05:25LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Форталеза". Прямая трансляция. 07:30 Чемпионат Германии. Перед туром. 08:00 Новости футбола. 08:05 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". 10:05 Новости футбола. 10:10 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". 12:10 Новости футбола. 12:15 Чемпионат Германии. Перед туром. 12:45 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Форталеза". 14:50 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". 16:55LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Фортуна Дюссельдорф" - "Эльферсберг". Прямая трансляция. 18:55 Чемпионат Германии. Перед туром. 19:25LIVE Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Фрайбург". Прямая трансляция. 21:25 Новости футбола. 21:30 Килиан Мбаппе. Восходящая звезда. 22:25LIVE Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Вердер Бремен". Прямая трансляция. 00:25 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Хайденхайм 1846". 02:25 Д/ф "Мы, игроки сборной России...". 03:25LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Гоияниенсе" - "Палмейрас". Прямая трансляция.
05:10 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. 07:35 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 1/2 финала. 10:10 "Олимпийские надежды 2024". Специальный репортаж. 10:30LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Гонка преследования. Прямая трансляция. 12:00 Паркур. Чемпионат мира в Японии. 13:30LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Гонка преследования. Прямая трансляция. 15:05 "Тайны звёзд спорта". 15:30 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. 17:00 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. 18:15 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 1/2 финала. 20:25 "Кто кого?". 20:55LIVE Велотрек. Лига чемпионов. Этап 1 в Сен-Кантен-ан-Ивелине, Франция. Прямая трансляция. 00:50 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...". 01:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Гонка преследования. 04:05 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Гонка преследования. 04:50 "Тайны звёзд спорта".
05:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. 06:10 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. 07:30 "Формула-1. Гаснут огни". 08:00 "РецепТура". 08:30 "Центральный круг". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 10:30LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Гонка преследования. Прямая трансляция. 12:00 М/с "Команда МАТЧ". 12:25 "Век нашего спорта". 13:30LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Гонка преследования. Прямая трансляция. 15:05 Новости. 15:10 Все на Матч! Прямой эфир. 16:00LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Макао, Китай. Пётр Ян против Дейвесона Фигередо, Муслим Салихов против Сонга Кенана. Прямая трансляция. 19:30LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 16-й тур. "Спартак" (Москва) - "Локомотив" (Москва). Прямая трансляция. 21:55LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Милан" - "Ювентус". Прямая трансляция. 00:00 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Сельта" - "Барселона". Прямая трансляция. 03:00 Все на Матч! Прямой эфир. 03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. 07:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка. 08:15 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. 09:30 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023. 10:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Финал. 12:30 "Минута". 12:35 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. 13:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка. 14:15LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Женщины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция. 16:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. 17:15LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Женщины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция. 18:40LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Квалификация 1. Прямая трансляция. 19:40LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. День 1. Прямая трансляция. 22:00LIVE Велотрек. Лига чемпионов. Этап 1 в Сен-Кантен-ан-Ивлине, Франция. Прямая трансляция. 01:00LIVE Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Раунд 1. Прямая трансляция. 03:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Женщины. Слалом. 1-я попытка. 04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Гургле, Австрия. Женщины. Слалом. 2-я попытка. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. День 1.
Uchinchi maqolamni uff.uz sayti ham bosib chiqarmadi. Hech kim uni o‘qimadi. Ichimni shubha kemirdi. Dilim g‘ash bo‘ldi. Har kuni besh soatlab choyxonada shahmat o‘ynab to‘ymaydigan, shahmat sohasida hech narsaga erisha olmasa-da, umrini shahmatga bag‘ishlab vaqtini zoye o‘tkazib yurgan, choyxona “grosmeysteriga” o‘xshab qolmoqdaman, shekilli. O‘xshatmasdan gapirsam, o‘zim netbukning tugmakachini taqillatib, sirnog‘ini surib uzzu-kun vaqtimni zoye o‘tkazib yurmoqdaman, shekilli. Yoki qariganda shoir bo‘laman deb, hamma uchun to‘y taklifnomasiga to‘rt qator so‘zni qofiyalab shig‘ir yozib beruvchi, o‘quvchi topolmay, yozgan yangi shig‘irlarini ulfatlariga o‘zi o‘qib beruvchi, toqatini sinovchi, qolgan umrini shunday shig‘irlar yozib o‘tkazuvchi chala shoirga o‘xshab qolmoqdaman, shekilli. Kasbikomil jurnalistlar yozganlarimga befarq bo‘lishsa, man bir havaskor publisist bo‘lsam, yozishmalarim bilan mashara bo‘lib qolishim aniq gap bo‘lmaydimi? Yozib nima qildim?
Qadrli vaqtimni farzandlarimga, nabiralarimga bag‘ishlasam bo‘lmaydimi? Ota topib keladi. Buva topib gapiradi. Ota halol luqma beradi. Buva xalil lahja beradi. Ota aqlu badanni parvarishlaydi, buva bola qalbini. Buvasini suymagan bola bormi. Nabiralarimga juda kerakman. Qolgan kunlarimni nabiralarimga bag‘ishlasam bo‘lmaydimi. Men bo‘lsam, futboldan bo‘shamayapman. Shunday fikrlar bilan o‘zimni, ishimni, tanlagan maslagimni koyidim. Yozmay qo‘ydim. Ikki hafta emas, ikki oycha chamasi jimib qolgandayman.
BILGAN BILADI. BILMAGAN... Yo‘q, futbolsiz kunim o‘tmas ekan. Kuni kecha “Real”ni ko‘rib, keyin Xayrullaning 7:1 haqidagi kinoya gapini eshitib, tilim qichidi. Bu yil Kevin de Bryuyne, Rahim Sterling Angliyada g‘olib bo‘la olisharmikan? G‘olib bo‘lishsin, mayli. Keyingi yil ham bo‘lishsin. “Real”ga o‘xshab bu yil ham, kelasi yil ham Yevropa chempioni bo‘lishsin, mayli. Ikki yil ketma-ket klublar orasida “Real”ga o‘xshab Jahonning chempioni bo‘lishsin, mayli. Undan keyin-chi? Undan keyin hozirgi Rahimlarning o‘yini, albatta, pasayadi. Eskiradi. Bu turgan gap. “Real”ning o‘yini hozir pasayish davrida. Pasayish davom etmoqda. Mavsum davomida atigi 5ta gol urib, oltinchisini ham urayin deb, zarba berishda raqibning oyog‘iga kalla bilan chiqqan Ronalduning yuzi qonab ketdi. “Real” jamoasi ham Ronalduga o‘xshab jon-jahd bilan, alamzadalik bilan o‘ynamoqda. Gol urib yo urolmay yurgan “Real”ning yuzi ham xuddi shunday qonab yotibdi. Shunday ekan, golga tashnaligi bilinib turibdi. Xayrulla buni bilmaydimi?
O‘z futbolimizda nima gap? “Paxtakor” “Nasaf”ni yechintirib tashladi. Shuning evaziga “Al-G‘arafa” to‘sig‘idan o‘ta olarmikan? Arveladze nima uchun vaqtdan o‘zib ketmoqchi? O‘zidan baland sakramoqchi? Berdiyevga o‘xshab hotirjam ishlash sharoiti unda yo‘qmi? Ravshan Haydarov termaning yosh yigitlari bilan erishgan bugungi o‘yin tasviri ertaga ushbu yoshdagi terma bilan birga yo‘q bo‘lib ketadimi? Shuncha mehnat, ko‘rinib qolgan jamoaviy o‘yinning yangi tasviri yo‘q bo‘lib ketadimi? Nima qilmoq kerak? Milliy terma jamoamizdan tashqari, uning bir kelib, bir ketar chet ellik bosh murabbiyi ishidan qati nazar, unga parallel ravishda klublar terma jamoasini tuzib chiqsak bo‘lmaydimi? Termada biron narsaga erishish qiyinligini, jiddiy yutuqlar uchun yillar va uzluksiz izlanishlar kerakligini bilishmaydimi? Buni tushungan odam kuyinishlarim sababini bilib turibdi. Finaldagi g‘alabadan zavqlanamizu ertaga nima bo‘lishi bilan ishimiz yo‘q. Barchamiz eyforiyadamiz. Bu jamoaviy o‘yin ham, Ravshan Haydarov ham, u bilan birga ushbu jamoaning ertasi ham mavhumligini bilgan bilib turibdi. Bilmagan yo‘q.
Tag‘in futbol hayoti bilan yashay boshladim. Futbolsiz yashay olmas ekanman. Futboldan rohatlanishim, qayg‘urishim, zavq olishim bilan birga futbolimizga bir nima berishim kerak emasmi? Havaskor bo‘lsam-da, yoza olar ekanman, qalamim ojiz bo‘lsa-da, o‘quvchilarim oz bo‘lsa-da, yozishda davom etishim kerak emasmi? Futbolga bo‘lgan bunday sadoqatim nabiralarim uchun o‘rnak bo‘lar, balkim. Futbolga sadoqat yurtga sadoqat emasmi. Buni bilgan biladi.
SHAHMAT DONASI VA ZIDAN Azizxon savoliga to‘liq javob bera olmagan edim. Ikkinchi jihat bor edi. “Milliy terma jamoamiz uchun... kutilayotgan chet ellik murabbiyni olib kelish yetarli bo‘ladimi? Umuman, futbolimiz muammosi bu murabbiymi, yoki futbolchilarning o‘zi bunday qoniqarsiz natijaga mas’ulmi?”, degan savolning mas’uliyat haqidagi qismi javobsiz qolgan edi. Seulda o‘tgan yilgi 1:2 hisobida yutqazgan o‘yinimizda futbolchilar aybdormi? Yutqazayotgan raqib hujum qila turib chapga, himoyachi ortiga to‘p oshirdi. U yerda bo‘shliq bor edi. Hoshimov tez yugurishda raqibga yutqazib qo‘ydi. Raqib qanotdan yorib kirib narigi ustun oldiga osma uzatdi. Davron Hoshimov oshirmaga to‘sma qo‘ya olmadi. Markazda Krimes joy tanlashda adashdi. Lobanov o‘rtada qolib ketgan edi. Osma to‘pga sakrashi befoyda, bema’ni, aqlsiz ko‘rinish oldi. Zarba, gol. 1:1. Bu epizod xotiramda mixlanib qolgan. Golga bir qarashda mana shu uchta o‘yinchimiz aybdorday go‘yo. Ikkita bo‘ydor himoyachilarimiz hamjihat o‘ynay olishmadi. O‘ng qanot yarim himoyachimiz ham orqadagi bo‘shliq uchun aybdormikan? Anzur Ismoilov ham aybdormikan? Mag‘lubiyatga futbolchilar mas’ulmi?
Bu tarkibni kim tayyorlagan? Bosh murabbiy. Bu o‘yinni kim yaratgan? Bosh murabbiy. Futbolchilar bosh murabbiy ko‘rsatmasini bajarmasligi mumkinmi? Yo‘q? Mabodo bajarishmasa, bunga tag‘in murabbiy aybdor bo‘ladi. Futbolchilar qanday qilib mag‘lubiyatga mas’ul bo‘ladi, tushunmadim, Azizxon? Davron Hoshimov Babayanga qarata, mening tezligim past, tezkor karislarga qarshi meni tarkibga qo‘ymang deyishi kerakmidi? Yoki, karislarga qarshi himoyada siqma o‘yin qilishimiz kerak, Sardor Rashidov orqaroqda o‘ynasin, deyishi kerakmidi? Futbolchilar maydonda bosh murabbiy ko‘rsatmasini so‘zsiz bajarishi kerak. Bajarishi shart. Yo‘qsa, xaos bo‘ladi. 2010-yilgi JARda o‘tgan mundialda fransuz o‘yinchilari bosh murabbiy Domenek ko‘rsatmasiga qarshi chiqishib guruhda qolib ketib, sharmanda bo‘lishgan edi. JCH-2006da butun jamoani Zidan ushlab turgan edi. Ko‘rsatmalarni murabbiyning obro‘sini saqlagan holda Zidan bergan edi. Lekin Zidan nainki Fransiyada bitta, jahonda bitta, tarixda ham bittadir. Boshqa hech kim bunday futbolchi bo‘la olmaydi. Murabbiyga qarshi chiqib bo‘lmaydi. Zidan bundan istisno edi.
Bu misol bilan nima demoqchiman? Bosh murabbiyning o‘zi dramaturg, o‘zi rejissyor bo‘ladi. O‘zi ijrochi tanlaydi. Shahmatda ot yo farzin mag‘lubiyatga mas’ul bo‘la olmaydi. Ular donalar xolos. Futbolda ham shunday gap.
YANGI KUN G‘AYRATI VA ESKICHA TIZIM Azizxon menimcha, natijaga aynan futbolchilardan boshqa barchamiz mas’ulmiz, barchamiz aybdormiz. Barchamiz! Avvalo O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov mas’ul edi. Seuldan keyin, Babayanni ishdan olib tashlash kerak edi. Prezidentning yakkaxon boshqaruv tizimi, absolyutizmga asoslangan, demokratizmni inkor etuvchi boshqaruv tizimi aybdor edi. Sirtidan haybatligu, ichidan abgor edi bu tizim. Rahbar mutaxassis emas ekan, mas’ul, bilimdon odamni maslahatchi qilib yoki kuchli mutaxassisni vise-prezident qilib tayinlamaydimi? Yoki qaror chiqarishdan oldin anonim so‘rovnoma anketalarini tarqatib mutaxassislar fikrini o‘rganmaydimi? Chikkani pukkadan, mag‘zini po‘chog‘idan ajratib matbuot fikrini o‘rganib bormaydimi?
Nega Federasiya xodimlaridan biron bir kishi prezident qarorlariga qarshi fikr bildirmay yurdi. Ular Vatan sha’niga befarq edilarmi? Bunday emas. Boshqaruv tizimi bunga yo‘l qo‘ymas edi. Hozir ham shunday boshqaruv uslubi saqlanib qolgan. Qarshi so‘zni hech kim ayta olmaydi. Oldingi turg‘unlik davrida hech qanday harakat yo‘q edi. Hamma narsa joyida qotgan, uyquga botgan edi. Federasiya xodimlarining, boshqa barcha mutaxassislarning inertligi, tanballigi, jimligi, itoatkorligi, besamarligi shunga munosib edi. Tanqidning o‘chiqligi ham, e’tirozning yo‘qligi ham shunga munosib edi. Hozir boshqa gap. Turg‘unlik tugab hozirgi o‘zgarishlar, yangilanishlar davrida har bir qadamning salmog‘i baland bo‘lib ketgan. Bunday paytda sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan kichik xatoning ham yuki og‘irlashib ketadi. Tanqidning, tahlilning, tahsilning ahamiyati juda oshib ketadi. Bugungi islohotning kuchi, shiddati tanqidning kuchi va shiddatini talab qilmoqda. Shunday ekan, nima uchun Federasiyamiz prezidenti e’tirozni, tanqid tovushini o‘chirib turdi, tushunmayman. Navbatdagi yangilanish tufayli, ya’ni birinchi shaxsning o‘zgarishi tufayli tanqid ko‘zgusiga munosabat o‘zgararmikan?
SHUHRATU, BAXTIYORLAR NAVBATI Azizxon, bugundan misol keltirib mavzudan chetga chiqqanim yo‘q. Bo‘lyapgan ishlarga Sizu biz, barchamiz mas’ulmiz. Bulturgi termamizning qulashiga butun murabiylar shtabi sababchi bo‘lgan. Abramov paytida murabbiylar shtabida ikkinchi shaxs bo‘lgan Shuhrat Maqsudov, Qosimov paytidagi Baxtiyor Ashurmatov qanday ta’sir kuchiga ega bo‘lganlarini bilmayman. Ishga ularning munosabati qanday bo‘lganligini, ularning murabbiylikdagi mahorat darajasi qandayligini bilmayman. Haydarovni bilaman. Ravshan Haydarov ham termamiz o‘yiniga mas’ul edi. Bu yilgi U-23 janglaridan ma’lum bo‘lib turibdiki, Ravshan o‘z dunyo qarashiga, o‘z futbol tushunchasiga, murabbiylikda o‘z uslubiga ega ekan. Babayan “o‘z falsafasidan”, o‘z g‘arazidan boshqa hech narsaga ega emas edi-ku. Nega Ravshan o‘yinga ta’sir ko‘rsata olmadi. Babayanning qarorlariga, ishlariga, qilmishlariga u ham mas’ul edi-ku.
Masalan, terma shtabiga yoppasiga barcha paxtakorchilar ko‘chib o‘tishgan edi. Darvozabonlar murabbiyi bo‘lgan Anvar Rashidovning chet eldagi yig‘inlarda garovlanib ko‘rsatgan masharabozliklarini ko‘ra turib, bila turib bunga chidab yurganmi, yo o‘zini chetga olib merovlanib yurganmi? Yo bosh ko‘tarmay, oldinga o‘tmay, o‘z joyini bilib yurganmi? Haydarov ham har holda termaga mas’ul edi. Nega ta’sir ko‘rsata olmagan. Biron bir tashabbus bilan chiqa olmagan. Hozir Federasiyamizda nima gap, qanday ahvol? Ahmadjonov qo‘l ostidagilar ishga ta’sir o‘tkaza olishdimi, yo biron bir yangi tashabbus bilan chiqa olishdimi? Nega birinchi shaxs yakka o‘zi “o‘yin” qildi. “jamoa” qayda edi. Nega ular qarorlarda adolatsizlikka yo‘l qo‘yib berishdi. Ular faqat topshiriqni bajaruvchi “donalar” edimi? Ularda mas’uliyat bo‘lmaganmi? Ular oddiy ma’muriyatmi? Bugun prezident o‘zgargach, ma’muriyat tarkibidagi topshiriqni bajaruvchi “donalar” mas’uliyatli, bilimli, ijodkor shaxslarga aylanarmikan? Bilmadim.
QAFASNI KO‘RMASLAR MADHI Ko‘zguga munosabat o‘zgarishi kerak dedim. Ko‘zguning o‘zi-chi? Bulturgi termamizning qulashiga, orzular barbod bo‘lishiga jurnalistikamiz ham mas’ul edi. To‘rtta gazetamiz bor. Futbolga bag‘ishlangan bir nechta saytlarimiz bor. Radio, telekanallarimiz bor. Jurnalistikada kimlar ishlamoqda? Asosan xabarchilar, internetchilar ishlamoqda. Islohotlar haqida tahliliy, tanqidiy birorta maqolani o‘qimaysiz. Hamma qolipga tushib olgan. O‘tkiri ham, o‘tmasi ham qolipda. Hammaning o‘z qolipi bor. Qolip qafasligini, oltin yo jez, tor yo keng qafasligini bilishmaydimi? Ilgari bizlar termadagi, murabbiylar shtabidagi holatni yoritar, ommaning fikrini muammolarga qaratar bironta maqolani o‘qimas edik. Faqat maqtaydigan, olqishlovchi maqolalar bosilar edi. Babayan bir marta ham chiqish qilmagan. Faqat bir marta ikkinchi davra boshlanishidan oldin Babayanning intervyusini INTER FUTBOLda bosib chiqarishdi. Xos suhbatni Kamoliddin Alimov yozib olgan edi. Kalovlanib, aldovlanib aytilgan gaplarini bilintirmay yozdi. Uni qilmoqdamiz, buni qilmoqdamiz degan, falsafam unday, bunday degan gaplarini chiroyli libosga o‘rab yozdi. Jurnalistlarimiz haqiqatni ko‘ra olmas edi. Haqiqatni yoza olmas edi, yoza bilmas edi ham. Hozirchi? ... Hozir ham faqat maqtaymiz. “Muhtaram prezidentimiz amalga oshirayotgan islohotlar... futbolimizni mudroq uyqudan uyg‘otish niyatida.... Superliga qatnashchilar sonini o‘n ikkitaga qisqartirishday olamshumul revolyusion voqea...” degan gaplarni o‘qiymiz. Qoralasak faqat o‘tmishni qoralaymiz. Bugunni, Ahmadjonovni maqtaymiz. Ahmadjonovga maqtovlaringiz kerakmi? Yo‘q. Bizga ham kerak emas. Islohotda muammolar juda ko‘p. Nega ular yoritilmaydi? Jurnalistikada oldin qanday bo‘lsa, hozir ham shunday ahvol. Azizxon, mavzuga, mas’uliyat mavzusiga qaytaman?
Jurnalistlar telefondagi tasviriy yozuvlarda Anvar Rashidovni fosh qiluvchi qiliqlarini bir biriga ko‘rsatib, pichirlab kulib yurishar edi. Hech kim muammoni omma oldiga olib chiqib, termadagi ahvolni tanqid qilib biron bir maqola yozmadi. Sanjar Rizayev termadagi haqiqiy ahvolni yetti parda ortiga yashirib qo‘ygan edi. Haqiqat hibsda asir edi. Vijdonning ko‘zi yumilgan mudroq yo basir edi, ommaning orzusi osmonda havoi qasr edi. Oshkora yozishga hech kimga ruhsat yo‘q edi. Hozir ham yo‘q. Oshkora gap yevrofutbolda bor. Shuning uchun Zarkat tog‘laridagi yo Jar Qishloq dashtidagi, Taloq Tepa cho‘lidagi barcha ishqibozlar “MYu”ning yo “Barsa”ning muxlisi bo‘lib yurishibdi. “Nasaf” yo “Neftchi”ning emas. Ishqibozlar o‘z futbolimiz haqida jonli so‘z o‘rniga maqtovlarni o‘qib o‘qimay, ensasi qotib jurnalistikamizdan emas, futbolimizdan uzoqlashib yurishibdi.
IQBOLGA INTILGAN IQROR Shunday muhim islohotlar paytida yashamoqda bo‘lsak-da, hech kimning islohot muammolari bilan ishi bo‘lmayapti. Faqat ma’muriyat mas’ulmi? Nima uchun? Konferensiyada qatnashgan klublarning 76 nafar delegati faqat buyruqni bajaruvchilarmi? Labbay taqsirchilarmi? O‘FF klublar manfaatini himoya qiluvchi tashkilotdir. Islohotlar ular uchun qilinmoqda. Nega ularning manfaatini poymol qilishimiz mumkin ekan? Futbolimiz ichidagi illatu nuqsonlarni delegatlardan yaxshiroq biladigan odam yo‘qku. Ularni qayoqqa boshlasangiz, shu yoqqa keta berishadimi? Ularga sarbon yo qo‘ychivon doim kerak bo‘ladimi? Qorani qora deb faqat Ahmadjonov aytishi mumkinmi? Boshqalar aytsa, futboldan badarg‘a qilinishi kerakmi? Boshqalar tashabbuskor bo‘la olmaydimi? Klub mutasaddilari hammasiga ko‘nib yurishlari kerakmi? Ilgari shunday bo‘lgan. Loqaydlikka rozi bo‘lib yurishgan. Masalan, “Babayan murabbiy emas, u bir tashkilotchi rahbar xolos” deb o‘zaro suhbatda Inoyatov aytganiga guvoh bo‘lganman. Mutaxassislar prezident xatolarini ko‘rib turishsa-da, chetroqda pichirlashib yurishar, hech narsani o‘zgartirmas edilar. Bu holat qachon o‘zgaradi? Futbolimizga har birimiz mas’ul bo‘lishimiz shart emasmi? Islohotlarga faqat O‘FF prezidenti mas’ulmi?
Qayta savol beraman. Mutasaddilar, mataxassislar qatori jurnalist ham futbolimiz hayotiga mas’ul emasmi? Yevrofutbolga mas’ulmi? Yevrofutbolni mahoratlanib qanchalar ko‘p targ‘ib qilmasinlar, baribir uning hayotiga ta’sir o‘tkaza olmaydilar. Jurnalistning vazifasi jarayonni yoritib, unda ishtirok etish, unga o‘z ta’sirini o‘tkazish emasmi? Ta’sirga aksta’sir ko‘rsatish emasmi? Boshqalardan oldinda turish emasmi? Bulturgi termaning qulashiga, orzuning, ya’ni mundialning biz uchun barbod bo‘lishiga jurnalistika ham mas’ul bo‘lgan, aybdor bo‘lgan. Buni tan olaylik.
Men ham aybdor bo‘lganman. Nega Mirabror-akamning oldiga kirmadim? Ichimdagi gaplarimni to‘kib solmadim? Oldiga kirish qiyin edi, to‘g‘ri. Qiyinchiliklardan qochdim. Takliflarim yozilgan ikkita maqolamni yaqinda Federasiyaga olib borib Yoqibjonga berdim. Natijasi bo‘lmadi. Ja’far Irismetov oldiga borib ishqibozchilik harakati bo‘yicha fikrlarimni bayon etib keldim. Natija bo‘lmadi. Saytlar maqolamni bosmay qo‘yishdi. Maslakdoshlar mendan chetlab ketishdi. Qarshilikka uchrab, beta’sirlardan, ojizligimdan, charchaganimdan tushkun holda futboldan voz kechay deb qoldim. Uyalmay-netmay nabiralarimni bahona qildim-a. Og‘ir iqror...
Azizxon, ko‘ryapsiz, mas’uliyat haqida gapiraman deb, qancha iztirob chekdim. Qanchalar dilso‘zlik, jonso‘zlik, sarkashlik qildim. Aytganlarim ma’nisi shuki, Sizu-biz, barchamiz atrofimizda bo‘layotgan voqealarga mas’ulmiz. Barchasiga mas’ulmiz. Hammasiga befarq bo‘lib choyxonada soatlab shaXmat o‘ynab o‘tirmaylik. Jarayondan chetga chiqib qarsak chalib turmaylik.
28.01.2017y. Sizlarga hurmat bilan, Hasanali-otangiz yozdim.
Kiritilgan sana: 31.01.2018 21:42. O'kildi: 8810 marta.