Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 20.11.2024 01:00
      • Boliviya
      • 2:2
      • Paragvay
      • 20.11.2024 04:00
      • Kolumbiya
      • 0:1
      • Ekvador
      • 20.11.2024 05:00
      • Argentina
      • 1:0
      • Peru
      • 20.11.2024 05:00
      • Chili
      • 4:2
      • Venesuela
      • 20.11.2024 05:45
      • Braziliya
      • 1:1
      • Urugvay
  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 24 41
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 24 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

24-тур OKMK 2-2 Olimpik
24-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
24-тур Bunyodkor 1-1 Metallurg
24-тур Navbahor 5-2 Paxtakor
24-тур Nasaf 0-1 So‘g‘diyona
24-тур Surxon 0-0 Neftchi
24-тур Andijon 0-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/24 Paxtakor - OKMK
22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2041 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.11.2024

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Фёдор Кудряшов.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.11.2024

      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал.
      10:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция.
      22:40 "Кто кого?".
      23:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:20 "Тайны звёзд спорта".
      03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место.
      04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Непобедимый".
      13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Вопреки всему".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция.
      23:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида.
      01:55 Евротур.
      02:45 Д/ф "Лионель Месси".
      03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины.
      11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      17:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      22:00 LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал.
      04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Xush ko‘rdik

Baho:
+0; -0

Yana Yozuvchining “ona” timsolida yaratgan mo‘’tabar siymo ko‘yini, uning ko‘rgan kunini o‘zimga taqqoslab, bo‘yimga bichib, uning ruhoniyatiga havas qilib, qarshingizga poyondoz to‘shab “Dasturxon” yozmoqdaman. Xush kelibsiz. Yoshim o‘tgan sari futbolga nechundir qattiqroq bog‘lanib qolmoqdaman. Hayotimning katta qismi Sovet davriga to‘g‘ri keldi. Kimlar u davrni kommunizm davri desa, kimlar qizil imperiya davri deydi. Men esiz davrim deyman. O‘sha davr bir kun kelib, o‘z tadqiqotchisini topib olar. Yoshligim Urushdan keyingi 50-yillarda o‘tdi. U paytlar aholining qozoni qiynalib qaynar edi. Adashdim. Sahovat sultoni sanalgan qora qozon tinmay qaynar edi. Topgan odam tagiga saksovul, topmagan tappi yoqar edi. Umochmi, qo‘g‘irmochmi, qurtovami, atalami, yovg‘on sho‘rvami, xullas bir nima kunda qaynab turar edi. Qora qozon topganini qaynatar edi. Zarang kosa o‘rtada aylanar edi.

Qo‘shnimi, yo‘lovchimi, ko‘zi tushgan, ko‘z tikkan barcha odamni o‘z atrofiga yig‘ar edi. Odamlar qornini to‘ydirolmasa-da, ko‘zini, ko‘nglini to‘q tutar edi. To‘kinchilik bo‘lmasa-da, to‘qchilik bo‘lgan edi. Hammaning ko‘zi to‘q, o‘zi to‘q, ko‘ngli to‘q bo‘lar edi. Qo‘shnilar bir-biriga ovqat ilinar edi. Balkim shu tufayli odamlar o‘zaro yaqin bo‘lishgandir. Birdamlik, hamdardlik baland bo‘lgan. Shuning uchun ham stadionlarimiz birdamlik koshonasiga aylanib ishqibozlar bilan to‘lib toshardi. “Paxtakor”ning bir xo‘rsinishi Anhorda ham eshitilib turardi. O‘sha davrni qumsab yuribman. 64-yil edi. Oltin uchun “Dinamo Tb” bilan “Torpedo M” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “pereigrovka” jangi esimdan chiqmaydi. “Paxtakor”ga 70ming ishqiboz sig‘ib ketgan edi o‘shanda. Rahmatli Yashnar akamlar har bir biletga “tonnel” uslubi bilan uch kishini olib kirib ketgan edilar. Burchakdan Datunashvili urgan javob golini, Metreveli, Xursilava, Mesxi o‘yinini eslayman.

Bugungi kunda odam odamdan uzoqlashib ketmoqda. Hamma o‘z tashvishi bilan band. Biri birining hayoti bilan ishi yo‘q. Birining biriga aytar gapi, sog‘ingan so‘zi, ko‘rgali ko‘zi yo‘q. Biri birini eshitgali qulog‘i yo‘q. Hammaning ko‘zi sensorda, qulog‘i naushnikda. Zamon o‘zgardi. Sovet davrida ertangi kundan hech kim g‘am yemas edi. Shunday bo‘lsa-da, Sovet davrida kechgan damlarim men uchun dam emas edi. Yaqin o‘tgan kunlarda “Chempion”chilar bilan uchrashaman deb, navbatdagi gazeta soni uchun yordamim tegar deb intilishlarim, taxririyatga yig‘ilib borishlarim hayotimda eng sermazmun dam bo‘lib qoldi. Afsuski, boshqa qaytib kelmas bo‘lib qoldi, kam bo‘lib qoldi. Bu holdan ko‘zlarim bugun nam bo‘lib qoldi.

Birgalashib yangi sonni tayyorlashimiz, tongi payt O‘rdadan uyga tarqalishimiz hayotimning eng shirin damlari ekan. Sezmay qolibman. O‘tdi-ketdi u damlar. Yurtga ma’rifat, ziyo tarqataman deb, futbolimizni targ‘ib qilaylik deb, tor xonaga yig‘ilib ishlagan bunday otabeklarni boshqa uchratmadim. Kamina Hasanali-otangiz dastyor edilar. Olib kelgan qaynoq maqolalarim issiq choy o‘rniga o‘tar edi. YOZUVCHImizning ruhi shod bo‘lsin. Bugun xayolan bo‘lsa-da, otabeklarim atrofimda bir davra bo‘lib o‘tirishini istadim. Aybga buyurmaysiz. Hammamiz hayolimda yana birgamiz.

Olimxo‘ja Bo‘ronov. “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ning OCHLdagi navbatdagi o‘yinlarini ko‘rdik. Kuni kecha 6-tur o‘yinlarimiz bo‘lib o‘tdi. Bugun 7-tur o‘yinlari boshlanadi. Suhbatimiz shular bilan cheklanib qoladi deb o‘ylamayman. Oldindan bir tartibga solib o‘tkazishni ham xohlamayman. Mavzu keng, davra tor, ko‘ngil yaqin.

Bobur Akmalov. Lekin vaqt tig‘iz. Buni esdan chiqarmaylik. Shuning uchun ma’lum mavzuda ma’lum maqsadga yo‘nalgan suhbat qursak deyman.

Qahramon Aslanov. Bir yig‘ilib qolibmiz-da. Boburjon bir pasga “Oriyat”chiligini unutsa bo‘larmidi. Qo‘qondan yetib keldim axir.

Xayrulla Hamidov. Pardali daqiq gap bo‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri “Dono”chiligini deganingizda gap nazokatini, fasohatini yo‘qotardi.

Hasanali Qodirov. Bobur o‘zi sezmagan holatda muhim mavzuga yo‘l ochdi. Odam shunaqa. Doim o‘zini o‘zi vaqt bilan, maqsad bilan chegaralab yashaydi. Bunday ahvolda odam bir nimani ijod qilib yangilik yarata olmaydi. Mirtemir “Surat” poemasini yozaman deb, o‘z oldiga tayin maqsad qo‘yib, ma’lum vaqt ajratib kabinetga kirib olmagan. Abdulhaq Abdullayev ikki yil dilda ko‘tarib yurgan fikrini, tuyg‘usini yarim soatda xonada tasodifan turib qolgan yamoq matoga toza, tiniq ranglar bilan yozib tashlagan edi. O‘shanda mashhur “Sambrero”si dunyoga kelgan. Cheklovda, maqsadli cheklovda ham ilhom parvoz qilolmaydi. Hayot bizni shundog‘am cheklab tashlagan. Buning ustiga o‘zimizni o‘zimiz maqsad bilan chegaralasak bormi, ilhom qochadi, ijod o‘ladi. Futbol ham ijod, ham san’at, ham rohat, ham uqubat. Har doim cheklov bo‘lgan, bo‘ladi ham. Busiz hayotda hech narsaning ilojisi yo‘q. Faqat maqsad, vaqt cheklovi bilan o‘zimizni o‘zimiz bo‘g‘maylik. Ijodni qisib qo‘ymaylik. Futbol ham katta ijodkorlar qo‘l ostida (oyog‘i ostida) yashnaydi. Futbolchi vaqtga qaramasdan, vaqtni o‘ylamasdan o‘ynasa, kuchliroq o‘ynaydi.

Qatarga qarshi o‘ynagan termamiz ham, “Istiqlol”ga qarshi o‘ynagan “Lokomotiv” ham maqsad yuki bilan bo‘g‘ilib o‘ynadi. Shuni sezdim. O‘yinning, g‘alabaning ijodkori bo‘lish kerak. Maydonda ochkoni, turnir jadvalini o‘ylash kerak emas. Temiryo‘lchilar maydonda juda yaxshi o‘yin uslubini yarata olgan edilar. Bu o‘yin epizodlarida betinim mehnat bilan mashg‘ulotlarda asta paydo bo‘layotgan yangi o‘yin tasvirini ko‘rgandek bo‘ldim. Natijada ishlab topilgan haqli golni urib olishdi. Masharipov goh chapga o‘tib Zoteev bilan juftlik yasab hujum uyushtira boshlasa, gohida o‘nga o‘tib Mustafoyev bilan juftlikda hujum uyushtirar edi. Raqib himoyasi qayerdan kelishimizni bilmay qoldi. Jaloliddin o‘ngdan shunday kesib chiqishlaridan birida zarbdor vaziyatga Maratni olib chiqdi. Yorib o‘tish, zarba. Gol.

Keyin goldan ruhlanib, natijadan ilhomlanib hujumkor o‘ynash kerak emasmidi? O‘yinda ijodkorlik qaynab ketishi kerak emasmidi. Bunday bo‘lmadi. Raqib bitta zarbani yeganidan keyin ikkinchisini o‘tkazib yuborishi tayin edi-ku. Nega bunday bo‘lmadi? Maqsadga erishdim deb natijani ushlab qolish yuki erishilgan o‘yinni, endi-endi yaratilayotgan yangi o‘yinni o‘ldirdi. Anjumanda forslar murabbiyi Alirizo Mansurian ham birinchi 30 daqiqada “Lokomotiv” juda kuchli o‘ynaganini aytib o‘tdi.

Nega temiryo‘lchilar o‘yinni raqibga qo‘shqo‘llab topshirib qo‘yishdi, bilmadim. Futbol jang maydoniga o‘xshaydi. Dushmanga orqa o‘girib bo‘lmaydi. Futbolning ma’nisi hujum qilmoq va gol urmoqdir. Faqat bu ish joyiga qarab har xil tarzda, har xil usulda bajariladi. Konte nima uchun Mourinyoga yutqazib qo‘ydi? Raqibiga qarshi noto‘g‘ri uslub tanlagani uchun yutqazib qo‘ydi. Jang qilib yutqazib qo‘yishdi. Vaqt cho‘zib emas. Kontening yil boshida topgan, g‘alabalarga yetaklagan uslubi eskirib bo‘ldi, chog‘i. Qolgan 7 turda uslubni yangilay olarmikan, bilmadim.

“Lokomotiv”-chi, jang qilib, jangda yengilgani uchun o‘yin oxirida gol o‘tkazib yubordimi? Yo‘q. Natijani ushlayman deb gol o‘tkazib yuborishdi. Mirko, eng qulay sharoitda ishlamoqdasan. Oldingda Babayan ahvoliga o‘xshab 4ta o‘yin emas, ichki chempionatimizda butun boshli mavsum turibdi. OCHL guruh o‘yinlarida kamida uchta jang sinovlari turibdi. Hech narsadan qo‘rqmay-netmay maydonga tushib jang qil. Bu yil yoshlarga shakl berib jamoaviy o‘yin borasida erkin ijod qilmoqdasan. Senga Rajabov tugul, Miklyayev tugul, Alisher tugul, vallomati ham bir nima demaydi. Deya olmaydi ham. Ishinga hech kim aralashmaydi. Mabodo rahbariyat aqliga qo‘tir chiqib sendan kamchilik qidirib qolsa bormi, oqsoqlanib yurishingmi, gap bilmasligingmi, yoki yana boshqa “bir nimang” yoqmay qolsa bormi, shundan keyin haydalsang bormi (kazolar futbolni tushunishmasa-da, o‘sha “bir nimani” juda yaxshi tushunishadi), demak haydalsang bormi, Abramovga o‘xshab seni badar ketkazishmaydi. Klubda o‘z lavozimingga qaytasan. Nimadan hayiqasan, nimadan cho‘chisan. Maqsading nima? Hisobni ushlab qolishmi? Hisob raqami sen uchun hipcha bel jonona yor emas, uni quchoqlab saqlab bo‘lmaydi. Uni ayg‘irni savalaganday doim savalab oldingga solib quvishing kerak. Raqibni ham, hisobni ham so‘qmalab tashlash kerak.

Shunday ekan, bu o‘yin nimaga o‘xshab qoldi? Nimasi o‘yin bo‘ldi? Ko‘pchilik bo‘lib harakatlanib katta mehnat evaziga forslardan to‘pni olib qo‘ygach, Mirko jamoani qayga boshladi? Temiryo‘lchilar nima qilishdi? Hujum qilish o‘rniga nima qildilar? Maynavozchilik qilishdi yoki hisobni ushlamoqchi bo‘lishdi. Raqib darvozasini titratish kerak emasmidi? Har gal boshqacharoq uslubda gollar urishi kerak emasmidi? Oldingdagi raqib Ruslan Nuriddinovning jim yotgan shtangasi emas. Oldingda 11ta raqib o‘yinchisi. Senda ham 11ta o‘yinchi, 11ta xarakter bor. Qo‘l ostingda 11ta qo‘rqoqmidi, yo 11ta so‘poqmidi? Har bir futbolching jamoa bilan bir tan bo‘lib gol urushni istashi, shunga intilishi kerak emasmidi? To‘p bilan va to‘psizlarning so‘qiyman degan o‘zaro sinxron, shaddod harakati kerak emasmidi? Gol urishni istamasdan shunchaki ermakka “hujum” qilsang, albatta raqib to‘pni sendan olib qo‘yadi. Dmitriy Popov tili bilan aytganda, gol urib olganingdan keyin barcha temiryo‘lchilar “bey-begi” qilib yurishdi. Daqiqa sayin besamar yugurishlar ko‘payib ketdi. Holdan toyishdi. Ruhan toliqishdi. O‘z kuchiga ishonmasdan o‘ynash yoki raqibdan hayiqib o‘ynash, yoki o‘yinni chetga surib qo‘yib qanday bo‘lmasin hisobni ushlab qolaman deb o‘ynash so‘ngi daqiqada o‘tkazib yuborilgan mag‘lubiyatga teng golga, alamli golga olib keldi. Bunaqa goldan Babayanni Xudo asrab qolgan edi. Mirkoni asramadi.

Ikkalasi bir-biridan battar ehtiyotkormi yo qo‘rqoqmi deyman. Samvel, nimadan qo‘rqasan? Olsa olsin o‘sha bosh murabbiylikni. Shundoq ham ishdan olinasan. Jang qilib qol. Yutasanmi, yutqazasanmi bundan qat’iy nazar, ishqibozlar bir umr eslab yuradigan bama’ni o‘yin ko‘rsat. Qarshingda xatar emas, oddiy Qatar termasi-ku. Osiyo saviyasiga chiqolmagan oddiy, o‘rtacha jamoaku? Tag‘in Qatar termasi bilan maydonga qachon tushasan? Betayin o‘rtoqlik o‘yiniga zo‘rg‘a ko‘ndirishing mumkin xolos. Bugungi Qatarni, o‘sha Kuintanasiga qo‘shib bizning bolalar majaqlab tashlashi mumkin edi. Senga qo‘shilib yigitlar ham maydonga yutqazishdan hayiqib, qo‘rqib tushishdi. Samvel, biron marta, birorta o‘yinda maydonda jang qilmading-a? Xouton bosh bo‘lgach uch kunda jangovar o‘yin yarata olgan edi. Senga kim qo‘yibdi bosh murabbiy bo‘lishni. Bosh menejerligingni qilib yursang-chi. 5 kunlik yig‘inda o‘yin yaratish osonmi. Sen uchun bu juda qiyin ish. Qo‘lingdan kelmaydi. Sen ikki yildan beri jangovar jamoa yarata olganing yo‘q. Yurt Senga qarab qolgan ekan, ko‘rar kunimiz qursin.

Zafarjon Qosimov. Otaxon, Siz to‘g‘ringizda bilasizmi, nima deyishadi? Boshini silab ketiga tepadi deyishadi. Bugun silab ham o‘tirmadingiz.

X.H. Aniqlik kiritaman. Birinchi bo‘lib men aytgan edim bu gapni. Siz to‘g‘ringizda emas, yozish uslubingiz to‘g‘risida aytganman.

B.A. Otaxon bir gapni takrorlab charchamaydilar. O‘zbek futboli va uning kelajagi oldida Eshmat ham, Toshmat ham bir go‘r. Asqar ham, Ahror ham, Mirabror ham, Mirakmal ham hech kim emas deydilar. Bir-birimizga paxta qo‘yib yurmaylik deydilar. Biz o‘tamiz, futbolimiz qoladi deydilar. O‘zlariga ham tashqaridan turib beshafqat baho beradilar.

O.B. Otaxonning achchiq gaplari hech kimga og‘ir botmaydi.

Z.Q. Sizga gapirish oson. Sizni majaqlab tashlamaganlar. Babayan ish boshida yig‘gan o‘sha anjumandan keyin men necha oy o‘zimga kela olmaganman. Bola-chaqasi bor. Obro‘si nima bo‘ladi, demaydilar. Masalan, Qahramonga qarata aytilgan “devon jurnalisti” kabi so‘zlar bilan nomlashdan keyin gap egasi qanday qilib bosh ko‘tarib yuradi, demadilar.

Q.A. Shaxsan menga qarata aytilgan ta’rif emas edi bu. Bugungi jurnalistikamizga berilgan ta’rif edi bu. Istasalar-istamasalar hamma saytlardan xabar ko‘chiradi. Butun dunyo “devonda yotib” “Real”ning o‘yinini tomosha qilmokda. Fikr yuritmoqda. O‘yin sharhlamoqda.

O.B. O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga qarata “o‘g‘lim” deb yozishlari o‘zlariga yarashadi.

X.H. Yoshlari ham bir joyga borib qolgan-da. “O‘tgan kunlar” birinchi bor 29 yil nashrdan chiqqanmi. O‘shanda Hasanali-otaga 50dan oshgan chol deb ta’rif berilgan edi. Hozir necha yoshda bo‘ladilar? 150 yoshdami.

Z.Q. Babayanni shunday so‘zlar bilan beobro‘ qilishlari terma jamoaga katta zarar yetkazadi demaydilar. Hamma narsani hal qiluvchi uchta o‘yin qoldi. Otaxon, o‘zingiz “ruhoniyatingizda” bosh murabbiyni hammadan ustun birinchi shahs sanalishi kerak degansiz. “Otani” o‘g‘il oldida, yurt oldida tergab bo‘ladimi? Bundan kimga foyda, kimga ziyon?

Yakov Lvovich Saldadze. Ya s vami ne soglasen. Starshemu treneru doljni bezogovorochno verit vse. Ne tolko igroki. No doljni verit obosnovanno. Ne vslepuyu. Rasskaju vam odnu istoriyu. V OK-1011 mnogiye bolelshiki priyexali v Doxu za schyot federasii. No sredi nix bili i biznesmeni priyexavshiye za svoy schyot. U nix posle gruppovix igr dalshe bolet deneg ne xvatilo. Oni uyexali. Marat predlagal zaplatit svoyemu otsu stoimost ostavshixsya dney. No Rufat-aka ne prinyal podarok sina. K chemu ya vspominayu te dni? Po moyemu samim luchshim matchem v nashey istorii sbornoy bila igra otkritiya OK, kogda mi viigrali u sbornoy Katara so schyotom 2:0.

No i samim xudshim matchem ya schitayu nashu igru pod rukovodstvom Abramova v polufinale togo goda. Nakanune polufinala na konferensii angliyskaya jurnalistka nazvala Abramova avtorom gibkoy taktiki. Vse bili v eyforii ot vixoda v polufinal. Nakanune matcha prileteli iz Tashkenta mnogo gostey prazdnovat pobedu nad Avstraliyey. I daje odin iz uyexavshix bolelshikov nakanune chetvertfinala vernulsya obratno. Mi vse bezogovorochno poverili Abramovu. Na presskonferensii Abramov obeshal viigrat polufinal u sbornoy Avstralii. Igroki toje poverili treneru. Mne do six por ne izvestno veril li sam Abramov v svoyu pobedu nad Avstraliyey. Ya teryalsya v dogadkax. Ved Otto Rekxagel viigrival u bolee silnix sopernikov chem sbornaya komanda Gresii. No on sam kajdiy raz usiplyal bditelnost sopernikov, govorya chto dlya sbornoy Gresii uchastiye v poyedinke vajna chem pobeda u silnix sopernikov. Nakanune polufinalnogo matcha ya ne mog zasnut. Kakuyu igru, kakuyu taktiku mi pripryatali protiv kenguru? Kakoy zashitniy variant mi prigotovili dlya pobedi? Kto zabyot tot yedinstvenniy nash gol? Krupnoye porajeniye govorit o neobosnovannoy vere v pobedu, o zablujdenii starshego trenera.

 Zachem seychas neobosnovanno verit Babayanu. Kak on xochet pobedit ostavshiyesya matchi? Mi po vsem parametram ustupayem i persam, i koreysam. Nado seychas rezat pravdu-matku v glaza i za glaza. Babayan ili beznravstvenno obmanivayet vsex krome sebya, obeshaya putyovku v Mundial, ili on pripryatal kakuyu nibud kozirnuyu, chudotvornuyu kartu ot vsex? Ne nado obmanivat nikogo. Slojnost sostoyaniya Babayana i nashix igrokov ochevidno dlya vsex. Ne vosxvalyaya, ne vozvelichivaya i ne unijaya sposobnosti Babayana nado vsem obyedinitsya vokrug Babayana v yediniy kulak i dvigatsya k seli, k pobede nad Iranom.

Ili vse davno maxnuli rukoy na sbornuyu i ljivo obeshayut nam Mundial, sami soznavaya ochevidnuyu, bezvixodno-slabuyu nashu igru. Budet ocherednoy proval, ocherednaya smena trenerov, ocherednoy xor rugatelstv bolelshikov i jurnalistov v adres shtaba trenerov. Bez izmeneniya ostanetsya metod podgotovki sbornoy k ocherednim sorevnovaniyam. Ya uveren v tom, chto togda Ali-aka ne budet uchastvovat v spektakle oxaivaniya shtaba trenerov so vsex ssen i tribun.

B.A. Jimgina o‘tirgan edim. Yasha-aka, soqovniyam gapirtirib yuborasiz. Shu kunlari kuchli murabbiyni Yevropadan 0.5+1 yil shartnomasi bilan konsultant sifatida bo‘lsa-da, olib kelishsa bo‘lmaydimi? Shu to‘g‘risida O‘FF nomidan Sardor Rahmatullayev matbuotda chiqish qilsa bo‘lmaydimi? Bu yil xalq bilan muloqot yili-ku. Nega bunday qilishmayotibdi? Yoki O‘FF rahbariyati xalqqa orqasini o‘girib qo‘yganmi? Bu yil termamiz Mundialga chiqsa, bu voqea butun futbolimizga katta ta’sir o‘tkazadi-ku, uning tonusi ko‘tariladi-ku. Butun yurtimiz hayotida voqea bo‘ladi-ku. Meni etdi dersiz, Xitoy termasi Lippi qo‘l ostida Mundialga bu gal chiqsa-chiqmasa navbatdagi OKda eng kuchli jamoalardan biri bo‘lib qatnashadi. Hozirdanoq shunga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Biz nimaga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz?

H.Q. “Lokomotiv”ga qaytaylik. “Lokomotiv” “Istiqlol”ga qarshi o‘yinda oldindan himoyaga yotib olishni o‘ylamagan edi. Qarshi hujum qilib forslarga ikkinchi golni urib olmoqchi bo‘lgan edi. Qarshi hujumda “So‘g‘diyona” gol urishni eplaydi, “Lokomotiv” eplolmaydi. Temir yo‘lchilar jiddiy himoyalana turib o‘tkir hujum qilishni bilishmaydi. Unga qarshi hamma himoyalanib o‘ynaydi. “Loko” doim oq donalarda o‘ynab, maydon markazini nazoratiga olib, bosim evaziga, yo futbolchilarining individual mahorati evaziga gol urib kelmoqda. Qayta hujumda maydon markazini uchib o‘tish kerak. “Loko” bunday o‘ynashni bilmaydi. Shuning uchun OCHLda bu yil qoqilib qolishi mumkin. Terma jamoamiz Babayan qo‘l ostida umuman hech qanday o‘yin ko‘rsata olmayapti. O‘yin umuman yo‘q. Oldingi bosqichda futbolchilarning o‘zi qo‘ldan kelgancha o‘ynab natijaga erishishdi. Bu bosqichda o‘yinga o‘yin qo‘shish kerak paytida Babayan ojiz qolmoqda.

“Lokomotiv” “Nasaf”ga qarshi o‘yinda ham mahorat evaziga gol urib olishdi. Maratning o‘sha zarbasi bo‘lmaganida “Lokomotiv” o‘zining mijg‘ov hujumi bilan umuman gol ura olmagan bo‘lar edi. Mirko yaratgan o‘yinda kamchiliklar hali ko‘p. Terma o‘yinida kamchiliklarni sanab chiqishdan foyda yo‘q. Babayan biron bir o‘yinni umuman yarata olgani yo‘q. shuning uchun “Lokomotiv”ni ko‘p gapirmoqdamiz.

Elichich universallikni joriy qilishga intilmoqda. Bu ba’zida ish beradi, bu gal o‘xshamadi. Bikmayev o‘ng qanot yarim himoyasiga o‘tgan payti bu yilga kelib himoyalanishni eplamoqda. Zoteev juda yaxshi hujumda qatnashadi. Shkvirin uni chap qanot yarim himoyachisi qilib tarbiyalagan edi. U “Lokomotiv”da hujumkor chap qanot himoyachisiga aylandi. Uning hujumga qo‘shilishi Denisovdan ko‘ra kuchliroq chiqmoqda. To‘xtaxo‘jayev pleymekerlikni yaxshi bajara oladi. Lekin o‘sha kuni Mirko qaltis qaror qabul qildi. Tezkor Krizoni hujum o‘qiga chiqarib Bikmayevni orqaga surib qo‘ydi. Maratning ichkaridan hujumga yorib chiqishini o‘ylagan edi, shekilli. Sherzod Fayziyevni himoya markaziga ko‘chirib Bikmayevni uning o‘rniga o‘ng qanot himoyasiga qo‘yishi o‘xshamay qoldi. O‘tkazib yuborilgan golga mana shu sabab bo‘lgan edi. Ikkalasi birgalashib Rizoini o‘tkazib yuborishdi. Ehtimol ichki o‘yinlarimizda bu yangilikni oldindan sinab ko‘rish kerakmidi.

O.B. Kimga qarshi o‘yinda sinab ko‘rasiz? Ichki o‘yinlarimiz saviyasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Bobur, Siz bir nima demoqchimisiz?

B.A. Klublarimiz, yo termamiz haqida boshqa hech narsa demayman. Yaxshi gapni aytolmayman, yomon gapni gapirmayman. Befoyda.

Z.Q. Mirkoning o‘ylagani amalga oshmay qolishiga yana bir sabab bor. O‘yinchilar o‘zlariga ishonmay harakat qilishdi. Hisobni ushlab qolish ilinjida bo‘ldilar. Doim tezkor gol urib olishni orzu qilishar edi. Urib oldilaring. Endi erkinroq tut o‘zingni. Maydon saniki, to‘p saniki. Nega raqibga o‘yinni berib qo‘yasan? Real uyinchilari Bavariyaga qarshi har ikkala chorak final o‘yinida gol o‘tkazib yuborishdi. O‘sha holatni eslang. Anchelotti yigitlari hujum ketidan hujum uyushtirishar edi. Shunday ahvoldayam Real futbolchilari o‘z ustunligiga ishonib xotirjam o‘ynashdi. Chunki o‘yin nazorati ularning qo‘lida edi. Nasafga qarshi o‘tgan o‘yinda gol urib olgach, temir yo‘lchilar himoyaga yotib olishmadi-ku. Jang qilishni davom ettirishdi. Bo‘lar ekanmi? Demak Istiqloldan hayiqib maydonga tushishgan ekan. Futbolchi o‘zining shahsoniyatini, nafsoniyatini, oriyatini hammadan baland qo‘yishi kerak. Mana man deb maydnga tushishi kerak. Uning “men”ligi hammadan baland turishi kerak. Ronaldu juda mahrur yigit. Raqibga nisbatan tajovuzkor bo‘lishini ko‘ring. Mourinyo ham shunaqa odam. Xuddi shunaqa, menman, zo‘rman deydigan futbolchiga tayanib M.YU. o‘yiniga shakl bermoqda. Ibragimovichni aytyapman. Forslarning nimasidan cho‘chib o‘ynashdi biznikilar, hayronman?

O.B. Bu yerda faqat bizga hos bo‘lgan boshqa bir narsa bo‘y ko‘rsatdi. Arboblarning, kazolarning murabbiyga qo‘shib futbolchilarni niqtalashi, ularga do‘q urishi, aql o‘rgatishi qachongacha davom etarkin bizda? Real shahri meriyasidan yo Ispaniya qirolligidan kelgan arboblar Myunxenga kelib futbolchilarga o‘yindan oldin yo keyin do‘q urmaydilar. Forslarga g‘alabani boy bergandan keyin Miklyayevni rosa “do‘pposlashgan” shekilli. O‘yindan keyin anjumanga kira solib jurnalistlarga tashlanib qoldi. Qatarga qarshi kechgan termamiz o‘ynagan kuni bir narsani ko‘rib qoldim. Stadionning VIP sektori oldida kazolarning qop-qora, bir xil inomarkali o‘ttizta mashinasi bir qator bo‘lib tizilib turishgan edi. Arboblar yigitlarning oldiga kirishmagan bo‘lishsa-da, Babayanni o‘yindan oldin o‘rtaga olishgani turgan gap. Yasha-akamlar aytgan OK-2011 yarim finaliga Toshkentdan bir to‘p kazolar yetib borishib o‘yindan oldin futbolchilarni niqtalagan emish. Chempionatimiz o‘yinlarini ko‘rish uchun arboblardan birontasi stadionga kelmaydi. Futbolimizning kundalik hayoti bilan, kundalik tashvishlari bilan arboblar qiziqishmaydi. Ularni tushunishmaydi ham. Qayoqdagi Qatar termasidan, yo mumsik Istiqloldan emas, natijadan qo‘rqib maydonga tushishimiz shu do‘q-po‘pisalar tufayli bo‘lsa kerak. Nasafga qarshi kechgan 6-tur o‘yiniga kazolar stadionga kelmagani uchun “Lokomotiv”chilar maydonda o‘zini yaxshi his qilishgan.

H.Q. Bizda bunday avtoritarizm bugungi gap emas. Bu hol bizda anchagacha davom etadi. Murabbiy oldida klub prezidentining, futbolchilar oldida bosh murabbiyning, maydondagi yigitlar oldida katta yoshdagi futbolchining avtoriteti osmon qadar bo‘lishi kerak. Bilimi yo hurmati emas, avtoriteti baland bo‘lishi kerak. Bizda Hasanning hurmati, obro‘si Husan oldida balandroq bo‘lishi shart. Otasini ham ”ti” deb tarbiya topgan, “papa, ti ne prav” deyishni yaxshi fazilat deb katta bo‘lgan Lushchan buni tushunmasa kerak. Lushchanning futbolchi yuziga tortvoradigan darajada vajohati bo‘lmasa, Lushchanning aql-idroki ularga ta’sir qilmaydi. Lushchan jamoani yoshartiraman deb bu milliy haqiqatni tushunmayotibdi. Yoshlar oldida katta yoshdagi futbolchilar payini qirqib tashlayapti. Natijada futbolchilarni har bir o‘yinda jang qilishga chog‘lantira olmayotibdi. Chempionatimiz o‘yinlari oldida yigitlarning “motivasiya”si yo‘q emish.

Hamdamov, futbol o‘ynab jang qilish uchun Senga tag‘in qanday “motiv” kerak? Bor yo‘g‘ingni berib futbol o‘ynashga “Motiv” topolmayotibsanmi? Orqangga familiyangni yozib maydonga tushdingmi? Tushding. Butun yurtimiz oldiga chiqib futbochiman demoqdamisan? Demoqdasan. Bas, shunday ekan bu nomni har bir o‘yinda oqlashing kerak. Shart va zarur. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha bo‘lsa, qani toshingni ter, tuyog‘ingni shiqillat. Joyni boshqalarga bo‘shatib ber. Ha, senlarga tarbiya bergan o‘sha ota-onalaringa...

Futbolchi bo‘laman deb besh yoshida to‘pni quchoqlab uxlab katta bo‘lgan, lekin orzusiga yeta olmagan qanchadan- qancha tengqurlaring oldida gapir. Qani gapir!!

Senlarga tag‘in qanday “motivasiya” kerak bo‘lib qoldi?

Kechirasiz, azizlarim, hayajonlanib ketdim. Bugungi yigitlarni ko‘rib jahling chiqadi-da. 61-yildan beri futbol ko‘rgani “Paxtakor”ga boraman. Yashil maydonga tushib bir marta bo‘lsa-da futbol o‘ynash menga nasib qilmagan. Ko‘cha changitib, jonimizni berib futbol o‘ynardik. Alam qiladi-da. Hashamatli “Bunyodkor”ga futbol ko‘rgani yuzta ishqiboz ham kelmasa, Neftchi bilan “Bunyodkor”ning o‘yinini sport kanal ko‘rsatmasa-yu, huv qayoqdagi Sen-Jermen o‘yinini haftasiga necha martalab ko‘rsatishsa, o‘z futbolimizga xo‘rliging kelmaydimi? Futbolimiz jonkuyarlari bo‘lgan qadrdonlarimni atrofimga yig‘a olmay, Sizlarga hayolan “dasturxon” yozib yursam, yurtim deguvchi Otabegimni izlab topolmasam.... Meni kechiring, azizlarim. “Uchrashuv” oxirlab qolganida hayajonimni bosolmay qoldim. Qarichilik. Ko‘zlarimni artib olay.

“Mezbonlikning” beliga tepdim. Stadionda uchrashguncha sog‘-omon bo‘laylik.

20.04. 2017y. Hasanali otangiz yozdim.

Kiritilgan sana: 21.04.2017 10:56. O'kildi: 8631 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.