Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Evro-2020 dasturxoni (2-qism)

Baho:
+0; -0

2. Qo‘shilaman va gap qo‘shaman.

B.A. YECH-2020da bugun 2ta nimchorak final o‘yini, Superliga 11-turning 2ta o‘yini bo‘lib o‘tadi.

H.Q. Bobur, bir nimani aytmadingiz. Juda yuqori darajada o‘tuvchi OCHL sharqiy mintaqa guruh o‘yinlari markazlashgan holda Toshkentda o‘tmoqda. Bularni sanamadingiz. Ushbu o‘yinlar mavzuni yoritishimga, “gajak”   “gajak” gaplarimni, ya’ni futbol mahsuloti va haridori haqidagi tushunchani sizlarga tushuntirib berishimga yordami tegadi. Ishlab chiqarishdan bir misol. Mahsulot yetishtirib berishga yuz so‘m ketsa, “upakovkasiga” ikki yuz so‘m ketadi, mahsulot targ‘ibotiga yana yuz so‘m ketadi. Tadbirkorlar buni biladi. Futbolda mahsulot bu futbol o‘yini va futbol o‘yinchilaridir, “upakovkasi” musobaqa o‘tkazish, stadionlar va xizmat ko‘rsatishdir. Futbol jurnalistikasi bu mahsulot reklamasidir. Bizda mahsulot yetishtirish yo‘lsiz, yo‘nalishsiz, xaotik tarzda bo‘lmoqda. Barcha mablag‘ni shu haos yutib yubormoqda. “Upakovkasiga” qarab bo‘lmaydi. U bilan hech kimning ishi yo‘q. Haridorni esa, hech kim xozirgacha o‘ylamayotibdi. Shuning uchun o‘yin targ‘ibotiga bizda hech qanday mablag‘ ajratilmaydi. Futbol jurnalistikamiz o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

ECH-2020 o‘yinlari eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan futbol bozoridir. Mahsulot ham oliy darajada, “upakovkasiyam”. Haridorlari ham eng yuqori ko‘rinishda shakllangan. Lekin Toshkentda o‘tayotgan OCHL o‘yinlarida mahsulot juda sifatli bo‘lgani bilan “Upakovkasiga”, ya’ni musobaqa nufuziga putur yetdi. Avstraliya klublari turnirdan bosh tortgach, yaponlaru karislar kattalar o‘rniga yoshlarni yuborgach, musobaqa obro‘si tushib ketdi. Reklamasi hamin qadar bo‘lmoqda. 11-tur o‘yinlarimizga kelsak, o‘z futbolimiz haqida gapirishni ham, zorlanishni ham istamayman. Yoshlarim oqa berib ko‘zlarim qurib ketgan. Bizda futbol bozori yo‘q. Mozori bor. Har yer-har yerda qabrlar uyumi. Harom kirgan joyda, g‘irromlik bor joyda futbol o‘lib qoladi, buni bilasiz.

Messi. Buni hech kim o‘ylavotganiyam yo‘q. Gapirvotganiyam yo‘q. Hamma boqimandalikdan maza qivotti. Jahongirlar boqaversin. Ichidagi oldi-berdisi bilan ishi bo‘masin, deyishvotti. Xaridor-paridor digan gaplariz hich kimga keraymas. Chet eldan yigitlaga haridorla kirib kesa-chi, unda nima qilamiz? Unda pullani boblab “o‘zlashtirib” yuboramiz. Bizda pixini yorgan Abramovla bor. Pulla klub budjetigamas, kissaga oqadi, qo‘yadi. O‘FAdagilaniyam, homiy vakillaniyam sherik qilishsa bo‘gani. Ko‘z yumishadi.

D.H. Nega ha deb Abramovga yopishib oldinglar. Hammaning ishiga bitta o‘zi javob berishi kerakmi? Hamma shunday qiladi bizda.

B.A. Tusmol, tahmin gaplarni chetga suraylik. Rost bo‘lsa g‘iybat, yolg‘on bo‘lsa tuhmat bo‘ladi-ku. Futboldagi bozor munosabatlari qayda-yu, Hayrulla maqolasi qayda? Butunlay boshqa mavzu. “Bozorga” chiqib o‘tlab ketdik-ku. Hayrulla maqolasiga qaytaylik.

H.Q. Aslida, ular bir “oila” mojarolari. “Ota”, “ona” bir, mavzu bir ta’bir. Tushuntirib beraman. Hayrullaning maqolasi atrofida aylanib yuribmiz. Bizda futbol mahsulotining asl haridori, ya’ni ishqiboz hech kimga kerak emas. Homiydan oqib kelayotgan mablag‘ hisobiga futbol o‘ynaladi. Hammaga pul sarfini sir saqlash yoqadi. Olg‘ir bo‘lsangiz, ko‘proq “topasiz”. Mahsulot bozori hech kimga kerak emas. Hayrullagayam. U futbolchilarning oyligi sir saqlanishi kerak deb yozgan. Maoshlarni futbolchidan ruhsat olmay oshkor qilib Jahongir Ortiqxo‘jayev futbolchi xuquqini poymol qildi deb yozgan. Unday bo‘lsa, butun Yevropada futbolchilar xuquqi poymol bo‘layotgan ekan-da. To‘g‘ri, u yoqlarda shartnomada sir saqlanishi kelishib qo‘yilgan bo‘lsa, albatta o‘sha muddat davomida sir saqlanadi. Masalan, Messining pulluri uch yil davomida sir saqlanib kelingan. Bu galgi kelishuvi ham sir saqlanadi. Lekin bu degani klubning moliyaviy hayoti parda ostida o‘tadi degani emas. Muhlislar gumroh holda ushlansa, stadionga hech kim kelmay qo‘yishini ular juda yaxshi bilishadi. Boshqa tarafdan Yevropa klublari bilan solishtirish it bilan eshakni qiyoslash bilan barobardir. U yerda klub hususiy bo‘lib, o‘z aravasini o‘zi tortadi. O‘zi yaratgan mahsulotni o‘zi sotib kun ko‘radi. O‘zi topgan pulini o‘zi qanday xohlasa shunday sarf qiladi. Kasot bo‘lishi ham, daromadga kirib kuchayishi ham o‘z qo‘lida. O‘ziga bog‘liq. Kimga qancha pul to‘lashni talab va taklifdan kelib chiqib o‘zi belgilaydi. Bizda boshqacha. Bizda tribunalar bo‘m-bo‘sh bo‘lsa-da, paxtakorchilarning oyligi osmonda.

B.A. Qo‘shilaman va gap qo‘shaman, uzr. Bizda hamma narsa, homiyga bog‘liq. Homiylarning ko‘pchiligi kon sanoatiga mansub bo‘lib, ularning behisob pulining yarmi davlatnikidir. Tarixiy voqelik shundayki, barcha boshqa homiylarning birlamchi kapitali ham xalq yaratgan boylikdir. Demak, nima demoqchiman? Hayrullaga qolsa, xalq boyligidan klublarga ajratilayotgan pullar qanday sarf qilinayotgani bilan xalqning ishi bo‘lishi, habardor bo‘lishi mumkin emas ekan. Ana xolos. Hayrulla Holiqov bu pullar bilan hech kimning ishi bo‘lmasin demoqda. “O‘zlashtirishga” hech kimning ishi bo‘lmasin, degani-da. Yillik klub budjetining katta qismini, asosiy qismini futbol rivojiga emas, katta maoshlarga sarf qilib, yeb-ichib yubormoqdamiz. Hayrulla birovning cho‘ntagidagi pulini sanamayman, deydi. Kim necha pul olishi bilan ishim yo‘q deydi. Stadionga kelib Futbol ko‘raman deydi. Boshqa muhlislar ham shunday qiladi deydi. Futbolchilarning oyligini oshkor qilish nodon ommaning noroziligini qo‘zg‘atib, ularni podaga aylantirishdan boshqa narsa emas, deydi. Jahongir pulni qirqib tashlashga (islohotlarga) bahona topmoqda deydi.

Messi. Hayrillayiz, bekor etibdi. Pul sanashni u juda yaxshi biladi va pulga judayam qiziqadi. Nega “Bunyodkor”ga borib bir so‘m oylikka ishlamayapti? Qaysi futbolchidan qancha “sovg‘a” olishini bilovuz. Shu maqolasiyam buyurtma bo‘sa kerak.

SH.B. Tuhmatdan nari bo‘laylik. Jahongir bir nima qilmoqchi bo‘lsa, bahona qidirib o‘tirmaydi. Bekinmachoq o‘ynaydigan odammas. Ochiqchasiga qiladi. Faqat u nima qilarini bilmay turibdi. Yoki, bilsa-da, bitta klub miqyosida, bir nimani o‘zgartirib bo‘lmasligini tushunib turibdi.

H.Q. Har qanday ishning poydevori pul munosabatidir. Pul bilan ishi bo‘lmagan jurnalist kasbini o‘zgartirsin. Hayrilla, futbolchi olayotgan puli bilan ishim yo‘q degani yolg‘on gap. Pul har qanday ishning poydevori. Pul hamma narsani ko‘tarib turadi. Futboldan parallel olaman. O‘yinda himoyaviy harakatlar o‘yin poydevoridir. Abramov yaratgan o‘yin poydevorsiz qumga qurilgan uyga o‘xshadi. Belgiya pishiq mustahkam himoyaga tayanib hujum qurdi va Portugaliya termasini nimchorakda yutdi.(1:0) Futbol xo‘jaligimizda bir nimaga erishmoqchi bo‘lsak, “himoyani” ya’ni pul munosabatini aldam-qaldamsiz pishiq, puxta, adolatli va halol qilib olishimiz kerak. Shunda maqsadga erishamiz.

B.A. Gap nimani maqsad qilib olishimizda. Manzilni to‘g‘ri belgilab olishimizda. Ya’ni, strategiyani to‘g‘ri belgilab olishimizda.            

(Davomi bor)

Kiritilgan sana: 01.08.2021 20:45. O'kildi: 8458 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик