07:30 "Кто кого?". 08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 10:00 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Финал. 10:40LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Юниорки. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа. Прямая трансляция. 22:40 "Кто кого?". 23:05 "Формула-1. Гаснут огни". 23:30 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове. 01:40 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 03:20 "Тайны звёзд спорта". 03:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Матч за 3-е место. 04:20 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
05:00 "Лига героев". 07:00 "Жизнь после спорта". 07:30 Футбол. МЕЛБЕТ-Первая Лига. Обзор тура. 08:00 "Вопреки всему". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 12:00 Новости. 12:05 Специальный репортаж. 12:25 "Непобедимый". 13:30 Смешанные единоборства. UFC 267 в Абу-Даби, ОАЭ. Пётр Ян против Кори Сэндхагена. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00LIVE "Есть тема!". Прямой эфир. 16:25 "Большой хоккей". 16:55 "Вопреки всему". 17:30 Новости. 17:35 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция. 19:55LIVE Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Прямая трансляция. 21:25LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Торпедо" (Нижний Новгород). Прямая трансляция. 23:45 Все на Матч! Прямой эфир. 00:55 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Свободная пирамида. 01:55 Евротур. 02:45 Д/ф "Лионель Месси". 03:55 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. 04:55 Новости.
05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 5 в Оберстдорфе, Германия. HS 137. 08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 6 в Гармиш-Партенкирхене, Германия. HS 142. 09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Женщины. 11:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 13:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 14:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 16:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 17:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Мужчины. Прямая трансляция. 20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 21:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 22:00LIVE Кёрлинг. Чемпионат Европы в Лохье, Финляндия. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция. 01:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142. 02:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. 04:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128. 04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
Hasanali Qodirov. Ushbu tahlikali kunlari xayoliy dasturxon yozishim ayni muddao bo‘lmoqda. “Oriyat dono”da Boburjon, Xayrulla va Jamoliddinlarning eshittiruvi esda qolarli, muhokamali, lekin munozarasiz bo‘ldi.
Orifjon Tolipov. Bizda ko‘rsatuv va eshittiruvlarda hamfikr odamlar qatnashadilar. Shunday ekan, begonalar bo‘lmaydi. Munozara va bahslar qayerdan bo‘lsin. Bahsni, tortishuvni, inkor ustiga inkorni ko‘rmoqchimisiz, marhamat “Ofsayd”da Ibrohimning ikki yuzini yana ko‘ring va eshiting. To‘g‘ri, bizning “Dasturxonimiz” ham yasamadir, lekin soxta emas. Ibrohimjon, Sizning ijroingizda soxta munozaraning tasqarasini, masxarasini ko‘rdik. Bugungi kunda bunday “bahslarni” shou-biznes deb aytishadi.
H.Q. Orifjon, Siz aytgan ko‘rsatuvdagi bahs va munozara sun’iy va soxta bo‘lgani rost. “Sportchi”larda fikr yo‘q. Bo‘lsayam o‘ziniki emas. Hamfikr qaydan bo‘lsin? Bizda o‘z qarashiga, o‘z so‘ziga ega bo‘lganlar boru, o‘z fikriga ega bo‘lganlar yo‘q. Kechagi “Oriyat”dagi eshittiruvda oramizdagi kam sonli fikrlovchi jurnalistlar suhbat qurishdi. Lekin, qarama-qarshi fikr bildirish ularda ham yo‘q. Turli fikrlar guldastasi masalani turli tomondan yoritishga olib keladi deyishmaydi. Erkin fikr bildirish, ya’ni hurfikrlik ularda ham yo‘q, boshqalarda ham. Buning o‘rniga o‘zini erkin tutish bor. Buning o‘rniga mikrofon oldida sabab-besabab kulishib suhbatlashish bor. Bunday suhbat hurfikrning emas, erkinlikning o‘ziga xos talqini bo‘ldi. Tig‘siz, lekin chiroyli zar qini bo‘ldi.
Olimxo‘ja Bo‘ronov. Otaxon, doimgidek egardasiz. Rozimiz, tanqid poygasida uloq sizniki. Lekin bir xonada qamalib o‘tirishimizga nimadir deylik. Qay bir kuni pandemiya tufayli Ispaniyada 809 kishi, Italiyada 681 kishi, Fransiyada 750 kishi, eng ko‘pi AQShda 1500 kishi olamdan o‘tgan. Ispaniyada hammasi bo‘lib 11744 kishi, Italiyada 15623 kishi o‘lgan. Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda esa, 3000dan ortiq kishi o‘lgan, xolos. Bu raqamlarga nima deysiz?
H.Q. Nima derdim? Bu faktlar Sharqdagi odamlarning itoatgo‘yligi bilan, G‘arbdagilarning o‘zbilarmonligi, o‘zboshimchaligi orasidagi farqni ko‘rsatmoqda. Yevropada, masalan, “Otes, ti ne prav” deyish qahramonlik sanalib olqishlansa, Sharqda bunday deyish o‘ta tarbiyasizlik hisoblanib, qoralanadi. Boshqa tomondan qaralsa, Sharqda shu jumladan bizda ham, davlat avtoritar uslubda boshqarilsa, G‘arbda hayotni “demokratik” uslubda boshqarishadi. Bugungi G‘arb demokratiyasini qo‘shtirnoq ichiga olishimning sababi bor. G‘arbda bugun kapital uchun erkinlik yaratilgan bo‘lib, hamma pul hukmronligi ostida qolgan. Ularning tizimida biron bir kimsaga hamma bo‘ysinishi yo‘qolgan bo‘lsa-da, qadimgi yunonlar demokratiyasining ayni karikaturasi bo‘lmoqda. Masalan, shu kunlari Milan ko‘chalari bo‘m-bo‘sh bir paytda, odamlari virusdan qochib xonama-xona berkinib qolgan bir paytda, deraza ortidan yarmi hazil, yarmi chin ma’noda bir-birini baqirib so‘kishlari g‘arbchasiga so‘z erkinligi, odob erkinligi bo‘lmoqda. Bu demokratiyami yo nimakratiya? Hatto Moskvada ham qaror bir taraf, beparvo odamlar boshqa taraf bo‘lib yurishibdi. TV orqali oltmish daqiqa turli arboblar prezident qarorini to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi deb muhokama qilib obro‘ terib, muxlis terib yurishibdi.
O.B. Dunyoni ofat qamragan bir paytda qadimgi Gresiyaga ham, bugungi Milanu Moskvalariga ham borib keldik, eson-omon. Futbolga, yurtimizga qaytaylik, Otaxon.
H.Q. Berdisini ham aytayinmi, axir? Eshiting. Davlatning har qanday qaroriga, shu jumladan pandemiyaga qarshi qarorlariga ham itoat ettirish mayda kriminalga botib ketgan Italiyada osonmi, yo xiyobonlarda minglab odam yig‘ilib birgalikda mashg‘ulot o‘tkazadigan intizomli Xitoyda osonmi? Nima uchun koronavirus Italiya, Ispaniya, AQSh xalqlariga eng ko‘p o‘lim olib kelgani tushunarli emasmi? Urushdan keyingi yillari tug‘ilganmiz. Ko‘rmaganmiz urush o‘latini. Fashizmni kim yenggan? Uni ham bir kishi qo‘l ostida davlat bilan xalq bir tanu-bir jon bo‘lib birlashib kurashgan odamlar yenggan. Fashizmni keyinchalik avtoritarizm yo diktatura deb nom olgan davrning, ya’ni Stalinning yakka xokimligi deb atalgan davrning haq-huquqsiz odamlari birlashib yenggan. Butun demokratik Yevropa qo‘ng‘iz mo‘ylov mal’unning etigi ostida qolib ketgan edi o‘shanda. Birlashishda gap ko‘p. Donishmandligini itoatgo‘yligi bilan ko‘rsatuvchi xalqimizni 30 mln. “baran” deb atagan o‘sha manfur arbob hozir qayerda? Rossiyaning mas’uliyatdan ozod liberal demokratlariga yetakchi bo‘lib yuribdi.
Futbolga qaytaman. Hamma o‘z uyida qamalib qolgan bir davrda jahon futbolining katta to‘yi tasmalarini ko‘rib ovunib o‘tirgandan ko‘ra futbolimiz muammolari haqida birgalashib fikr yuritsak, dardlashsak bo‘lmaydimi?
O.B. To‘g‘ri gap. Manimcha, futbolimizning eng katta muammosi muxlislarning stadionlarga kelmay qo‘yganidir. Karantindan keyin tag‘inam kamayadi. Bu haqda kimning qanday fikri bor?
O.T. Bu muammoning oqibati, sababi emas. Futbolimizdagi korrupsiyaga xalqning javobi bu. Illatni yo‘qotaylik, avvalo. Keyin bo‘sh stadionlardan nolisak arziydi.
Ibrohim Ahmedov. Stadionlarda soyabonli qulay sharoit yarataylik. Odamlarni qiziqtiraylik. Rivaldo kelganida “Bunyodkor” muxlisga to‘lib toshardi. Ronaldu kelganida yurgan yo‘lida ko‘chalar ham to‘lib toshgan edi. Har bir klub taniqli futbolchilarni tarkibga qo‘shib olsin, shunda to‘lib toshgan stadionlarni ko‘ramiz.
O.T. Ibrohimjon, Siz taklif qilgan siyosatni, gapingizdagi mantiqni davom ettiraman. Har o‘yinga to‘rttadan “Mersedes”ni yutuqqa qo‘ysakmikan? Qiziqtirish uchun shunga o‘xshash tag‘in bir nimalarni qilaylikmi? Masalan, Sherali Jo‘rayevni, Yulduz Usmonovani chaqirib fanera qo‘shiq ayttirsakmikan? Yo maymun o‘ynatsakmikan? Yo katta rahbarlar talabi bilan stadionlarni qimorxonaga aylantirsakmikan? Mendan xafa bo‘lmang. Tushunsangiz-chi, Siz stadionlarga futboldan uzoq, unga begona, futbolda o‘yinni emas nomlarni ko‘radigan, shov-shuvga berilgan, futbol zavqidan benasib chala-yarim muxlislarni, foydaxorlarni yig‘moqchimisiz? Bir ikki o‘yinda bunday siyosat natija berar, balkim. Keyinchi?
H.Q. Orifjon, uzr gapingizni oldim. Siyosat demang, tadbir deng. Bizda futbol siyosatini ishlab chiqib uni amalda tatbiq qiladigan siyosat arbobi yo‘q. Hammasi mayda niyatli mayda odamlardir. Futbolimizda yirik bir Arbob yo‘q.
O.T. Mayli, aytganizcha bo‘lsin. Biror klub Ibrohimjon aytgan tadbirlarni amalga oshirsin. Keyin-chi? Keyin yo klubning byudjeti yetmay qoladi, yo Ibrohim chorlagan “muxlislar” futboldan charchab boshqa ovunchoq topib oladi. Tag‘in stadionlarimiz bo‘shab qoladi. Bu aniq. Arab davlatlari hamma taniqli, mashhur o‘yinchilarni klublariga qo‘shib olishgan bo‘lishsa-da, stadionlari bo‘m-bo‘sh. Bunga nima deysiz? Demak, sabab boshqa yoqda.
Jamoliddin Bobojonov. Sabab bilan hech kimning ishi yo‘q. Ko‘rib turganimizni gapiramiz, ya’ni qandaydir ko‘zga ko‘rinmas muhim bir sababiyatning ko‘zga ko‘rinib turgan oqibatini gapiramiz. Uni yo yoqtiramiz, yo yoqtirmay jig‘i-biyron bo‘lamiz. Ildizini ochmaymiz. Voqelikning sababi bilan ishimiz yo‘q. O‘FAmiz ham sababiyatni tahlil qilmasdan futbolimizni yanada rivojlantirish rejasini ishlab chiqdi. “Razmeri” hammaga, hamma davrga to‘g‘ri keladigan “rezinka” qaror qabul qildi: Bu bolalar futbolini rivojlantirish. Shu ham islohotlar strategiyasi bo‘ptimi? Rivojlanish strategiyasini hozirgacha hech kim ishlab chiqmagan bizda.
H.Q. Olimxo‘ja, Futbolimiz islohotini deb, avvalo, gapni ishqibozchilik harakatidan boshlaganimiz menga yoqmoqda. Doimo birinchi galda chempionatimizni Yaponiya yo Janubiy Koreya darajasiga yetkazib olishimiz kerak deb aytib kelar edim. Bu noto‘g‘ri ekan. Avval uni, keyin buni deb bo‘lmaydi. Jamoliddin, Sizning gapingizga kelsak, O‘FAni to‘g‘ri tanqid qildingiz. Strategiya yo‘q. Buni aytgan odam, ya’ni Siz, ushbu yo‘nalishda o‘z taklifini berib, shu masalani muhokama qilishga ommani chorlashi kerak emasmidi? Shunday qilganingizda Sizning taklifingizni muhokama qilayotgan bo‘lardim. Na chora, O‘FAning chiqargan qarorini men ham tahlil qilamanu, keyin o‘z takliflarimni aytib beraman.
Birinchi shaxs odatda saylanishi kerak. Buning uchun bir necha nomzod o‘z futbol qarashini, o‘z strategik rejasini bayon etib saylovda qatnashadi. Saylovda yutib chiqqan kimsa, lavozimga o‘tirgach, ommaga tayanib birma-bir o‘z rejasini amalga oshirib boradi. Bizda bunday bo‘lmadi. Ravshan Ermatov tayinlangach, ko‘p o‘tmay o‘z strategiyasini ishlab chiqib ommaga taqdim qildi. Bu yaxshi. Demak, rejamiz bor endi. Lekin, nega futbolimizning bugungi ahvolini tahlil qilmadi? Tub o‘zgartirishlar zaruratini isbot qilib bermadi. Katta o‘zgarishlar uchun bolalar futboli tayanch nuqta yo islohotning ko‘tarma dastagi (richagi) bo‘la olmaydi-ku. Tub o‘zgarishlarga qaratilgan qaror bo‘lmadi-ku. Futbol maktablari va futbol akademiyalariga qo‘shimcha qilib yana bitta bolalar futbol strukturasini yaratmoqchi ekan. Bor-yo‘g‘i shu. Va bunga 30 yil muhlat so‘ragan. 30 yil ichida yo afandi o‘ladi, yo eshak o‘ladi, yo shoh o‘ladi, degan gap bor xalqimizda. Yaponiya o‘z futbolida tub o‘zgarishlar qilish uchun uzoq muddatli strategiyani tanlagan bo‘lsa-da, ularni birma-bir bosib o‘tish uchun 30 yil sarf qilmadi. Boshqa misol xayolimga keldi. 30 yil ichida Singapur gadoy topmas kichkina shaharchadan mashhur Davlat poytaxtiga aylangan. Ermatov esa, nimaga o‘ttiz yil so‘ramoqda, o‘ttiz yil ichida futbolimizda faqat shu o‘zgarish sodir bo‘ladimi?
Ravshan Sayfiddinovich tub o‘zgarishlar qilishni umuman o‘ylamayapti. Bunga ehtiyoj sezmayapti. Bugungi futbolimizdan rozi, shekilli. Tariximizda jahon darajasiga yaqin kelgan bir futbolchi, yo bir murabbiy bizdan chiqmagan. Hali-beri chiqmaydi ham. Ammo, Jahon darajasida o‘zini ko‘rsata olgan bosh hakam bizdan yetishib chiqdi. O‘shaniyam Xudo bizdan ko‘p ko‘rdi. Tag‘in 4 yil maroqlansak, faraxlansak bo‘lar edi. JCH-2010ning ochilish o‘yinini boshqaruv darajasidagi hakam Ravshan Ermatov oramizda yo‘q. Bugun futbolning o‘rtacha saviyali amaldori R.S.Ermatov oramizda yuribdi. Achinarli hol. Bu qanday sodir bo‘ldi? Ravshandan so‘ramasdan uni bu lavozimga to‘satdan tayinlab qo‘yishdi, deylik. Ravshan nima qilarini bilmay qoldi, deylik. Olimxo‘ja, nima uchun Sizni va boshqa jurnalistlarni yig‘ib fikr so‘rashdan nariga o‘tmadi u.
O.B. Shaxsiyatga o‘tmang. Ravshan Sayfiddinovich nima qilarini o‘zlari yaxshi biladilar. Futbolchilaru, murabbiylaru amaldorlaringiz ikki jumla so‘zni qo‘shib bir gap aytolmasa, jurnalistlarni chaqiradi-da. Otaxon, o‘zingiz aytib kelar edingiz. Futbolchilaringiz uch so‘m ko‘proq pul topaman deb har yarim yilda klubdan klubga ko‘chib yurgan bo‘lsa, murabbiylaringiz katta oylikni deb bir-birini qulatishga tayyor bo‘lsa, amal minganlaringiz ham faqat o‘z manfaatini o‘ylasa, kimdan maslahat olsin? Davron Fayziyevdan fikr olsinmi yo Mirjalol Qo‘shoqovich Qosimovdan olsinmi, buni o‘ziga qo‘yib bering.
H.Q. Ravshan Ermatov o‘z sohasida kasb cho‘qqisiga chiqqan kam sonli inson bo‘lib, unga yangi soha, yangi ish topshirilgan ekan, Islohotlar yo‘lida hammani o‘z atrofida birlashtirmaydimi? Yurtimizning barcha futbol ommasi uni qo‘llashga tayyor edi-ku. Nega o‘z atrofiga tashabbuskor mutaxassislarni yig‘madi? Nega? Yangilanishni deb Futbolimiz kelajagi yo‘llariga bag‘ishlab omma bilan majlislar, konferensiyalar o‘tkazdimi? Yo‘q. Ushbu masalaga bag‘ishlab futbolchilar, mutaxassislar, funksionerlar orasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazib omma fikrini o‘rgandimi? Yo‘q. Rivojlanishning strategik rejasi degan mavzuni OAVda barcha jurnalistlar, ishqibozlar va kasbikomil mutaxassislarni jalb qilgan holda yoritdimi? Yo‘q va yana yo‘q. Futbol xalq o‘yini. Futbolimiz islohotida ham, O‘FAning barcha tadbirlarida ham butun xalq vakillari qatnashishi kerak emasmi? Qachongacha futbol o‘z hayotini, muammolarini ommadan, xalqdan yashirib yuradi? Bu ahvolda ishqiboz futbolimizdan yuz o‘girishi tabiiy hol-ku. Barcha muammolar o‘z yechimini xalq bilan birgalikda topadi-ku. Bu haqiqat.
Hasanali Qodirov.
Kiritilgan sana: 21.04.2020 07:39. O'kildi: 3539 marta.