ijodini barchamiz suyib kuzatib kelayotgan Diyor Imomxo‘jayevdir. Diyor jurnalist libosini kiyib yurgan chin ma’nodagi amaldor ekanmi, deyman. Ushbu amaldor, nima uchun o‘yinga yarim soat qolganda hakam almashtirildi, degan savolni chaqilmas amaldor singari mohirlik bilan g‘ijimlab tashlagan edi. Eslaysizmi? Diyor har qanday amaldorni bir cho‘qishda qochiradi.
YA.L.S. Ali-aka, vi opyat ne vidite obratnuyu storonu medali. PFL rabotayet v okrujenii protivnikov reform. V takoy situasii nevozmojno rabotat kollegialno, soblyudaya prinsipi demokratii. Protivniki reform sojrut jivyom.
H.Q. Islohot deganimiz nimadir. Rahbarlik uslubiyatini, odamlar munosabatini ham isloh qilish deganidir. Bu bilan islohot tarafdorlarini ko‘paytiramiz. Buyruq kuchi bilan, lavozim qudrati bilan islohotni zo‘rma-zo‘raki joriy qilib bo‘lmaydi. Hamma mutaxassislarni tinglash kerak. Pisib ishlamasdan barcha klub vakillari bilan majlis o‘tkazib, ularning fikrini o‘rganib chiqib, ular oldida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berish kerak. Bunday bo‘lmayapti. Sergey, sizning o‘z fikringiz bordir.
Sergey Ivanovich Lushchan. Yangi format qanchalik foyda berishini vaqt ko‘rsatadi. O‘zim futbolchilik paytimda ikki davrali chempionatda o‘ynaganman. Men uchun eng ma’qul chempionat 16ta jamoa ishtirokida ikki davrali tizim. Formatdan qat’iy nazar chempionatda o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lishini xohlamayman (“FE”, №97, 4-bet).
YA.L.S. Nashi jurnalisti ozvuchivayut mneniye svoix sponsorov. U nas sushestvuyet protivniki reform. Vernee protivniki novogo rukovodstva. Oni jelayut reform drugogo tipa. Ali-aka, vi pishite vsegda, daje v janre “dastarxana” pryamim golosom ot pervogo lisa. Oni pryachutsya za drugimi lyudmi. Oni spesialno vibirayut tex ili inix lyudey nedovolnix formatom chempionata, i tolkayut ix na takoye priznaniye. Vi kak rebyonok vosprinimayete jizn v rozovom svete. Vi znayete togo cheloveka, togo jurnalista kotorogo zashishali v proshlom “dastarxane”, kogda obvinyali vo vsex grexax Amana Gafurova, po povodu annulirovaniya akkreditasii? Etot gnusniy chelovek vipolnyaya zakaz svoyego sponsora jdyot sleduyushiy promax Gafurova. Pomnite chem on zakonchil statyu? On zakonchil voprosom o tom, kto na storone togo PFL, kogda yeyu rukovodil Farxad Magometov? On etim voprosom xotel razdelit lyudey na dva lagera, na storonnikov Magometova i na storonnikov Gafurova. Etot merzkiy chelovek etim voprosom protivopostavil Magometova reformam.
H.Q. Yasha-aka, bu sizning taxminlaringiz, xolos. Gaplaringizni tasdiqlay olmaysiz.
YA.L.S.Mojet li Lushan otvetit za svoi slova. Neujeli on takoy glupiy, chto ne znayet znacheniye svoix slov? Net, on ne glupes. Togda v chyom delo?
H.Q. Sergey, o‘g‘lim, gaplaringizni deb meni urushib tashladilar. Men baribir so‘z va izhor erkinligini himoya qilishda charchamayman. Siz ham o‘z fikringizni, menga yo boshqaga yoqmaydigan fikringizni izhor qila olishingiz kerak. Shunday tushuncham uchun Yasha-akamdan dashnomlar eshitdim oldingizda. Nahotki, chin dildan gapirgan bo‘lsangiz, nahotki, siz uchun superligada 16ta jamoa bo‘lishi ma’qul bo‘lsa! Yarim yildan buyon Sizga oylikni “So‘g‘diyona”ning yangi homiysi bo‘lgan o‘zbek elektro-energetikasi, ya’ni o‘zbek xalqi to‘lamoqda. Bilasiz, Superligaga tegishli 6ta jamoaning homiylari ikkinchi bosqichda moliyalashda qiynalib qolishdi. “Bunyodkor” yopilish xavfi ostida qolgan. Sizga hammasi baribirmi? Yurtimiz futboli, maydonlarimiz holati, oylik ololmayotgan futbolchilarimiz holati siz uchun baribirmi? Nahotki Siz, yurtimiz 12ta jamoani ta’minlay ololmayotgan bir davrda superligamiz tag‘in 4ta jamoaga ko‘payishini xohlasangiz?
Futbolchilik davringizda ikki davralik klassik format bizning sharoitda chempionatni mantiqsiz narsaga, bronzamatga aylantirib qo‘yganini bilmasmidingiz? Bizda futbol boqimanda. Kimlarning boquvchisi boy bo‘lsa, o‘sha jamoalar ochko yig‘ib olib mavsum o‘rtasidayoq sovrinlarni bo‘lib olishar edi-ku. Boshqa jamoalar uchun musobaqa farsga aylanib qolar edi. “Kuchli sakkizlik”ka ilinib olib yilma-yil tinchgina jon saqlab yurishar edi. Esingizdan chiqdimi? Abramov ochko yo‘qotishdan qo‘rqib ikkinchi tarkibni sinovdan o‘tkaza olmayapman deb, o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q deb zorlanar edi. Siz esa, o‘tkinchi o‘yinlar borligidan zorlanyapsiz.
Yoshlar haqida jon kuydirib nima qilasiz. Mabodo, birorta iqtidorni kashf etsangiz bormi, “Paxtakor”ga o‘xshaganlar uni tekinga sizdan olib qo‘ysa, ahmoq bo‘lib qola berasizmi? Buni sizga keragi yo‘q. Klubda o‘z akademiyangiz ham yo‘q. Yangi yosh tarkib tayyorlash tashvishi sizda yo‘q. Endi boy homiyga ega bo‘ldingiz. Endi har yarim yilda istagan o‘yinchini olib kela olasiz. Keyin bunday otarchilarni, pulga o‘ynab beruvchilarni ochko bermas o‘yinlarda jangga chog‘lantira olmay taqvimdan zorlanib yurasiz. “Bunyodkor”ga bosh bo‘lgan so‘ngi davringizda ham yigitlarni jangga chog‘lantira olmay qiynalar edingiz. O‘shanda o‘yinlar o‘tkinchi emas edi-ku. Arpa uni bahonami? YECHLning guruxdagi so‘nggi o‘yini “Real” uchun ham, SSKA uchun ham o‘tkinchidir. Lekin ular o‘z oldiga ushbu o‘yinda kerakli maqsadni qo‘yib maydonga tushadilar. “Nasaf” bu yilgi taqvimdan foydalanib yangi yoshargan tarkibni yaxshigina sozlab oldi. O‘rtoqlashuv o‘yinlari deganimiz o‘tkinchi bo‘lsa-da, musobaqaning rasmiy o‘yinlari hisoblangan to‘qnashuvlar oldida ip esha olmaydi. Toshkentda “Nasaf” futbolchilari ochko yig‘ish tashvishi bo‘lmaganidan “Paxtakor”ga qarshi juda mazmunli, chiroyli o‘yin ko‘rsatgan edilar. 0:4ga yutqazgan bo‘lsalar-da, teng kurash olib borishgan. Sergey, Siz ko‘pgina iqtidorli yigitlarning yo‘lini katta futbolga ochgansiz. Nahotki, Siz noma’lum odamlarning ma’lum maqsadlari yo‘lida qo‘lga o‘rgatilgan qo‘g‘irchoq bo‘lyapganingizni bilmasangiz?
YA.L.S. Ali-aka, Lushan samostoyatelniy chelovek, slojivshiysya spesialist. On ne mojet bit kukloy, v chix libo rukax. I on, i vi yavlyayetes posobnikami svoix nedostatkov. Vi v proshlom «dastarxane» rezko osudili vo vsex grexax Gafurova. Teper starayetes smyagchit bolevie tochki vashix viskazivaniy.
H.Q. Yasha-aka dasturxonimizga tashrif buyurganingiz uchun sizdan juda minnatdorman. Ochiq suhbat qurib dillashib, tillashib olmoqdamiz. Sizu-bizni fikrlovchi odam qilib yaratganiga, idrok va til berganiga O‘ZIga shukr. Bir kun Diyor menga “Siz jurnalist emassiz va bo‘la olmaysiz. Siz adibsiz”, degan edi. Haqiqatdan, har bir yozgan so‘zim men uchun o‘z bolamday qadrdon, mehrdon. Birorta so‘zimdan qaytmayman. Hech birini noo‘rin, nojo‘ya, nosabab aytmayman. Ba’zida xato qilsam, o‘z so‘zimga o‘z bolamday qarayman, qayg‘uraman. Dilim og‘riydi.
Yozar ekanman naf emas, foyda emas vatanporvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik o‘lchovlari mezon bo‘ladi menga. Shuning uchun futbolni yaxshi ko‘raman. Futbol xalqchil o‘yin. Futbol yoshu-qarini, boyu-gadoni teng ko‘radi. Futbolda har bir odam o‘z haqiqatini izhor etishga haqlidir. Faqat hech kim hukm chiqarib gapirmasin. Vatan ishqida yonuvchilar futbolga befarq bo‘lmaydilar. Shakiri har gal gol urganidan keyin barmoqlari bilan kabutar ramzini ko‘rsatib alban xalqiga salom yo‘llaganday bo‘ladi. Bobur kabi Shakiri ham ona-diyorini sog‘inib yashab yurgandur-da.
Umid ham, Omon ham, Sergey ham, sizu-biz ham vatandoshlarmiz. Futbol hammamizniki. Nega ular buni unutishadi ba’zan. Nega bizlar buni unutamiz gohida. Nega OAV so‘z erkinligi da’vosida islohotlarni bir taraflama yoritishmoqda? Nega championat.asia faqat Lushanlarni gapirtira beradi? Bu bilan muxlislarni tanlov imkoniyatidan mahrum qilishmoqda. Nega?
Yasha-aka, endi islohotlarga o‘z munosabatimni bildiraman. Mening ham fikrim qiziqarli bo‘lishi mumkin. 3ta liga emas, 4ta liga musobaqalarini tashkil qilish kerak. Superligada 10ta jamoa, Pro-ligada ham 10ta jamoa, 1-ligada 10-12ta jamoa ishtirok etishi kerak. Superliga bilan Pro-liga jamoalari professional klublar bo‘lishi kerak. 1-liga klublari yarim professional bo‘lishi kerak. 2-liga klublari havaskor klublar bo‘lishi kerak. Barcha ligalarda 2 bosqichli musobaqa o‘tkazilishi kerak. Superliga va pro-liga klublari diqqatimiz markazida bo‘lib, ta’minotida farq kam bo‘lishi kerak. Shunda pro-ligaga tushib ketish fojea bo‘lmaydi. Shunda pro-liga vakili ham kubokni yutib ketishi mumkin bo‘ladi. Bular uchun bir necha yil ichida 20ta klubning maydonlarini, infratuzilmasini jahon talablari darajasiga olib chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Oltin ochkolar tufayli adolatsizlik yuzaga kelmoqda. Birinchi o‘rinni egallab turgan jamoa uchinchiga tushib ketishi noto‘g‘ri. Shunday ekan, ikkinchi bosqichda 0 ochkodan musobaqani boshlash kerak. Yoki musobaqa tugagandan keyin 1-4 o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasida pley-off turnirini tashkil qilib, sovrindorlarni aniqlab olish kerak. Klublarda boqimandalikni bartaraf qilganimizdan keyin ikki davralik klassik tizimga qaytishimiz mumkin bo‘ladi. Aslini olganda klublarni moliyalashtirishda tub islohotlarni amalga oshirmas ekanmiz, barcha sohalarda qilayotgan ishlarimiz behudaga keta beradi.
O.B. Biz bugun Osiyo kubogi-2019 oldidan suhbat qurgan bo‘lsak-da, terma jamoamiz haqida gap ochmadik.
H.Q. Terma haqidagi mavzu juda muhim bo‘lgani uchun shunday qildik. Terma mavzusini hech narsaga qo‘shib bo‘lmasligi sababidan, bu yilgi mavsum tugaboq islohotlar taqdiriga tahdidlar ko‘payib ketgani sababidan bugun dasturxon yozib dilimni bo‘shatib oldim. Endi barcha e’tiborni termaga qarataylik. Osiyo Kubogining final o‘yinlari bizni kutib turibdi.
Hurmat bilan Hasanali Qodirov.
Kiritilgan sana: 17.12.2018 14:56. O'kildi: 4417 marta.