Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 20.05.2025 00:00
      • Brayton
      • 3:2
      • Liverpul
      • 21.05.2025 00:00
      • Kristal Pelas
      • 4:2
      • Vulverhempton
      • 21.05.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:1
      • Bornmut
  • O‘zbekiston kubogi
      • 20.05.2025 18:00
      • Aral
      • 3:0
      • Sementchi
      • 20.05.2025 18:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Xorazm FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Zamin
      • -:-
      • Andijon FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 21.05.2025 17:30
      • Buxoro
      • -:-
      • Namangan FA
      • 21.05.2025 17:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 21.05.2025 19:00
      • Olimpik MobiUz
      • -:-
      • Jayxun
      • 21.05.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Sirdaryo FA
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. On-line.
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      15:25 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      17:30 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн".
      22:55 Чемпионат Германии. On-line.
      01:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.05.2025

      05:15 "Лица страны". Алексей Тищенко.
      05:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      09:35 Д/ф "Александр Великий".
      10:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      10:55 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      11:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      11:50 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      12:20 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      13:05 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      15:30 "Непобедимый".
      16:00 Бадминтон. Кубок России в Казани.
      18:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 3 в Дохе, Катар.
      20:30 "Лучшие из лучших".
      21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Финалы.
      22:45 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки".
      23:40 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 3.
      00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      01:30 "Непобедимый".
      02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Командный спринт. Классический стиль. Финал.
      03:15 Бадминтон. Кубок России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Дания.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 LIVE Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия. Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:40 Д/ф "Александр Великий".
      20:45 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Кубок Гагарина. "Локомотив" (Ярославль) - "Трактор" (Челябинск). 5-й матч. Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:15 Панкратион. Чемпионат России.
      02:25 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Golden Grand Prix в Токио, Япония.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      10:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      11:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      13:00 Теннис. Australian Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Мэдисон Киз (США).
      14:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      15:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти. Прямая трансляция.
      20:45 Теннис. Д/ф "Рафаэль Надаль - король Парижа".
      21:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Ванту, Франция. Обзор.
      00:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 2 в Уцзяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 11. Виареджо - Кастельново-не-Монти.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Hasanali ota

O‘zingni angla

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Shukrona gaplarim

Baho:
+0; -0

Yangi yil arafasida sayt orqali onlayn muloqat uyushtirgan edik. Bu tadbirda qatnashgan barcha qatnashchilardan minnatdorman. Sizlarga ming rahmat. Demak, futbolimiz taqdiriga Siz azizlarim, befarq emas ekansiz. Demak, Futbol o‘yini o‘z jozibasi bilan barchaning e’tiborini o‘ziga tortar ekan. Demak, bizlar tomoshabin bo‘la turib futbol rivojiga, futbol hayotiga daxldor ekanligimizni tushunar ekanmiz. O‘z navbatida peshvolar ham futbol bizlar uchun o‘ynalishini tushunsin deyman. Futbol bizlar bilan dunyoda borligini futbol amaldorlari tushunsin deyman. Biz tufayli futbol o‘yini yo arzanda, yo zormandaligini, yo xorligi-yu, ishqibozga zorligini hamma tushunsin deyman. Uning ishqi bilan bandi bo‘lganlarning e’zoziga, mehri yo g‘azabiga, yo quvonch-u qayg‘usiga, bilimi va tushunchasiga zor-u, zorligini futbol ichidagilar ham tushunsin deyman. Yangi yilda ular ishqiboz oldida kazolanmasin, orolanmasin deyman. Ishqibozchilik harakati o‘ziga ishonsin, o‘zini ko‘rsatsin deyman. Yangi yilda ishqibozchilik yanada uyushqoq, tirishqoq, yanada ovozli, baland sozli, yanada ma’noli-yu da’voli, yanada dardchilu xalqchil bo‘lsin deyman. Yanada sodiq, shodon-u do‘stlikka tortiq, birdamligi toshqinu, bugungidan ortiq bo‘lsin deyman. Ishqibozchilik harakati omadli olchin-u, barakati barchaga dolchin bo‘lsin deyman.

Sayt muloqotida qatnashgan har bir ishqibozning menga yo‘llagan har bir savoli cheksiz hurmatimga o‘raldi, menga dildosh bo‘ldi. Beshta savolga javob berishga ulgurmagan ekanman. Shularga yangi yilning birinchi kunlarida javob yozib yubormoqdaman.

MESSI VA BIZNES
(1.) Sattorjon, Messi haqida fikrimni so‘rabsiz. “Messini dunyo futbolidagi eng kuchli futbolchi deb bilasizmi?”, deb mening fikrimni so‘rabsiz. E’tibor bering, futbol yakkaxon sport turiga kirmaydi. Ruslan Nuriddinovni o‘z vaznida o‘z paytida dunyoning eng kuchli shtangachisi deyishimiz mumkin edi. Ammo, futbol, masalan, xokkey yo basketbol kabi jamoaviy sport turiga kiradi. Aytingchi, nega yilning eng zo‘r basketbolchisi yo xokkeychisi degan tanlov o‘tkazilmaydi. Chunki bu tanlov hammaga bema’ni tuyuladi. Jamoalarning murosasiz jangidan rohatlanib turgan paytimda (masalan, “Real” “Tottemxem”ga yutqazib turgan paytida) menga kimdir Messining yo Ronalduning dunyoning bu yilgi eng zo‘r futbolchisi deb atasa, bunday e’tirof menga xuddi shunday mazmunsiz tuyuladi. O‘tgan mundialdagi Argentina termasi tarkibidagi Messining o‘yini dunyoning eng zo‘r o‘yini bo‘lganmi? Yo‘q. Mahorati bilan Messi sheriklaridan ajralib turdi, xolos. Hamma narsa jamoa o‘yiniga bog‘liq. Shunday ekan, bunday tanlov nima uchun har yili o‘tkazila beriladi? Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz? Javobi aniq. Kimnidir futbol orqali katta boylikka ega bo‘lishi uchun, futbol biznesi uchun o‘tkaziladi bunday tanlovlar. Bu ikki futbolchi nomiga reklama tufayli juda katta pullar tikilgan. Hatto tanlov marosimining o‘ziga ham katta pullar tikilmoqda va daromad ko‘rilmoqda. Shuning uchun hatto oddiy tanlovning hashamati yildan yilga ortib bormoqda. Daromad pullari o‘sib bormoqda. Biznesga tikilgan katta pullar tufayli bu ikki nom yildan yilga og‘izdan tushmay kelmoqda. Besh martalab dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishdi-ya. Zidan uch marta bo‘lgan. Men van Bastenning zarbalarini ko‘rganman. Pele Maydonning egasi edi. Shahanshohi edi. Braziliya SSSR termasini Moskvaga kelib 3:0ga yutib ketgan edi. Mesxi, Ivanov, Voronin Pelening sohir o‘yini oldida nol bo‘lib qolishgan.) 1998 yilda JCh finalida Zidanning Braziliya termasiga urgan gollarini unutib bo‘ladimi? 2006 yili Lippi Materassi bilan birgalikda Zidanga qarshi fitna tayyorlab tarixda qolishdi. Ronaldinyoning poy tortmay bergan aqlli va o‘ta aniq zarbalarini unutish mumkinmi? Masalan, Andriano juda kuchli zarbasini eslab qolganman. Messida bunday kuchli zarba yo‘q.

Messi boshqalardan, masalan Pele kabi, nimasi bilandir bunday katta darajada ajralib turmaydi. Lekin nima uchun u besh karra dunyoning eng kuchli yil o‘yinchisi deb topildi? Qay bir yili u emas, masalan, Riberi yo Robben yilning zo‘r o‘yinchisi deb topilganida edi, Messi nomi bilan, uning nigori bilan bog‘liq juda ko‘p biznes tugunlari yechilib ketgan bo‘lardi. Katta biznes ishtirokchilari bunga hech qachon rozi bo‘lishmaydi. Futbolda sportona xolislik anchadan beri yo‘q. Futbolda hamma narsani biznes o‘z nazorati ostiga olgan. Biznes pul topish niyatida butun dunyo ishqibozlar ommasining diqqatini Messi nomiga bog‘lab qo‘ygan. Sattorjon, Siz ham biron marta Ispaniyaga borib “Barsa” futbolini stadionda ko‘rmasdan turib, Messi haqida o‘ylashingiz, Yevropa futboliga qiziqishingiz, fikrimni tasdiqlaydi. Xitoydagi ishqiboz ham uxlab tushida faqat Messini ko‘radi. Biznes raqobatiga Messining raqobatchisi Ronaldu borligi mos kelgan. Biznes arboblari Messi nomi bilan ish yuritishi, unga umid bog‘lashi bejiz emas. Messi ularning rejasini poymol qilmaydi. Chunki Messi futbolga juda sodiq inson. Messi futbolga bor yo‘g‘ini bag‘ishlagan inson. Masalan, Andriano bor iqtidorini maishat qilib ichkilikka qo‘shib ichib, ... yuborgan.

MARAT VA FUTBOL
Bizda Marat Bikmayevning futbolga bo‘lgan sadoqati boshqalarga o‘rnak bo‘larli. Futbolchilik davrining asosiy qismini doim qaysidir futbolchining soyasida o‘tkazib yubordi. To‘rtta Osiyo kubogi final o‘yinlarida qatnashib asosiy tarkibga loyiq ko‘rilmadi. Baribir futbolga sodiq qolib, o‘ziga ishonib, betinim mehnat qildi va bu yil o‘lkamizda birinchi marta birinchi deb topildi. O‘yiniga o‘yin qo‘shib topildi. Masalan, undan yoshroq Karim Benzemaning o‘yini o‘sishdan to‘xtagan. Bikmayev Temirxo‘ja ortidan ko‘proq pul topaman deb arab yurtiga ketib qolmasdan, bu yoshda endi o‘yinimda katta yutuqlarga erisha olmayman deb, chet elga ketib zaxirada o‘tirsam-da, katta pullarni ishlab qolay demasdan futbolga bo‘lgan sadoqati ustunlik qilsin deyman. O‘yini bundan-da ochilib o‘zbek futboliga ko‘p narsa bera olishiga ishonsin deyman. Mirko qo‘l ostida ushbu yil ham o‘ynashni davom ettirib, o‘z o‘yinini bundan-da balandroq darajaga ko‘tara olsin deyman. Messiga qaytsak, Messi juda katta pul topsa-da, futbolni barcha narsadan ustun qo‘ya oldi, deb o‘ylayman. Hatto o‘z talablaridan ham. Oldingi yil Neymarning porlashiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lsa, bu yil Messi asosiy vazifani o‘zi bajarmoqda.

ORZUGA AYB YO‘Q
(2.) Nuriddin, Siz, “Savolim quyidagicha. Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov dueti O‘zbekiston terma jamoasini Qatarga olib borishiga ishonasizmi? Yo‘q bo‘lsa, asoslab beringchi”, deb, juda qiziqarli savol bergansiz. G‘aroyib savol. Barchamiz termamiz mundialda ishtirok etishini xohlaymiz. G‘alabalar qozonishini emas. Anjumanda, majlisda, koferensiyada, tanlovda, qandaydir tadbirlarda, to‘ylarda ishtirok etib yuramiz. Asosiy tarkibga kirib futbolchi o‘yinda ishtirok etishni istaydi. O‘z hayotimizda ham ishtirokchi bo‘lib qolmoqdamiz. O‘yinda ishtirok etish kerak emas, o‘yinni yaratish, ijod etish kerak. Termamiz o‘yinini mundialga munosib darajaga ko‘tarish kerakligi hech kimni qiziqtirmaydi. Nuriddin, shunga e’tibor berdingizmi? Endi savolingizga javob beray.

Bilasiz, darvozabon jamoaning yarmi, degan ibora bor. Shunga qiyosan gapirsak bosh murabbiy jamoaning hammasidir. Shuni bila turib, terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lib, shunday katta mas’uliyatni bo‘yniga olgan kishi yo o‘ta ketgan nodon odam bo‘ladi, yo jasorati o‘ta baland mard odam bo‘ladi. Milliy terma jamoamizga bosh murabbiy bo‘lgan Babayan qanday odam ekanligini, ya’ni uni yo mard, yo nodon ekanligini aniqlash o‘zingizga havola bo‘lsin. Ushbu “murabbiy”ning yelkasiga bu lavozimni yuklagan rahbar qarorini baholash ham o‘zingizga havola bo‘lsin. Shunday katta mas’uliyatni terma jamoada birdaniga ikki kishi yelkalashi, ya’ni termani duet bo‘lib boshqarishi tarixda umuman bo‘lmagan. Bo‘lmaydi ham. Bir kishi nomigagini bosh murabbiy bo‘lib lavozim mas’uliyatini boshqa odam yelkalashi tarixda bo‘lib turadi. Mas’uliyatni Gyode ko‘tarib, Ravshan Haydarov nomigagina bosh murabbiy bo‘lgan edi bir paytlar. Aslida Ioaxim Lyov termaga bosh bo‘lib, Klissman protokol uchun bosh murabbiy sanalgan edi. Bu hol uzoqqa cho‘zilmadi.

Bosh murabbiy klubda duet bo‘lib ishlashi mumkin. O‘z faoliyatining boshida Lobanovskiy Bazilevich bilan birgalikda “Dinamo Kiyev”ni boshqargan edi. Buyuk g‘alabalarga yetaklagan, futbolda davr yarata olgan yangi o‘yinni Gvardiola Raykard davrida “Barselona” yoshlar jamoasiga bosh bo‘lgan paytida Tito Vilanova bilan birgalikda duet bo‘lib tayyorlaganini bilasiz. Esiz, uning umri qisqa ekan. Qosimov klubda yordamchisi ijodini bo‘g‘may ishlaydi. Yordamchisi yaratuvchi ijodkor, g‘oyabardor bo‘lishini istaydi. Volkov shunday odam. Amet Memet u bilan shunday ishlagan edi. Termada bunday duet holda ishlab bo‘lmasligini Qosimov bir emas, ikki bora termaga bosh bo‘lib ko‘rsatib qo‘ydi. U har gal boshi baloga qolib, o‘zi sharmanda bo‘lib, terma o‘yinini parokanda qilib hammaga illat nimadaligini ko‘rsatib qo‘ydi. Abramov terma tugul klubda ham kim bilandir duet bo‘lib ishlay olmaydi. Mirko Yelichich ham shunday ishlaydi. Tanaffus paytida yechinish xonasiga hatto Miklyayevni ham kirgizmaydi. Lekin yuqori lavozimdagi kazolarning barcha gap so‘ziniyu, do‘qu dashnomlarini, jurnalistlar savollarini Andrey eshitadi. Ishlashga bunday qulay sharoit Abramovda bo‘lmagan. Nuriddin, Siz shirin orzu qilyapsiz, shekilli. Orzuga ayb yo‘q deyiladi, ammo...

(Ammo, Nuriddin, bir narsadan xabaringiz yo‘q, shekilli. Bo‘layapgan islohatlarga nisbatan o‘zining salbiy fikrini izhor etgani uchun Abramov prezidentimiz farmoni bilan futboldan badarg‘a qilindi. Oshirib yuborganini tushungan Ahmadjonov matbuot anjumanida gapirar ekan, chetlatish sababini Abramovning o‘tmishda yo‘l qo‘ygan ayblari bilan asosladi. Abramov hur fikri uchun jazolangan birinchi bosh murabbiy bo‘ldi. Avvalroq termamiz uchun OKda yarim final eshigini ochgan birinchi bosh murabbiy bo‘lib tarixga kirgan edi).

HAMYONDA QOLGAN TAQDIR
(3.) “Italiya futboli haqida nimalar bilasiz va “Milan” jamoasining bir paytlardagi shon- shuhratini qaytara olishiga ishonasizmi?”
Dilshod, Siz menga yo‘llagan ushbu savolingiz bilan ichimni qamragan, o‘zimgayam noaniq bo‘lgan futboldagi o‘lchovlarni, mezonlarni kovlashtirib yubordingiz. Kim haqu, kim nohaqligini bilmay yuribman. O‘z futbolimizga befarq bo‘lib, jahon futbolini taroziga solib o‘lchovchilarni, o‘ylovchilarni nima deb aytayin. Italiya futboli qaydayu, sizu biz qaydamiz? Taniqli jurnalistimiz Italiya futbolini sharhlar ekan, uning bilimiga, Italiya futboli haqida barcha narsadan xabardorligiga kishining havasi keladi. Bu holatni boshqa narsa bilan solishtiraman. “Milan” futboli “Olmaliq” futbolidan qanchalar uzoqligini tasavvur qiling. Juda uzoq. Boyagi jurnalistim “Milan” futbolining ipidan ignasigacha barcha tafsilotlaridan xabardor. Uning muammolariga yechim izlaydi. Tarixidan ibrat keltiradi. “Olmaliq” jamoasi bilan ishi yo‘q. Vaholanki, Zuhal sayyorasi ona Yerimizdan uzoqligi qanday bo‘lsa, “Milan” ham “Olmaliq”dan shunchalar uzoqda emasmi? Qayerda kimni uchratmang, barchaning o‘z yurtimiz bilan ishi bo‘lmay, hamma Zuhal muammolari bilan kuyunib yursa, nima deysiz? Barcha axborot vositalari Zuhal haqida qayg‘urib, cho‘lu-dashtlarimiz, tog‘u-toshlarimiz, Siru Amularimiz muammolariga befarq bo‘lsa, u haqda lom-mim demasa, Sizga g‘alati tuyulmaydimi? Farazim o‘xshamadi. Hayotiy emas.

Narigi mahalladagi boylar hammaning diqqat markazida bo‘lsa, nima ish qilishi bilan, qanday moshina minishi bilan, qanday qasrda yashaydi-yu, to‘ylari qanday o‘tishi bilan hamma qiziqsa-yu, yonida yashovchi faqir qo‘shnisi bilan hech kimning ishi bo‘lmasa, bunga nima deysiz? “Olmaliq” “Milan” oldida ming ba’d quyi, faqir klub hisoblanadi-da. Shuning uchun u bilan ishimiz bo‘lmaydida. “Milan” turganida unga e’tibor qaratib maqamiz. Anchadan beri klubda yaxshi natijalar ko‘rsatib kelgan Shkvirinni yomon otliqqa chiqarib, Kumikovni olib kelishimizga nima sabab bo‘lgan edi deb, o‘yinlar orasida to‘satdan Shavkat bilan Islomning jamoadan haydalishiga nima sabab bo‘lgan edi deb savol ko‘tarmaymiz. Qiziqmaymiz. Kumikovning bu yilgi omadsiz yurishi bilan, bu mavsumda bironta yorqin o‘yin ko‘rsata olmagani bilan qiziqmaymiz. Gattuzo bilan qiziqamiz. Uning o‘tmishiyu, kelgusi faoliyati haqida ko‘rsatuvlar qilamiz. Donnarumma “Milan”da qoladimi, ketadimi deb fol ochamiz. Qiyoslashim endi o‘xshadimi? Yo‘q. Bir tomonlama bo‘ldi. Faqat salbiy bo‘ldi. Faqat salbiy bo‘yoqlarni izlayotganim yo‘q. Mustaqil chempionatga ega bo‘lganimizdan keyin, necha yillardan keyin birinchi marta futbolimizda katta islohotlar boshlansayu, muxbirlarimiz Italiya futbol muammolari bilan band bo‘lsa, ishqibozlar menga islohotlarimiz haqida bironta savol bermasa, kami bilan ajablanadida kishi.

Arnasoyda kema minib bo‘lmaydi. Kemada sayr qilish uchun katta dengizga chiqish kerak. Futboldagi daholar Yevropada o‘ynasa-yu, ularga nima uchun qiziqmas ekanmiz. O‘zimizning “ko‘lmak” futbolimizni futbol deb bo‘ladimi? Teleoperator ishi bo‘yicha gapirsak, biznikilar yevropaliklar oldida dam olsin. Yevropadagi daho yulduzlar o‘yiniga butun dunyo futbolchilari-yu, ishqibozlari tikilib qolgan. Yevropa futbolidan hamma rohatlansa, undan ibrat olsa yomonmi? Respublika Urologiya markazida ishlovchi tajribali jarroh Jalol Jamilov hammaga tanilgan. U har yili Yevropada o‘tadigan hamkasblarining ilmiy anjumanlarida qatnashib keladi. O‘z sohasidagi eng katta yutuqlar bilan tanishib keladi. Buyuklarga intiladi. Buning nimasi yomon? Futbolda ham xuddi shunday jarayondan biz chetda qolaylikmi? Dilshodjon, mana shunday futbolga bo‘lgan ishqimga, ishqibozchiligimga nisbatan o‘lchov birligini izlab o‘lchov taroziga mos toshni topa olmay qiynalaman. Ichimda vatanparvarlik bilan futbolparvarlik dilim to‘ridan joy talashadi.

Yashirmayman, men ham Italiya futbolining muxlisiman, aslida. Italiyada 1990 yili o‘tgan Jahon Chempionati esimdan chiqmaydi. Germaniya yarim finalda Gollandiya termasini yutib finalga chiqqan edi, o‘shanda. Gollandiya tarkibida mashhur uchlik bor edi: Raykard, Gullid, van Basten. Kamerunlik 42 yashar Roje Millaning gollarini hamma eslab qolgandir. Ikki yildan so‘ng, adashmasam Ispaniyada o‘tgan YEChda Italiya termasi hukmronlik qilgan edi. Rossi to‘purar bo‘lgan edi. Kim Anchelotti davridagi “Milan” yutuqlarini unuta oladi? Hozir jahon futbol ayvonida sahnaga chiqqan beshta davlatlar joy almashishgan. Bu tabiiy xol. Futbol xokkey yo basketbol emas. Futbolda hamma narsa o‘zgarib turadi. Bugungi o‘yin, bugungi jamoa yarim yilda eskirishi, o‘zgarishi mumkin.

Dilshodjon, savolingiz meni o‘yga toldirdi. So‘ngi yillarda jahon futbolida futbol biznesi futbol o‘yinini maydondan siqib chiqarmoqda. Italiya futboli biznes maydonida “o‘yin”ni boy berib qo‘ymoqda. Klubning necha yuz ming muxlisi tushuni suvga aytsin. Klub taqdiri klub egasining hamyonida hal bo‘lmoqda. “Anji”ning shon-shuhrati klub egasi Sulaymon Kerimov tufayli osmonga chiqdi-yu, Krit banklarining inqirozi tufayli bir kunda yo‘q bo‘lib ketdi. “Milan”ning ahvoli uning egasi bo‘lgan xitoylik puldorning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib qolgan. Bu holatda Sizu bizning e’tirozlarimizni Bo‘z suvdagi baliqlar eshitadi, xolos.

Hasanali Qodirov

Kiritilgan sana: 07.01.2018 10:56. O'kildi: 8518 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.